Biznes Taxi_Uz
874 subscribers
523 photos
276 videos
1 file
525 links
🚕 6 Yil birga VA Bir Umrga!

"Biznes Taksi" 24-soat xizmatingizda!

✓ Tezkor - Sifatli
✓ Xushmuomila dispetcherlar
✓ Tezkor haydovchilar

📞 Qisqa raqam - 1064
Bepul raqam - 782980000
Download Telegram
#haydovchilarga_eslatma

Oʻquv muddati yakunida “A” toifadagi mototransport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlish uchun 16 yoshga;

“B” va (yoki) “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlish uchun 18 yoshga;

“D” toifadagi avtotransport vositalarini, tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ega boʻlish uchun 21 yoshga toʻlgan shaxslarga imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdilangan Nizom


👉 @biznestaxi1064
#Haydovchilarga_eslatma

🔦 "Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish tartibi"

🌌 Qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda, shuningdek yoʻlning yoritilganligidan qat'iy nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan boʻlishi kerak:

barcha mexanik transport vositalari va mopedlarda — uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar;

velosipedlarda — chiroqlar;

tirkamalarda va shatakka olingan mexanik transport vositalarida gabarit chiroqlari.

Qorongʻi vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismida, shuningdek yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda toʻxtagan yoki toʻxtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak.

Yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qoʻshimcha ravishda yaqinni yorituvchi chiroqlar, tumanga qarshi chiroqlar va tumanga qarshi orqa chiroqlar yoqilishi mumkin.

📌 Asos: Yoʻl harakati QOIDALARI

👉 @biznestaxi1064
#Haydovchilarga_eslatma

Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:

👉 avtomobilning orqa oʻrindigʻidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;

👉 transport vositasini oʻquvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni oʻrgatuvchi amaliy mashgʻulotlar instruktori;

👉 homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yoʻlovchilar;

👉 orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;

👉 aholi punktlarida harakatlanishda — yoʻnalishli taksi haydovchilari, taksining orqa oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar;

👉 aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yoʻlovchilari.

👉 @biznestaxi1064