- Qaysi kitoblar qiziq?
- O'zimiz haqimizdagilari!
- Ularni qanday topamiz?
- Boshqalar haqidagilarini o'qib!
- ...
- ?
- Unda o'zimizni boshqalarda topamizmi?
- Yo'q. O'zimizni boshqalar orasidan topamiz!
– Rosa ko'p kitoblarni o'qib chiqishim kerak ekanda o'zimni topish uchun?
- Umring yetadi degan umiddaman.

🔥7👍1👎1
Bir sirni ochaymi? Rejalarni hech qachon hech kim bilan muhokama qilmang. Amalga oshish ehtimoli kamayib ketadi.
🔥7👍1
Biror narsaga erishish kerakligini sizga qancha uqtirishmasin, bu narsaga ehtiyojingiz borligiga o'zingizni ishontira olmas ekansiz, motivatsiya kelishini kutmang. Atrofdagilarni qistovi bilan nari borsa bir oy harakat qilish mumkin. So'ngra, asliyat baribir o'z kuchini ko'rsatadi.
Ishda yangi mansab taklif qilishsa, avval o'zingizdan so'rab ko'ring. Shu kursiga o'tirishga o'zingiz havasmandmisiz? Yoki shunchaki bu lavozimni hamma nufuzli deb bilgani uchun sizga ham chiroyli ko'rinyaptimi?
Hali men o'zingiz talpinyapsiz demayapman. Sizga o'zlari takif qilishganda ham hatto o'ylab ko'rish kerak. Chunki qiladigan ishingizdan ruhiy qoniqish his qilmas ekansiz, doim u yerdan ketishga, qutulishga urinaverasiz. Shu sababdan chiqmoqchi bo'lgan cho'qqingizni o'z o'lchovlaringiz bilan o'lchang. O'zganing sarjini bilan o'lchangan cho'qqi aslida sizning nazdingizda jarlik bo'lib chiqishi mumkin.

🔥7👍2
Dunyoda ikki xil tortishish qonuni bor. Birinchisi - gravitatsiya. Ikkinchisi, ertalab sodir bo'ladi, kravatatsiya.
Muhammad Ali Eshonqulov
😁15👍1
Ko'pchiligimizda bir odat bor. Bo'sh qolganimizda, kimnidir kutayotganimizda, ishlab charchaganimizda va yana shunga o'xshash vaziyatlarda vaqtimizni o'tkazish uchun smartfonimizni qo'limizga olamiz. Unda yo ijtimoiy tarqmoqlarni yoki galereyamizni kavlab o'tiramiz. Tashqaridan qaraganda biz asosiy mashg'ulotdan dam olayotgan bo'lamiz, go'yoki.
Ammo miya buni tushunmaydi. Telefonimizga qarab o'tirganimizda ham u dam olmayotgan bo'ladi.
Deylik biror ish qilayotganingizda diqqatingiz faqat o'sha mavzu bilan band bo'ladi. Bu ishdan "dam olaman" deb, telefonni qo'lingizga olib instagramga kirsangiz va qisqa videolarni tez-tez almashtirib ko'rishni boshlasangiz, Miyangiz turli mavzularni almashishidan katta yuklama oladi. Natijada sal oldin ishlayotganingizdan ko'ra, "dam olayotganingizda" ko'proq charchayotgan bo'lasiz.
Ishonmasangiz e'tibor berib ko'ring. Aniq ishdan ko'ra, smartfonga tikilib o'tirganingizda miyangiz tezroq charchaydi.

🔥5👍2
Beshikdan qabrgacha ilm izlovchi boʻling. Jaholat zulmatdir, ilm esa yoʻlingizni yorituvchi nurdir; oʻqing va yuksalib boring.
👍7🔥5
Yaxshi g'oyani tezda o'ldirishning oson yo'li - 10 kishidan bu g'oya haqida nima deb o'ylashlarini so'rash.
🔥9👍1
Ma'lumotlar bilan to'lib toshgan zamonda yashayapmiz. Ko'p narsani bilishga imkonimiz bor. Bilamiz ham. Ammo bilish oson bo'lganligidan bajarishni, amalga oshirish qobiliyatini yo'qotdik. Ko'p kitoblar sotib olishga qurbimiz yetar, javonimizni to'ldirib tashlashga qurbimiz yetar, ammo ularni hech birini o'qib, to'liq hayotimizga tadbiq etishga qurbimiz yetmay qoldi. Olim bo'lish oson bo'lgan zamonda, amal qilish qiyinlashib boradimi? Ilmiga amal qilmaydigan olimning boshqalarga ham o'ziga ham zarari katta.
🔥10👍4
Insonga kuch va pul berilganda, bular uni buzmaydi. Balki ichkarida yashirinib yotgan o'zligini namoyon qiladi. Qudrat va pul yo'qligida qilishga jur'ati yetmagan ishlarni ana endi amalga oshirsa bo'ladi deb o'ylaydi. Shuning uchun ham ba'zida biz kulfat deb bilganimiz hikmat, ne'mat deb bilganimiz aslida kattaroq sinov bo'lishi mumkin.
🔥10👍1
Fidokorlik - olijanob fazilat. Ammo kimga, nima uchun, nimani fido qilayotganingga e'tibor ber. "Arziydimi?" - degan savolga javobing "ha" bo'lsa fidolikda davom et. Aks holda, o'zing bilasan...
👍7🔥2
Ba'zida soyalarida qoldirishni istashadi. Shunaqa paytda daraxt ekanligingni bildirib qo'y.
🔥8👍1
Ko'p gapiradigan odamdan ehtiyot bo'lish kerak. Siz bilan gaplashayotganda ham boshqalarga gapirib berish uchun gap yig'ayotgan bo'lishi mumkin.
😁10👍2🔥1
O'qimay qo'ysangiz miyangiz kuchsizlasha boradi. O'qish bu miyani zalga chiqarish degani. Miyangiz kuchsiz va shalpaygan bo'lishini xohlamasangiz uni yangi ozuqa bilan to'ydirib turing.
👍7🔥2