BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI
5.14K subscribers
23.6K photos
1.68K videos
292 files
13.1K links
Ushbu kanalda Buxoro MTU FILIALI da amalga oshirilayotgan ishlar, ish jarayonlari va temir yo'l yangiliklari yoritiladi!

Youtube ⤵️
www.youtube.com/c/BuxoroMTU
Instagram ⤵️
https://www.instagram.com/bmtu_press_service
Download Telegram
#Tug'ilgan_kun

Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli filiali rahbariyati va kasaba uyushma qoʼmitasi nomidan Sizni tavallud topgan kuningiz munosabati bilan chin qalbdan qizgʼin va samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu quvonchli kunda Sizga tinchlik-xotirjamlik, oilangizga fayzu-baraka tilab, doimo yaqinlaringiz boshiga sogʼ-salomat boʼlib yurishingizni Ollohdan soʼraymiz.
Yurtimiz osoyishtaligi, davlatimiz qolaversa, temir yoʼl sohasi ravnaqi, farovonligini taʼminlash yoʼlida olib borayotgan sharafli va xayrli ishlaringizga omadlar va ulkan zafarlar yor boʼlishini tilab qolamiz.

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Bugun 9 aprel 2026 yil, Payshanba.

➡️ BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro ASMR haqida xabardorlik kuni.

➡️ MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston - Amir Temur tavallud topgan kun.
🇨🇦 Kanada - Vimy Ridge kuni.
🇮🇷 Eron - Milliy yadro texnologiyalari kuni.
🇫🇮 Finlyandiya - Fin tili kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Indoneziya havo kuchlarining tashkil topgan kuni.
🇹🇭 Tailand - Tailand qirollik havo kuchlari kuni
🇹🇳 Tunis - Shahidlar kuni.
🇵🇭 Filippin - Jasorat kuni.
🇬🇪 Gruziya - Milliy birdamlik kuni.

➡️ VOQEALAR:

- 1241 - Lignis jangida Chingizxonning nabirasi Baydar boshchiligidagi moʻgʻul-tatarlar Genrix II Taqvodor qoʻmondonligidagi nemis-polsha qoʻshinini magʻlub etdi.
- 1454 - Italiya shahar-davlatlari Lodiya shartnomasini imzoladilar.
- 1667 - Parijda dunyoda birinchi xalqaro koʻrgazma ochildi.
- 1682 - sayohatchi Rober de la Sal Fransiya Amerikaning yirik hududlariga egaligini e'lon qildi.
- 1699 - Pyotr I "Moskvada tozalikka rioya qilish va ko'chalar va xiyobonlarga axlat va boshqa axlat tashlagani uchun jazo to'g'risida" farmon chiqardi.
- 1782 - Parijda Fransiyadagi eng yirik teatrlardan biri «Odeon» ochildi.
- 1860 - Fransuz kashfiyotchisi Eduar de Martenvil ilk bor “Oy yog‘dusi” fransuz xalq ashulasining ovozini yozdi, u hozir Parij arxivida saqlanadi.
- 1882 - teleboshlovchi Barnum AQSHga Jambo filini olib keldi.
- 1928 - Turkiyada islom dini rasmiy din deb e’lon qilindi.
- 1940 - Germaniya Norvegiyah va Daniyaga bostirib kirdi.
- 1948 - Yahudiy terrorchilar guruhi tomonidan Deyr Yasin qirg'ini sodir etildi.
- 1963 - Uinston Cherchill AQSh Kongressi tomonidan AQShning faxriy fuqarosi unvoniga sazovor bo‘lgan birinchi chet ellik bo‘ldi.
- 1966 - Vatikan to‘rt asrdan ortiq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan taqiqlangan kitoblar indeksini bekor qildi.
- 1968 - Chexoslovakiyada "Sotsializmga Chexoslovakiyacha yo'l" dasturiy hujjati nashr etildi.
- 1972 - Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi sovet-iroq shartnomasi imzolandi.
- 1989 - Tbilisidagi norozilik namoyishlarida 16 kishi halok boʻldi.
- 1992 - Toyloq tumani tashkil qilingan.
- 1993 - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi tasdiqlandi.
- 2015 - Ukrainada natsistlar va kommunistlar simvollari ta’qiqlandi.
- 2021 - Yelizaveta II ning turmush o'rtog'i shahzoda Filipp vafot etdi.

➡️ TAVALLUDLAR:

- 1336 - Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul (1405) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
- 1821 - Sharl-Pyer Bodler (1867) - fransuz shoiri va tanqidchisi, fransuz va jahon adabiyotining klassik namoyondasi.
- 1903 - Jalolov G'iyosiddin (1984) - birinchi o'zbek astronomlaridan biri, O'zbekistonda astronomiyaning rivojlanishiga samarali hissa qo'shgan.
- 1931 - Heysuke Hironaka - yaponiyalik matematik.
- 1933 - Jan-Pol Belmondo - fransuz kino va teatr aktyori.
- 1935 - Hojimurod Ibrohimov - kinorejissyor, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1983), "Oʻzbektelefilm" tashkilotchilaridan.
- 1938 - Viktor Chernomirdin - (2010) - SSSR va Rossiya davlat arbobi, Ministrlar Soveti Raisi (1992—1993), Rossiya hukumati raisi(1993—1998).
- 1944 - Shayx Abdulaziz Mansur - Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari (2006-yildan), Toshkent shahrining bosh imom-xatibi va Minor masjidining imomi (2018-2019).
- 1958 - Yelena Kondulaynen - sovet va rus aktrisasi, qo'shiqchi, Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist.
- 1972 - Alen Berse - shveytsariyalik siyosatchi, mamlakat prezidenti (2018).
- 1972 - Albina Janabayeva - rossiyalik qoʻshiqchi, aktrisa va TV boshlovchi.
- 1990 - Kristen Styuart - amerikalik kinoaktrisa.
- 2000 - Kaori Sakamoto - yaponiyalik figurali uchuvchi jahon chempioni (2022), to‘rt qit’a chempioni (2018), shaxsiy va jamoaviy turnirlarda ikki karra Olimpiada bronza medali sovrindori (2022).

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Xavfsizlik yo‘lida yana bir muhim qadam!

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ bosh muhandisi S.S. Asrorov tomonidan imzolangan farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari boshchiligida muhim tashkiliy ishlar amalga oshirildi.

Yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdlar harakatlanuvchi temir yo‘l uchastkalarida mahalliy aholi, chorva mollari temir yo‘llarini xafvsiz kesib o‘tishlari uchun uzel tasarrufidagi “Poykent – Yangiobod” temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining 4003-kilometr 5-piketida temir yo‘l ostidan o‘tuvchi, o‘lchami 2,0 × 2,0 metr bo‘lgan temir-beton tunnel qurilishi ishlari amalga oshirildi.

🔹 Ushbu loyiha:

- mahalliy aholi uchun xavfsiz o‘tish imkonini yaratadi
- chorva mollari harakatini tartibga soladi
- poyezdlar harakati xavfsizligini yanada mustahkamlaydi

Temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi bunday amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📆Bugun 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!

Buyuk davlat arbobi, o‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, bobokalonimiz Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta'lim mislsiz darajada yuksalgan.

«Kuch – adolatdadir» shiori sohibqiron davlati hududida axloqiy va ma'naviy mezonga aylangan. Ulkan va bepoyon mamlakatning poytaxti rutbasini olgan Samarqand kurrai zaminda eng go‘zal shahar sifatida chiroy ochgan. O‘rta Sharq va Markaziy Osiyoning eng yaxshi me’morlari to‘plangan ushbu kentda jahon me’morchiligida yangi yo‘nalish – Sharqona uslub paydo bo‘lgan.

Amir Temur, shuningdek, mamlakatda ma’naviyatning qo‘llab-quvvatlanishi, yuksalishi va o‘tmish davrlarning oliy an’analari tiklanishi uchun shart-sharoit yaratgan. Temuriylar sulolasi vakillarining ma’naviyat va madaniyatga alohida e’tibori tufayli XIV-XVI asrlarda yuksak ilmiy va ijodiy yutuqlarga erishilgan.

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Yangi tezyurar poyezd harakatiga tayyorgarlik ishlari boshlandi!

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari J.Z.Yusupov tomonidan 2026 yil 6 aprel sanasida imzolangan 180-NZ-sonli buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli filialida muhim amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Mazkur mashgʻulot “Toshkent–Buxoro–Xiva” yoʻnalishida yangi zamonaviy tezyurar "Hyundai Rotem" yuqori tezlikdagi elektropoyezdi harakatini yoʻlga qoʻyish bo‘yicha tayyorgarlik ishlariga bagʻishlandi.

Amaliy mashgʻulotda:
🔹 “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari A.X. Axmedov
🔹 Tashishlarni tashkil etish departamenti bosh mutaxassisi I.Sh. Xudoyberganov
🔹 Soha mutaxassislari hamda masʼul xodimlar ishtirok etdilar.

Mashgʻulot davomida:
Temir yoʻl infratuzilmasining texnik holati
Yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati xavfsizligi talablari
Signalizatsiya va aloqa tizimlarining tayyorgarligi
Stansiyalar va yoʻl uchastkalarining texnik imkoniyatlari
Xodimlarning malaka va bilim darajasini oshirish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi

Shu bilan bir qatorda, harakat xavfsizligini taʼminlash masalalari yuzasidan ishchi-xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va asosli javoblar berildi hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Yangi "Hyundai Rotem" tezyurar elektropoyezdining “Toshkent–Buxoro–Xiva” yoʻnalishida harakatga qoʻyilishi yoʻlovchilarga yanada qulay, tezkor va zamonaviy transport xizmatlarini taqdim etishga xizmat qiladi.

Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli jamoasi tomonidan mazkur loyiha doirasida tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz⤵️
Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat