Tanishing, Anja Kaiser (1986-yilda tug‘ilgan, Germaniyada yashaydi) 2011-yildan beri grafik dizayner. 2014-yildan 2018-yilgacha Burg Gibixenshteyn san’at va dizayn universiteti tipografiya bo‘limining badiiy hamkori bo‘lgan. Sandberg institutida magistratura bosqichida u "Jinsiy haqiqatlar - tanamdan kimga qarzdorman?" loyihasi ustida ishlay boshladi. Ushbu loyiha (asar) Brnodagi xalqaro dizayn biennalesida maqtovga sazovor bo‘ldi va Saksoniya shtati Madaniyat jamg‘armasi kolleksiyasi tomonidan sotib olindi. 2017-yilda u Leyptsig zamonaviy san’at galereyasining INFORM mukofotiga sazovor bo‘lgan. Postga ilova qilingan rasmlarda uning asarlarini ko‘rishingiz mumkin.
Tushunaman, uning ishlari amaliy kompozitsiyaning qaysidir usullari, tipografik qoidalar (balki) va hokazo odatiy hayot tarzida yashovchi insonlar uchun absolyut tushunarsiz tartiblar asosida yaratilgan bo‘lishi mumkin. Lekin meni o‘ylantiruvchi holat shundaki, grafik dizaynning asosiy maqsadi insonlarga fikr yoki ma’lumotni iloji boricha yengil va tushunarli qilib yetkazishda emasmi?
So‘nggi paytlarda esa, shunday tushunarsiz postlarni o‘zimizning dizaynerlar ham tayyorlashmoqda va katta ehtimol bilan nima qilayotganlarini to‘liq anglamagan holda "trend"ga ergashish yuz beryapti.
Ochig‘ini aytaman, san’atga tushunmayman va grafik dizayn bu san’at emas deb hisoblayman 🫢
@blogfolio
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zakovat loyihasi rebranding o'tkazganmish
zakovatmanifest.uz degan sayt ham paydo bo'ldi va unda yangilangan dizayn elementlaridan foydalanilgan.
🔥 — zo'r, yoqdi
👎 — eskisi yaxshi
@blogfolio
zakovatmanifest.uz degan sayt ham paydo bo'ldi va unda yangilangan dizayn elementlaridan foydalanilgan.
🔥 — zo'r, yoqdi
👎 — eskisi yaxshi
@blogfolio
Figma bilan muammolar kuzatila boshladi. Har bir necha daqiqada shu bildirish paydo bo'lmoqda. Balki faqat menda bo'layotgandir bu xatolik.
Bizning (dizaynerlarning) butun hayotimiz Figma'ga bog'lanib qoldi, buni o'ylab ko'rish kerak...
@blogfolio
Bizning (dizaynerlarning) butun hayotimiz Figma'ga bog'lanib qoldi, buni o'ylab ko'rish kerak...
@blogfolio
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident qarori bo‘yicha “Boburshunoslik” xalqaro ilmiy elektron platformasini tayyorlashni boshlagan edik. Bobur nomli xalqaro jamoat fondi, Andijon hokimiyati va bir guruh professor-olim va olimalar bilan hamjihatlikda loyihaning birinchi bosqichini yuzimiz yorug‘ holda yakuniga yetkazdik.
Ochig‘ini aytish kerak, yurtimiz tajribasida bu kabi loyihalar ijtimoiy tarmoqlarda, odatda, keskin tanqidlarga uchraydi. Sabab sifatida esa katta moliyaviy ta’minot evaziga arzimagan natija ko‘rsatilishi deb hisoblanadi.
Misol uchun, “Onlayn mahalla” axborot tizimini yaratish uchun 8,4 mlrd so‘m; Mukofotlangan san’atkorlar haqida veb-sayt uchun 488 mln so‘m.
Qolaversa, yaqinda 2 yil davomida tayyorlangan bir platforma uchun 1 mlrd so‘m ajratilgani haqida xabar berilgan edi va afsuski yaqin bir necha kundan beri u sayt ishlamayapti.
Tayyormisiz?! Bizning platforma uchun 159 mln so‘m ajratilgan edi. Jamoa esa 8 kishi: 6 nafar soha bo‘yicha yuqori bilimga ega olimlar, bitta dasturchi va bitta dizayner. Platformani ayni ko‘rinishga keltirish uchun 4 oy muddat kerak bo‘ldi. Hozircha faqat desktop turi uchun dizayn moslashgan. Mobil uchun biroz kamchiliklar bor.
Xullas, nima demoqchiman? Loyiha boshlanish arafasida shu ishni yaxshi yakunlasak, albatta Blogfolioga yozaman deb niyat qilgan edim. Faqat shu.
Platforma haqida ayni kunlarda quyidagi havolalarda o‘qishingiz mumkin:
• Havola 1 (Xushnudbek)
• Havola 2 (ishonch .uz)
• Havola 3 (oyina .uz)
• Havola 4 (aniq .uz)
• Havola 5 (Yangi O‘zbekiston)
• Havola 6 (Xalq so‘zi)
• Havola 7 (demokrat .uz)
• Havola 8 (O‘zbekiston24 TV)
@blogfolio
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Frontendchilarni ishsiz qoldirishi mumkin bo'lgan plagin
Figma uchun Trace nomli plagin chiqarildi. Uning yordamida siz dizaynni SwiftUI'da ilovaning jonli prototipiga aylantirishingiz mumkin. Kodni ko'rish, o'zgartirish, dastur harakatiga ta'sirini o'rganish va o'zgarishlarni IDE'ga o'tkazish mumkin. Bularning barchasi uchun plagin to'liq huquqli iOS simulyatorini yuklaydi. Dizaynni SwiftUI kodiga aylantirish uchun esa neyron tarmoqdan foydalaniladi.
No Code davri boshlanmoqda.

Forwarded from Dizayn-baza 2.0
Qishki yangilanishlarni ko'rib chiqamizmi?
1 / Demo: Endi telegram kanalimizda bazani har bitta bo'limini kichik qismi demonstratsiya uchun bepul joylab boriladi.
2 / Telegram guruh: Endi figma fayldagi resurslardan tashqari telegram-guruh ichida ham materiallar almashib turamiz batafsil bu yerda yozgandim.
3 / Suniy intelleklar to'plangan bo'lim ochildi.
Hozircha 35 ta turli xil vazifalar uchun mo'ljallangan suniy intellektlar jamlangan bo'lim ochildi.
4 / So'rovnoma natijalaridan kelib chiqib agentliklar va studiyalar prezentatsiyalari jamlangan bo'lim ochildi.
5 / Baza uchun 20 foizlik chegirma — 100 000 UZS (narx 06.03.2024 gacha amal qiladi)
Video-prevyu — Link
Foydalanuvchilar fikrlari: O'tkirbek, Oyatillo
Sotib olish uchun bot — @dizaynbaza_bot
@dizaynbaza_info / #update

McDonald's ning birinchi logotipi
Birinchi McDonald's logotipi 1940-yilda paydo bo'lgan ekan: bu oq fondagi odatiy qora "McDonald's Famous Barbecue" yozuvi. Ushbu dizayn 8 yil amalda bo'lgan.
Shunchaki, ma'lumot uchun )
@blogfolio
Birinchi McDonald's logotipi 1940-yilda paydo bo'lgan ekan: bu oq fondagi odatiy qora "McDonald's Famous Barbecue" yozuvi. Ushbu dizayn 8 yil amalda bo'lgan.
Shunchaki, ma'lumot uchun )
@blogfolio
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dizayn faqat ot emas, dizayn bu fe’l hamdir
Odamlar ko‘pincha "Dizayn" atamasini juda tor qabul qiladi va u orqali faqat rasm va mahsulot qanday ko‘rinishini tushunishadi. Ko‘pincha hatto dizaynerlarning o‘zlari ham bu anglovga berilib, faqat vizual komponentlarni eslatish orqali o‘z ishlari haqida gapirishadi.
MTS kompaniyasi taqdim etgan "Dizayn – bu fe’l" nomli salkam bir soatlik filmda aynan yuqoridagidek qarashlarga qarshi turli asosli fikrlar berilgan ekan.

// 04.04 – dasturchilar kuni bilan!
Dizayner, ayniqsa veb-dizaynerlarning doimiy hamkori bo'lmish dasturchilarni bayram bilan tabriklaymiz! O'z ishingizni seving va dunyoni o'zgartiring.
@blogfolio
Dizayner, ayniqsa veb-dizaynerlarning doimiy hamkori bo'lmish dasturchilarni bayram bilan tabriklaymiz! O'z ishingizni seving va dunyoni o'zgartiring.
@blogfolio
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi Figma'da siz istalgan maxsus kursorni, hatto mem mushuklarini ham tanlashingiz mumkin. Ushbu xususiyat 11-aprelgacha mavjud bo'ladi.
@blogfolio
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telegram UI (foydalanuvchi interfeysi) dizaynerlari uchun tanlov e'lon qilgan edi. Bosh sovrin $5000 va g'olib Telegram dizayn jamoasiga qo'shilish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. Vazifa esa, qisqacha aytganda, hozirda rasmiy Telegram ilovalarida mavjud bo'lmagan xususiyatni yaratish.
Bugun tanlovga yuborilgan ishlardan biri (postga ilova qilingan video) Telegram Designers kanalida taqdim etildi. Shunchaki ajoyib va qulay xususiyat. Tez orada rasman tadbiq etilsa ham kerak.

Grafik dizaynerlarning eng sevimli dasturi aka-uka Tomas (ilova qilingan 1-surat) va Jon (2-surat) Noll’lar tomonidan yaratilgan. Tomas Michigan universitetida muhandislik bo‘yicha o‘qigan va fotosuratlarga qiziqqan, Jon esa Industrial Light&Magic kompaniyasida maxsus effektlar bilan ishlagan. Photoshop’ni ishlab chiqishda ularning otasi Glen yordam bergan bo‘lib, u maktabda dars bergan va fotografiya hamda texnikaga ham qiziqqan.
1980-yil oxirida Tomas monoxrom tasvirlarni kulrangga aylantiradigan kichik dastur yozadi. Ukasi uning loyihasini ko‘rgach, dasturni to‘liq kompyuter muharriri qilib yakunlashni taklif qiladi.
Tomasning dasturlash bo‘yicha bilimlari va Jonning dizayn qobiliyatlari bilan kod yanada takomillashtiriladi. Natijada ImagePro deb nomlangan dastur paydo bo‘ladi.
1988-yilda aka-ukalarning loyihalari yanada takomillashib o‘zining 0.63-versiyasi bilan Photoshop paydo bo‘ladi. Bu versiya Adobe Photoshop’ning eng birinchi versiyasi edi. Aytgancha, Photoshop’ga Adobe so‘zining qo‘shilishi esa 1990-yil Adobe korporatsiyasi bilan hamkorlik boshlangandan so‘ng amalga oshgan.
Shunday qilib, Adobe Photoshop 1.0 versiyasi 1990-yilda ommaga taqdim etilgan.
@blogfolio
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM