Bitcoinjon
5.8K subscribers
4.91K photos
702 videos
3 files
2.32K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
✈️ 📷 Telegram vs WhatsApp (Cuckerberg+ Edition)

Telegram Premium — $36/yillik:
Cheksiz cloud storage
Tezroq yuklash
Tarjima, ovozli xabar matn, animatsiyalar
Reklamasiz, maxfiylik, biznes toollar va yana 40+ funksiya

WhatsApp Plus (Cuckerberg+) — $3/oyiga:
Eksklyuziv stikerlar
App icon o‘zgartirish
Tema tanlash
Qo‘ng‘iroq ohangi

😁 Birida pullik — asosiy funksiyalar, ikkinchisida — bepul bo‘lgan narsalarni pullik qilish. 14 yil oldin Telegramda chiqqan usernamelarni yaqinda ishga tushirgan Whatsapp endi boshqa funksiyalarni oʻxshamasa ham oʻgʻirlamoqda. Oʻsha usernamelarning ham mashhur brendlarnikini hech kim band qilolmaydi va instagram bilan birlashtirilgan.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣32🔥8🤝6❤3🗿1
🇨🇳🏠📉 Xitoyning ko‘chmas mulk bozori 20 yillik o‘sishni to‘liq yo‘qotdi!

FRED ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda uy-joy narxlari (inflyatsiyadan tozalangan) 2006-yil darajasiga qaytdi. 2021-2022 yillardagi 112 darajadagi cho‘qqidan keyin keskin pasayish bo‘ldi va hozir indeks 86 ga tushgan.
Bu — ulkan pufakning deflyatsiyasi. Hukumat spekulyatsiyani cheklab, uy-joyni yashash uchun qilishga urinmoqda. Natijada ko‘pchilik xitoyliklar o‘z uyiga ega (yuqori mulkchilik darajasi), lekin investorlar va qarz olganlar katta zarar ko‘rdi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯11😱7🙉7🎉4🔥1🤣1
Bitcoinjon
⚡️ Strategy $35 millionga 520 BTC sotib oldi. 🐋 Kompaniya balansida jami 847363 BTC ($55 mlrd) boʻldi. Shuningdek naqd pul zaxirasiga yana $300 mln qoʻshilib $1,4 milliardga yetkazilgan. @bitcoinjon
⚡️ Strategy $216 millionlik 3588 BTC sotdi!

Strategy ushbu sotuvni qimmatli qogʻozlari boʻyicha dividendlarni moliyalashtirish uchun deb tariflagan. Naqd pul zaxirasi $2,55 mlrdga yetkazilgan. Kompaniya balansi: 843775 BTC ($52,3 mlrd). Yangilik fonida Betkoyn quladi va qolgan shitcoinlar ham oʻzini Strategyda bor deb oʻylayapti. 🐸

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😭8😱7🙉44🤣1
📈📉 Bitkoinning keskin harakati: Ko‘tarilish va keyin qulash sabablari

📈 Birinchi impuls (ko‘tarilish):
AQSh Oq uyi strategik Bitkoin zaxirasini tasdiqladi, Tramp esa o‘zini “kriptoning katta muxlisi” deb atadi. Natijada BTC tezda $64000 darajasini qayta egalladi va bozorda $360 million short pozitsiyalar likvidatsiya qilindi. Bu klassik short squeeze + ijobiy siyosiy yangilik kombinatsiyasi edi.

📉 Ikkinchi impuls (qulash):
Eron Hoʻrmuz boʻgʻozida tijorat kemalariga, jumladan Qatar LNG tankeriga raketa hujumini qaytadan boshladi. Voqea oqibatida neft narxi +1,5% ga o‘sib, $69 dan oshdi. Geosiyosiy keskinlik kuchaygani bozorlarda risk-off kayfiyatini kuchaytirdi va BTC'ning o‘sishini to‘xtatib, pasayishga olib keldi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🤯4🙉4😡33❤1
☕️📈 Kofe kecha bir kunda 15% oʻsdi!

Joriy oydagi oʻsish 42,33% shitcoin olguncha qoplab kofe bosib qoʻysam boʻlmasmidi 🦍🦍🦍

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣30🤯7😭5💯1
Bitcoinjon
🍎🇷🇺 Apple VK’ni “o‘ldirdi” — aksiyalar tarixiy tubga tushdi! Kecha Apple bir necha VK xoldingi ilovalarini App Store’dan butunlay o‘chirib tashladi: VKontakte, Odnoklassniki, Dzen, VK Video, VK Music, VK Messenger Mailru va boshqalar. Bundan oldin davlat…
📉 VK aksiyasi haliyam qulashdan toʻxtamayapti!

-90% shitcoinga xos desam yoʻq shit kompaniyalarda ham kuzatilarkan. Janvar haliyam oyogʻini topolmayapti 😬

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱13🤩7🙉6🤣1
💰 BONK DAO $20 millionga uxladi — xaker emas, oddiy ovoz berish orqali!

Kimdir $4 millionlik BONK sotib olgan va kuchli ovoz berishga ega bo‘lib, DAO gʻaznasidan 4,4 trillion BONK ($20M) o‘z hamyoniga o‘tkazish taklifini kiritadi. Taklifni 7 kun davomida hech kim sezmagan. U oxirgi daqiqalarda oʻz ovoz berish kuchidan foydalangan va taklif qabul qilinib tokenlar avtomatik u belgilagan manzilga o‘tib ketgan.

Bu smart kontrakt zaifligi yoki xakerlik hujumi emas, balki DAO boshqaruvidagi katta zaiflik. BONK jamoasi pulni qaytarish uchun birja, Solana va huquq-tartibot organlari bilan ishlamoqda.

Token egalari faol bo‘lmasa, har qanday DAO xavf ostida. Ovoz bermay qo‘yish — eng qimmat xato bo‘lishi mumkin. Agar token egalari gʻaflat bosib yotmay “yoʻq” deb ovoz berganida mashkajon buni uddalay olmasdi. Oma kallasiga qoyillar 🤣

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣26🤯5🫡4😱2❤1
🗿 Ronaldo yig’ladimi-yo’qmi? Polymarketda ABSOLYUT XAOS!

🇵🇹<🇪🇸 Kecha Portugaliya yutqazganidan keyin:
Ronaldo maydondan jiddiy yuz bilan chiqdi → uning yigʻlashi ehtimoli 80% dan 13% gacha tushdi
Kamera unga yana qaratildi → u yig’layapti! → ehtimollik 96% gacha ko’tarildi
Keyin qimorbozlar ko’rdiki, ko’z yoshlari aniq ko’rinmayapti → qoidalarga ko’ra “NO” bo’lishi mumkin → ehtimollik 34% gacha quladi!

Barcha pul tikkanlar Krishtianuning bitta ko’z yoshini qidirib qolishgan. Har bir kamera burchagini millionlab marta ko’rishgan 😆

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣64🍾5🙉4😭2
🇯🇵 DUNYODAGI ENG XAVFLI BOZOR — YAPONIYA!

Yaponiya obligatsiyalari (JGB) 10 va 20 yillik rentabelligi 30 yillik rekord yangiladi. 10Y rentabellik so‘nggi 12 oyda +137 bazis punktga (bp) ko‘tarildi va oxirgi 4 haftada yana +9,1 bp oshdi. 20Y auksionga talab esa 2025-yil maydagi inqirozdan beri eng past darajada. Iyena 40 yillik past darajada savdo qilinmoqda. Davlat qarzi YaIMga nisbatan 200%+ dan oshgan.

Bir tomondan hukumat ¥370 trillion ($2,29 trillion) investitsiya dasturini e’lon qilib, yangi obligatsiyalar chiqarishni ko‘paytirmoqda. Ikkinchi tomondan, Yaponiya banki (BOJ) o‘z portfelini qisqartirmoqda — 2027-yilga borib JGB xaridlarini sezilarli kamaytiradi. Eng katta xaridor chekinayotganda taklif ortib, talab susaymoqda. Natijada rentabellik mexanik ravishda ko‘tarilmoqda.


Yaponiya koʻp yillardan beri dunyoni arzon iyena likvidligi bilan ta’minlab keldi (yen carry trade). Endi rentabellik oshgani va iyena zaiflashgani sababli bu pullar “uyga” qaytishi mumkin. Bu esa global riskli aktivlar (aksiyalar, kripto va boshqalar) uchun katta likvidlik zarbasi bo‘lishi mumkin. Yaponiya endi mahalliy muammo emas — bu butun dunyo moliya tizimining zaif nuqtasi.

@bitcoinjon
❤87🤯6😱5
🇺🇸🇮🇷 AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) hisobotiga ko‘ra, Eronning Fors ko‘rfazidagi savdo kemalariga hujumidan keyin yangi zarbalar berildi.

80 dan ortiq nishon yo‘q qilindi (havo mudofaasi, qo‘mondonlik punktlari, radarlar va qirg‘oq raketalari). 60 dan ortiq Eron Inqilobiy Gvardiyasining (IRGC) kichik hujum qayiqlari — “swarm fleet” yoʻq qilindi. Bu qayiqlardan Eron uzoq vaqt savdo kemalarini bezovta qilib kelgan.

Eron da’vosi bo‘yicha javoban 85 ta AQSh harbiy ob’ektiga raketa va dronlar bilan hujum qilingan. Quvaytdagi Ali al-Salem aviabazasi va Bahrayndagi 5-flоt bazasi (Salman porti) nishonga olingan. AQShning MQ-9 droni urib tushirilgani aytilmoqda.

🛢️📈 Neft to the moon shitcoinlar to the qabr 🗿🗿🗿

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱76❤4🙉4
📉 TAC tokeni 85% ga quladi ($0,06 dan $0,004 gacha).

Binance Alpha listingi va past likvidlik: Yangi listing paytida order book juda sayoz boʻlgan va bir necha yirik sotuv buyurtmalari butun bozorni qulatgan.
Airdrop oluvchilar massiv sotuvi: Ko‘p foydalanuvchilar (nol xarajat bilan token olganlar) darhol sotishgan. Bu kaskad effekt yaratib — stop-losslar va leveraged pozitsiyalar likvidatsiya bo‘lgan.
Oldingi xakerlik hujumi ta’siri: May oyida TAC Protocol $2,8M yo‘qotgan (keyin qaytarilgan). Bu investorlar ishonchini pasaytirgan edi va hozirgi qulashni kuchaytirdi.
Umumiy bozor holati: Leverage ko‘p, yangi loyihalarda likvidlik zaif — bitta yirik sotuv butun narxni 15 daqiqada 90% ga tushirishi mumkin.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯7🙉7😱5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇮🇷 Tramp Eron bilan amaldagi sulh rejimi yakunlanganini aytib, Tehronga nisbatan keskin bayonotlar berdi.

🗣 Trampning soʻzlariga koʻra, AQSh endi Eron bilan muzokaralarni davom ettirishdan manfaatdor emas va vaziyatni diplomatik yoʻl bilan hal qilishga vaqt sarflashni istamaydi.

Shuningdek, u Eronni “mintaqadagi saraton”ga qiyoslab, bunday muammolarni “erta bosqichda bartaraf etish kerak”ligini taʼkidladi.
📈 WTI neft > $74
📉 Betkoyn < $62K

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱76🍾5🙉4❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇮🇷 Tramp Zelenskiy bilan uchrashuvda jurnalistlar savoliga javob berarkan, “Eronga bugun tunda hujum bo‘lishi ehtimoli yuqori” deb bayonot berdi.

Shuningdek u AQSh Hoʻrmuz bo‘g‘ozida blokadani qayta joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini va Eronning Xarg oroli ustidan nazorat o‘rnatish ehtimolini istisno etmasligini ta’kidladi va Tehron “hech narsa qila olmaydi” deb qo‘shimcha qildi.

*Eronga shitcoin portfelingga keyin Eron ham AQSh harbiy bazalariga yana shitcoin portfelingga 😁

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥4🍾4🤝3❤1🗿1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇮🇷 AQSh va Eron yangi zarbalar almashdi!

Tunda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron bo‘yicha katta operatsiyani yakunlab taxminan 90 ta harbiy obyektga zarba berilganini ma’lum qildi. Havo mudofaasi tizimlari, sohil radarlari, raketa va dron omborlari, harbiy-dengiz obyektlari, logistika infratuzilmasi nishonga olingan. Maqsad Eronning Hoʻrmuz bo‘g‘ozidagi savdo kemalariga hujum qilish qobiliyatini pasaytirish ekanligi ta’kidlangan.

Eron javobi: Quvayt, Bahrayn va Iordaniyadagi AQSh bazalariga raketa va dron zarbalari berildi. Yangi hujumlar bo‘lsa, javob yanada kuchaytirilishi haqida ogohlantirdi.

📈 WTI neft > $74
📉 Betkoyn < $62K

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥6😱3🤩1
Bitcoinjon
☕️📈 Kofe kecha bir kunda 15% oʻsdi! Joriy oydagi oʻsish 42,33% shitcoin olguncha qoplab kofe bosib qoʻysam boʻlmasmidi 🦍🦍🦍 @bitcoinjon
🍫📈 Kakao narxi 117% ga oshdi! (AQSh-Eron urushi oqibati)

2026 yil fevraldan AQSh-Eron urushi boshlanganidan beri kakao narxi 117% ga ko‘tarildi. Hoʻrmuz bo‘g‘ozi dunyodagi dengiz orqali o‘g‘it eksportining 30% dan ortig‘ini tashuvchi asosiy yo‘l. Eron uni yopganida G‘arbiy Afrikaga o‘g‘it yetkazib berish to‘xtadi.

G‘arbiy Afrika esa dunyo kakao ishlab chiqarishining 70% ini beradi. O‘g‘itsiz ekish mavsumida hosildorlik keskin tushdi, taklif qisqardi. Shu bilan birga muqobil yo‘llar orqali yuk tashish narxi ham keskin oshdi. Bunga qo‘shimcha ravishda El Niño ta’sirida 2026/27 yil kakao hosili prognozi 267 ming tonnadan 149 ming tonnaga tushdi.

🌞+💣= 🍫📈 Geosiyosiyat + iqlim o‘zgarishi birlashib, shokolad xomashyosini to the moon qildi. Global zanjirlar uzilishi faqat bizni shitcoinlarga emas hamma narsaga ta’sir qiladi 🤝

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🙉5😱4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👎 🏦 Banklar qanday qilib havodan pul “yaratadi”?

Bir kishi bankka $10000 depozit qo‘yadi. Bank bu pulning atigi 10% ini ($1000) o‘zida saqlab, qolgan $9000 ni kreditga beradi. Keyin o‘sha $9000 ga kredit olgan odam mashina sotib oladi. Sotuvchi pulni o‘z bankiga qo‘yadi. 2-bank ham 10% saqlab, $8100 ni yana kreditga beradi. 3-bank $8100 dan $7290 kredit. 4-bank $7290 dan $6561 kredit va hokazo… Shu tarzda jarayon davom etadi.

Natijada dastlabki $10000 dan butun bank tizimida $100000 ga yaqin pul hosil bo‘ldi! Ya’ni, banklar sizning pulingizni qayta-qayta kreditga berish orqali $90000 yangi pul yaratadi. Bu — fractional reserve banking (qisman zaxira saqlash tizimi). Zamonaviy pul tizimining asosiy mexanizmi. Betkoyn 21 million cheklangan, qolgan L1 altkoinlar esa komissiyalarni yoqish orqali supplyni kamaytirib turadi lekin baribir kripto scam fiat sila! 🙄

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯18🤝11❤6🫡2🤣1
🇮🇷🇺🇸 AQSh va Eron yana zarbalar almashdi!

🇮🇷 Eron Inqilobiy Gvardiyasi Kipr bayrogʻidagi M/V GFS Galaxy kemasiga qarshi ogohlantiruvchi oʻq uzganini maʼlum qildi.

🇺🇸 CENTCOM bunga javoban Eronga 3-raund zarbalarini berib 140 ga yaqin harbiy obyekt (raketa, dron, omborlar, PVO, dengiz kuchlari) yoʻq qiliganini ma’lum qildi.

🇮🇷 Eron bunga yana javoban Quvayt va Bahrayndagi AQSh bazalariga dronlar bilan hujum qilganini aytib Hoʻrmuz boʻgʻozi yopilganini e’lon qildi.

📉 Barcha otilgan raketa va dronlar har doimgidek shitcoinlar ustiga borib tushdi 🗿🗿🗿

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13😭6😱5❤1