Bitcoinjon
5.8K subscribers
4.92K photos
702 videos
3 files
2.32K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
🇮🇷🇺🇸 Ikkala tomon ham taxmin va soxta xabarlardan ogohlantirmoqda. Kelishuv haqidagi tafsilotlar hali rasman ochiqlanmagan.

🇮🇷 Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi: “Islomobod Memorandumi har qachongidan ham yaqinroq. Yakunlanishini kutib turing, ommaviy axborot vositalari uning mazmuni haqida taxmin qilishdan tiyilsin. Barcha tafsilotlar o‘z vaqtida ochiq e’lon qilinadi”.

🇺🇸 AQSh vitse-prezidenti JD Vance: “Potensial kelishuv haqida ko‘p soxta ma’lumotlar tarqalmoqda. Eron pul olmaydi, bitim imzolash uchun mablag‘ chiqarilmaydi. Kelishuv AQSh va ittifoqdoshlar manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Agar Eron majburiyatlarini bajarsa, mintaqaga tinchlik va iqtisodiy foyda keltiradi. Prezident Tramp yaxshi natijaga erishadi”.

@bitcoinjon
9❤7🤝4🤔3
Bitcoinjon
🤖 Anthropic bugun o’zining eng kuchli modelini ommaga taqdim etdi — Claude Fable 5 (Mythos-class model). Fable 5 — endi barcha foydalanuvchilar uchun ochiq (umumiy foydalanishga chiqarildi) Mythos 5 — faqat Glasswing hamkorlari uchun cheklangan (eng kuchli…
🤖 Anthropic eng kuchli AI modellariga cheklov qo‘ydi!

Anthropic bugun yaqinda ishga tushirilgan Claude Mythos 5 (yuqori darajadagi, kibertahdidlar va murakkab vazifalarga mo‘ljallangan versiya) va Claude Fable 5 (ommaviy foydalanish uchun xavfsizlashtirilgan versiya) modellarini AQSh fuqarolari bo‘lmaganlar uchun to‘xtatilganini e’lon qildi. Bu AQSh hukumatining eksport nazorati talablari bilan bog‘liq. Aslida bu nafaqat chet elliklar, balki ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun ham amalda cheklov degani. Kompaniya eng ilg‘or modellarini faqat AQSh ichidagi foydalanuvchilar uchun qoldirmoqda.

Geosiyosiy kurash kuchaymoqda.
AQSh Xitoy va boshqa raqobatchilarga sun’iy intellektning eng kuchli qurollarini bermay, texnologik ustunligini saqlab qolmoqchi. Kelajakda super-intellektga ega bo‘lish uchun o‘zingiz GPU sotib olib, ochiq modellar ustida ishlash yagona real yo‘l bo‘lishi mumkin.

AI poygasi yangi bosqichga o‘tdi. Hukumatlar endi nafaqat modellar, balki ularning global tarqalishini ham qattiq nazorat qilmoqda. Bu voqea AI sohasidagi rivojlanishni sekinlashtirmaydi, aksincha — uni markazlashtiradi va “kimda kuchliroq hisoblash quvvati bor” degan savolni yanada dolzarblashtiradi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯14🙉5🤔4❤3🗿2
Bitcoinjon
🚀 Ilon Maks — dunyodagi birinchi trillioner! SpaceX IPO'ning boshlanishi bilan Ilon Maskning boyligi $1,1 trilliondan oshdi. Asosiy boyligi SpaceX'dagi ulushidan ($866 milliard) kelib chiqmoqda. Tesla va boshqa aktivlari bilan birga u rasman tarixdagi birinchi…
📈 SpaceX $2,1 trillion kapitalizatsiya bilan dunyoning eng yirik 7-kompaniyasi boʻldi!

U hatto Ilon Maskning yana bir kompaniyasi Tesladan ham oʻtib “Magnificent Seven” ga kirib oldi. SpaceX 18712 BTC, Tesla 11509 BTC'ga egalik qiladi.

*The Magnificent Seven (Ajoyib yettilik) yettita yirik, juda nufuzli Amerika texnologiya va iste'molchi kompaniyalaridan iborat guruhdir. Roʻyxatning 1-oʻrinida turadigan Nvidia kompaniyasining $5 trillionlik bozor kapitalizatsiyasi Kanadaning $2,5 trillionlik nominal yalpi ichki mahsulotidan 2 baravar kattaroq.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯17❤9🔥6🤩2
🇺🇸🇮🇷 Tramp Eron bilan “Buyuk Kelishuv”ni e’lon qildi!

Trampning bayonoti:
1-post: “Eron Islom Respublikasi bilan Kelishuv tugallandi. Barchani tabriklayman! Hoʻrmuz bo‘g‘ozini to‘lovsiz ochishni va AQSh dengiz blokadasini darhol bekor qilishni to‘liq tasdiqlayman. Dunyo kemalari, motorlaringizni ishga tushiring! Neft oqsin!”
2-post: “Bu Buyuk Kelishuv butun mintaqaga Tinchlik va Xavfsizlik olib keladi. Ko‘p prezidentlar Eron bilan tinchlik o‘rnatishga urinib ko‘rdi, lekin muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Mintaqa rahbarlari birinchi marta haqiqiy tinchlikka yordam bera oladigan Prezidentni topdilar. Kelishuv imzolanganidan keyin (19-iyun) Hoʻrmuz bo‘g‘ozi ochiladi, minalar tozalanadi, neft ikki tomonga ham oqadi!”

Kelishuvning asosiy shartlari (turli manbalarga ko‘ra):
• 60 kunlik sulh (AQSh-Eron, shu jumladan Livanda) va muzokaralar davri.
• Hoʻrmuz bo‘g‘ozi darhol ochiladi (to‘lovsiz, neft oqimi tiklanadi).
AQSh dengiz blokadasi bekor qilinadi.
• Eronning muzlatilgan mablag‘laridan $12 mlrd oldindan chiqarilishi va yana $12 mlrd muzokaralar davomida.
• Neft sanksiyalari to‘xtatiladi.
• Yakuniy kelishuv 19-iyun kuni Shveysariyada imzolanishi kutilmoqda.
• Yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar keyingi 60 kun davomida, lekin Eron raketa dasturi va “qarshilik guruhlari”ni qo‘llab-quvvatlash mavzusi chiqarib tashlangan.
• AQSh Eron ishlariga aralashmaslik va kuch ishlatmaslik majburiyatini oladi. Eron NPT (Yadro qurolini tarqatmaslik) shartnomasiga sodiqligini tasdiqlaydi.

Eron tomoni (Mehr News va boshqalar) bu kelishuvni o‘z g‘alabasi deb ta’riflamoqda va qo‘shimcha $300 mlrd rekonstruksiya yordami haqida gapirmoqda. G‘arb manbalari esa bu “vaqtinchalik sulh” yoki MOU (Memorandum of Understanding) ekanligini ta’kidlamoqda. Tramp esa “haqiqiy tinchlik” deb atamoqda.

@bitcoinjon
10🤔7❤6🎉4
🤝 AQSh-Eron sulh tuzdi va bozorni ahvoli:

📉 Neft qulayapti
📈 S&P 500 oʻsmoqda
📈 Metallomlar oʻsmoqda
📉 Betkoyn kecha ozroq oʻsib yana bezrayib qizarib turibdi
📈 Qolgan scamcoinlar: HYPE va TON GRAM oʻsyapti

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩10❤7🔥6🤣22
🔥33🗿16🤣139🤯6🤩6❤1🤝1
Bitcoinjon
🤖 Anthropic eng kuchli AI modellariga cheklov qo‘ydi! Anthropic bugun yaqinda ishga tushirilgan Claude Mythos 5 (yuqori darajadagi, kibertahdidlar va murakkab vazifalarga mo‘ljallangan versiya) va Claude Fable 5 (ommaviy foydalanish uchun xavfsizlashtirilgan…
🤖 Anthropicning yangi modellari markazlashgan tizim tomonidan taqiqlangani tufayli markazlashmagan AI blokcheynlar: TAO, NEAR oʻsmoqda.

Telegram foydalanuvchilari uchun yaratilgan va o‘tgan yili ishga tushirilgan Cocoon AI ham markazlashmagan. Unda hozirda tarjima va transkripsiyadan AI muharririgacha funksiyalar mavjud. Tez orada Cocoon tarmog‘i tomonidan quvvatlanadigan shaxsiy AI agentlari ham ishga tushiriladi. Make Gram Great Again!

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡9❤6🔥44
📅 Haftaning asosiy voqealari (Kripto va fond bozorlar uchun muhim)

🔹 Dushanba (bugun) — G7 sammiti boshlanadi.
🔹 Seshanba — Yaponiya Markaziy banki (BOJ) yig‘ilishi. Foiz stavkasi 1% gacha oshirilishi va obligatsiyalar dasturi bo‘yicha yangi reja e’lon qilinishi kutilmoqda.
🔹 Chorshanba — FOMC yig‘ilishi. Stavkalar o‘zgarmasligi deyarli aniq, ammo bozor e’tibori Fed rahbari matbuot anjumaniga qaratiladi. Har qanday “yumshoq” signal risk aktivlar uchun ijobiy bo‘lishi mumkin.
🔹 Payshanba — Angliya Markaziy banki (BOE) yig‘ilishi. Stavka o‘zgarishi kutilmayapti.
🔹 Juma — AQSh va Eron o‘rtasidagi kelishuvni rasmiy imzolash marosimi rejalashtirilgan.

Bu hafta markaziy banklar haftasi. BOJ, Fed va BOE qarorlari hamda AQSh–Eron kelishuvi tafsilotlari global bozorlar, jumladan Bitkoin va kripto-aktivlarida yuqori volatillik keltirib chiqarishi mumkin.

@bitcoinjon
7🤝6🤔3⚡2
Bitcoinjon
⚡️ Strategy $101 millionga 1550 BTC sotib oldi. 🐋 Kompaniya balansida oʻrtacha $75680 narxda sotib olingan jami 845256 BTC ($53 mlrd) boʻldi. Shuningdek $1 milliardlik naqd pul zaxirasi ham shakllantirilgan. Seylor tagʻo oyoqda ekan 🏋️ @bitcoinjon
⚡️ Strategy $100 millionga 1587 BTC sotib oldi.

🐋 Kompaniya balansida oʻrtacha $75680 narxda sotib olingan jami 846842 BTC ($56 mlrd) boʻldi. Shuningdek naqd pul zaxirasiga yana $100 mln qoʻshilib $1,1 milliardga yetkazilgan.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥97❤4
🫡 → 🥃 TON endi GRAM bo‘ldi!

Bir xil tarmoq. Yangi nom, tiker va logo. Barcha TON balanslaringiz avtomatik ravishda 1:1 nisbatda GRAM ga aylantiriladi. Hech qanday swap, migratsiya yoki harakat talab qilinmaydi!

Gram — TON'ning birinchi whitepaperidagi asl nomi edi. TON — blockcheyn nomi o‘zgarmaydi. Token esa endi GRAM. Ekotizim hamyonlari tgwallet, mytonwalletda GRAM'ga almashdi lekin tonkeeperda hali almashmadi.

Birjalar jadvali:
Bitget

GRAM spot savdosi bugun 12:00 UTC da ochildi
TON spot delisting: 15-iyun, 10:00 UTC
Bybit
TON perps delisting: 15-iyun, 09:00 UTC
GRAM spot: 22-iyun
OKX
TON spot delisting: 16-iyun
Migratsiya oynasi: 16-17-iyun
Binance
TON spot delisting: 30-iyun
GRAM spot ochilishi: 2-iyul
KuCoin
GRAM depozitlari ochildi 12:00 UTC
Savdo 14:00 UTC da boshlanadi

Holderlar hech narsa qilishi shart emas! Balanslaringiz avtomatik GRAM'ga o‘zgaradi. Bu rebrendingni hamjamiyat ovoz berib qabul qilgan edi. Yangi bob boshlandi! 🚀

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14🫡10❤6🤣54
Bitcoinjon
📅 Haftaning asosiy voqealari (Kripto va fond bozorlar uchun muhim) 🔹 Dushanba (bugun) — G7 sammiti boshlanadi. 🔹 Seshanba — Yaponiya Markaziy banki (BOJ) yig‘ilishi. Foiz stavkasi 1% gacha oshirilishi va obligatsiyalar dasturi bo‘yicha yangi reja e’lon qilinishi…
📅 Haftaning asosiy voqealari — Yakuniy natijalar

🔹 Dushanba — G7 sammiti bo‘lib o‘tdi. Asosiy e’tibor geosiyosiy vaziyat va global iqtisodiyotga qaratildi.

🔹 Seshanba — BOJ foiz stavkasini 1% gacha oshirdi. Bu Yaponiyada 1995-yildan beri eng yuqori stavka hisoblanadi.

🔹 Chorshanba — FOMC stavkani 3,50–3,75% diapazonida o‘zgartirmadi. Biroq Fed bayonoti kutilganidan qattiqroq chiqdi: ayrim amaldorlar yil oxirigacha stavka oshirilishini ham istisno qilmayapti.

🔹 Payshanba — BOE ham kutilganidek stavkani o‘zgartirmadi.

🔹 AQSh–Eron — Memorandum allaqachon imzolandi. 19-iyunga rejalashtirilgan rasmiy marosim bekor qilindi. Endi tomonlar yadroviy kelishuv va sanksiyalarni bosqichma-bosqich yumshatish ustida ishlaydi.

Bitkoin va kriptovalyutalar uchun asosiy signal — stavkalar pasayishi yaqin emas, lekin yangi geosiyosiy xavf ham sezilarli kamaydi.

@bitcoinjon
8🤝6❤4
Bitcoinjon
🟠🛢️ Binance 1 apreldan 100X gacha neft va gaz fyucherslarini ishga tushiradi. Bu yaxshi yangilik chunki ular nimani listing qilsa shu narsa asplatni mahkam quchoqlaydi. 🗿 @bitcoinjon
💪📉 Binance sila: WTI neft Binanceda listening qilinganidan beri 38% ga qulab $74 dan pastga tushdi.

Endi kasofat togʻalar yana urushib ketmay 🤌 tursa keyingi oylarda e’lon qilinadigan inflyatsiya koʻrsatkichlari ham sovishni boshlaydi. Treyderlar Fed yana stavka oshirishni boshlaydi deb ishtonni boshga kiyib risk off rejimga oʻtmoqda lekin inflyatsiyani energetik inqiroz keltirib chiqardi va neft narxi juda oldingidek boʻlmasa ham urushni pik narxidan deyarli 40% ga tushdi. Buni ta’siri uzoq choʻzilmasdan sezilishi kerak ✋

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8❤7🤝6🤣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇱🇱🇧 Isroil yangi AQSh-Eron kelishuvini buzib, Janubiy Livanga hujum qildi!

Bugun Hizbulloh Isroil tanklariga hujum qilib, askarlarni oʻldirgani uchun Isroil kuchlari Janubiy Livanga quruqlikdagi hujumni boshladi va kuchli havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu voqea AQSh va Eron oʻrtasida imzolangan yangi bitimdan atigi 24 soat oʻtib sodir boʻldi.

Eron 60 kunlik muzokaralarni toʻxtatdi va hech qanday majburiyatlarni bajarmasligini maʼlum qildi. Eron Prezidenti va AQSh vitse-prezidenti JD Vens Shveysariyaga rejalashtirilgan safarlarini bekor qilishdi. Mintaqada tinchlik kelishuvi yana sinovdan oʻtmoqda. Bozorlar ham xavotirda — neft yashil betkoyn shitcoinlar qizil. ⚰️

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤣3010😭8🙉5❤1
✏️ STRC — Stretch nomli doimiy afzal aksiya (perpetual preferred stock) Maykl Seylorning Bitkoin strategiyasidagi muhim vosita.

STRC bu doimiy (perpetual) afzal aksiya bo‘lib, muddati yo‘q:
Har yili dividend $100 nominal qiymatiga asoslanadi. Hozirgi dividend stavkasi taxminan 11,5% atrofida.
Agar kimdir $100 da STRC olsa — yillik 11,5% daromad oladi.
Agar $90 da olsa — taxminan 12,8%.
Agar $85 da olsa — 13,5% dan yuqori rentabellik.
Muhim jihati: Dividend har doim bozor narxiga emas $100 ga bog‘langan. Narx pastga tushganda rentabellik oshadi va yangi investorlarni jalb qiladi. Narx $100 dan yuqoriga chiqsa, kompaniya yangi STRC chiqarib, tushgan pullarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bitkoin sotib olishga sarflaydi. Bu o‘zini-o‘zi quvvatlovchi mexanizm — “flywheel” deb ataladi.

STRC'ning Strategydagi ahamiyati
STRC oddiy aksiyalarni (MSTR) haddan tashqari ko'p chiqarmasdan va katta qarz ko‘paytirmasdan BTC to‘plash imkonini beradi. Seylor uni “dunyodagi eng yaxshi raqamli kredit vositasi” deb ta’riflaydi. Bu oddiy investorlarga ham Bitkoin bilan bog‘liq, lekin barqarorroq daromad olish imkoniyatini beradi.
Kompaniyaning boshqa Bitkoin sotib olish vositalari
Oddiy aksiyalar (MSTR) — leveraged (kuchaytirilgan) o‘sish potensiali.
Konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar.
Operatsion faoliyatdan tushadigan naqd pul.
STRC — eng yangi va hozirda eng muhim vositalardan biri.
Kompaniyaning umumiy moliyaviy tizimi
Strategy hozirda to‘liq Bitkoin zaxira kompaniyasiga aylangan. Dasturiy ta’minot biznesidan keladigan daromad ham asosan Bitkoin sotib olishga yo‘naltiriladi. Moliyaviy struktura quyidagicha:
Oddiy aksiyalar (MSTR)
Afzal aksiyalar (STRC)
Ba’zi konvertatsiya qilinadigan qarzlar

Asosiy maqsad — har bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan BTC miqdorini doimiy oshirish, qarz yukini kamaytirish va uzoq muddatli qiymatni maksimallashtirish. Zarurat bo‘lganda (dividendlar uchun) kichik miqdorda BTC sotishi mumkin (masalan, yaqinda 32 BTC), lekin asosiy strategiya — Bitkoinni sotish emas, balki ko‘paytirish.

Hozirgi vaqtda STRC narxi $100 dan pastga tushgan. Ba’zilar buni xavf deb ko‘radi, ammo Seylor va tarafdorlari buni vaqtinchalik deb hisoblaydi. Bitkoin narxi oshganda flywheel yana kuchli ishga tushadi. STRC Bitkoinga ishongan, lekin barqarorroq daromad izlayotgan investorlar uchun qiziqarli vosita bo‘lishi mumkin. MSTR bilan birga kombinatsiya qilish ham keng tarqalgan.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🤝53