BlockNote
151 subscribers
2 photos
10 links
Bilishni istadim, har ne har kasni,
Istadim tinglamoq har chiqqan sasni.
Bilsam bilmaganim xo’p bisyor ekan,
Bilgani shu bo’ldi nodon “Bilmas”ni!
Download Telegram
Insonga kuch va pul berilganda, bular uni buzmaydi. Balki ichkarida yashirinib yotgan o'zligini namoyon qiladi. Qudrat va pul yo'qligida qilishga jur'ati yetmagan ishlarni ana endi amalga oshirsa bo'ladi deb o'ylaydi. Shuning uchun ham ba'zida biz kulfat deb bilganimiz hikmat, ne'mat deb bilganimiz aslida kattaroq sinov bo'lishi mumkin.
🔥10👍1
Fidokorlik - olijanob fazilat. Ammo kimga, nima uchun, nimani fido qilayotganingga e'tibor ber. "Arziydimi?" - degan savolga javobing "ha" bo'lsa fidolikda davom et. Aks holda, o'zing bilasan...
👍7🔥2
Ba'zida soyalarida qoldirishni istashadi. Shunaqa paytda daraxt ekanligingni bildirib qo'y.
🔥8👍1
Baxt = Rozilik!
🔥10
Yangilik yaratish bilan band bo'lib uxlamaslik ham - baxt
🔥8
Ishonchni bilim emas bilimsizlik tug'diradi.
🔥4👎1
Ko'p gapiradigan odamdan ehtiyot bo'lish kerak. Siz bilan gaplashayotganda ham boshqalarga gapirib berish uchun gap yig'ayotgan bo'lishi mumkin.
😁10👍2🔥1
O'qimay qo'ysangiz miyangiz kuchsizlasha boradi. O'qish bu miyani zalga chiqarish degani. Miyangiz kuchsiz va shalpaygan bo'lishini xohlamasangiz uni yangi ozuqa bilan to'ydirib turing.
👍7🔥2
Ustozni aytganini qil, qilganini qilma!

degan gapni nima deb tushunasiz?
😱4🔥2
Ba'zida jim ishlash kerak. Yangiliklar kimnidir g'ashiga tegsa, yana kimgadir tushunarsiz tuyuladi. Qilayotganlaring hammaga tushunarli bo'lgungacha sukut saqla. Ko'p gapirish bilan eng avval o'zingga zarar yetkazasan. So'rasalar, sekin-sekin yashayapmiz, deb qo'ya qol.
👍8🔥4
Yarim kechasi. Sendan boshqa hamma uyquda. Ko'zing yumilib ketyapti. Ammo oldinga qo'ygan vazifalarni bajarishing kerak. Aks holda ertangi kuningda unum bo'lmaydi. Amallab kuch yig'ib hamma ishlaringni qilib bo'lasan. Endi yotib uxlasam bo'ladi deysan.

Va birdan miyangda bir yangi g'oya paydo bo'ladi. O'zingni xuddi zaryadlangandek his qilasan. Uyqu ham charchoq ham qayergadir g'oyib bo'ladi. Va yana yarim tundan o'tib ketsa ham zavq-u shavq bilan ishlaysan. Ammo endi majburlikdan emas, istab, chin dildan xohlab bajarasan bu ishlarni.

Demak energiya yo'qligi charchaganingdan emas. Shunchaki qilayotgan ishingga nisbatan qalbingda muhabbat bor yo'qligida.

Ishingni sevasanmi demak charchamaysan. Charchayapsanmi, demak ishing haqida chuqur o'ylab ko'rishing kerak!
🔥10👍3
Vabo kelishini avval olimlar biladi. Kelganda hamma biladi.
🔥3👍2
Bugungi behuda o'tgan kun kecha vafot etgan inson yashashni orzu qilgan ertangi kundir!
🔥8
Qaysi biri kuchli odam belgisi?

Orzularning kattaligimi yoki qobiliyatlarning ko'pligimi?

Deylik har sohada qobiliyatingiz bor. Nimagaki qo'l ursangiz, o'xshaydi, eplab ketasiz. Bu hammaga ham berilmaydigan ne'mat. Ammo bu kuchli insonning belgisi emas. Sababi o'ziga bo'lgan bunday ishonch ma'lum vaqtgacha insonni sarmast qilib, boshqalar bilan raqobatlashmaydigan qilib qo'yadi. Hamma narsani eplay olishiga ishongan odam katta orzular qilmay qo'yadi.

Katta orzularga ega bo'lish esa - kuchli insonning belgisi. Chunki katta orzular (ba'zida ko'pchilik ishonmaydigan) insonni harakatga undaydigan kuchga aylanadi. Amalga oshish ehtimoli juda past bo'lgan, aql bovar qilmaydigan orzularga ega bo'lish odamni o'stiradi. Hatto qobiliyatsiz odam ham mana shunday orzulariga erishish uchun o'z ustida ishlashni boshlaydi. Natijada bu orzuga yetkazadigan ko'nikmalarni mashaqqat bilan bo'lsa-da, sekin-sekin egallab boradi.

Qobiliyatlaringiz ko'lami orzularingizdan ko'pligi omaddek ko'rinishi mumkin. Ammo teskarisi ko'proq omadni bildiradi nazarimda. Katta qobiliyat bilan kichik orzularni amalga oshirib yuraverasiz. Katta orzularni ro'yobga chiqarish uchun esa kichik qobiliyatlaringizni rivojlantirish ustida ishlaysiz. Oxir oqibat, Sizda orzular ham, qobiliyatlar ham natijalar ham katta bo'ladi.
🔥9
Ishini yo'qotishdan qo'rqib yashaydigan odam - eng ojiz odam. U ishdan ketishni xohlab qolishidan ishxonasi qo'rqadigan odam - eng kuchli odam.

Nima demoqchiman? Ishingizni sifatli bajarmasangiz, sizni o'rningizga yaxshiroq ishlaydigan odamni olib kelishlari tabiiy. Bu qo'rquv bilan yashash odamni ojizlikka, tobelikka yetaklaydi. Ishingingizni olib qo'ymasliklari uchun hamma narsaga tayyor bo'lib qolasiz. Sizni kamsitishlari, izza qilishlari va hatto haqoratlashlariga ham ko'nib qolishingiz mumkin. Nega? Chunki bu eshikdan tashqarida sizni hech kim quchoq ochib kutmasligiga ishonchingiz komil. Bunday holatda hech qachon obro'-e'tibor topmaysiz. Qichqirsangiz ham so'zlaringizni hech kim eshitmaydi.

Agar ishingizni zo'r bajarsangiz, sizni yo'qotib qoyishdan qo'rqishadi. To'g'ri, almashtirib bo'lmaydigan odam yo'q, -degan qoida bor. Ammo hech bo'lmaganda, sizni almashtirishmoqchi bo'lishganda ham, chuqur o'ylashadi. Qo'l uchida, shunchaki itqitib tashlashmaydi. Yaxshi kadr bo'lganingiz uchun bir joydan ketsangiz ham undanda yaxshiroq joyga o'tish imkoniyatingiz bo'ladi. Yani bir joyni tark etish siz uchun tugash emas, aksincha yangidan boshlashni anglatadi. Bunaqa qudrat bilan hech bir joyda tilingiz qisiq bo'lmaydi. Mana shuni aura deyishadi. Bunday holatda gapirmasangiz ham nima demoqchiligingizni anglashadi.

Ishingizni yaxshi bajaring. Eng zo'ri bo'ling. Ammo kamtarlik ham esdan chiqmasin. Zo'rligingizni boshqalar e'tirof etishsin. Siz so'ramang.
🔥7
Odamlarni o'zaro o'xshash qiziqishlar birlashtiradi. Atrofingizdagilarni yo'qotishni istamasangiz o'xshash mashg'ulotlar bilan band bo'ishingiz kerak. Aks holda ora sekin sekin soviy boshlaydi.

Misol uchun maktabdagi do'stlaringiz bilan birga ulg'aygansiz. Ular bilan juda qalin bo'lgansiz. Lekin hozir ular bilan ko'p ko'rishmaganingiz tufayli, sizga ishdagi yoki o'qishdagi boshqa do'stlaringiz yaqinroq tuyuladi. Eski do'stlar bilan uzoqlashganingiz sababi, shunchaki o'rtada birlashtirib turadigan mashg'ulotlar yo'qligida. Endi qiziqishlaringiz ularnikidan boshqacha.

Hozir sizni atrofingizdagilar ham sizga shu sababdan tortilib turadi. Mabodo ular istagan narsani emas balki o'zgacharoq narsani istashingizni bayon qilsangiz, shu ondan boshlab siz ular uchun begona tuyulishni boshlaysiz. Fikrlaringizga tanqidiy ruhda izoh qoldirishni boshlashadi. Yuzaki munosabatlar boshlanadi.

Mana shu nuqtada anglab yetish kerak.
🔥4🗿2👍1
Ilmning zakoti uni boshqalar bilan bo'lishishdir.
🔥9👍1
Inson sevgan işidan ham bezadimi?

Bölişi mumkin. Qaçonki tanaffussiz, rejimsiz, tartibsiz işlar ekan, qançalik zavqli maşğulot bölsa ham jonga tegadi. Har işda meyor bölgani yaxşi.
🔥11
Hamma asosan oldinga siljiş haqida, boşqalardan özib ketiş haqida gapiradi, öylaydi. Töxtaş haqida ham öylab turiş kerakmikan deb öylab qolaman bazida. Ortga qaytiş haqida öylaş kerakmasmi? Yöqotilgan asliyat oldinda emas ortda bölsa-çi? Oldinga qancha ildamlaganing özingdan şunçalik uzoqlashayotganingni bildirsa-çi?

Şu tomonlarini ham bir öylab qöyiş kerakmi deyman-da!?

Agar katta maydondagi yuguriş yölakçasida hamma qatori yugurib ketayotgan bölsangiz-u, tösatdan töxtab qolsangiz. Hamma sizning oldingizda ötib ketayotganini, siz esa ortda qolib ketayotganingizni körasiz. Ammo yana biroz şu yerda jim kutib tursangiz, ular maydonni aylanib, yana sizning ortingizda paydo bölişadi....
🗿2
Insonlar sizdan maslahat söraşganda hech qaçon öz fikrlaringizga tayanib maslahat bermang. Çunki ularga sizning fikringiz unçalik qiziq emas.

Aksar hollarda biz boşqaalrdan biror iş yuzasidan maslahat söraganimizda, aslida allaqaçon bir töxtamga kelib bölgan bölamiz. Şunçaki şu qarorimizga öxşaş, uni tasdiqlaydigan fikr beradigan odamni qidiramiz xolos.

Buni fanda turli xil nomlash mumkin ekan. Quyida iqtibos keltiraman.

1. Validation seeking (tasdiq izlash). Bu eng aniq mos keladigan atama. Odam aslida qaror qilib bo’lgan, endi esa boshqalardan “to’g’ri qilyapsan” degan gapni eshitmoqchi. U yangi ma’lumot emas, emotsional qo’llab-quvvatlash izlayapti.

2. Confirmation bias (tasdiqlash tarafkashligi). Bu ilmiy jihatdan eng ko’p o’rganilgan hodisa. Inson o’z fikrini tasdiqlaydigan ma’lumotni qidiradi, uni yaxshi eslab qoladi va to’g’ri deb hisoblaydi. Qarshi dalillarni esa e’tiborsiz qoldiradi. Shuning uchun maslahat so’raganda ham “ha” deydigan odamni tanlaydi.

3. Motivated reasoning (motivatsiyalangan fikrlash). Odam xulosaga dalillardan kelmaydi. U avval xohlagan xulosasini belgilab oladi, keyin unga mos dalillarni yig’adi.

4. Choice-supportive bias. Bu tanlov qilingandan keyin o’sha tanlovni oqlashga moyillik.

5. Reassurance seeking (xotirjamlik izlash). Odam bir xil savolni qayta-qayta berib, “hammasi joyida” degan javobni kutadi. Klinik psixologiyada bu atama asosan xavotir bilan bog’liq holatlarda qo’llaniladi.
👍2
Demak kimdirning qaroriga qarşi, lekin şu bilan birga töğri fikr aytsangiz ham, sizni fikringizni inobatga olişmaydi. Bundanam yomoni sizni yomon körib qolişadi. Nima qiliş kerak? Bu borada heç nima demayman. Çunki baribir bilganingizni qilasiz)
😁5🔥2👍1