Bitcoinjon
5.89K subscribers
4.89K photos
691 videos
3 files
2.32K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
📁 Coinbase va MicroStrategy kompaniyalari aksiyalari 2022 yil boshidan buyon eng yuqori narxga chiqdi. Ma’lumot uchun Coinbase AQSHning markazlashgan kriptovalyuta birjasi, Microstrategy esa 158400 ($5,9 mlrd) Biktoinga ega kompaniya.

@bitcoinjon
👍10
💹Kriptovalyuta bozorining top 100talikdagi tangalarning oxirgi 24 soat ichidagi o’zgarishi.

@bitcoinjon
👏6👍4🔥1
Bitcoinjon
⚡️Tahlil xizmatlari HTX (Huobi) birjasi va Huobi ECO Chain tarmog‘i 100 million dollarlik xakerlik hujumiga uchragani haqida xabar bermoqda. @bitcoinjon
HTX birjasi o'zining TRC20da $USDT shuningdek $BTC depozit va yechib olish xizmatlarini xakerlik hujumidan so'ng qayta tikladi.

@bitcoinjon
👏8🔥2👍1
✍🏻 2011 yil: "Jeyms, biz ajralamiz, hamma do’stlaringiz jiddiy ishlar bilan shug'ullanmoqda, ko'chmas mulkka sarmoya kiritmoqda lekin siz shu ahmoqona bitkoinlarga berilib ketgansiz"
✍🏻2017: “Salom Jeyms! Ishlaringiz yaxshimi?"
👩‍💻 Bundan roppa-rosa 6 yil oldin Amerikadagi taniqli kripto ixlosmandlardan birining sobiq sevgilisi afsus bilan eng qayg’uli xabarlardan birini yubordi.

@bitcoinjon
😁30👍2
Hammaga xayrli tong! 🥇Bitkoin heshreyti sekundiga 500 eksahashdan (EH/s) oshib, rekord darajaga yetdi.

@bitcoinjon
🏆8👍5
🌈 Bitkoinning Kamalak diagrammasi: «Hali ham arzon»
(Still cheap) bosqichida. *Tepasida bosqichlar ko’rsatilgan.

@bitcoinjon
👍9
Bitcoinjon pinned «#mavzu Bitkoin haqida qisqacha. 2009 yilda Satoshi Nakamoto ismli noma’lum shaxs tomonidan blokcheyn texnologiyasi asosida kashf qilingan kriptografik pul birligi. Uning oltin va boshqa davlat valyutalaridan farqli jihati u cheklangan (21 million) va banklardan…»
Bitcoinjon pinned «#mavzu Bitkoin halving haqida. Bitcoin Halving nima? Bitkoin halving aslida blok mukofotining yarmiga qisqaradigan protokol hodisasidir. Bitkoin tarmog'ida maynerlar tomonidan mayning (qazib olingan) qilingan har 210 000 blokda yoki har 4 yilda bir marta…»
Bitcoinjon pinned «#mavzu Altkoinlar haqida. Altkoinlar nima? Altkoin - bu Bitkoindan keyin paydo bo'lgan har qanday kriptovalyuta. Bu nom alternativ (muqobil) va coin (tanga) so'zlarini birlashtirish orqali olingan, ya'ni altkoin, tom ma'noda muqobil tangadir. Nechta…»
🆘Hammaning diqqatiga!

Men hech kimga birinchi bo’lib yozmayman. Adminning ismini rasmini qo’yib uning nomidan yozadigan firibgarlarga uchib qolmanglar. Kripto olam firibgarlarga to’la. Mening maqsadim qiziquvchilarni tekin ma’lumotlar va yangiliklar bilan ta’minlab borish. Bunaqa firib chet el guruh va kanallarida urfga aylangan admin fotosi va ismlarini qo’yib boshqalarga birinchi yozishadi va firib sxemalari bilan pullarini o’g’irlaydi. Ehtiyot bo’ling, tekin pishloq faqatgina qopqonda bo’ladi!

@bitcoinjon
👍31
Bitcoinjon pinned «🆘Hammaning diqqatiga! Men hech kimga birinchi bo’lib yozmayman. Adminning ismini rasmini qo’yib uning nomidan yozadigan firibgarlarga uchib qolmanglar. Kripto olam firibgarlarga to’la. Mening maqsadim qiziquvchilarni tekin ma’lumotlar va yangiliklar bilan…»
#mavzu

“Hashrate” nima va u qanday o'lchanadi?


U nima?

Heshreyt atamasi ikkita ma'noga ega - bu kriptovalyuta tarmog'ining umumiy hisoblash quvvati yoki mayning qurilmasi tomonidan hisoblanadigan soniyada heshlar soni. Hesh darajasi kriptovalyuta mayning qilish qurilmalarining ishlash samaradorligini ko'rsatadi.

U qanday o'lchanadi?

Bir soniyada heshlarda o'lchanadi (H/s). Yuqorida yozganimdek Proof of Work (ish isboti) da ishlaydigan kriptovalyutalarga taaluqli. Tarmoqning heshreyti mayning uchun ishlatiladigan qurilmalar soni va turiga bog'liq. Heshreyt mayner yoki “Mining pul” (mayning guruhlari) rentabelligi bilan to'g'ridan-to'g'ri proporsionaldir. Maynerning heshreyti qanchalik yuqori bo'lsa, blokni qazib olish tezligi shunchalik yuqori bo'ladi va uni yaratish uchun mukofot olish imkoniyati ham. ASIC maynerlari soniyada trillionlab heshlarni hisoblash imkoniyatiga ega. Bitkoin heshreyti 2011 yilda 1 Th/s, 2013 yilda 1 Ph/s va 2016 yilda 1 Eh/s ga yetdi. 2020-yil noyabr oyida Bitkoin tarmog‘ining heshreyti 140 EH/s ni tashkil etdi.

Dastlabki maynerlar qanday mayning qilishgan?

Dastlab, maynerlar kompyuter protsessorlarida, keyin video karta fermalarida ishladilar. ASIC maynerlari paydo bo'lgandan so'ng, tarmoq heshreyti va mayning qilish murakkabligi tez suratda o'sishni boshladi, ammo nisbiy o'sish (foizda) bir necha yil davomida sekinlashishda davom etmoqda, chunki bitkoinni mayning qilish sanoat miqyosiga yetdi va hatto mavjud heshreytni saqlab qolish juda katta xarajatlarni talab qiladi. Shunga o'xshash jarayon Proof of Work (PoW) konsensusiga asoslangan boshqa mashhur blokcheynlarda mayning qilishda ham sodir bo'ldi. Oddiy qilib aytganda, heshreyt kriptovalyutani mayning qilish qurilmalarning hisoblash quvvatini belgilovchi o‘lchov birligidir. Agar kriptovalyuta PoW tamoyilida bo’lsa unda siz ushbu tangani "qazib oladigan" uskunani o'rnatishingiz mumkin.

@bitcoinjon
👍15❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimgadir kriptovalyuta va unda qanday qilib pul ishlash haqida gapirsangiz u sizga kamida shunaqa savol beradi.

@bitcoinjon
😁13❤3🔥3👍2🤣2👏1
Bitcoinjon pinned «#mavzu “Hashrate” nima va u qanday o'lchanadi? U nima? Heshreyt atamasi ikkita ma'noga ega - bu kriptovalyuta tarmog'ining umumiy hisoblash quvvati yoki mayning qurilmasi tomonidan hisoblanadigan soniyada heshlar soni. Hesh darajasi kriptovalyuta mayning…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa terminator bo’lib ketganlar bormi?

@bitcoinjon
👍13😁6❤2🤣1
Hammaga xayrli tong! Bozorda jiddiy o’zgarishlar yo’q bitkoin kichik korreksiya qilyapti xolos. Ko’pchilik BTC spot ETF shu hafta qabul qilinishi ham mumkin deyishmoqda chunki SECning boshqa bahonasi qolmadi. Lekin kalendarim adashmasligi aniq.

@bitcoinjon
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bitkoin-37 000$
Boshlig’im: Nimaga ishga kechikib kelyapsan?
0,01 bitkoini bor men:

@bitcoinjon
😁17🤣8👍4
⚡️JP Morgan SEC tomonidan 2024 yil 10 yanvargacha bir nechta spot Bitcoin ETFlari tasdiqlanishini kutmoqda.

@bitcoinjon
👍16
🇺🇸 SEC BlackRock va Grayscale bilan Bitcoin spot BTC-ETF roʻyxatiga oid masalalar boʻyicha muzokaralarni rasman tasdiqlovchi memorandumlarni eʼlon qildi.

@bitcoinjon
👍14