BMB PFC
1.03K subscribers
11.8K photos
1.9K videos
4.8K links
BMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali.
Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov
Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev
Download Telegram
Jamoamiz bugungi mashgʻulotni “MDIST SC”da oʻtkazdi.

Dastlab futzalchilar uchun fitness mashgʻulotlari tashkil etildi. Jismoniy tayyorgarlik ustida puxta ishlangach, mashgʻulotning ikkinchi qismi taktik jarayonlar bilan davom ettirildi.

Mashgʻulot yuqori intizom va jiddiy ruhda oʻtdi. Har bir futzalchi oʻz vazifasini aniq tushungan holda, murabbiylar shtabi koʻrsatmalarini sifatli bajarishga harakat qilishdi.

Telegram |Facebook |Instagram | Uzum
👍697
🗓19-fevral jamoamizning yosh, umidli futzalchisi Nizomiddin Ziyoxidinovning tavallud topgan kuni.

⚡️BMB professional futzal klubi xodimlari nomidan klubimiz futzalchisi Nizomiddin Ziyoxidinovni tavallud topgan kuni munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Sizga metindek sog‘lik va kuch-quvvatlar tilaymiz. Baxt, omad, yaxshi kayfiyat hayotingizdagi doimiy hamrohingiz bo‘lsin. Yaqinlaringiz mehr-oqibatiga, hamkasblaringiz hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lib yuring. Oilangizga va barcha yaqinlaringizga sog‘lik-salomatlik hamda farovon turmush tilaymiz.

🏆BMB jamoasining yutuqlariga hissangizni qo‘shib, muxlislarimizni xursand qilishda davom etishingizga tilakdoshmiz.
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin.

Telegram |Facebook |Instagram | Uzum
👍65🎉32👏2
#RAMAZON

BMB PFC
barcha yurtdoshlarimizni mehr-oqibat, xayr-sahovat oyi — Ramazon bilan muborakbod etadi!

Ushbu fayzli va barakali oy har bir xonadonga tinchlik, sog‘lik va xotirjamlik olib kelsin.

Telegram |Facebook |Instagram | Uzum
👍675
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jamoamiz mashgʻulotlarni “MDIST SC”da davom ettirmoqda.

Nodir Eliboyev boshchiligidagi “Oq Yoʻlbarslar”ning taktik mashgʻulotidan videolavhani tomosha qiling.

Telegram |Facebook |Instagram | Uzum
👍676👏2🔥1🎉1🤩1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#INTERVYU

BMB PFC
ning iqtidorli futzalchisi Xusniddin Nishonov Oktabr oyida boʻlib oʻtgan “Dinamo” jamoasiga qarshi uchrashuvda jarohat olgani va shu oyning o‘zida muvaffaqiyatli operatsiya qilingani haqida oldinroq xabar bergan edik. Shundan so‘ng Nishonovning tiklanish jarayoni shifokorlar va murabbiylar shtabi nazorati ostida bosqichma-bosqich olib borildi.

Uch oydan koʻproq vaqt davom etgan reabilitatsiyadan keyin futzalchimiz umumiy mashg‘ulotlarga qaytdi. U klubimiz muxlislari uchun qisqa intervyu berdi va unda qachon maydonga qaytishi haqida aytib oʻtdi.

Telegram |Facebook |Instagram | Uzum
👍836🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BMB PFC | TRAINING

Bugungi mashg‘ulot an’anaviy tarzda ikki bosqichda tashkil etildi.
Dastlab jamoa a’zolari jismoniy tayyorgarlik ustida ishlashdi. Kuch, tezlik va chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlar yuqori sur’atda bajarildi. Har bir futzalchi individual yuklamalar orqali optimal sport formasini mustahkamladi.

Keyingi navbat taktik mashgʻulot jarayonlariga. Maydonda jamoaviy harakatlar, pressing, himoyadan hujumga o‘tish hamda standart vaziyatlar ustida puxta ishlanildi. O‘yin modeli amaliy sinovdan o‘tkazilib, o‘zaro tushunish va intizom yanada mustahkamlandi.
Maqsad aniq — mukammal tayyorgarlik va g‘alaba sari dadil qadam!

Telegram |Facebook |Instagram | Uzum
👍814
BMB PFC | TRAINING

Bugungi mashgʻulot jarayonlari ham reja asosida va yuqori saviyada olib borildi. Dastlab futzalchilar jismoniy holatni optimal darajaga olib chiqish maqsadida qizib olish bosqichini qiziqarli va raqobatbardosh estafetalar orqali amalga oshirishdi. Ushbu mashqlar jamoaviy ruhni mustahkamlash va tezkorlik hamda chaqqonlikni oshirishga xizmat qildi.

Shundan soʻng murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan taktik va texnik ishlanmalar ustida ish olib borildi. Oʻyinchilarning joylashuvi, toʻp bilan harakatlanish, tezkor qaror qabul qilish va standart vaziyatlardagi harakatlar alohida e’tiborda boʻldi.

Jamoamiz har bir mashgʻulotda intizom, yuqori temp va fidoyilik bilan ishlashda davom etmoqda.

Telegram |Facebook |Instagram | Uzum
🔥45👍31👏125