Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti axborot xizmati
5.63K subscribers
2.47K photos
643 videos
16 files
1.21K links
Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti axborot xizmati.
📍 Buxorodagi Innovatsion ta’lim maskani
🎓 Bakalavr • Magistratura • Ordinatura
📚 Zamonaviy o‘quv dasturlari va kuchli amaliyot
🤝📃 Hamkorlik shartnomalari
📞 55 305 99 99
Download Telegram
Forwarded from MEDICAL SCHOOL (Dr_Sukhrob)
TOP - 1.1.pdf
2.1 MB
#OXTA

Jarrohlik asboblari tasnifi 👆✅

@Tibbiyot_School🫀
❤4
#bitu_rasmiy
#xushxabar

Buxoro innovatsion tibbiyot institutiga universitet maqomi berildi

📌2022-yilda o'z faoliyatini boshlagan Buxoro innovatsion tibbiyot instituti universitet maqomiga ega bo'ldi. Joriy yilning 12-fevral kuni Nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati uchun beriladigan litsenziyasi yangilandi. Endilikda talabalarga davlat namunasidagi universitet diplomi beriladi.

✔️Shu bilan birga bir qator ta'lim yo'nalishlari o'z faoliyatini boshlashi to'g'risida ma'lum qilamiz.

❗️Maqsadimiz:
"INSON UMRINI UZAYTIRISH"

✍️Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti axborot xizmati

Telegram 📝 Instagram 📷|
Facebook 💬| YouTube🎞
🎉25👏8❤6👎5👍2💯2🏆2💊2🔥1🤩1
🎓 To'lov kontraktlarini xoxlagan joydan turib amalga oshirishni bilasizmi?

CLICK va PAYME to'lov tizimi yordamida tez va xatosiz to'lovni amalga oshirishingiz uchun uchbu video qo'llanma sizga as qotadi!


‼️ UNUTMANG! VAQTIDA TO'LANGAN KONTRAKT PULI SIZ O'QIYOTGAN DARGOHNI YANADA RIVOJLANISHI VA SIZ UCHUN YANGI BILIMLAR VA QULAYLIKLAR UCHUN XIZMAT QILADI!

👉Online hujjat topshirish

Maqsadimiz: 🗣️INSON UMRINI UZAYTIRISH🗣

🏫Institut
haqida toʻliq ma’lumot uchun 👇👇👇
☎️ +998652205545

Telegram 📝| Instagram 📷| Facebook 💬| YouTube🎞
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🏆2
#bitu_rasmiy
#xalqaro_hamkorlik

Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti Xalqaro hamkorlik memorandumini imzoladi

📌Joriy yilning 12-fevral kuni Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti Xitoyning Wenzhou tibbiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

✔️ Shartnomaga ko'ra tajriba almashish, professor o'qituvchilar va talabalar almashinuvi, yozgi amaliyotlar, ilmiy maqola va innovatsion loyihalarni birgalikda tayyorlash g'oyalari yo'lga qo'yilmoqda. Ikki muassasa o'rtasida ta'lim va tibbiyot sohasini rivojlantirish, yosh professor o'qituvchilar va talabalarni ilmiy salohiyatini oshirish maqsad qilib qo'yilgan.

📍 Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti talabalari Wenzhou tibbiyot universiteti talabalari bilan kelajakda ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar, Xalqaro olimpiadalar hamda maqolalar chop ettirish bo'yicha tajriba almashishlari mumkin.

✍️Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti axborot xizmati

Telegram 📝| Instagram 📷|
Facebook 💬| YouTube🎞
👍18🎉4❤3🤩2👏1💯1
#bitu_rasmiy
#jarayon

Alisher Navoiy va Bobur merosi — beqiyos ma'naviy xazinadir

🏷Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o'tibdiki ulug' mutafakkir bobolarimiz, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda. 

📌 Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti Ma'naviyat bo'limi hamda talabalar tashabbusi bilan Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Buyuk allomalarimizga ehtirom” mavzusida musobaqa tashkil etildi.

✍️Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti axborot xizmati

Telegram 📝| Instagram 📷|
Facebook 💬| YouTube🎞
❤3👏3👍2🎉2🏆2💊1
#bitu_rasmiy
#kun_motivatsiyasi

Kun boshlanishi oldi bir o'qib oling

🙂 Kunning birinchi qismida eng murakkab va qiyin ishlarni bajarib oling.

🔗 Xayolingizga biror fikr, g‘oya keldimi? O‘sha zahoti yozib qo‘ying.

🚪 Kech qolyapsizmi? Bu haqida ogohlantirib qo‘ying.

⭐️ Boshqalarning orzulari ustidan kulmang. O‘z orzularingiz bilan band bo‘ling.

💬 Kim nima desa ishonib ketavermang.

🌚 Hech qachon muammolaringizdan nolimang. Bu boshqalarni qiziqtirmaydi.

✍️Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti axborot xizmati

Telegram 📝| Instagram 📷|
Facebook 💬| YouTube🎞
👍8🤩2❤1
#bitu_rasmiy
#jarayon
#insholartanlovi

Ilm-fan sohasida xotin-qizlarning o'rni va ahamiyati

📌Har yili 11 fevralda ilm-fan sohasida xotin-qizlarning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi zamirida muayyan ramziy ma’no bor. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Taraqqiyot maqsadlari yo‘lida fan, texnika va innovatsiyalar to‘g‘risidagi rezolyusiyada 11-fevral Ilm-fanda xotin-qizlar ishtiroki xalqaro kuni, deb e’lon qilingan.

✔️Shu munosabat bilan Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universitetida iqtidorli talaba-qizlarni fan sohasiga kengroq jalb etish, olima ayollar safini kengaytirish, ularning faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida talaba-qizlar orasida “Ilm–saodat kaliti” mavzusida insholar tanloviga start berilgan edi.

🎊G'oliblikni qo'lga kiritgan talaba qizlarga universitet ma'muriyati tomonidan sertifikat va estalik sovg'alari topshirildi.

✍️Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti axborot xizmati

Telegram 📝| Instagram 📷|
Facebook 💬| YouTube🎞
❤7👍5🎉2🤩2👏1🏆1
#bitu_rasmiy
#Bobur_tavalludining_541_yilligi 

Zahiriddin Muhammad Bobur — turkiy adabiyotning atoqli vakili, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi

📌Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug’ilgan. U Fargʻona hokimi Umarshayx Mirzoning oʻgʻli edi. 1494-yili otasi vafotidan keyin 12 yoshida Fargʻona hokimi etib tayinlanadi 1519–1527-yillarda Bobur Afgʻoniston, Pokiston va Hindiston yerlarini egallab, Boburiylar saltanatiga asos soladi. Hindistonda Boburiylar sulolasi hukmronligi 300 yildan oshiq davom etgan.

✔️Mutafakkirning "Boburnoma"si o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallagan. Unda Oʻrta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar jamlangan. Asarning o‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadr-qimmati hamon yuqori.

✍️Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti axborot xizmati

Telegram 📝| Instagram 📷|
Facebook 💬| YouTube🎞
👏2❤1👍1
#bitu_rasmiy
#etirof

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi

➖Ahbob, yig‘ilmoqni farog‘at tutungiz,
➖Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
➖Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,
➖Bir - birini necha kuni g‘animat tutungiz.
B.Z.M.Bobur

🏷Hindistonlik siyosatshunos Javohirla’l Neruning Boburiylarga bergan ta’rifi:
«Shimoldan tushgan fotihlar bizga qalblarini kaftlariga solib olib keldilar, angiliyaliklar esa , o‘z madaniyatini konserva bankalarda keltirdi....»

"Nazarimda, eng go‘zal ta’rif -  shu!", deya ta'kidladi Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti Xotin qizlar qo'mitasi raisi Shaxnoza Razzaqova.

✍️Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti axborot xizmati

Telegram 📝| Instagram 📷|
Facebook 💬| YouTube🎞
💯2❤1👍1👏1🎉1💊1
#bitu_rasmiy
#jarayon

Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti talabalari tomonidan bayram dasturi o'tkazildi

📌Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi. Bu yil Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi nishonlanmoqda.

✔️Shu munosabat bilan Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti Ma'naviyat bo'limi hamda faol va iqtidorli talabalar tashabbusi bilan Buxoro "Muruvvat" nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida "Ajdodlarimiz boy me'rosi" shiori ostida bayram dasturi tashkil etildi.

✍️Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti axborot xizmati

Telegram 📝| Instagram 📷|
Facebook 💬| YouTube🎞
👍10❤3👏3🏆2🎉1