BITU IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH VA XALQARO DASTURLAR
205 subscribers
212 photos
7 videos
21 files
181 links
Xalqaro aloqalar, fan olimpiadalari, grantlar va hamkorlik bo'yicha dasturlarni e'lon qilish @umid_nurov
Download Telegram
😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari diqqatiga🔈: “Tibbiyot mohirlari” olimpiadasi

🧑‍🎓Hurmatli talabalar!

🗓7-oktabr kuni soat 14.00 da har bir bo‘lim bo‘yicha quyida ko‘rsatilgan joylarda bo‘lib o‘tadigan “Tibbiyot mohirlari” olimpiadasining saralash bosqichida ishtirok etishga taklif qilamiz. Bu tibbiyot sohasidagi bilim va ko'nikmalaringizni namoyish etish, shuningdek, xalqaro darajadagi TMA jamoasi tarkibida olimpiadada ishtirok etish imkoniyati uchun raqobatlashish uchun noyob imkoniyatdir!

🖥Har bir bo‘lim uchun saralash bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 1 nafar talaba tanlab olinadi.
Bo'limlar bo'yicha saralash bosqichidan o'tish joylari:
1️⃣-Bo'lim: Fundamental tibbiyot (Anatomiya, OHTA, patologik anatomiya) 2-3 kurs talabalari uchun
📍TMA bosh binosi 5-qavat; 7 oktyabr 14.00
2️⃣-Bo'lim: Terapiya (IKP, ambulator va statsionar terapiya, ichki kasalliklar) 3-6 kurs talabalari uchun
📍TMA klinikasi 9-bino 3-qavat; 7 oktyabr 14.00
3️⃣-Bo'lim: Jarrohlik (Umumiy jarrohlik, Fakultativ va gospital jarrohlik, Urologiya, Jarrohlik kasalliklari) 3-6 kurs talabalari uchun
📍TMA klinikasi 1-bino 5-qavat; 7 oktyabr 14.00
4️⃣-Bo'lim: Pediatriya (BKP, Bolalar kasalliklari, Ambulator pediatriya) 3-6 kurs talabalari uchun
📍TMA klinikasi 14-bino 2-qavat; 7 oktyabr 14.00
5️⃣-Bo'lim: Reproduktiv salomatlik (Akusherlik va ginekologiya) 4-6 kurs talabalari uchun
📍TMA klinikasi 6-bino 6-qavat; 7 oktyabr 14.00
6️⃣1️⃣- Bo'lim: Otolaringologiya 3-6 kurs talabalari uchun
📍TMA klinikasi 8-bino 5-qavat; 7 oktyabr 14.00
6️⃣2️⃣-Bo'lim: Yuz-jag’ jarrohligi, 3-6 kurs talabalari uchun
📍TMA klinikasi 8-bino 1-qavat; 7 oktyabr 14.00
7️⃣-Seksiya:Shoshilinch tibbiy yordam (Anesteziologiya va reanimatsiya, Travmatologiya, Shoshilinch tibbiy yordam) 4-6 kurs talabalari uchun
📍TMA klinikasi 1-bino 6-qavat; 7 oktyabr 14.00
8️⃣- Bo‘lim: Tibbiy profilaktika (Atrof-muhit gigiyenasi, kommunal gigiena va mehnat gigiyenasi, Bolalar, o‘smirlar gigiyenasi va ovqatlanish gigiyenasi, epidemiologiya) 3-5 kurs talabalari uchun
📍Tibbiyot kolleji 1-qavat; 7 oktyabr 14.00

🖥Tanlov davomida hay'at a'zolari quyidagilarni baholaydilar:
- 💭Klinik fikrlash
-🧠 Nazariy bilim
- 🩺Amaliy ko'nikmalar

O'zingizni isbotlash va ushbu qiziqarli tadbirning bir qismi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
👍3
Germaniyada 1 semestr xarajatlari to'liq qoplangan holda o'qish — International Excellence Scholarship Program (IES)

Talablar
— Ro’yxatdagi davlatlaridan birida talaba sifatida o'qiyotgan bo'lishi (jumladan, O’zbekiston);
— 28 yoshdan kichik va bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichi talabasi bo'lishi;
— Nemis tilini kamida B1 va/yoki ingliz tilini kamida B1 darajada bilishi.

Foydali tomonlari

To'liq qoplanuvchi:
— Bir martalik kutib olish mablagʻi, oylik choʻntak puli beriladi; tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi; bepul turarjoy, qo'shimcha toʻlovlar qoplanadi.

Qisman qo’shimcha qoplanuvchi:
— Sayohat xarajatlari va tib. sug'urtadan boshqa barcha imtiyozlar saqlab qolinadi.

Qisman qoplanuvchi: Sayohat xarajatlari, sug'urta, turarjoydan boshqa barcha xarajatlar qoplanadi.

Oxirgi muddat
20.12.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/22254

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍1
Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati!

UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir.

Dastur 500 dan ortiq 18-35 yoshli yoshlarga barqaror rivojlanishdagi yetakchilik boʻyicha 2 oylik bepul onlayn kurslarni taklif etadi.

Datsur imkoniyatlari:
– 500 dan ortiq ishtirokchi bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
– Ulardan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi 1 haftalik kursda qatnashadi: kursda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajat qoplanadi.
– Kursni tamomlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchiga sertifikat beriladi.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/upg-sustainability-leadership-barqaror-rivojlanish-sohasida-yetakchilik-boyicha-bepul-kurslar/
👍2
TOEFL imtihoniga tayyorgarlik uchun haqiqiy mutaxassislar tomonidan mutlaqo bepul imkoniyat — TOEFL iBT Test Preparation: The Insiderʼs Guide kursi

Talablar
— Mazkur kursda dunyo bo'ylab irqi, millati va dinidan qat'i nazar barcha yoshdagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin;
— Dastur ingliz tilida bo'lib o'tadi va shu sababdan, nomzodlar tilni ma'lum darajada tushunishlari lozim.

Foydali tomonlari
— Nomzodlar ingliz tili bo'yicha bilimlarini mustahkamlashlari mumkin;
— TOEFL testining to'rtta bo'limida (o'qish, tinglash, gapirish va yozish) qanday qilib samarali harakat qilishni o'rganishlari mumkin;
— Ishtirokchilar TOEFL imtihoniga tayyorgarlik ko'rishga yordam beradigan maslahatlar va b.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/76720

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Xitoy

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍1
Международный молодежный научный форум «РадМед – 2024»

Форум посвящен актуальным вопросам радиационных технологий для медицины и здоровья людей.

Дата и место: 10–11 декабря 2024 г., Москва
Дедлайн подачи заявок: 16 октября 2024 г.
Подробная информация: Ссылка
👍1
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2382 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (744 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1110 dollar).

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍1
O'zining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi yoshlar uchun $100,000 miqdoridagi grant — Thiel Fellowship dasturi

Talablar
— 22 yoshdan kichik bo'lgan;
— Biror manfaatli, o'ziga xos loyiha/kompaniya ustida ishlayotgan;
— Dasturda qatnashish uchun yuqori ishtiyoqqa ega bo'lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
— 2 yil davomida $100,000 miqdoridagi grant taqdim etiladi. Berilgan mablag'ni qaytarib to'lash sharti mavjud emas, va jamg'arma nomzodning loyiha/kompaniyasidan hech qanday ulush talab qilmaydi;
— Nomzod loyihasini dunyoning istalgan qismida amalga oshirishi mumkin.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/23264

#tanlovlar #grant #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍1
Turk tilidan ko‘p darajali test sinovining yangi formati asosida diagnostik test sinovi tashkil etilmoqda

Bilimni baholash agentligida turk tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yangi test formati loyihasi ishlab chiqildi.

Turk tilidan yangi formatdagi diagnostik test sinovi Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 2024-yil 9-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Diagnostik test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 3-oktyabr soat 10:00 gacha.

Natijangizni 10 ish kunida 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun: (95) 515-68-68
Постройте надежную карьеру в России — присоединяйтесь к оплачиваемой стажировке СИБУР «Первый элемент» для инженеров и химиков из Узбекистана! Компания оплатит переезд, аренду и дорогу домой раз в год.

Вас ждет:
— зарплата выше рынка уже на старте и расширенный соцпакет;
— уверенный рост в карьере с возможностью остаться в штате после стажировки;
— участие в реальных проектах СИБУРа и работа с передовыми технологиями и материалами — например, с loT-датчиками, дронами, VR-тренажерами и инновационными полимерами;
— повышение квалификации в нефтегазохимии и развитие производственных навыков в корпоративном университете.

Регистрируйтесь на стажировку и стройте международную карьеру вместе с СИБУРом!

Я химик: https://changellenge.com/event/sibur-chem-sng/
Я инженер: https://changellenge.com/event/sibur-engineers-sng/
Barcha ingliz tili o'qituvchilari va mutaxassislari uchun AQSh elchixonasidan 8 haftalik OPEN Program bepul onlayn kursi

Talablar
— AQSh fuqarosi bo'lmagan barcha o'zbekistonlik ingliz tili o'qituvchilari va soha mutaxassislari qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (kamida CEFR B2 yoki 70 iBT);
— Onlayn munozaralarda qatnashish va yozma topshiriqlarni o'z vaqtida topshirish uchun ingliz tilida matn tera olishi kerak.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— AQSh davlat departamenti tomonidan elektron sertifikat beriladi;
— Ingliz tili sohasidagi eng so'nggi metodologiyalarni o'rganish imkoniyati.

Oxirgi muddat
14.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/14729

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
👍1
ServiceScape insholar tanlovi — 300 so'zdan iborat insho yozib o'qish xarajatlari uchun $1000 pul mukofoti yutish imkoni

Talablar
— Rasmiy ro'yxatdan o'tgan maktab, kollej yoki universitetda o'qiyotgan bo'lishi;
— Kamida 18 yosh bo'lishi kerak;
— Insho 300 so'zdan ko'p bo'lmasligi va ingliz tilida yozilishi kerak.

Foydali tomonlari
— Tanlovga qatnashish hech qanday mablag' talab qilmaydi;
— $1000 pul mukofoti;
— G'olibning ismi, fotosurati, yozgan inshosi ServiceScape saytida namoyish etiladi.

Oxirgi muddat
30.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/74345
👍1🙏1
O'z biznesiga ega bo'lgan talabalar uchun umumiy mukofot jamg'armasi $100,000 bo'lgan Global Student Entrepreneurs Awards tanlovi

Talablar
— Nomzod 18-30 yosh oraligʻida boʻlishi lozim;
— Universitetda bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida tahsil olayotgan bo'lishi kerak;
— Talabalik paytdayoq o'z biznesiga ega bo'lishi, shu biznes asoschisi yoki nazorat qiluvchi aksioneri bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— 1-o'rin uchun $50,000 miqdorida mukofot puli beriladi va sayohat va turar joy xarajatlari qoplab beriladi;
— 2-o'rin uchun $25,000, 3-o'rin uchun esa $15,000 miqdorda mukofot puli beriladi;
— Final ishtirokchilariga qo'shimcha mukofotlar mavjud.

Oxirgi muddat
31.01.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/55380

#tanlovlar #mukofot #AQSh
Rossiyaning HSE universitetidan talabalar uchun 2 haftalik bepul onlayn dastur — Study Tour Experience

Talablar
— Dasturda bakalavr va magistr darajasiga ega yoki hozirda ushbu bosqichda taʼlim olayotgan talabalar (bakalavriatning 3-,4-bosqich va magistraturaning 1-,2-bosqich talabalari) qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat so'ralmaydi).

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— HSE universitetining yetakchi mutaxassislari tomonidan bilim beriladi;
— Keng ko'lamli fanlararo ta’lim sohalarini o'rganish imkoniyati mavjud.

Oxirgi muddat
06.10.2024 02:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/49554

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #bepul #Rossiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
🇺🇿 Ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan ijodiy va ilmiy almanax «KUZ TUHFASI II» ga qabul boshlandi, almanax xalqaro yutuqlar sifatida koʻplab hujjatlarda oʻrin egallaydi. Nufuzli tashkilotlar hamkorligida tashkil etiladi.

📝 Almanaxga she’r, hikoya, ilmiy va badiiy maqolalar bilan birgalikda biografiya qabul qilinadi.
🏆 Almanax ko’plab bosma nuxalarda nashr etiladi.
Har bitta muallifga kitobning bosma asl nuxsasi bilan birgalikda

🎖️ Koʻkrak nishoni
📄 Tashakkurnoma
💚 Blaknot va ruchka
📚 Bosma kitob
📄 Sertifikat
🥇 Qabul xati

Taqdimotga taklif xati ham
yuboriladi.
💰 Almanaxga qatnashish narxi ➡️ 200,000 so’m. Qo’shimcha mablag’ talab etilmaydi.
Almanax ingliz, rus va oʻzbek tillarida nashr etiladi, ishtirokchi boʻlishga ulgurib qoling!

Murojaat uchun: @jurnalmaqolaqabul

🇺🇿 RASMIY KANALLARIMIZ
@izlanuvchiuz
@specialprojects_uz
Germaniya: Bakalavr va magistrlarga qisqa muddatli nemis tili kurslari uchun grant!

Kurslar har yili yozda Germaniya universitetlaridan birida oʻtkaziladi. Davomiyligi – kamida 18 oʻqish kuni.

Ariza topshirish vaqtida nemis tilidan kamida A2 daraja sertifikati talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 1192 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1275 yevro mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-bakalavriat-va-magistratura-qisqa-muddatli-kurslar/