Vashington kundaligi
4K subscribers
518 photos
175 videos
4 files
780 links
Jurnalist, yozuvchi va endi dasturchi Behzod Mamadievning kundaligi
Download Telegram
Ukraina - tanklar qabristoni

Suratlar "Reuters" agentligidan olindi.

@bmamadiev
Qrimni Rossiya bilan bog'lovchi ko'prik ishdan chiqqan. Qatnov to'xtagan.

Ukraina tomonidan hujumga tutilgani taxmin qilinmoqda.

@bmamadiev
Ayni kunlarda AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi "Grin karta" lotereya dasturiga qabul davom etmoqda.

Shu masalada ko'pchilikdan tushayotgan savollarni inobatga olib, huquqshunos hamyurtimiz, "Grin karta"ga hujjat topshirish masalasida uzoq yillardan beri vatandoshlarga yordam ko'rsatib kelayotgan Dilshod Zokirov bilan suhhbat o'tkazdik.

Tomosha qiling: https://youtu.be/XDxkyOW4qMs

Suhbatda quyidagi va yana boshqa ko'plab savollarga javob topshingiz mumkin:

1. "Grin karta"ga hujjat topshirish bo'yicha bu yil qanaqa o'zgarishlar bor?

2. Pasportsiz ariza topshirish mumkinligi haqidagi ma'lumot to'g'rimi?

3. Ism-familiya qanday yozilishi kerak?

4. Ariza to'ldirishda eng ko'p yo'l qo'yiladigan xatolar nima?

5. Qanday holatlarda yutuq chiqqan taqdirda ham viza berilmaydi?

@bmamadiev
Forwarded from U.S. Embassy Tashkent
Грин-картага ариза топшириш жараёни бўйича саволларингиз борми? Биз 12 октябрь соат 12:30 да Фейсбук саҳифамизда савол-жавоб сессиясини ўтказамиз. Саволлар беришни истасангиз, тафсилотларни бизнинг саҳифамизда кузатиб боринг! https://www.facebook.com/usdos.uzbekistan

У вас есть вопросы по процессу подачи заявок для грин-карт? Мы проведем сессию вопросов и ответов на Facebook Live в среду, 12 октября, в 12:30. Следите за новостями FB Live, чтобы задавать вопросы на нашей странице https://www.facebook.com/usdos.uzbekistan.
Vashington kundaligi
Грин-картага ариза топшириш жараёни бўйича саволларингиз борми? Биз 12 октябрь соат 12:30 да Фейсбук саҳифамизда савол-жавоб сессиясини ўтказамиз. Саволлар беришни истасангиз, тафсилотларни бизнинг саҳифамизда кузатиб боринг! https://www.facebook.com/usdos.uzbekistan…
Xullas, eng ko'p so'ralayotgan masala - "Grin karta" anketasida ism va familiya qanday yozilishi kerak, pasport bo'lishi shartmi, degan savollarga aniqlik kiritildi. AQSh elchixonasi konsullik bo'limi xodimlarining aytishicha, arizani to'ldirish uchun pasport bo'lishi shart emas.

Pasportingiz bo'lsa (ichki yoki xorijga chiqish pasporti), ism va familiyangizni, avvalo, shu hujjat asosida yozasiz. Pasportingiz bo'lmasa, shaxsni tasdiqlovchi guvohnomada (ID karta) ism-familiya qanday yozilgan bo'lsa, shunday kiritiladi. Bolalarning ism va familiyalari tug'ilganlik haqidagi guvohnoma asosida to'ldiriladi.

Ism yoki familiyaning ba'zi harflari keyinroq pasportning inglizcha sahifasida o'zgarib ketsa ham bu muammo tug'dirmaydi, deyishmoqda. Faqat ID kartada ism yoki familiyangiz boshqacha bo'lganini isbotlab berishingiz kerak bo'ladi. Ya'ni shu hujjatning asli yoki nusxasi doim sizda bo'lsin.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi "Grin karta" lotereya dasturiga qabul davom etmoqda. Arizalar 8-noyabrgacha qabul qilinadi.

@bmamadiev
Forwarded from Zarnigorbegim ⚜️
Келинглар, паркларни муҳокама қиламиз.

Расмни қарасангиз, чапда Нью-Йоркнинг машҳур Марказий парки. Ўнгда Манхэттен ва унинг баландўпар бинолари.

Гуглдан қарасангиз паркни ичида бирорта кофе сотадиган шаҳобча ёки кафе йўқ экан. Паркни ичида жуда кўп егулик, ичимлик сотадиган шаҳобча ва кафеларнинг бор бўлишига ўрганиб қолган эканман, жуда ғалати туюлди. Ишонмай, ютубда парк видеоларини қараб чиқдим. Баъзи видеоларда орқа фонда бир-икки кафе кўринди. Лекин шундай катта парк учун 2-3 кафе жуда-жуда оз, йўқ мисоли.

Энди энг қизиғи. Манхэттенда бир квадрат метр ернинг ўртача нархи 1 миллион доллар экан.
Агар шунақа бўлса паркнинг нархи 3,4 триллион доллар бўлаяпти.

Дунёда фақат 9 та давлатнинг ЯИМи Нью-Йорк паркининг қийматидан катта, деди мен билган иқтисодчилар (текширганим йўқ).

Нью-Йоркдагилар бизнес қилишни билмасакан-а?😉


@zarnigor1
Nurmuhammad Muhammadiyev nufuzli Jorjtaun universiteti talabasi. Uning singlisi Feruza Muhammadiyeva esa nafaqat AQShning, balki dunyoning eng mashhur o'quv yurtlaridan biri Prinston universitetida 1-kursda o'qimoqda.

Qo'qonlik bu aka-singil O'zbekistonda maktabni bitiriboq xorijda o'qishga qaror qilgan va bir paytning o'zida ko'plab mashhur universitetlardan to'liq grant dasturlarini qo'lga kiritgan. Ular bunga qanday erishdi? Ularda qanday o'ziga xos jihatlar bor ediki, top universitetlar bakalavr darajasi uchun ularga to'liq grant berishga qaror qildi?

Shu va boshqa savollar bilan yoshlarni suhbatga tortdim. Tomosha qiling:

https://youtu.be/2aJCrw7K3qU

@bmamadiev
Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak hind millatiga mansub va ota-bobolarining kelib chiqishi Hindistonga borib taqaladi.

Mustamlaka qilingan yurtning avlodi bugun sobiq mustamlakachi davlatning yetakchisiga aylandi.

@bmamadiev
Bir yillik mehnat va to'rt soatlik intervyu ortidan qo'lga kiritilgan natija.

Allohga shukr!

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilon Mask qo’lida rakovina bilan “Twitter” bosh idorasiga kirib kelmoqda.

U juma kuni rasman “Twitter”ning egasiga aylanishi kutilyapti.

@bmamadiev
Turkiyadagi aziz vatandoshlar!

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston Istanbul Boshkonsulxonasi bilan hamkorlikda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi tomonidan 29 oktabr Shanba kuni soat 09:30 Turkiyaning Istanbul shahrida "JADIDLAR HAFTALIGI" forumi o'tkaziladi.

Mazkur tadbirda Turkiyadagi barcha vatandosh-yoshlarimiz ishtirok etishi mumkin.

Tadbir doirasida:
- Jadidlarga bag’ishlangan ilmiy-amaliy simpozium.
- Qiziqarli loyihalar, tanlovlar, aksiyalar va taqdimotlar.
- Turkiyadagi talaba-yoshlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini.
- Badiiy chiqishlar va film namoyishi hamda yoshlar uchrashuvlari boʻlib oʻtadi.
- Turli nominatsiylar bo'yicha faol ishtirokchilar ajoyib sovg'alar bilan taqdirlanadi.
- Tabdirimiz davomida milliy taomlarimiz tortiq qilinadi.

Turkiyadagi barcha vatandoshlarimizni taklif etamiz.

Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/9iKoS197gpuvz17n8

—————-
Sana: 29 Oktabr Shanba kuni soat 09:30 boshlanadi.

Tadbir joyi: MEHMET AKİF ERSOY KÜLTÜR MERKEZİ (Sağmalcılar Metro Bekati)

Lokatsiya (Konum): https://g.co/kgs/m4NQEf

Manzil: Yenidoğan, Abdi İpekçi Cd. No:70, Bayrampaşa/İstanbul
"Twitter" bugundan boshlab xususiy kompaniya sifatida rasman Ilon Mask nazoratiga o'tdi. Fond bozorida uning aksiyalari savdosi to'xtatildi. Hissadorlarga har bir aksiya uchun 54.20 dollar to'lab beriladi.

Mask birinchi kunda "Twitter"da amalga oshirgan ishlar:

- Kompaniya rahbariyatini ishdan haydadi;
- O'zini kompaniya bosh ijrochi direktori (CEO) deb e'lon qildi;
- Umrbod "Twitter"dan badarg'a qilingan shaxslardan bunday taqiq olib tashlanishi ma'lum qilindi.

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp yana "Twitter"ga qaytishi mumkin.

@bmamadiev
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Musulmonlar idorasi, O'zbekistonning AQShdagi vakolatxonalari hamda Amerikadagi vatandosh tashkilotlari bilan hamkorlikda joriy yilning 9 - 19-noyabr kunlari O'zbekistonlik ustozlarning Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrif tashkil etilmoqda.

Ustoz Hasanxon qori Abdumajitov va Kamariddin qori Bahriev quyidagi shaharlarga tashrif buyuradi:

9-10-noyabr - 04.00 p.m. Philadelphia,📍 Isabet Academic Campus
11-noyabr - 12.00 a.m. New York, 📍Masjid Imam Abu Hanifa
12-noyabr - 11.00 a.m. New York, 📍 Emir Palace Restaurant
13-14-noyabr - 04.00 p.m. Cincinnati, 📍 West Chester Township
16-noyabr - 06.00 p.m. Chicago, 📍 Masjid-ul-Islam
18-19-noyabr - 12.00 p.m. Orlando 📍 Al-Bukhari islamic center

Barchangizni suhbatlarga taklif etamiz.

@bmamadiev
Tadqiqotchilar yalpi ichki mahsulot (YIM) hajmi o'sishi haqida davlatlar beradigan raqamlar qanchalik to'g'riligini aniqlashning antiqa usulini o'ylab topishibdi.

Chikago universiteti olimlari 20 yil davomida 184 davlatdagi tungi chiroqlarni sun'iy yo'ldoshlar orqali kuzatgan. Ya'ni, kechasi mamlakat qanchalik charog'on bo'lsa, bu davlat shunchalik rivojlangan bo'ladi. Janubiy va Shimoliy Koreya bunga yaqqol misol: kosmosdan qaralsa, Janubiy Koreya hududi nurga cho'mgan, qo'shni davlat esa deyarli zulmat ichida (suratga qarang).

Ma'lum bir davr ichida yorug'lik miqdori bir xil darajada o'sib borgan ikki davlatni solishtirishganda, odatda, demokratik boshqaruvga ega davlatda iqtisodiy o'sish raqamlari kamroq bo'lishini aniqlashgan. Bu degani, nodemokratik rejimlar raqamlarni bo'rttirib ko'rsatgan.

Xullas, shu usul bilan avtoritar rejimlarda YIM hajmi 30 foizgacha bo'rttirilishi aniqlangan. Ularga ko'ra, Xitoy ham bundan mustasno emas.

@bmamadiev
"Onix", "Tesla" va saylov

O'zbekistonda "UzAuto Motors"ning bir yildan keyin yetkazib beriladigan yangi "Onix" avtomobili uchun navbat va ur-yiqitni ko'rib, uncha ajablanmadim. Monopoliya hukmron sohada yana boshqa nimani kutish mumkin?

O'ylab qarasam, navbat kutish Amerikada ham bor ekan. Masalan, "Tesla"ning ba'zi modellarini olaman desangiz, bir necha oy va hatto yillab kutishingiz kerak. Sababi yana bozordagi o'sha talab va taklif bilan bog'liq: bunday sifat va modelni ayni paytda faqat "Tesla" taqdim etayotgan ekan, odamlar kutishga rozi.

Lekin AQShda "Tesla"dan boshqa yana yuzlab modellar va kompaniyalar bor; ularning mashinasini bir soat ichida avtosalondan olib chiqib ketishingiz mumkin. Hatto ba'zi modellar uchun 0 foizli kreditlar ham bor.

Bundan tashqari, bir necha yil ichida "Tesla" bilan teng raqobat qila oladigan boshqa kompaniyalar ham bozorda paydo bo'lishi aniq. O'shanda "Tesla" mashinalarini hech qanday navbatsiz olish imkoniyati paydo bo'ladi, narxlari hatto arzonlashadi.

Xullas, monopoliya o'rnatilmagan bozorda mijoz ham, davlat ham yutadi. O'yinchi (kompaniya) ko'paygani hisobiga davlat g'aznasiga soliq tushumi ortsa, taklif va raqobat oshgani uchun mijozda tanlov va arzonroq narxda olish imkoniyati paydo bo'ladi.

Yana boshqa bir masala bor. Monopoliya hisoblanadigan "UzAuto Motors"ni tinmay so'kamiz, lekin ayb aslida bu kompaniyada emasligini ko'pchilik o'ylamayapti. Monopoliya siyosatini bu zavod emas, balki hukumat o'rnatgan. Hukumat xohlasa, bir kunda bu monopoliyaga barham berilishi mumkin.

Demak, e'tiboringizni ijrochiga emas, qaror qabul qiluvchilarga qarating. Ular sizning xohish-istaklaringizni inobatga olmayaptimi, saylov orqali o'z noroziligingizni ifoda etish huquqiga egasiz. Ya'ni, sizning xohishlaringizni amalga oshirishni va'da qilayotgan boshqa odam yoki partiyaga ovoz berishingiz mumkin.

Har qalay, demokratik va normal jamiyatlarda tartib shunaqa.

@bmamadiev