Yugurayotgan odam atrofdagi go'zalliklarni ko'ra olmaydi. Ko'rish uchun to'xtash kerak.
🔥15🤔1
Munosib bo'lmagan joyni egallashga urinish boshqa munosiblarga nisbatan zulm hisoblanadi.
Munosib bo'laturib, nomunosiblar bilan kurashsang, o'zingga, qadringga zulm qilibsan.
Munosib bo'laturib, nomunosiblar bilan kurashsang, o'zingga, qadringga zulm qilibsan.
🔥10👍4
Ish haqini tiyinigacha hisob-kitob qilib oladiganlarga nisbatan “Haqini birovga berib qoʻymaydigan, nemis” deymiz.
Aslida, u oʻzgalarni haqi unga oʻtib ketishidan qoʻrqib hisoblayotgan boʻlsa-chi?
Aslida, u oʻzgalarni haqi unga oʻtib ketishidan qoʻrqib hisoblayotgan boʻlsa-chi?
🔥10
Doʻstlar davrasiga ( ruschasiga aytganda “krug”ga) qoʻshilmay qoʻyganlar haqida “Bu bola aynidi”-, deymiz.
Aslida “krug” aynigani uchun qoʻshilmay qoʻygandir?!
Aslida “krug” aynigani uchun qoʻshilmay qoʻygandir?!
🔥6👍5
Mashinangiz bo'lgani yaxshi. Shukur qiling. Erta tongda ishga qiynalmasdan yetib olasiz.
Mashinangiz bo'lmasa ham shukur qiling. Ertalab mashina oynasiga termulib. hayol surib ketish imkoniyatingiz bor.
Mashinangiz bo'lmasa ham shukur qiling. Ertalab mashina oynasiga termulib. hayol surib ketish imkoniyatingiz bor.
🔥12👍1
Fikrlamaslikdan aziyat chekish juda yomon holat. Ammo miyang fikrlar bilan to'lib ketsa ham qiynalasan. Nailoj, insonmiz. Na issiqqa ko'namiz, na sovuqqa. Na ahmoq bo'lgimiz keladi, na o'zimizni qiynagimiz. Bizga mo'tadil hayot afzal. Ammo o'rtamiyona insondan esda qolarlik ish kutilmaydi. Ajralib turish ham bir ne'mat.
🔥7👍4
Instagramga kirib hamma yoq aynib ketibdi deb o'ylaymiz. Aslida ozimiz ayniganmiz. Chunki instagram algoritmlari nimaga ko'proq tikilib qolgan bo'lsak, xuddi shunaqa narsalarni oldimizdan chiqaraveradi. Lentamiz faxshga to'lsa, demak biz buzuqmiz. Yengi-yelpi hazillar bilan to'lami? Demak o'zimiz yengiltak. Aksincha normal narsalar chiqayaptimi? Demak to'g'riroq yo'ldamiz.
Oldin odamlarni do'stlariga qarab qandayligini bilsa bo'ladi degan gap bo'lardi.
Endi yangi gap bor. Odamlarni instagramdagi lentasiga qarab, yoki qidiruvlar qismidagi tavsiyalarga qarab kim ekanligini bilib olish mumkin.

🔥8👍5
Ilmni istaganga berish kerak. Istamaganga majburlash, ilmning ham ustozning ham qadrini tushiradi.
1🔥5👍2
- Qaysi kitoblar qiziq?
- O'zimiz haqimizdagilari!
- Ularni qanday topamiz?
- Boshqalar haqidagilarini o'qib!
- ...
- ?
- Unda o'zimizni boshqalarda topamizmi?
- Yo'q. O'zimizni boshqalar orasidan topamiz!
– Rosa ko'p kitoblarni o'qib chiqishim kerak ekanda o'zimni topish uchun?
- Umring yetadi degan umiddaman.

🔥7👍1👎1
Bir sirni ochaymi? Rejalarni hech qachon hech kim bilan muhokama qilmang. Amalga oshish ehtimoli kamayib ketadi.
🔥7👍1
Biror narsaga erishish kerakligini sizga qancha uqtirishmasin, bu narsaga ehtiyojingiz borligiga o'zingizni ishontira olmas ekansiz, motivatsiya kelishini kutmang. Atrofdagilarni qistovi bilan nari borsa bir oy harakat qilish mumkin. So'ngra, asliyat baribir o'z kuchini ko'rsatadi.
Ishda yangi mansab taklif qilishsa, avval o'zingizdan so'rab ko'ring. Shu kursiga o'tirishga o'zingiz havasmandmisiz? Yoki shunchaki bu lavozimni hamma nufuzli deb bilgani uchun sizga ham chiroyli ko'rinyaptimi?
Hali men o'zingiz talpinyapsiz demayapman. Sizga o'zlari takif qilishganda ham hatto o'ylab ko'rish kerak. Chunki qiladigan ishingizdan ruhiy qoniqish his qilmas ekansiz, doim u yerdan ketishga, qutulishga urinaverasiz. Shu sababdan chiqmoqchi bo'lgan cho'qqingizni o'z o'lchovlaringiz bilan o'lchang. O'zganing sarjini bilan o'lchangan cho'qqi aslida sizning nazdingizda jarlik bo'lib chiqishi mumkin.

🔥7👍2
Dunyoda ikki xil tortishish qonuni bor. Birinchisi - gravitatsiya. Ikkinchisi, ertalab sodir bo'ladi, kravatatsiya.
Muhammad Ali Eshonqulov
😁15👍1
Ko'pchiligimizda bir odat bor. Bo'sh qolganimizda, kimnidir kutayotganimizda, ishlab charchaganimizda va yana shunga o'xshash vaziyatlarda vaqtimizni o'tkazish uchun smartfonimizni qo'limizga olamiz. Unda yo ijtimoiy tarqmoqlarni yoki galereyamizni kavlab o'tiramiz. Tashqaridan qaraganda biz asosiy mashg'ulotdan dam olayotgan bo'lamiz, go'yoki.
Ammo miya buni tushunmaydi. Telefonimizga qarab o'tirganimizda ham u dam olmayotgan bo'ladi.
Deylik biror ish qilayotganingizda diqqatingiz faqat o'sha mavzu bilan band bo'ladi. Bu ishdan "dam olaman" deb, telefonni qo'lingizga olib instagramga kirsangiz va qisqa videolarni tez-tez almashtirib ko'rishni boshlasangiz, Miyangiz turli mavzularni almashishidan katta yuklama oladi. Natijada sal oldin ishlayotganingizdan ko'ra, "dam olayotganingizda" ko'proq charchayotgan bo'lasiz.
Ishonmasangiz e'tibor berib ko'ring. Aniq ishdan ko'ra, smartfonga tikilib o'tirganingizda miyangiz tezroq charchaydi.

🔥5👍2
Beshikdan qabrgacha ilm izlovchi boʻling. Jaholat zulmatdir, ilm esa yoʻlingizni yorituvchi nurdir; oʻqing va yuksalib boring.
👍7🔥5
Yaxshi g'oyani tezda o'ldirishning oson yo'li - 10 kishidan bu g'oya haqida nima deb o'ylashlarini so'rash.
🔥9👍1
Ma'lumotlar bilan to'lib toshgan zamonda yashayapmiz. Ko'p narsani bilishga imkonimiz bor. Bilamiz ham. Ammo bilish oson bo'lganligidan bajarishni, amalga oshirish qobiliyatini yo'qotdik. Ko'p kitoblar sotib olishga qurbimiz yetar, javonimizni to'ldirib tashlashga qurbimiz yetar, ammo ularni hech birini o'qib, to'liq hayotimizga tadbiq etishga qurbimiz yetmay qoldi. Olim bo'lish oson bo'lgan zamonda, amal qilish qiyinlashib boradimi? Ilmiga amal qilmaydigan olimning boshqalarga ham o'ziga ham zarari katta.
🔥10👍4