BMTI YANGILIKLAR
430 subscribers
1.86K photos
118 videos
4 files
450 links
Download Telegram
🕌O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3514 07.02.2018 qaroriga muvofiq ichki turizimni rivojlantirishni ta'minlash maqsadida ENERGETIKA fakulteti tyutori Q.O‘lmasov o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.
🗓22-noyabr "Xalqaro psixologlar kuni" munosabati bilan "Oziq-ovqat texnologiyalari" fakulteti qizlari bilan institut psixologlari: Tosheva M. va Ruziyeva Sh. tomonidan
📌Yosh qizlarni oilaga tayyorlash va ularni jamiyatda o'z o'rnini topishlariga ko'maklashish maqsadida, "Oila mening nazdimda" nomli psixologik trening tashkil etildi. Trening qiziqarli savollar, bahs-munozaralarga boy o'tdi. Shuningdek trening davomida institut profilaktika inspektori va fakultetning yoshlar ishlari bo'yicha dekan o‘rinbosari ham so'zga chiqib, talaba qizlarga psixologlar bilan birga tushuntirish ishlari olib borishdi.
📌Энергетика факультети тютори Ўлмасов Қудрат ва институт профилактика инспектори У.Бўриев билан ҳамкорликда Ахборот соати жараёнида талабаларга куз-қиш мавсумига тайёргалик, тартиб-интизом масалаларида давра суҳбати ташкил этдилар
📌Ta'lim sifatini oshirish va nazorat qilish maqsadida "Arxitektura-qurilish" fakulteti tyutori E.Elbekovaning "Axborot soatida" talabalardan anonim so‘rovna olinib, talabalarni darsga kelishlari, professor-o‘qituvchilar bilan muomala madaniyatlari va institut ichki tartib qonun-qoidalarga rioya etishlari aytib o‘tildi.
👩🏻‍🏫Кимёвий ва озиқ овқат технологиялари факультети тьютори Ў. Қурбонова томонидан Бухоро шаҳар Шодлик МФЙ кўчаси 13/4-уй 24-хонадонда ижарада яшовчи талабаларнинг яшаш шароитлари ўрганилди.
🔰 Ўрганиш давомида талабаларнинг дарсдан бўш вақтларини қандай ўтказаётгани, хонадонда мавжуд шароитлар, камчиликлар ҳақида суҳбатлашилди.
🧯🔥Шу билан биргаликда ис газидан заҳарланишнинг олдини олиш борасида тушунтириш берилди.