Bitcoinjon
5.8K subscribers
4.91K photos
702 videos
3 files
2.32K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
🇺🇸🇮🇷 Eron savdo kemalariga zarba berdi va AQSh javob qaytardi!

Tramp kecha Eron Hoʻrmuz bo‘g‘ozida savdo kemalariga qarshi kamida 4 ta dron uchirganini va ulardan biri qimmatbaho yuk kemasining yuqori palubasiga urilganini, ammo kema o‘z yo‘lida davom etganini ma’lum qildi. AQSh kuchlari qolgan 3 ta dronni urib tushirgan. Tramp buni “otashkesim bitimini ochiqdan-ochiq buzish” deb baholadi.

CENTCOM rasmiy javobi:
AQSh Markaziy qo‘mondonligi bizning vaqt bilan 27-iyun kuni soat 1:26 da (fond bozorlar yopilganidan keyin) Eronga qarshi zarba berganligini ma’lum qildi. Eronning raketa va dron omborlari hamda qirg‘oq radarlari nishonga olingan. Bu javob “M/V Ever Lovely” yuk kemasiga qilingan hujumga qarshi chora sifatida amalga oshirilgan.

@bitcoinjon
10😱5❤4
🐳📉BlackRock investorlari kecha $444,5 millionlik BTC sotdi!

Fond egaligi 755K BTC'ga tushib ketdi. Joriy yilning 8 mayida eng yuqori daraja 823K BTC'ga chiqqan edi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8😱4😭3🙉3
🇺🇸🇮🇷 AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik kuchaymoqda!

CENTCOM AQSh kuchlari Eronning harbiy obyektlariga (razvedka, aloqa, havo mudofaasi, dron omborlari va dengiz minasi o‘rnatish vositalari) yangi zarbalar berdi. Bunga sabab — Eron droni Hoʻrmuz bo‘g‘ozida neft tashuvchi tankerga hujum qilgani. Eron tomoni javob berib, Quvaytdagi Ali-al-Salem aviabazasiga va Bahrayndagi AQSh 5-floti bazasiga raketa-dron zarbalari berganini da’vo qildi.

Trampning bayonoti:
AQSh aviatsiyasi Eronning raketa va dron omborlariga hamda qirg‘oq radari stansiyalariga zarba berdi. U ogohlantirdi: “Agar Eron yana eskalatsiya qilsa, biz ishni oxirigacha yetkazamiz va Eron mavjud bo‘lmaydi”.

@bitcoinjon
17🤝4🔥3❤1
💎⛓️‍💥 Telegram 52 ta validatorni o‘chirdi!

Validator Clock ma’lumotiga ko‘ra, Telegram nodelari endi tarmoqni validatsiya qilmayapti. Taxminan 100 million GRAM steykingdan chiqarildi, natijada faol validatorlar soni 347 taga tushdi.
Hozircha bu harakatning sababi noma’lum. Agar shunday davom etsa, qolgan validatorlarning daromadlari taxminan 10% ga oshishi mumkin.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🤔6😱4❤1
🐳 Strategy yangi $1,25 milliardlik kapital strukturasini e’lon qildi!

Reja quyidagicha:
$1 milliardlik raqamli kredit qimmatli qog‘ozlarini qayta sotib olish dasturi;
Bitkoinni monetizatsiya qilish orqali $1,25 milliardgacha mablag‘ jalb qilish va uni USD zaxirasini kuchaytirishga yo‘naltirish (hozirgi USD zaxira — $2,55 milliard).
Bu — kompaniyaning Bitkoinni oddiy “hold” qilishdan faol moliyaviy vositaga aylantirish yo‘lidagi navbatdagi katta qadami.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝97❤3🔥1
Bitcoinjon
🐳 Strategy yangi $1,25 milliardlik kapital strukturasini e’lon qildi! Reja quyidagicha: $1 milliardlik raqamli kredit qimmatli qog‘ozlarini qayta sotib olish dasturi; Bitkoinni monetizatsiya qilish orqali $1,25 milliardgacha mablag‘ jalb qilish va uni USD…
✅ Strategy yangi kapital strategiyasi bozorni qizdirdi!

Strategy Inc. yangi “Digital Credit Capital Framework” strategiyasiga ko'ra quydiagi asosiy vazifalar bajariladi:
• $1 mlrd MSTR aksiyalarini sotib olish
• $1 mlrd STRC (Digital Credit) sotib olish
• STRC dividend stavkasi 12% gacha ko‘tarildi (1-iyuldan boshlab)

Natija: bozorda faol kapital boshqaruvi signali kuchli qabul qilindi. Kecha MSTR +12,6%, STRC +12,2% ga ko‘tarildi.

Bu oddiy Bitkoin to‘plashdan tashqariga chiqib, aktivlarni himoya qilish, likvidlikni oshirish va aksiyadorlar qiymatini saqlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda. Bozor bu harakatni ishonchli deb qabul qilyapti.

@bitcoinjon
8⚡5🤝3❤2🔥1
Bitcoinjon
💎⛓️‍💥 Telegram 52 ta validatorni o‘chirdi! Validator Clock ma’lumotiga ko‘ra, Telegram nodelari endi tarmoqni validatsiya qilmayapti. Taxminan 100 million GRAM steykingdan chiqarildi, natijada faol validatorlar soni 347 taga tushdi. Hozircha bu harakatning…
🔋 Telegram validatorlarni qayta ishga tushirdi!

Validator Clock ma’lumotiga ko‘ra, Telegram yana The Open Networkni validatsiya qilishni boshladi. Validatorlar soni yana 400 taga yetdi. TON tarmog‘i barqarorlashmoqda: 1541 ta node, 173,7M smart-kontrakt, oyiga 2,3M faol hamyon, 3,1M tranzaksiya (24 soat ichida).

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12⚡8❤8
📊 S&P 500: 130+ yillik saboq!

👩‍🍼 1890–1920 yillar: ATH yangilangach 80-85% gacha qulash (1929 Buyuk Depressiya).
🚶‍♂️‍➡️ 1960-yillar oxiri: 50% pasayish (1968-70 Bear Market).
🏃‍♂️‍➡️ 2000-2008 yillar: 50% qulash (Dot-com Bubble, Global Moliyaviy Inqiroz).
🏋️‍♀️ 2020 yil: 24% tushish (Kovid pandemiyasi).

Aktivning bozor kapitalizatsiyasi qanchalik katta bo‘lsa, qulashlar shunchalik yumshoqroq bo‘ladi. Bozor kattalashgani sari likvidlik oshadi va ekstremal krizislar kamayadi. Katta bozor = kuchliroq immunitet. Umumiy hisobda S&P 500 shu kungacha 166637% (1666X)ga oʻsgan!

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝11❤5💯4
Bitcoinjon
📊 S&P 500: 130+ yillik saboq! 👩‍🍼 1890–1920 yillar: ATH yangilangach 80-85% gacha qulash (1929 Buyuk Depressiya). 🚶‍♂️‍➡️ 1960-yillar oxiri: 50% pasayish (1968-70 Bear Market). 🏃‍♂️‍➡️ 2000-2008 yillar: 50% qulash (Dot-com Bubble, Global Moliyaviy Inqiroz).…
📊 Bitkoinning ham tarixiy tahlili (2017–2026)

2017–2018: ATH yangilangach -83,78% qulash (pufak shishdi endi yoriladi deb shunchaki foydani olib qochishgan).
2021–2022: -77,28% kuchli bear market (Kovid pandemiyasi, Rossiya-Ukraina urushi, FTX va Terra Luna qulashi).
2024–2026: Eng so‘nggi ATH dan keyin -54,07% ga tushish (Yirik kitlarning sotishi, Satoshi ≠ Epstein, AQSh-Eron urushi, neft koʻtarilishi, Kvant kompyuter FUD, Strategy FUD, Satoshini goʻri supurilgan supurgi tikka qoldirilishi, BlackRock sartaroshi qaychini ochiq qoldirishi).

S&P 500 bosib oʻtgan yoʻl bilan solishtirilsa BTC hali goʻdak lekin uning ham marketcapi oshgani sari qulashlarning chuqurligi ham sekin-asta kamaymoqda (-83% → -77% → -54%). Oldingi sikllardagi kabi -80% dahshatli qulashlar endi kamroq kuzatilmoqda. Betkoyn hali ham yuqori volatil aktiv bo‘lib qolmoqda, ammo har bir yangi sikl oldingisiga qaraganda barqarorroq bo‘lmoqda.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣22🤝87❤5