🇺🇸 SEC BlackRock va Grayscale bilan Bitcoin spot BTC-ETF roʻyxatiga oid masalalar boʻyicha muzokaralarni rasman tasdiqlovchi memorandumlarni eʼlon qildi.
@bitcoinjon
@bitcoinjon
👍14
⚡️Binance USTCni fyuchersda 50x “plecho” bilan listing qiladi.
▪️Do Kvonning ekstraditsiya qilinishining ma'qullangani va Binanceda listing qilinishi haqidagi xabarlar fonida "steyblkoin" jonlana boshladi - so'nggi kunlarda kotirovkalar 500% dan ko'proqqa oshdi. Ma’lumot uchun 2022-yilning 8-mayidan 11-mayigacha Terra kriptovalyutasi (LUNA) bir kun ichida o‘z qiymatining 86 foizini yo‘qotdi va unga tegishli UST platformasining USTC steyblkoini ham qulagan edi. *Steyblkoinlar $ bilan 1-1 yuradigan stabil tangalardir.

👍10 2
#mavzu
Token va kriptovalyuta (tanga) o'rtasidagi farq nima?
Farqi nimada?
Tokenlar va tangalar o'rtasidagi asosiy farq shundaki, tangalar o'zlarining blokcheyniga ega, tokenlar esa mavjud blokcheynlar ichida yaratilgan bo’ladi. Tangalar tranzaksiya valyutasi sifatida ishlatiladi va o'zlarining mustaqil blokcheyn tarmog'iga ega. Misol uchun, Bitcoin, Ethereum, Litecoin va BSC (Binance birjasi blokcheyni) o'zlarining blokcheyniga ega bo'lgan tangalarga misol bo’la oladi. Tokenlar bo’lsa Ethereum, BSC kabi mavjud blokcheynlarda yaratilgan va ularni bir hamyondan boshqasiga o’tkazmoqchi bo’lsangiz siz komissiyani Ethereum yoki BSCda to’lashingiz kerak bo’ladi ya’ni sizda Ethereum yoki BSC tangalari bo’lishi kerak.
Ular nimaga kerak?
Tokenlar ham, tangalar ham kriptovalyuta dunyosining ajralmas qismidir. Tokenlar blokcheyndagi aktivlardir, ular har-xil maqsad va foydalilikni ifodalaydi. Boshqa tomondan, tangalar o'zlarining mustaqil blokcheyniga ega va markazlashmagan raqamli valyuta sifatida xizmat qiladi. Kriptovalyutalar dunyosida samarali harakat qilish uchun ushbu ikki atama o'rtasidagi farqni tushunish muhimdir. Tokenlar ham, tangalar ham o‘ziga xos xususiyatlarga va foydalanishga ega, ammo oxir-oqibat ular qiymatni o‘tkazish va kapitalni markazlashmagan holda saqlash uchun innovatsion vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa
Tokenni oddiy qilib tushuntirsam masalan futbol klublarining ham o’z tokenlari (fan token) bor, lekin ularga alohida bir blokcheyn yaratish uchun juda ko’p vaqt va mablag’ kerak bo’ladi. Shuning uchun ular mavjud blokcheyn masalan Ethereumda o’z tokenini yaratib uni sotuvga qo’yadi va shundan foyda olishlari mumkin. Muxlislar bo’lsa o’z sevimli klublarini qo’llab quvvatlash hamda kelajakda ushbu tokenlardan foyda olish maqsadida uni sotib olishadi. Ushbu sotib olish va sotish jarayonida ular komissiyani Ethereumda to’lashadi. Hozirgi kunda eng mashhur blokcheynlar bular Ethereum va BSC bo’lib, ularda juda ko’p tokenlar yaratilgan.

👍11🔥1💯1🍾1 1
Ikkinchi yirik ofshor birjasi bo'lgan OKX Braziliyada o'zining kriptobirjasini va Web3 hamyon platformasini ishga tushirganini e'lon qildi, unda steyking mukofotlari va DeFi integratsiyasi kabi funksiyalar mavjud. - havola
@bitcoinjon
@bitcoinjon
👍10🤮9😈1
Bitcoinjon pinned «#mavzu Token va kriptovalyuta (tanga) o'rtasidagi farq nima? Farqi nimada? Tokenlar va tangalar o'rtasidagi asosiy farq shundaki, tangalar o'zlarining blokcheyniga ega, tokenlar esa mavjud blokcheynlar ichida yaratilgan bo’ladi. Tangalar tranzaksiya valyutasi…»
Bitcoinjon
⚡️ Binance FinCEN bilan kelishuv doirasida Qo'shma Shtatlardan "to'liq chiqish"ni amalga oshiradi va CZ garov ostida qoladi. ▪️ CZ uchun garov 175 million dollarni tashkil etdi (+2 kafil 250 000 va 100 000 dollar). ▪️ AQSh Adliya vazirligining asosiy da'volari…
⚡️AQSh Adliya vazirligi: CZ o'n yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
▪️ Binancening sobiq bosh direktori Changpeng Chjao sud hukmigacha ozodlikda yurishi mumkin, ammo “boshqariladigan qochish xavfi” tufayli Qo‘shma Shtatlarni tark etmasligi kerak. Xuddi shunday matn mamlakat Adliya vazirligining yangi arizasida ham bor.
▪️Hujjatlarda, shuningdek, Qo'shma Shtatlar CZ uchun maksimal qonuniy jazo - 10 yilgacha qamoq jazosini talab qilishi mumkin.
▪️ Sobiq SEC huquqshunosi CZning ozodlikda qolishi sohada pul yuvishning davom etishiga yordam berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Natijada, idoraning Chjao bilan kelishuvi "Adliya vazirligi uchun noxush oqibatlarga olib kelishi" mumkin.

CourtListener
Motion for Miscellaneous Relief – #34 in United States v. Zhao (W.D. Wash., 2:23-cr-00179) – CourtListener.com
MOTION Government's Motion for Review of Magistrate Judge's Ruling on Defendant's Presentencing Travel Restrictions re 33 Appearance Bond by USA as to Changpeng Zhao (Attachments: # 1 Proposed Order) Noting Date 12/4/2023, (Dion, Michael) (Entered: 11/22/2023)
👍16❤1👎1
Bitcoinjon
Bitkoin spot ETF qabul qilingan vaqtda kamida shunaqa sham kutyapman. @bitcoinjon
Lekin 95% odam shunaqa holatda bo’lishadi. Ertami, kechmi shu albatta bo’ladi. AQSH birjasiga kirgandan keyin orqasidan Xitoy ham shu yo’ldan ketadi, allaqachon boshlanib ham ketgan.
@bitcoinjon
@bitcoinjon
👏26👍6👎2🤔2
Google trends ma’lumotlari bo’yicha O’zbekistonda oxirgi 5 yillikdagi bitkoinni qidiruv statistikasi.
1-Xorazm🥇
2-Buxoro 🥈
3-Namangan🥉
@bitcoinjon
1-Xorazm🥇
2-Buxoro 🥈
3-Namangan🥉
@bitcoinjon
👍30🆒4⚡3🔥3
Hammaga xayrli tong! Xabarlarga ko’ra bitta noma’lum “kit” har kuni ertalab nonushtadan oldin yuzlab bitkoin sotib olayotgan ekan.
@bitcoinjon
@bitcoinjon
👏18👍6⚡3🤡2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keyin 2024 aprel-may halving, iyun oyidan AQSH qayta moliyalash stavkasining pasaytirilishi 🚀🚀🚀
@bitcoinjon
@bitcoinjon
👍12
Bitcoinjon
Audio
Ayni vaqtda BTC shunchaki kichik korreksiya qilyapti, bunaqa vaqtda asosan maynerlar elektr-energiya xarajatlarini qoplash uchun sotishadi. Kripto olamda yangi bo’lsangiz, ishoning oxirgi 3 yildagi juda yomon voqealardan tirik chiqqanlar bor. Shunchaki grafiklarni tekshirishni to’xtatib rasmdagi maymunga o’xshab yuqoridagi musiqani eshitib ichki xotirjamlikni saqlang, yaxshi kunlarga oz qoldi. 0,01 BTCni ushlab turish oson bo’lmayapti😁
@bitcoinjon
@bitcoinjon
😁27👍13🤝3🙈2🗿1
Bitcoinjon
Hammaga xayrli tong! 🥇Bitkoin heshreyti sekundiga 500 eksahashdan (EH/s) oshib, rekord darajaga yetdi. @bitcoinjon
⚡️BlackRock va boshqa fondlar BTCni maynerlardan sotib olmoqda.
▪️ Taniqli treyder va kripto-blogger PlanB BlackRock va boshqa ETF fondlar hozirda BTCni birjalar orqali emas, balki maynerlar orqali sotib olayotganini taxmin qildi.
▪️ To'g'ridan-to'g'ri birjalardan BTC sotib olish narxga juda katta ta'sir qiladi. Maynerlardan bilvosita sotib olish esa heshreytga ta'sir qiladi, lekin narxga emas.
Bundan nima sababdan hozirdagi heshreytning yuqorilab ketganligini anglash mumkin.

👍12❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dadamga 17000$ narxda 0,01 btc olib berib, hozir narxi 37000$ga chiqqanini aytganimda uning reaksiyasi.
@bitcoinjon
@bitcoinjon
😎22😁9👍5😇3❤1
#mavzu
Kriptovalyuta tokenlarining turlari 1-qism: NFT tokenlar.
NFT token nima?
NFT (inglizcha “non-fungible token”, tarjimasi — «almashtirilmaydigan token») eng mashhur kripto tokendir. NFT yagona nusxada mavjud bo‘ladi. NFT kriptovalyuta emas. NFT ko‘rinishidagi tokenlar bo‘linmaydi va o‘ziga xos virtual birlik hisoblanadi. Ularni sotib olish, sotish, sovg‘a qilish yoki yo‘q qilish mumkin. Ya’ni NFT o‘ziga xosligiga qarab, ma’lum bir qiymatga ega. NFT-tokenlar o‘zida istalgan axborotni saqlashi mumkin, ya’ni bu rasm, gif-animatsiya, video, audio yoki boshqa shu kabi elementlar, jumladan, sportga aloqador kartochkalar, virtual o‘yinlardagi turli xil elementlar ko‘rinishida bo‘ladi. Token o‘zida muallif hamda unga egalik qiluvchi haqida ma’lumotni saqlaydi. Blokcheynda tokenning yaratilishidan boshlab, oxirgi sotilishi yoki yo‘q qilinishigacha bo‘lgan tarix qayd etiladi. Masalan Bitkoinni qismlarga, ya’ni satoshilarga ajratib bo‘lsa, NFT tokenni qismlarga ajratib bo‘lmaydi va u to‘liqligicha ma’lum qiymatga teng bo‘ladi, yoki biror rassom chizgan suratni qismlarga ajratib bo‘lmaydi — NFT ham xuddi shunday, bunday tokenlar ham ijod mahsuli. NFT raqamli hamyonlarda (crypto wallet), aynan kim unga egalik qilsa shu insonning hamyonida saqlanadi. Muallifda esa faqat mualliflik huquqi qoladi. NFT tokenning aslligini va uning egasini tokenning kodidan bilib olish mumkin. Boshqa foydalanuvchilar esa uning nusxasini ko‘chirib olishlari mumkin, ammo nusxasi hech qanday qiymatga ega bo‘lmaydi, tokenni faqat haqiqiy egasi sotishi mumkin.
NFT nima uchun kerak?
Birinchi navbatda odamlar bunda pul ishlashlari mumkin ya’ni masalan rasm chizib sotish. Shuningdek, NFT-tokenlarni sotib olish orqali odamlar o‘zlari yoqtirgan ijodkorni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Shuningdek foydalanuvchilar ulardan ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda “avatarka” o‘rnida foydalanishadi. NFT-tokenlar virtual o‘yinlarda ham mavjud bo‘lib, ular o‘yindagi qurol, qahramon yoki obraz ko‘rinishida sotiladi. Shuningdek, misol uchun, siz mashhur suratning raqamlashtirilgan versiyasining virtual maydondagi to‘laqonli egasi yoki hammuallifi bo‘lishingiz ham mumkin. Bitim tuzilganidan so‘ng, tokenda rasmga egalik qilish huquqi qo‘lga kiritiladi, ushbu ma’lumot esa barcha foydalanuvchilarga ko‘rinadi. Shuning uchun ushbu raqamli sertifikat san’at asariga egalik qilish huquqi ma’lum bir shaxsga berilganligini ko‘rsatib turadi.
U qachon paydo bo'lgan?
Ma’lumotlarga ko‘ra bunday turdagi tokenlarni hozirgidek yo‘l bilan sotish va egalik qilish imkoni 2017 yilda Ethereum blokcheynida smart-kontraktlar orqali yo’lga qo’yilgan. 2018 yilda Rare Digital Art Festival auksionida Gomer Simpson ko‘rinishidagi pepe-mem 38 ming dollarga sotilgan. Ammo ko‘pchilik ilk haqiqiy NFT token sifatida kriptopanklarni tan olishgan. Ushbu tokenlar 24×24 o‘lchamiga ega 10 mingta o‘ziga xos, bir-biridan farq qiladigan personajlar tasvirlaridan iborat. Kriptopanklar NFT tokenlari dastlab 10 Ethereum qiymatigacha (o‘sha paytda 3 ming dollarga teng), keyinchalik esa kamida 35 ming dollarga teng qiymatga baholana boshladi. 2020−2021 yillarga kelib kriptopanklarni bu narxdan arzonroqqa sotib olib bo‘lmasdi. Personaj qanchalik noyob hisoblansa, u shunchalik qimmat bo‘ladi.
Xulosa
Qisqa qilib aytganda, NFT-tokenlar:
Bitkoin yoki boshqa kriptovalyuta turlaridan farqli o‘laroq, har bir NFT-token o‘ziga xos xususiyatga ega;
NFT-tokenlar san’at predmetlarining hamda kolleksiya qilish mumkin bo‘lgan san’at namunalarining raqamli ko‘rinishlarini yaratish uchun juda mos keladi;
Tokenlar maxsus ayriboshlash maydonlardagi ikkilamchi bozorda sotilishi va sotib olinishi mumkin. Hozirda NFT marketpleyslari ichida eng mashhuri bu opensea.io hisoblanadi. Siz u yerga kirib ro’yxatdan o’tib , xohlasangiz o’z chizgan rasmlaringizni sotuvga qo’yishingiz mumkin. *Rassom tanishlarga tashlab qo'ying.

👍18 2