BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI
5.14K subscribers
23.6K photos
1.68K videos
291 files
13.1K links
Ushbu kanalda Buxoro MTU FILIALI da amalga oshirilayotgan ishlar, ish jarayonlari va temir yo'l yangiliklari yoritiladi!

Youtube ⤵️
www.youtube.com/c/BuxoroMTU
Instagram ⤵️
https://www.instagram.com/bmtu_press_service
Download Telegram
Yangi tezyurar poyezd harakatiga tayyorgarlik ishlari boshlandi!

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari J.Z.Yusupov tomonidan 2026 yil 6 aprel sanasida imzolangan 180-NZ-sonli buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli filialida muhim amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Mazkur mashgʻulot “Toshkent–Buxoro–Xiva” yoʻnalishida yangi zamonaviy tezyurar "Hyundai Rotem" yuqori tezlikdagi elektropoyezdi harakatini yoʻlga qoʻyish bo‘yicha tayyorgarlik ishlariga bagʻishlandi.

Amaliy mashgʻulotda:
🔹 “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari A.X. Axmedov
🔹 Tashishlarni tashkil etish departamenti bosh mutaxassisi I.Sh. Xudoyberganov
🔹 Soha mutaxassislari hamda masʼul xodimlar ishtirok etdilar.

Mashgʻulot davomida:
Temir yoʻl infratuzilmasining texnik holati
Yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati xavfsizligi talablari
Signalizatsiya va aloqa tizimlarining tayyorgarligi
Stansiyalar va yoʻl uchastkalarining texnik imkoniyatlari
Xodimlarning malaka va bilim darajasini oshirish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi

Shu bilan bir qatorda, harakat xavfsizligini taʼminlash masalalari yuzasidan ishchi-xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va asosli javoblar berildi hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Yangi "Hyundai Rotem" tezyurar elektropoyezdining “Toshkent–Buxoro–Xiva” yoʻnalishida harakatga qoʻyilishi yoʻlovchilarga yanada qulay, tezkor va zamonaviy transport xizmatlarini taqdim etishga xizmat qiladi.

Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli jamoasi tomonidan mazkur loyiha doirasida tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

🗓 Bugun Juma
10 aprel, 2026
22 Shavvol, 1447

☘️ Xayrli tong ☘️


Juma tongi muborak boʻlsin!

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli boʻlsin!
Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
#Tug'ilgan_kun

Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli filiali rahbariyati va kasaba uyushma qoʼmitasi nomidan Sizni tavallud topgan kuningiz munosabati bilan chin qalbdan qizgʼin va samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu quvonchli kunda Sizga tinchlik-xotirjamlik, oilangizga fayzu-baraka tilab, doimo yaqinlaringiz boshiga sogʼ-salomat boʼlib yurishingizni Ollohdan soʼraymiz.
Yurtimiz osoyishtaligi, davlatimiz qolaversa, temir yoʼl sohasi ravnaqi, farovonligini taʼminlash yoʼlida olib borayotgan sharafli va xayrli ishlaringizga omadlar va ulkan zafarlar yor boʼlishini tilab qolamiz.

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Bugun 10 aprel 2026 yil, Juma.

➡️ BAYRAMLAR:

🌎 Butunjahon uydan (masofaviy) ishlash kuni.
🌎 Butunjahon Yaguar kuni.
🌎 Butunjahon gomeopatiya kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Birodarlar kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy qishloq hayvonlari kuni.
🇨🇦 Kanada - Xalqaro pushti kuni.
🇹🇯 Tojikiston - Ichki qo'shinlar kuni.
🇹🇭 Tailand - Milliy kauchuk kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Quruvchilar kuni.
🇮🇸 Islandiya - Muhandislar kuni.

➡️ VOQEALAR:

- 1370 - Amir Husayn boshliq Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ldi.
- 1710 - Angliyada 1709-yil qabul qilingan “Qirolicha Annaning statuti” - dunyodagi birinchi mualliflik huquqi qonuni kuchga kirdi.
- 1741 - Mollvits jangi.
- 1814 - Gissen universitetida 13 yoshli Karl Vitte fan nomzodi ilmiy darajasini oldi va eng yosh fan doktori (hozirgacha) bo'ldi.
- 1820 - Birinchi ingliz ko'chmanchilari Janubiy Afrikaning Algoa ko'rfaziga qo'ndi.
- 1831 - Igan jangi.
- 1841 - «New York Tribune» gazetasining birinchi soni chop etildi.
- 1875 - Kanada politsiyasi Kanadaning g'arbiy qismida post ochishga ruxsat oldi - keyinchalik u Kalgari shahriga aylandi.
- 1907 - Pyotr Stolypin Dumada yer islohoti loyihasini bayon qildi.
- 1912 - Sautgempton portidan “Titanik” layneri birinchi va so‘nggi bor yo‘lga chiqdi.
- 1922 - Genuya konferensiyasi ochildi (19 maygacha).
- 1925 - Saritsin shahri Stalingrad deb atala boshlandi (hozirgi Volgograd).
- 1937 - Kanadaning Air Canada aviakompaniyasi tashkil etildi (1964-yilgacha - Trans-Canada Airlines).
- 1938 - Avstriyadagi plebissitda aholining 99,7 foizi Germaniya bilan birlashish uchun ovoz berdi.
- 1941 - Nemis qoʻshinlari tomonidan bosib olingan Zagrebda Xorvatiya mustaqil davlati eʼlon qilindi.
- 1944 - Odessa operatsiyasi davomida shahar nemis ishg‘olidan halos bo‘ldi.
- 1972 - Bakteriologik qurollarni taqiqlash to‘g‘risida xalqaro Konvensiya imzolandi.
- 1979 - Bolgariyalik birinchi kosmonavt Georgiy Ivanov samoga parvoz qildi.
- 1988 - 10 yillik qurilishdan so‘ng Yaponiyadagi Xonsyu va Sikoku orollarini bog‘lovchi 9 kilometrlik Seto ko‘prigi ochildi.
- 2004 -O’zbekistonda Al-Xorazmiyga bag’ishlangan pochta markasi chiqardi.
- 2010 - Smolenskda boʻlgan aviahalokat (Polsha preziden­ti Lex Kachinskiy, uning rafiqasi Mariya Kachinskaya va boshqalar (97 kishi) halok boʻldi).
- 2010 - Kamchatkada qor ko‘chkisi germaniyalik sayyohlar bo‘lgan vertolyotni bosib qoldi. 18 kishidan 10 nafari vafot etgan.
- 2014 - Buyuk Britaniya ob-havoni bashorat qiluvchi dunyodagi eng katta superkompyuter o'rnatildi.
- 2016 - Puttingal ibodatxonasidagi yongʻin (Paravur, Hindiston); 110 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 350 dan ortiq kishi jarohat oldi.
- 2019 - Dunyoga birinchi marta “qora tuynuk” ning surati namoyish qilindi.

➡️ TAVALLUDLAR:

- 1735 - Kulibin Ivan (1818) – o’zi mustaqil o’qib o’rgangan rus mexanigi.
- 1847 - Jozef Pulitser (1911) - amerikalik noshir va jurnalist, shu nomdagi mukofot asoschisi.
- 1895 - Vsevolod Rojdestvenskiy (1977) - sovet shoiri va tarjimoni, harbiy muxbir.
- 1887 - Bernardo Ussay (1971) - argentinalik fiziolog, Nobel mukofoti sohibi (1947).
- 1894 - Abdulla Qodiriy (1938) - o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.
- 1917 - Robert Vudvord (1979) - amerikalik organik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1965).
- 1927 - Marshall Nirenberg (2010) - amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1968).
- 1937 - Bella Axmadulina (2010) - sovet va rus shoirasi, yozuvchi, tarjimon.
- 1952 - Grigoriy Yavlinskiy - sovet va Rossiya siyosatchisi, iqtisodchi.
- 1952 - Stiven Sigal - Amerikalik aktyor, ssenariynavis, prodyuser, rejissyor, aykido ustasi.
- 1963 - Doris Loytxard - 2006-yildan Shveysariya Federal Kengashi a’zosi, 2010 va 2017-yillarda mamlakat Prezidenti.
- 1973 - Roberto Carlos da Silva - sobiq braziliyalik futbolchi, jahon chempioni (2002).
- 1978 - Rustamjon Hamidov (Rustamjon domla) - Oʻzbekistonning mashhur imomlaridan biri.
- 1993 - Sofiya Karson - amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Qaysi choy nimaga?

- Tomoq og‘rig‘i — dolchinli choy
- Shamollash — asal + limonli choy
- Uyqusizlik — romashka choyi
- Burun bitishi — imbirli choy
- Qorin dam — yalpizli (myata) choy
- Teri toshmasi — yashil choy
- Bezovtalik — bazilik (rayhon) choyi
- Bosh og‘rig‘i — dushisali choy

⚠️ Belgilar uzoq davom etsa, shifokorga murojaat qiling.

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
@SoglomHayot – Sog‘lom hayot sari to‘g‘ri qadam!
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshligʻi A.O. Sharifbayev rahbarligida, shuningdek Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari hamda tegishli mutaxassislar ishtirokida uzelda harakat xavfsizligini ta’minlash, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik darajasini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida maxsus vagon orqali temir yo‘l izlarining texnik holati, ularning sozligi, yuk ko‘tarish xususiyatlari, relslar, shpallar hamda ballast qatlamining mustahkamligi atroflicha tekshirildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasiga tegishli qurilmalar, signalizatsiya va aloqa vositalarining ishlash holati ham o‘rganilib, harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan amaliy nazorat ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, harakat xavfsizligini mustahkamlash hamda ishlab chiqarish intizomini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini sifatli tashkil etish hamda xavfsizlik madaniyatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Mazkur o‘rganish ishlari temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash, infratuzilma barqarorligini mustahkamlash hamda poyezdlar harakatining uzluksiz va xavfsiz tashkil etilishiga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat