BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI
5.14K subscribers
23.6K photos
1.68K videos
292 files
13.1K links
Ushbu kanalda Buxoro MTU FILIALI da amalga oshirilayotgan ishlar, ish jarayonlari va temir yo'l yangiliklari yoritiladi!

Youtube ⤵️
www.youtube.com/c/BuxoroMTU
Instagram ⤵️
https://www.instagram.com/bmtu_press_service
Download Telegram
#Tug'ilgan_kun

Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli filiali rahbariyati va kasaba uyushma qoʼmitasi nomidan Sizni tavallud topgan kuningiz munosabati bilan chin qalbdan qizgʼin va samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu quvonchli kunda Sizga tinchlik-xotirjamlik, oilangizga fayzu-baraka tilab, doimo yaqinlaringiz boshiga sogʼ-salomat boʼlib yurishingizni Ollohdan soʼraymiz.
Yurtimiz osoyishtaligi, davlatimiz qolaversa, temir yoʼl sohasi ravnaqi, farovonligini taʼminlash yoʼlida olib borayotgan sharafli va xayrli ishlaringizga omadlar va ulkan zafarlar yor boʼlishini tilab qolamiz.

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Bugun 12 aprel 2026 yil, Yakshanba.

➡️ BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni.
🇺🇳 Insoniyatning koinotga parvozi kuni
🌏 Xalqaro ko'cha (uysiz) bolalari kuni.
🌏 Butunjahon ogʻmaxon kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇧🇴 Boliviya - Bolalar kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston – Ilm-fan kuni.
🇱🇷 Liberiya - Milliy qutqarish kuni.
🇺🇦 Ukraina - Kosmik va raketa sanoati xodimlari kuni.
🇰🇮 Kiribati - Milliy salomatlik kuni.

➡️ VOQEALAR:

- 240 - Fors shahanshohi Ardashir Papakan o'z o'g'li Shopurni hukmdor deb e'lon qildi.
- 467 - Prokopiy Antemiy G'arbiy Rim imperiyasining imperatori bo'ldi.
- 1204 - Salib yurishlari: Konstantinopol qamali.
- 1633 - Rimda Galileo Galiley ustidan jinoiy ish qo'zg'atildi.
- 1796 - 27 yoshlik Napaleon Bonapart Montenotte jangida o'zining birinchi jiddiy g'alabasiga erishdi.
- 1815 - Tambora vulqonining otilishi paytida (5-dan boshlanib, 10-aprelda avjiga chiqadi) 10 000 ga yaqin odam darhol va 80 000 kishi keyinroq (sunami va ocharchilik natijasida) halok bo‘lishdi.
- 1861 - Aleksandr II Sankt-Peterburgda ishlaydigan aholi uchun kasalxona tashkil etish to'g'risida qaror qabul qildi.
- 1861 - AQSHda fuqarolar urushi boshlandi.
- 1903 - Londonda ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan avtobus qatnay boshladi.
- 1919 - Rossiyada ilk bor shanbalik o‘tkazildi.
- 1927 - Nankin va Shanxayda Chan Kayshi hokimiyatni qo‘lga oldi.
- 1943 - Fransiyaning Nant futbol klubi tashkil etildi.
- 1945 - Amerikaning 32 - prezidenti Franklin Ruzvelt olamdan o'tdi.
- 1961 - Yuriy Gagarin “Vostok” kemasida jahonda birinchi bo‘lib kosmosga uchdi.
- 1980 - Liberiyada polkovnik Semyuel Do harbiy to‘ntarish amalga oshirib, mamlakat prezidenti Uilyam Tolbertni o‘ldirdi.
-1981 - fazoga «STS-1» fazo kemasi uchirildi.
- 1985 - “Volga” GAZ-24 mashinasi millioninchi nusxasi zavoddan chiqdi.
- 1992 - Parij yaqinida “Yevro-Disneylend” ochildi.
- 1995 - “Yahoo!” katalogi ishga tushirildi va tezda dunyodagi eng mashhurlardan biriga aylandi.
- 2002 - Alisher Navoiy kutubxonasiga "Milliy" maqomi berildi.
- 2014 - “UZ” domeni tashkil topdi.
- 2014 - Slavyanskda Donbassdagi urushning birinchi jangiga aylangan qarama-qarshilik boshlandi.

➡️ TAVALLUDLAR:

- 1801 - Jozef Lanner (1843) - avstriyalik bastakor, dirijyor va skripkachi, Vena valsining asoschilaridan biri.
- 1812 - Budagov Lazar (1878) - turkiyshunos, Ikki jildli “Turkiy tillar qiyosiy lug’ati”ni (1869-1871) tuzgan.
- 1823 - Aleksandr Ostrovskiy (1886) - rus dramaturgi.
- 1848 - Veselovskiy Nikolay (1918) - rus arxeologi va sharqshunosi, Turkiston tarixi va arxeologiyasini o'rgangan.
- 1839 - Nikolay Prjevalskiy (1888) - rus geografi, O'rta Osiyoni tadqiq qilgan.
- 1850 - Nikolay Golitsin (1925) - rossiyalik davlat arbobi.
- 1884 - Otto Meyergof (1951) - nemis biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1922).
- 1903 - Jan Tinbergen (1994) - golland iqtisodchisi, hozirgi zamon matematik ekonomiya vakillaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1969).
- 1941 - Bobbi Mur - mashhur ingliz futbolchisi.
- 1942 - Jeykob Zuma - Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti (2009-2018).
- 1947 - Sherali Joʻrayev - taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori, shoiri, Oʻzbekiston (1987) va Tojikiston (2018) xalq artisti.
- 1949 -  Murod Muhammad Do'st - taniqli o‘zbek yozuvchisi.
- 1961 - Lisa Gerrard - avstraliyalik musiqachi.
- 1979 - Kler Deyns - amerikalik aktrisa.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Bo‘g‘imlar uchun uzum barglari

​Xalq tabobatida uzum barglari bo‘g‘imlardagi og‘riqlar va varikozda qo‘llanilgan. Ular qon aylanishini yaxshilaydi, shishlarni qaytaradi va tomirlarni mustahkamlaydi. Damlamalari bo‘g‘im yallig‘lanishida va oyoqlardagi og‘irlik hissida yordam beradi.

🔠 Damlamani tayyorlash usuli:
2 osh qoshiq quritilgan barg ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 30 daqiqa davomida damlab qo‘ying. Kuniga 2 mahal yarim stakandan iching.

💚 Maslahat:
Oyoq charchaganda ushbu damlamadan vanna sifatida foydalanish mumkin.
@SoglomHayot – Sog‘lom hayot sari to‘g‘ri qadam!

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

🗓 Bugun Dushanba
13 aprel, 2026
25 Shavvol, 1447

☘️ Xayrli tong ☘️


Dushanba tongi muborak boʻlsin!

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli boʻlsin!
Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
#Tug'ilgan_kun

Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli filiali rahbariyati va kasaba uyushma qoʼmitasi nomidan Sizni tavallud topgan kuningiz munosabati bilan chin qalbdan qizgʼin va samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu quvonchli kunda Sizga tinchlik-xotirjamlik, oilangizga fayzu-baraka tilab, doimo yaqinlaringiz boshiga sogʼ-salomat boʼlib yurishingizni Ollohdan soʼraymiz.
Yurtimiz osoyishtaligi, davlatimiz qolaversa, temir yoʼl sohasi ravnaqi, farovonligini taʼminlash yoʼlida olib borayotgan sharafli va xayrli ishlaringizga omadlar va ulkan zafarlar yor boʼlishini tilab qolamiz.

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Bugun 13 aprel 2026 yil, dushanba.

➡️ BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro o'simliklarni qadrlash kuni.
🌏 Butunjahon sarkoidoz haqida xabardorlik kuni
🌏 Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari - Yangi Yil.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇸🇰 Slovakiya - Nohaq javobgarlikka tortilgan shaxslar kuni.
🇺🇸 AQSh - Tomas Jeffersonning tug'ilgan kuni.
🇷🇺 Rossiya - Homiylar va xayriyachilar kuni.
🇺🇦 Ukraina - Harbiy-sanoat majmuasi xodimlari kuni.
🇪🇨 Ekvador - O‘qituvchilar kuni.
🇵🇱 Polsha - Katin qurbonlarini xotirlash kuni.

➡️ VOQEALAR:

- 1111 - Genrix V Muqaddas Rim imperiyasi tojini kiydi.
- 1204 - To'rtinchi salib yurishi qatnashchilari tomonidan Konstantinopolning qo'lga olinishi va talon-taroj qilinishi.
- 1598 - Nant edikti imzolandi. Fransiyada diniy urushlar tugadi.
- 1640 - Angliyada Qisqa parlament yig'ilishi.
- 1829 - Emansipatsiya akti Angliya parlamenti tomonidan qabul qilindi, u katoliklarga din erkinligini berdi.
- 1902 - Sankt- Peterburgda Rossiyada birinchi trolleybus sinovdan o'tkazildi.
- 1919 - Bavar Respublikasi tashkil topdi (1-maygacha).
- 1919 - Koreya Respublikasining Muvaqqat hukumati tashkil etildi.
- 1923 - Londonda Uembli stadionining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
- 1941 -  Hujum qilmaslik to'g'risidagi Sovet-Yapon paktining imzolanishi.
- 1944 - Simferopol Nemis bosqinchilaridan ozod etildi.
- 1953 - AQSH MRB odam ongini boshqarish dasturini ishlab chiqdi.
- 1962 - Mashhur “Bitlz” guruhi keng jamoatchilikka tanishtirildi.
- 1970 - Kosmosdagi avariya: Apollon 13 da kislorod bakining portlashi.
- 1975 - Chadda davlat to'ntarishi.
- 1987 - Portugaliya Xitoy ixtiyoriga Makaoni berdi.
- 1990 - TASS hisoboti: Katin o'rmonidagi fojia uchun NKVD o‘z javobgarligini tan oldi.
- 1994 - "Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.
- 2013 - Denpasarda Boeing 737 halokati: qo'nish vaqtida Lion Air samolyoti uchish-qo'nish yo'lagidan chiqib ketdi va dengizga quladi, 46 kishi jarohat oldi.

➡️ TAVALLUDLAR:

- 1506 - Pyer Favr (1546) - iyezuit ordeni asoschilaridan biri.
- 1519 - Yekaterina Medichi (1589) - Fransiya qirolichasi(1547-1559).
- 1743 - Tomas Jefferson (1826) - AQShning 3-prezidenti (1801—09), davlat kotibi (1790-93), vitse prezident (1797-1801), AQSh Mustaqillik deklaratsiyasi loyihasi muallifi.
- 1892 - Robert Uotson-Uatt (1973) - shotland fizigi, radar qurilmasi ixtirochisi (1935).
- 1906 - Semyuel Bekket (1989) - irlandiyalik shoir, dramaturg va romannavis, modernizm vakili, Nobel mukofoti sohibi (1969).
- 1918 - Lola Abdullayeva - teatr rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964). 
- 1933 - Anvar Qosimov (2020) - yetakchi sovet, oʻzbek sharqshunos, hindshunos, turkshunos olimi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi.
- 1936 - To‘lqin Tojiyev (2008) - aktyor, dublyaj ustasi, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1939 - Sheymas Xini (2013) - irland yozuvchisi, shoir va tarjimon, Nobel mukofoti sohibi (1995).
- 1939 - Pol Sorvino - amerikalik kinoaktyor.
- 1941 - Maykl Styuart Braun - amerikalik genetik, Nobel mukofoti laureati (1985).
- 1955 - Irina Xakamada - rossiyalik iqtisodchi, siyosatch, jurnalist.
- 1960 - Rudi Fyoller - taniqli nemis futbolchisi va murabbiy.
- 1963 - Garri Kasparov - mashhur shahmat ustasi, 13-jahon chempioni.
- 1975 - Tatyana Navka - rossiyalik figurali uchish ustasi, jahon (2004,2005) va olimpiya (2006) chempioni.
- 1993 - Xanna Marks - amerikalik kino va televideniye aktrisasi.
- 2000 - Nancy - Koreyalik amerikalik qo'shiqchi, aktrisa va boshlovchi.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Limon — turli muammolarni hal qilishda yordam beruvchi ajoyib vositadir!

🟡 Angina (Tomoq og‘rig‘i)

​Agar tomog‘ingizda kuchli og‘riq bo‘lsa, yarimta limonni po‘stlog‘i bilan birga yeyishga harakat qilib ko‘ring. Ha, u juda nordon, lekin juda foydali!

​Shuningdek, limon sharbatidan tomoqni chayish uchun ham foydalanish mumkin:
​Sharbatni suv bilan 1:3 nisbatda aralashtiring.
​Kun davomida har soatda tomog‘ingizni chayib turing.
​Bundan tashqari, kuniga uch mahal tomoqning zararlangan joylariga (ayniqsa, oq karashlar paydo bo‘lgan sohalarga) sharbatni surtish mumkin.

🟡 Gripp
​Grippda limon qo‘shilgan giyohli choylar ichish tavsiya etiladi. Limonning quyidagi giyohlar bilan kombinatsiyasi juda mos keladi:

​Tirnoqgul (kalendula)
​Yalpiz
​Mavrak (shalfey)
​Qirqbo‘g‘im (xvoщ)
​Zubturum (podorojnik)

​Bunday aralashma organizmda kalsiy miqdorini me’yorda saqlashga yordam beradi, bu esa yuqori haroratga qarshi kurashishda ajoyib vosita hisoblanadi.
@SoglomHayot – Sog‘lom hayot sari to‘g‘ri qadam!

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
MEHNAT JAMOASI KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

2026 yil 10 aprel kuni Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati hamda Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2025 yil davomida bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti muhokama qilindi.

Mazkur tadbir doirasida Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali mehnat jamoasining konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyada o‘tgan davr mobaynida xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchi-xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi Jamoa shartnomasi loyihasi ko‘rib chiqilib, uni qabul qilish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Konferensiya yakunida xodimlarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda jamoada sog‘lom mehnat muhitini shakllantirishga qaratilgan yangi Jamoa shartnomasini qabul qilish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Mazkur Jamoa shartnomasi xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat samaradorligini oshirish hamda korxonada barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

🗓 Bugun Seshanba
14 aprel, 2026
26 SHAVVOL, 1447

☘️ Xayrli tong ☘️

Seshanba tongi muborak boʻlsin!

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli boʻlsin!
Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat