BITU IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH VA XALQARO DASTURLAR
207 subscribers
212 photos
7 videos
21 files
181 links
Xalqaro aloqalar, fan olimpiadalari, grantlar va hamkorlik bo'yicha dasturlarni e'lon qilish @umid_nurov
Download Telegram
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📝 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin:
👉 Nizomni ko‘rish

Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz.
Muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#MardOʻgʻlon #MardlikVaJasorat
Channel name was changed to «BITU IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH VA XALQARO DASTURLAR»
Germaniyaga yana bir qadam - Au pair dasturi haqida ovozli suhbat

Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatgan hamyurtimiz – Zilola bilan Au Pair dastur haqida suhbat tashkil etmoqdamiz.

Suhbat vaqti: 2025-yil 8-yanvar, 21:00
Suhbat joyi: @grantlar_namuna telegram kanali

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:
- Au Pair qanday dastur?
- Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?
- Qanday hujjat topshirish mumkin?
- Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbat yakunida tinglovchilar o'z savollariga Ziloladan javob olishlari mumkin. Suhbatda barchani kutib qolamiz, do'stlaringizni ham taklif qiling.
E'LON E'LON E'LON
Mavzu: "Tibbiyotning dolzarb muammolari"

🗓 Sana: 2025-yil 14-fevral
📍Manzil: Belarus Respublikasi, Grodno shahri, Gorkiy ko‘chasi, 80, Grodno davlat tibbiyot universiteti

Konferensiya haqida:

➡️Eksperimental va klinik tibbiyot muammolarini muhokama qilish.
➡️Tibbiy ta’lim sifatini oshirish yo‘llarini o‘rganish.
Ishtirok etish shakllari:

🔸Ochiq chiqish (onlayn yoki oflayn).
Faoliyat natijalarini to‘plamda chop etish.

⌛️Materiallar qabul muddati:
2025-yil 10-yanvargacha.

✉️Bog‘lanish uchun:
Email: nauka@grsmu.by
Telefon: +375 152 32 29 79
🌍 Dreaming of Studying in Europe?

Did you know there are hundreds of thousands of scholarships and financial support schemes available for international students? Whether you’re looking to cover tuition fees, living costs, or both, Europe has incredible opportunities waiting for you!

💡 Explore these funding options:
📌 Scholarships by country
Every European country offers unique scholarship schemes. Find out more about scholarship opportunities per country:
👉 Scholarship opportunities per country


📌 Erasmus Mundus Joint Masters
Fully funded scholarships that cover participation costs, travel, and even living expenses!
👉 Learn about Erasmus Mundus


📌 University Scholarships
Many universities offer their own financial support schemes. Check out their websites for specific offers!

Ready to take the next step? Discover more about studying in Europe here:
👉 Study in Europe

Your journey to a world-class education

Read more: https://erasmus.uz/en/publications/457-yevropada-o-qishni-orzu-qilasizmi
Notable Uzbek Grants for Startups and R&D Projects

- Who received grants from President Tech Award, WorldBank RCP, BIRD and MyGovAward?

- Startup Garage will open 14 branches in every region and Angel investment culture.

👉 Read full article



Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun O‘zbekistonning taniqli grantlari

- Kim Prezident Tech Award, WorldBank RCP, BIRD va MyGovAward grantlarini olgan?

- Startap Garaj faoliyatini kengaytirishi va angel investitsiyalar davri.

👉 To’liq maqolani o’qish
Qanday qilib xalqaro grantlarni yutish mumkin? Ovozli chatlar to'plami

O'zbekistonlik talabalar uchun ikki ajoyib dastur bo'yicha ekspertlar ishtirokida ovozli chat o'tkazgan edik. Jonli efirda qatnasha olmaganlar ham endi suhbatni tomosha qila oladilar.

🇸🇰 NSP almashinuv dasturi
👇 Suhbat davomida
— NSP dasturi haqida umumiy ma'lumot
— Hujjat topshirish jarayonining barcha bosqichlari
— Talablar va muvaffaqiyatli ariza tayyorlash sirlari
— G'oliblarning Slovakiyadagi taassurotlari

🎥 https://youtu.be/yWstmpCC8q0


🇭🇺 Stipendium Hungaricum Scholarship
📌 Suhbat davomida:
— Dastur imkoniyatlari va grantning afzalliklari
— Hujjatlarni tayyorlash va topshirish bo'yicha yo'riqnomalar
— Grant yutish imkoniyatini oshirish uchun tavsiyalar
— Vengriyadagi ta'lim va yashash bo'yicha tajribalar

🎥 https://youtu.be/CsywhxpaAhU?si=JchO71t5Uo8Mb9st


🔥 Ushbu ovozli chatlar xalqaro grantlarga qiziqqan barcha talabalar uchun foydali bo'ladi!
Tibbiyot talabalari uchun zoʻr imkoniyat🧑‍🎓
Onkologiya, nevrologiya, immunologiy, farmasevtika kabi sohalarni qamrab oladi💊💉

Germaniyada 7 kunlik xalqaro yozgi oromgoh🔥


🎯Foydali tomonlari:
🟢sayohat, yashash va oziq-ovqatlar qoplanadi
🟢1-oʻrin: 20,000€
2-oʻrin: 5,000€
3-oʻrin: 3,000€
🟢Eng zoʻr ishtirokchilarga doimiy ish taklif qilinadi.

🔗Roʻyxatdan oʻtish uchun: link
🗓 Roʻyxatdan oʻtish oxirgi muddati: 31-yanvar, 2025-yanvar
⏱️2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug'iga asosan 2025-yilda 252 ta tashkilot tomonidan 665 ta xalqaro va 600 ta respublika miqyosida, jami 1 265 ta ilmiy va ilmiy-texnik tadbir o’tkazilishi rejlashtirilgan.

Xalqaro miqyosda o’tkaziladigan ilmiy tadbirlar ro’xati

Respublika miqyosda o’tkaziladigan ilmiy tadbirlar ro’yxati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷Koreyaning KAIST yozgi amaliyot dasturi

1-iyuldan 16-avgustga qadar boʻlib oʻtadi.
Matematika, Tibbiyot, Biologiya kabi yoʻnalishdagi 3-4 kurs xalqaro talabalar uchun.

Ingliz tilini B2 darajada bilish talab etiladi!!!!
🗓Roʻyxatdan oʻtish oxirgi muddati: 5-fevral 2025-yil.
🔗Roʻyxatdan oʻtish uchun: link
📞 Murojaat uchun: +998652205545
🌐 Web-saytimiz: www.bimu.uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, Namozgoh ko'chasi, 112

🌐 Telegram |🌐 Instagram  |🌐 YouTube
UEnter Innovatsion markazi kanaliga obuna bo'ling va shaxsiy rivojlanish hamda o'z biznes g'oyalaringizni amalga oshirish uchun imkoniyatlardan foydalaning: t.me/uenteruz
DIQQAT TANLOV!

"MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI" RESPUBLIKA TANLOVI

⚡️2025-yilgi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli davlat organlari hamkorligida respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📞 Murojaat uchun: +998652205545
🌐 Web-saytimiz: www.bimu.uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, Namozgoh ko'chasi, 112

🌐 Telegram |🌐 Instagram  |🌐 YouTube
Startup Garage endi Buxoroda!

Buxoro — Buyuk ipak yo‘lining qadimiy savdo va madaniyat markazi, dunyoga Ibn Sino va Imom al-Buxoriy kabi buyuklarni yetkazgan shahar. Bu yerning boy tarixi, mohir hunarmandlari va tadbirkor xalqi uni bugungi kunda ham iqtisodiyot va turizmning muhim markaziga aylantirgan.

Startup Garagening Buxoroda ochilishi — bu yoshlar uchun texnologiyalar va innovatsiyalar orqali o‘z g‘oyalarini amalga oshirish imkoniyatidir. Bizning maqsadimiz — Buxoro yoshlari orasidan zamonaviy startapchilarni yetishtirish va ularga global maydonga chiqish uchun zarur ko‘nikmalarni berishdir.

Buxoro — o‘tmishdan kelajakka intilayotgan innovatsiya markazi!
✈️ 23-yanvar Startup Garage'ning Buxoro filiali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Marosim dasturi haqida:

- Startup Garage tomonidan startaplarga yaratiladigan imkoniyatlar va ko'rsatiladigan xizmatlar taqdimoti.
- AloqaVentures vakillari tomonidan investitsiya jalb qilish imkoniyatlari va hamkorlik shartlari bo'yicha ma'lumotlar.
- Muvaffaqiyatga erishgan startap asoschilarining tajriba almashinuvi.
- Startup Garage rezidenti bo'lishni istagan startaplar uchun pitch sessiyasi.
- Soha mutaxassislari, startaplar, tadbirkorlar va mehmonlar bilan networking.


Hududiy ochilish marosimlarimizda qatnashish uchun:
Ro'yxatdan o'ting!

Startap go'yangizni taqdimot qilmoqchi bo'lsangiz:
Ariza topshiring!

Manzil: Buxoro shahar, Piridastgir ko’chasi 13-uy. Monomarkaz
Sana: 23-yanvar, Payshanba
Vaqti: 10:00