BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI
5.33K subscribers
18.3K photos
954 videos
221 files
9.2K links
Ushbu kanalda Buxoro MTU FILIALI da amalga oshirilayotgan ishlar, ish jarayonlari va temir yo'l yangiliklari yoritiladi!

Youtube ⤵️
www.youtube.com/c/BuxoroMTU
Instagram ⤵️
https://www.instagram.com/bmtu_press_service
Download Telegram
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

🗓    Bugun seshanba
31-yanvar, 2023
09 Rajab, 1444

Xayrli tong!

Sizga oilaviy xotirjamlik, tani sogʻlik, xayrli amallarga toʻla va duolar mustajob boʻluvchi lahzalarga boy yana juda koʻp subhi sodiqlar tilaymiz.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
#Tug'ilgan_kun

Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli unitar korxonasi rahbariyati va kasaba uyushma qoʼmitasi nomidan Sizni tavallud topgan kuningiz munosabati bilan chin qalbdan qizgʼin va samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu quvonchli kunda Sizga tinchlik-xotirjamlik, oilangizga fayzu-baraka tilab, doimo yaqinlaringiz boshiga sogʼ-salomat boʼlib yurishingizni Ollohdan soʼraymiz.
Yurtimiz osoyishtaligi, davlatimiz qolaversa, temir yoʼl sohasi ravnaqi, farovonligini taʼminlash yoʼlida olib borayotgan sharafli va xayrli ishlaringizga omadlar va ulkan zafarlar yor boʼlishini tilab qolamiz.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Bugun 31-yanvar, Seshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 31-kuni.
Yil yakuniga 334 kun qoldi

🎊 BAYRAMLAR:🎊

💰 Xalqaro zargarlar kuni
🎇 Nauruda Mustaqillik kuni
👶 Avstriyada uysiz bolalar kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

❄️ 1729-yil — Istanbulda arab alifboli birinchi bosma kitob chop etildi.
❄️ 1893-yil — “Coka-cola” ichimligi tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazildi.
❄️ 1955-yil — AQShda birinchi musiqiy sintezator namoyish etildi.
❄️ 1958-yil — Amerikaning birinchi “Explorer 1” sun’iy yo‘ldoshi uchirildi.
❄️ 2020-yil — Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqdi.

🌺TAVALLUDLAR:🌺

🎉 1769-yil — Andre Jak Garnerin — fransuz aeronavti, dunyodagi birinchi parashyutchi.
🎉 1868-yil — Teodor Uilyam Richards — kimyo boʻyicha “Nobel” mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi amerikalik olim.
🎉 1896-yil — Sofya Yanovskaya — matematik, faylasuf, oʻqituvchi, matematik falsafa maktabining asoschisi.
🎉 1902-yil — Alva Myurdal — shved diplomati, siyosatchi va sotsiologi, tinchlik boʻyicha “Nobel” mukofoti sovrindori.

https://t.me/bmtu_press
#Tezkor!

❗️Oʼzgidromet shoshilinch axborot e'lon qildi

🌧Xabarda aytilishicha, 1-2-fevral kunlari Samarqand viloyatining ba'zi hududlarida kuchli yogʼingarchilik boʼlishi, shamol tezligi 25-28 m/s ga yetishi mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
#Tayinlov

Taylyakov Alisher Abdujabbarovich

Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasi rahbariyatining tegishli buyrug'iga asosan uzel tasarrufidagi Marjonbuloq temir yo'l bekati — Nurlidon razezdi boshlig'i etib tayinlandi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
#Tayinlov

Abdujabborov Temur Alisher oʻgʻli

Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasi rahbariyatining tegishli buyrug'iga asosan uzel tasarrufidagi G'allaorol temir yo'l bekati bekat boshlig'i etib tayinlandi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
#Xavfsiz_hudud

"Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK hududida poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash va hududlarda fuqarolar tomonidan chorva mollarini temir yo'lga yaqin bo'lgan joylarda boqishlarini oldini olish maqsadida uzel rahbariyati tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda shu jumladan joriy yilning 31-yanvar kuni Ziyovuddin - Navoiy temir yo'l uchastkasi oralig'ida joylashgan qo'riqlash punktlari xodimlari va hudud fuqarolari bilan temir yo'l hududida xavfsizlikni ta'minlash, baxtsiz xodisalarni oldini olish, chorva hayvonlarini temir yo'l yaqinida boqmaslik yuzasidan temir yo'l atrofida yashovchi fuqarolar bilan "Xavfsiz hudud" loyihasi bo'yicha targ'ibot ishlari olib borildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
#Tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov topshirg'lariga asosan joriy yilning 31-yanvar kuni Buxoro hududiy Savdo-Sanoat palatasi rahbari "Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli" UK boshligʻi oʻrinbosari bilan Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

👉BATAFSIL O'QISH

Maʼlumot uchun: "Buxoro MTU" UK mijozlari uchun ochilgan telegram guruh https://t.me/+1CJH6e5-K5JhOTQy

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Eng yaxshi yosh mutaxassis-2023

"Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK kesimida o‘tkazilgan "Eng yaxshi yosh mutaxassis-2023" ko‘rik talovining vagon xo'jaligi bo'yicha g‘oliblari aniqlandi va keyingi bosqichga yo‘llanmani quyidagilar:

🥇1-o‘rinni Buxoro vagon deposi Maroqand VTKU maskani vagon ko'ruvchi ta'mirlovchisi Turapov Quvonchbek;
🥈2-o‘rinni Buxoro vagon deposi Buxoro VTKU maskani vagon ko'ruvchi ta'mirlovchisi Murodov Lochin;
🥉3-o‘rinni Buxoro vagon deposi Buxoro VTKU maskani vagon ko'ruvchi ta'mirlovchisi Nuraliyev Abdumurod qo’lga kiritdilar.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat