BITU IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH VA XALQARO DASTURLAR
208 subscribers
212 photos
7 videos
21 files
181 links
Xalqaro aloqalar, fan olimpiadalari, grantlar va hamkorlik bo'yicha dasturlarni e'lon qilish @umid_nurov
Download Telegram
Talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning tahliliy va klinik ko‘nikmalarini rivojlantirish, sohaga doir ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shug‘illanish
hamda kelajakdagi mutaxassislar o‘rtasida amaliy-ijtimoiy tadqiqotlarni almashish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi 2025-yilning 24-aprel sanasida “Talabalar
tibbiyot ilmining zamonaviy yutuqlari” V Talabalar xalqaro ilmiy amaliy konferensiyasiga oliy ta’lim tashkilotlari talabalarini taklif etamiz.
Xalqaro konferensiya 45 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, Oliy ta’lim tashkilotlaridan har bir bo‘lim uchun bittadan ishtirokchi qabul qilinadi.
1-kategoriya offline 2-kategoriya online tarzda o'tkaziladi
Konferensiya bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasining
rasmiy https://conf.tma.uz/ sayti yoki https://t.me/issc2025 telegram havolasida berib boriladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:https://t.me/issc2025_tma
Arizalarni qabul qilish uchun oxirgi muddat: 30.03.2025
O‘tkazilish vaqti: 2025-yil 24-aprel.
O‘tkazilish joyi: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Farobiy 2, Toshkent, O‘zbekiston.
Sizning oliy ta’lim tashkilotingiz talabalarini Xalqaro konferensiyada ko‘rishdan
mamnun bo‘lamiz va kelgusidagi samarali hamkorlikka umid qilamiz
2
🟦🟦🟦

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha “Olima ayollar” tanlovi e’lon qilinmoqda.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 20-apreliga (shu kuni ham 23:59 gacha) qadar elektron shaklda qabul qilinadi.

Tanlov doirasida ilmiy ekspertiza natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 100 ta ilmiy loyiha fan yo‘nalishari kesimida ajratiladigan kvotalar asosida saralab olinadi.

🌐Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
📣 Ta'sischi bilan jonli muloqot! (Bugun)

Hurmatli talabalar!
🌐 Sizga qulaylik yaratish va muloqot jarayonlarini yanada samarali qilish maqsadida, telegram platformamizda ta'sischimiz Umurov Feruz Faxriddinovich bilan jonli videochat tashkil etilmoqda.

📌 Videochatda nimalar muhokama qilinadi?

Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar.
Yangi GPA chegirmalari haqida
Sizni qiziqtirgan barcha masalalar.

📆 04.04.2025 | 19:00
📍 Telegram
kanalimizda

⚡️Bu muloqot – talaba va rahbariyat o‘rtasidagi ochiqlikni mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyatdir. Fikrlaringiz biz uchun muhim!
Sizni
videochatda kutib qolamiz!

▫️▫️▫️


🌐 Web-saytimiz: www.bimu.uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, Namozgoh ko'chasi, 112

🌐 Telegram |🌐 Instagram  |🌐 YouTube
Hurmatli Talabalar doklad bilan xalqaro konferensiyalarga qatnashishlarizni so'raymiz
Samarqanndagi konferensiya tezis topshirish muddati : 10 aprel ( 5 nafar maqola qabul qilinadi) Online/ Offline
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 10 aprel ( 20 nafar ) qatnashish online
ZARMED -2025 I-xalqaro fan olimpiadasiga qabul boshlandi. To'liq ma'lumot axborot xatida berilgan, Murojaat uchun telefon raqam +998 91 831 77 04. Ro'yxatdan o'tish muddati 12 Aprel ,
❤️KAUST Visiting Student Research Program (VSRP) – Saudiya Arabistonida tadqiqot dasturi

King Abdullah University of Science and Technology (KAUST) tomonidan tashkil etilgan VSRP Internship dasturi to‘liq moliyalashtirilgan bo‘lib, bakalavr va magistratura talabalari uchun 3–6 oylik ilmiy tadqiqot qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Bundan tashqari, har oylik stipendiya beriladi va moliyaviy jihatlari to'liq qoplanadi.

❤️Talablar:

-Bakalavr (3 kurs yoki undan tepa) va magistratura talabasi bo'lish
-Minimal GPA 3.5/4
-Ingliz tilini yaxshi bilish
-Motivatsion xat
-Tavsiya xati

Foydali jihatlari:

- Oyiga 1,000$ stipendiya
- Shaxsiy turar joy
- Borish kelish uchun aviachipte
-Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish

❤️Arizani esa yil davomida topshirishingiz mumkin

Batafsil ma'lumot uchun: rasmiy havola


Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from GrantGO
Yaponiyada 6 oy davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda tadqiqot olib borish imkoniyati — MIF Research Fellowship Program

Talablar
— Dasturda PhD darajasiga ega va 45 yoshdan kichik bo'lganlar qatnasha oladi. Ariza berishdan oldin Yaponiyadagi qabul qiluvchi muassasadan taklifnoma (qabul) xatini olish kerak.

Foydali tomonlari
— Oylik stipendiya - JPY 220,000. Yaponiyada tadqiqot faoliyati va yashash xarajatlarini qoplash uchun beriladi;
— Yaponiyada yashash uchun dastlabki xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mablag’ beriladi.
— Borish-kelish uchun ikki tomonlama ekonom klass aviachiptalari bilan ta’minlanadi.

Oxirgi muddat
30.06.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/94871

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #Yaponiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Forwarded from Grantlar.uz
Dunyoning 27-raqamli universitetida tibbiyot sohasida magistratura kurslarini onlayn oʻqish uchun toʻliq grant!

Britaniyadagi Edinburg universiteti onlayn magistratura kurslarida oʻqishni xohlovchilarga Edinburgh Surgery Online Global Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Bu grantlar quyidagi magistrlik kurslarini onlayn tarzda oʻqish uchun ajratiladi:
– MSc in Surgical Sciences
– ChM in General Surgery
– ChM in Trauma & Orthopaedics
– ChM in Urology
– ChM in Vascular & Endovascular

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini (tuition fee) toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2025-yil 5-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/edinburgh-surgery-online-global-scholarships/

@grandlaruz
👍2
Koreyaga bepul sayohat qilish imkoniyati - Autumn Korean Culture Camp - 17-35 yoshdagilar uchun Koreyada xarajatlari to'liq qoplanadigan kuzgi madaniyat oromgohi grant dasturi

Grant talablari:
—  17-35 yoshda bo'lish kerak;
— Barcha davlat fuqarolari qatnasha oladi;
— Ingliz tilini gaplasha olish darajasida bilish kerak. IELTS sertifikati ishtirokchidan talab qilinmaydi.

Grantning foydali jihatlari:
— Toʻliq qoplanuvchi grant turida  barcha xarajatlar qoplanadi;
— Seul bo'ylab piyoda sayohat qilish imkoniyati beriladi;
— Ishtirokchilarning barchasiga sertifikat beriladi.

Dasturda o’z hisobidan qatnashish imkoni ham mavjud!

Deadline - 01.08.2025

Rasmiy sayt linki - https://ayfnhq.org/event/scholarship-opportunity-autumn-korean-culture-camp-2025-in-seoul-south-korea/
🔥1
Iqtidorli yoshlar va talabalar uchun "Grantlar va kitoblar" forumida qatnashish imkoniyati🔥🔥🔥

Talablar
— Dasturda 14 yoshdan 29 yoshgacha bo'lgan iqtidorli yoshlar qatnashishi mumkin;

Foydali tomonlari
— Dastur 50% moliyalashtirilgan ;
— Forum doirasida turli seminar-trening, tanlov o'tkaziladi;
— Rahbarlarga oʻz tashabbus hamda gʻoyalarini bildirish imkoniyati.
— Bepul kitob va ichimlik
— Qatnashuvchilarga sertifikatlar
— Xalqaro $100,000 dollarlik grantlarga hujjat tayyorlash.

Eslatma: fоrum Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.

Oxirgi muddat
20.07.2025

Ariza topshirish: https://forms.gle/asv2JB7PRgMD8JhP8
Forwarded from GrantGO
DAAD (All Academic Disciplines) — Germaniyada magistratura bosqichini istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

Talablar
— Bakalavr bosqichini tugatgan bo'lishi yoki dastur boshlangunga qadar (2026) tugatishi kerak;
— Tanlagan universiteti qabul talablariga javob berishi (til talablari shular jumlasidan);
— Germaniyada ariza topshirish vaqtida 15 oy va undan ortiq vaqt davomida yashab kelayotgan bo'lmasligi kerak.

Foydali tomonlari
— Oylik €992 stipendiya;
— Germaniyaga borish va qaytish uchun sayohat xarajatlari + sug'urta qoplanadi;
— O'qish boshlagan paytda bir martalik yordam puli beriladi va b.

Oxirgi muddat
31.10.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/87989

DAAD mentorlik kursi
🎓 DAAD mentorlik kursi

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Forwarded from GrantGO
14-35 yosh oralig'idagi yoshlar uchun Rossiyada xarajatlari qoplanadigan festival — World Youth Festival

Talablar
— 14 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini B1 yoki undan yuqori darajada bilish lozim.

Foydali tomonlari
— Ovqatlanish va turar joy xarajatlari qoplanadi;
— Xorijiy ishtirokchilar uchun ikki tomonlama sayohat tashkil etiladi;
— Dasturning barcha interaktiv zonalari va ta'lim platformalariga kirish imkoniyati beriladi va b.

Oxirgi muddat
20.07.2025 02:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/55868

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Rossiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍1