BMB Trade Group LLC
192 members
17 photos
39 links
Tel: (+99871) 230-22-99

E-mail: info@bmb-tg.uz
fb.com/bmbtradegroup

Manzil: O'zbekiston, Toshkent shahri, S.Azimov ko'chasi, 68, 100047.

Admin: @Damizox
Download Telegram
to view and join the conversation
Channel created
2017 yilda faoliyatini boshlagan BMB Trade Group kompaniyasi dinamik tarzda rivojlanayotgan yangi va zamonaviy kompaniya hisoblanadi.

Kompaniyada mehnat qilayotgan mutaxassislar iqtisodiyot va biznesning turli sohalarida katta tajribaga ega hamda o'z maqsadlariga erishish yo'lida barcha salohiyatlarini namoyon etmoqdalar.

Kompaniyaning asosiy faoliyat turlari va maqsadi:

- xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish;

- xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

- konsalting xizmatlarini ko'rsatish;

- zamonaviy agrosanoat majmualarini yaratish;

- yuqori sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlari va dorivor o'simliklarni yetishtirish va eksport qilish;

- qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni boshqarish uchun zamonaviy usullarini joriy qilish;

- chet ellarda muvaffaqiyatli qo'llaniladigan innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish;

- rivojlangan mamlakatlarda qayta tayyorlash orqali xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirishdir;

- xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

- innovatsion g'oyalarni joriy etish;

- aholi uchun munosib turmush darajasini ta'minlash bo'yicha davlat siyosatida faol ishtirok etishdan iborat.

Kompaniya bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Kompaniyaning uchta sho'ba: «BMB Agro Trade», «BMB Export Global» и «BMB Logistic» kompaniyalari mavjud.
BMB Agro Trade kompaniyasi hozirgi vaqtda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish eksport qilish bilan shug'ullanadi. Kompaniyaning asosiy yo'nalishlari quyidagilardir:
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish;
qayta ishlash;
eksport qilish.
Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari:

- Choy urug’lari va ko’chatlarini tayyorlashni tashkil qilish, fermer xo’jaliklari va tadbirkorlarni urug’lar va ko’chatlar bilan ta’minlash, Respublikaning iqlimi va boshqa sharoitlarini hisobga olgan holda choy yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish, sanoat choy plantatsiyalarini tashkil qilish, choy mahsulotini tayyorlash hajmlarini izchil oshirib borish, choy mahsulotini sanoat yo’li bilan qayta ishlash va qadoqlashning zamonaviy liniyalarini joriy etish, mahsulotni xorijiy davlatlarga chiqarish uchun uning yuqori sifatini saqlash va marketing tizimini ishlab chiqish, tajriba almashish, choy yetishtirish va choy mahsulotini ishlab chiqarishning sinovdan o’tkazilgan zamonaviy texnologiyalarini jalb qilish uchun jahondagi choy ishlab chiqaruvchilar bilan keng ko’lamli xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish.
BMB Export Global korhonasi yetishtirilgan sabzovot va meva mahsulotlarini eksport qilishni o'z oldiga maqsad qilgan.

Kompaniyaning vazifasi yurtimizda yetishtirilgan mahalliy raqobatbardosh mahsulotlarni bosqichma-bosqich dunyo bozoriga olib chiqish. Korxonada yuqori tajribaga ega malakali soha mutahassislari faoliyat yuritmoqda. Shu qatorda korxona mijozga tabiiy mahsulotlarni maqbul narxlarda, tez va sifatli yetkazib berish bo’yicha mas’uliyatni zimmasiga oladi.
BMB Logistic kompaniyasining asosiy faoliyati: tovarlar va yuklarni saqlash, yetkazib berish va xizmat ko'rsatishga qaratilgan.
АФҒОНИСТОНЛИК ТАДБИРКОР ВА ИШБИЛАРМОНЛАРИ ИШТИРОКИДАГИ БИЗНЕС-ФОРУМИ http://bmb-tg.uz/site/one-news?id=146
ЮРТИМИЗ ШАҲАРЛАРИДА “CHICKEN HUT” ТОВАР БЕЛГИСИ ОСТИДАГИ ФАСТ-ФУД РЕСТОРАНЛАРИ ОЧИЛАДИ http://bmb-tg.uz/site/one-news?id=147
BMB TRADE GROUP KOMPANIYASI HAMDA ISROIL KOMPANIYASI O’RTASIDA TO’G’RIDAN-TO’G’RI 10 MILLION AQSH DOLLARI MIQDORIDA INVESTITSIYA KIRITISH TO’G’RISIDA SHARTNOMA IMZOLANDI
http://bmb-tg.uz/site/one-news?id=145
#News #Company
​​"Discovery Architecture Group" kompaniyasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. 27-iyul kuni "YOSHLIK" sport sog'lomlashtirish kompleksiga tegishli sun'iy qoplamali futbol maydonchasida Jizzax viloyati "Discovery Architecture Group" jamoalari va BMB Trade Group kompaniyasi o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'yin qiziqarli, jonli bo'ldi, tomoshabinlar uchun ajoyib o'yin bo'ldi: ular 16 ta golni ko'rishdi, ikkala jamoaning ham hujumlari juda qiziqarli bo'ldi. O'yin 8 : 8 hisobida yakunlandi. "Ushbu durang haqqoniy natija bo'ldi."
#futbol #sport
​​MINSKDA MILLIY ISHLAB CHIQARISH KO'RGAZMASINING OCHILISHI "O'ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILGAN"

http://bmb-tg.uz/admin/news/update?id=149