Bobobek || IT va Biznes haqida
469 subscribers
19 photos
2 files
19 links
IT · Biznes · Marketing

YouTubeda doimiy yangi videolar ⤵️

https://youtube.com/bobobek

📱Aloqa: instagram.com/bobobek.uz
Download Telegram
to view and join the conversation
SMM - Social Media Marketingni qisqartmasi bo'lib, ijtimoiy tarmoqlar marketingi degan ma'noni anglatadi.

Hozirda bu soha juda ham keng rivojlanib, har bir korxonaning talabiga aylanmoqda. Xo'sh, uning asosiy maqsadi nimalardan iborat?

SMM mahsulot yoki brendni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ'ib qilishga asoslangan bo'ladi. Ya'ni, tarmoq orqali korxonaga mijozlar oqimini oshirish, ko'proq mahsulot sotilishini ta'minlash, brendni tanitishga xizmat qiladi.

Ayni vaqtda, O'zbekistonda tajribaga qarab SMM uchun 4 milliongacha bo'lgan miqdorda oylik taklif etishayapti. Siz ham uni o'rganib, bir vaqtning o'zida bir nechta korxonalar SMMini boshqarib, yaxshigina daromad ko'rishingiz mumkin.

Ma'lumot foydali bo'lgan bo'lsa, uni qo'llab quvvatlang!

👉🏻 @bobobekuz
Kopirayterlik - reklama yoki marketingning boshqa shakllari uchun matnni yozish harakati hisoblanadi.

Turli xil postlardagi matnlarni òqigandirsiz. Ularning sizni òziga jalb qila olishi kopirayterning mehnati va mahoratini kòrsatadi.

Kopirayterlar turli kanallardagi postlarni, videoroliklar uchun skriptlar, brashura, gazeta-jurnallar yoki saytlardagi reklama matnlarini yozuvchi kishilar hisoblanishadi.

Kopirayterlar kelishuvga kòra, har bir yozgan matnlari yoki ma'lum bir muddat uchun belgilangan miqdorda haq olishadi. Òrtacha bugungi kunda har bir post uchun 100 000 sòmlar atrofida matn yozish mumkin.

👉 @bobobekuz
Dunyodagi Googledan keyin 2-o’rinda turuvchi YouTube platformasida daromad ko’rishning bir necha xil usullari mavjud.

Eng keng usullaridan biri – Google Adsense, ya’ni reklama.
Sizning videolaringiz orasida, youtube o’z reklamalarini joylaydi va reklamalar ko’rilganda sizga pul yoziladi. Ya’ni kimdir videongizni ko’rsa, layk bossa, yoki podpiska bossa, undan pul ishlamaysiz, videongizda chiqqan reklamani ko’rishsa pul ishlaysiz.

Keyingi usuli – tashqi reklama. Auditoriyangiz ko’p va prosmotrlar yuqori bo’lsa, kompaniya va korxonalar sizga bog’lanishadi hamda reklama joylashni taklif etishadi.

Bundan tashqari, kanalda o’z mahsulotingizni sotishingiz, boshqalar mahsulotini sotishdan ulush olish orqali ham daromad ko’rish mumkin.
Sizga qaysi usul ko’proq yoqdi, fikringizni yozib qoldiring.

👉🏻 @bobobekuz
TikTokda daromad topishning 3 xil usuli

1. Reklama – bunda auditoriyangiz keng va ko’rishlar soni ko’p bo’lsa, reklama beruvchilar sizga bog’lanishadi va siz har bir post uchun ma’lum bir miqdorda haq olasiz.

2. Boshqaruv xizmati – bunda siz biznes egalari va turli kishilarning tiktok profilini yuritasiz, ularga mijozlar oqimini olib kelasiz va xizmatingiz uchun haq olasiz.

3. Konsultatsiya, infobiznes – tiktok sirlari va uning boshqaruvini yaxshi o’rganib olgan bo’lsangiz, boshqa kishilarga buni o’rgatishingiz, konsultatsiya xizmatidan foydalanib haq olishingiz yoki bilimingizni info-mahsulot ko’rinishiga olib kelib uni sotib daromad ko’rishingiz mumkin.

Keltirilgan bu usullardan qaysi biri sizga ko’proq yoqdi. Izohda fikringizni qoldiring.

@bobobekuz
Ko’pchiligimiz shaxsiy brend haqida eshitganmiz, lekin, ayrimlar uni faqat muvaffaqiyatli loyiha egalarida mavjud bo’ladi deb o’ylashadi.

Sizning shaxsiy brendingiz – bu o’zingizni qanchalar targ’ib qilishingizni anglatadi. Boshqacha aytganda, siz biror bir soha ustasi ekanligingizni brendingiz ko’rsatib beradi.

Masalan, siz dasturchisiz va qo’lingizdan turli loyihalarni yaratish keladi. Biroq, siz ish topa olmayapsiz. Lekin sizdek mutaxasisni qaysidir kompaniya izlab yuribdi. Agar sizda shaxsiy brend bo’lmasa, sizni hech kim tanimasa, qanday qilib ular siz haqingizda bilishlari va sizni ishga olishlari mumkin?

Xulosa shundaki, har bir kishi, qaysi sohada bo’lishidan qat’iy nazar, o’z nomiga, o’z brendiga ega bo’lib borishi lozim. Shunda, unga tanlash imkoniyati ko’p bo’ladi.

Shaxsiy brendni qurish haqida ma’lumotga egamisiz, bu mavzu siz uchun qanchalar qiziq, izohda fikringizni kutib qolaman. ⤵️

@bobobekuz
Targetolog kim? Targeting nima?

Targeting ijtimoiy tarmoqlarga reklama berish va u orqali mijozlarni jalb qilishni anglatadi. Bu soha vakillari targetologlar hisoblanishadi.

Instagramni kuzatib turganingizda storylarda yoki postlar orasida har xil profillar yoki mahsulotlar reklamasiga ko'zingiz tushgandir, yoki youtube platformasida video orasida chiqadigan bir qancha reklamalarni kuzatgansiz.

Ayni shu reklamalarni targetologlar joylashtirishadi. Ular reklamani qancha miqdordagi, necha yoshdagi, qaysi joylashuvdagi kishilarga qancha vaqt mobaynida qancha mablag' evaziga ko'rsatishni analiz qilishadi va natijaga olib chiqishadi.

Bu kasb bilan professional tarzda shuğullanib, yuqori daromad topishingiz mumkin. Ayniqsa, hozirda Òzbekistonda bu sohadagi bozor juda ham bo'sh.

@bobobekuz
Video-montaj orqali daromad

Turli reklama roliklaridan, ko'rsatuv, klip va kinofilmlargacha keng bozorga video montaj orqali kirib borishingiz mumkin.

Bu soha shu darajada talabgirki, instagram yoki tiktok sahifasini yuritib boruvchi har qanday professionalga ham kerak bo'ladi.

Bundan tashqari, turli animatsion roliklar ishlab chiqib, uni online-bozorda sotishingiz ham mumkin.

Agar sizda qurilma muammo bo'lsa, oddiy telefon dasturlari ham ehtiyojni qondiradigan mukammal yechimni taqdim eta oladi.

Dasturlarga kelsak, eng ommabop Adobe After effects va Premiere Pro dasturlarini o'rganishingiz kerak.

@bobobekuz
3d Modellashtirish - bu grafik, landshaft, interyer dizayn, shuningdek, video o'yinlar, video kliplar hamda filmlar yo'nalishlarida foydalaniladigan soha.

Unda turli 3d obyektlar - binolar, odamlar, umuman, biz kòz bilan kòrib turgan va mavjud bo'lmagan har qanday abstract obyektlar yasaladi.

Siz turli xil obyektlar tayyorlab uni online bozorlarda sotishingiz mumkin va u sizga passiv daromad olib keladi.

Bu sohaga kirish uchun 3ds Max, Autodesk Maya, Blender, Cinema 4D kabi dasturlardan birini mukammal òrganishingiz kerak bo'ladi.

@bobobekuz
Passiv daromad unga vaqt va kuch sarflamasangiz ham kelib turadigan mablağ hisoblanadi.

Masalan, sizning biror bir kvartirangiz bor va uni ijaraga bergansiz. Siz undan har oy daromad olasiz. Yoki, biror loyiha - sayt, kanal, dastur ishlab chiqqansiz va u sizga har kuni pul keltiradi.

Agar siz zamonaviy kasblardan birida mutaxasis bo'lsangiz, passiv daromad manbayini qurishingiz mumkin va u sizga uxlab yotganingizda ham daromad keltiradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda kanal, web-sayt yoki mobil ilova yaratib, bularga erishish mumkin. Faqat u birdan bo'lmaydi, yurib ketishi uchun boshida uzoq vaqt katta kuch ketkazasiz.

@bobobekuz