Bitcoinjon
5.79K subscribers
4.93K photos
703 videos
3 files
2.32K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
Bitcoinjon
🇺🇸🇮🇷 Tramp agar Eron 48 soat ichida Hoʻrmuz boʻgʻozini toʻliq va hech qanday tahdidlarsiz ochmasa, AQSh ularning energetika infratuzilmasiga zarba berishini aytdi. "Eng kattasidan boshlaymiz" — degan Tramp bayonotida. Hozircha eng katta zarba Betkoyn va Ethereumga…
🇮🇷🚢 Eron Xalqaro dengiz tashkilotiga rasmiy murojaat yoʻlladi.

Xabarga ko‘ra:
Dushman davlatlarga tegishli kemalardan tashqari barcha kemalar Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali erkin oʻtish huquqiga ega.

@bitcoinjon
🤝44❤10🤔7🍾4
Bitcoinjon
🇮🇷🚢 Eron Xalqaro dengiz tashkilotiga rasmiy murojaat yoʻlladi. Xabarga ko‘ra: Dushman davlatlarga tegishli kemalardan tashqari barcha kemalar Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali erkin oʻtish huquqiga ega. @bitcoinjon
🇺🇸🇮🇷 The Wall Street Journal ma’lumotiga koʻra, AQSh Eronning tabiiy gazda ishlovchi elektr stansiyalariga zarba berish variantini koʻrib chiqmoqda.

Bu stansiyalar Eron elektr energiyasining taxminan 80% qismini ishlab chiqaradi. Potensial nishonlardan biri: Tehron yaqinidagi Damavand kombinatsiyalangan elektr stansiyasi (quvvati 3000 megavatt).

Bu oddiy zarba emas, balki infratuzilmani "oʻchirish" ssenariysi
— elektr tizimi izdan chiqsa, butun iqtisodiyotga zarba bo‘ladi va bu urushni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

Hozircha bu faqat MUHOKAMA bosqichi, lekin agar amalga oshsa — bu juda katta eskalatsiya boʻladi. Yuqoridagi xabarga bozorlar reaksiya qilmadi chunki hali 48 soat tugamadi.⏳

@bitcoinjon
🤯14🔥5❤4😡4😱2🤝2
🚗 Tesla oʻzining ichki yarimo‘tkazgich fabrikasi (chip zavodi) loyihasiga start berdi.

Ilon Mask Texasning Ostin shahrida oʻzining AI chiplarini ishlab chiqaradigan zavod qurish uchun $20-25 milliardlik katta loyiha Terafabni e'lon qildi. Tera-Scale Fabrication – ya’ni 1 TERAVATT darajasidagi hisoblash quvvati!

Bu oddiy zavod emas, balki to‘liq vertikal integratsiya. Tesla endi chiplarni oʻzi yasaydi va Tayvanning TSMC, J.Koreyaning Samsung kabi tashqi yetkazib beruvchilarga bogʻliq bo‘lmaydi.

Bu chiplar nima uchun kerak?
✅ FSD – toʻliq avtonom haydash (oʻzi boshqariladigan avtomobillar)
✅ Optimus robotlari – millionlab inson shaklidagi robotlar
✅ xAI (Grok ham shu oiladan)
✅ Va bundan ham kattaroq loyihalar: kosmik sun’iy yoʻldoshlar, galaktik sivilizatsiya qurish.

💥 3-dunyo odamlari yaqin sharqdagi urushni muhokama qilayotgan bir paytda omerika Tayvan yarimoʻtkazgichlari hukmronligini sugʻurtalamoqda. WW4 Tayvan driftga tayyorgarlik 🤝

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡13🔥6❤5🤝5🤣3🍾2
🤝 Peter Schiff degan kallavaram $60000 da Betkoynni sotib $120 da kumush sotib ol degandi. Metallomchilar nima gap?

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣43🔥5🤩4🍾3❤2🤝2⚡1
🟠 CZ: Bitkoin — qattiq aktiv. (Boshqa top kriptolar ham.)

"Hard asset" — bu oltin kabi kam uchraydigan, osonlikcha koʻpaytirib boʻlmaydigan va qiymati cheklangan aktiv degani.
Bitkoin va boshqa top kriptolar oddiy dollar, yevro, yuan, rubl kabi "yumshoq" pul emas. Ular — kelajakdagi oltin!

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡21🔥5❤3💯3
📈 AQSh davlat obligatsiyalari daromad foizlari 5 yillik maksimumni yangilash arafasida.

Tentak togʻada 2 ta variant bor:
1. Urushni davom ettirib iqtisodiyotni enasinikiga tiqish
2. Urushni toʻxtatib noyabrdagi kongress saylovlariga tayyorlanish.

🛢️ Neft mavzusi haypi pasaydi endi butun boshli omerika obligatsiyalari asosiy fokusda.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝15🤔7❤5💯1
🇦🇪 Bu memkoin grafigi emas Dubay koʻchmas mulk bozori indeksi.

Yaqin sharqdagi urush boshlanganida naqd -30% pastga oʻsish berib hozir sal oʻziga kelgan. Musaffo osmonni qadriga yetinglar 😩

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯27🙉9❤6😱4⚡2🤣2
🤑 Oltin va kumush keskin qulashi fonida ushbu treyder $7 million foydada.

Likvidatsiya narxlari: oltin $5920, kumush $100. Menimcha oxirigacha ushlamay ma'lum bir narxga yetganida pozitsiyalarini yopib foydani oladi. Manyak boʻlsa metallomlar scam boʻlib ketguncha ushlaydi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17🤣13🤩11❤6
🇺🇸🇮🇷 AQSh Eronning energetika infratuzilmasiga rejalashtirilgan zarbalarni 5 kunga toʻxtatdi.

Tramp AQSh va Eron Yaqin Sharqdagi harbiy mojaroni hal qilish uchun samarali muzokaralar oʻtkazganini ma'lum qildi. Uning topshirig‘iga ko‘ra, Mudofaa vazirligi Eron energetika infratuzilmasiga beriladigan barcha zarbalarni davom etayotgan uchrashuvlar va muhokamalar muvaffaqiyatli yakunlanishi sharti bilan besh kunga toʻxtatdi.

@bitcoinjon
🤣37❤7🔥6🍾4☃1
Bitcoinjon
⚡️ Strategy $1,57 milliardga 22337 BTC sotib oldi. 🐋 Kompaniya balansida oʻrtacha $75696 narxda sotib olingan jami 761068 BTC ($56 mlrd) bo'ldi. @bitcoinjon
⚡️ Strategy $76,6 millionga 1031 BTC sotib oldi.

🐋 Kompaniya balansida oʻrtacha $75694 narxda sotib olingan jami 762099 BTC ($54 mlrd) bo'ldi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡10🔥3❤2
🐳 Strategy yana $42 milliardlik BTC sotib olish rejasini e'lon qildi.

Kompaniya SEC'ga Form 8-K topshirdi. Bu 21/21 Planning bir qismi:
$21 mlrd — equity (oddiy aksiyalar, ATM orqali)
$21 mlrd — fixed-income/preferred securities (bugungi topshirilgan 10% Series A Perpetual Strife Preferred Stock STRF ham shu jumladan)
Hammasi 3 yil ichida Bitkoin sotib olish uchun!

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9⚡6❤5
✉️ Pavel Durov: Telegram 5 yil oldin chiqargan obligatsiyalarni TO‘LIQ qaytardi!

Shuningdek u Telegramda 2021-yildan beri innovatsion monetizatsiya strategiyasi qurilganini va 2024-yilda kompaniya foydaga chiqqanini ma'lum qildi. Buning natijasida oʻtgan yilgi yangi obligatsiya emissiyasi ortiqcha obuna (oversubscribed) bo‘ldi! Ya'ni Durob brad Gʻalla bankdagi kreditlaridan toʻliq qutulibdi. Telegram & TON sila! 🦾

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32🎉11❤9
Bitcoinjon
🇺🇸🇮🇷 AQSh Eronning energetika infratuzilmasiga rejalashtirilgan zarbalarni 5 kunga toʻxtatdi. Tramp AQSh va Eron Yaqin Sharqdagi harbiy mojaroni hal qilish uchun samarali muzokaralar oʻtkazganini ma'lum qildi. Uning topshirig‘iga ko‘ra, Mudofaa vazirligi…
☺️ Trampning Eron haqidagi postidan 2 daqiqa oldin kimdir bitta savdoda 42000 lot sotib olgan.

Bu savdoni kim qilgani noma'lum lekin u yarim soat ichida $500 million foyda olgan boʻlishi mumkin.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯32🙉9❤7🔥2🤔1
🤑 Metallom drammasi.

Bugun oltin narxi birdaniga $4200 dan pastga tushib ketdi – urush boshlanganidan beri esa 25% pasayish! Hech qanday global inqiroz yo‘q edi, lekin oltin baribir 65% oshgan edi. Hikoyani bosqichma-bosqich ochib koʻramiz. Bu oddiy bozor harakati emas – klassik "smart money" vs "dumb money" sxemasi mukammal oʻynalgan boʻlishi mumkin. 🫠

1. Markaziy banklar – poydevor quruvchilar 🏗️
2022-yilda AQSh Rossiya dollar zaxiralarini muzlatib qoʻygach, butun dunyo bir xulosaga keldi:
"Dollar zaxiralari bir kechada yoʻq boʻlib qolishi mumkin. Oltin esa – abadiy!" (Aslida Bitkoin undanda zoʻr…)

Xitoy, Rossiya, Hindiston, Polsha va boshqalar 3 yil davomida rekord darajada oltin sotib oldi – 3000 tonnadan ortiq! Bu oddiy investitsiya emas, strategik zaxira. Ular oltinni saqlash uchun oladi, hech qachon sotmaydi.

2. Katta banklar va fondlar – hayp yaratuvchilar 📈
JP Morgan, Morgan Stanley, BlackRock, Citi esa boshqa oʻyin oʻynadi. Ular:
- $1800–2000 da tinchlikda yigʻib oldi
- $4000 da “Oltin $6300 ga chiqadi!” deb bayonotlar chiqardi
- $5000 da oddiy investorlarga “Tez sotib oling!” deb baqirdi

Farqi: markaziy banklar abadiy saqlaydi, institutsionallar esa savdo qilish uchun oladi ya'ni sotish uchun! Chunki oltinni saqlash uchun maxsus joy kerak Bitkoinga esa hech narsa kerak emas. Shuning uchun institutsionallar Bitkoinni saqlash uchun ham sotib olmoqda. Natija? 2022–2026 yillarda oltin 250% oshdi, bozor kapitallashuvi $28 trillionga yetdi!

3. Oddiy investorlar (retail) – kech kelgan “qutqaruvchilar” 😬
2026-yil yanvarida oltin vertikal koʻtarilganda ETF oqimlari rekord urdi. Hamma “raqamlar ajoyib” deb yugurdi. Aynan shu paytda insayderlar $1800 da yuklangan joydan chiqish uchun yangi xaridor kerak edi. Retail – mukammal “exit liquidity” bo‘ldi.

4. Urush – mukammal “qopqon” trigger ⚔️
28-fevralda AQSh va Isroil Eronga hujum qildi. Neft yetkazib berish xavf ostida, Hoʻrmuz boʻgʻozi tahdid ostida. Har bir sabab oltinni portlatishga yetarli edi! Lekin urush boshlanganidan beri oltin 25% tushdi. Nima uchun?

Chunki institutsionallar chiqish uchun urushni ideal bahona sifatida ishlatdi:
Neft oshdi → inflyatsiya qoʻrquvi → foiz stavkalari yuqori qoldi → oltin jozibasini yoʻqotdi → stop-losslar ishga tushdi → algoritmlar tushishni tezlashtirdi.

Xulosa (eng muhim qismi):
Markaziy banklar – poydevor qurdi.
Institutsionallar – hayp yaratdi.
Retail (qora xalq) – chiqish likvidligi boʻlib berdi.
Urush – trigger boʻldi.

Insayderlar $1800 da yuklandi, $4000 da bayonot berdi, $5500 da sotdi va bugun $4200 dan pastga tushdi. Moliya dunyosidagi eng qadimiy savdo usuli yana bir bor mukammal o‘ynaldi! *Post mana bu yerdan chopilib ozroq ishlov berildi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤝27🤯10❤7⚡6🫡4🍾2
🇺🇸🛢️ Texasdagi yirik neftni qayta ishlash zavodida ichki nosozlik yuz berib kuchli portlash boʻldi.

Kuniga 395 ming barrel neftni qayta ishlaydigan zavod AQShdagi eng muhim energetik markazlardan biri va Gulf of Mexico hududida joylashgan (AQSh qayta ishlash quvvatining katta qismi shu yerda).

Global neft bozoridagi vaziyat shundoq ham tarangligida bu ham qoʻshilib neftni yana $90+ narxga olib chiqdi. 😔

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯12🙉4😱3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 AI yangi darajaga chiqdi: Claude endi butun kompyuteringizni BITTA buyruq bilan DOIMIY boshqaradi!

Anthropic kompaniyasining yangi Desktop agenti funksiyasi:
Bir marta aytasiz masalan: “Har kuni ertalab elektron pochtamni tekshirib chiq” — u doimiy ravishda shunday qiladi!

Ilovalarni ochadi, brauzerni boshqaradi, jadval hujjatlarini toʻldiradi, Photoshopda 150 ta suratni bir vaqtda qayta ishlaydi, PDF fayllarni eksport qiladi — hammasini oʻzi bajaradi!
Telefoningizdan topshiriq berib, 4 six qoʻy jaz yeb kelasiz — qaytib kelganingizda ish tayyor bo‘ladi, hech narsa bo‘lmagandek!

Ushbu AI cheklanmagan ya’ni u kompyuteringizni haqiqiy ekran, sichqoncha va klaviatura orqali boshqaradi.
Faqat macOS uchun sinov rejimida (Claude Cowork va Claude Code).

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯17⚡6🔥6🤩4
Bitcoinjon
🇺🇸🇮🇷 AQSh Eronning energetika infratuzilmasiga rejalashtirilgan zarbalarni 5 kunga toʻxtatdi. Tramp AQSh va Eron Yaqin Sharqdagi harbiy mojaroni hal qilish uchun samarali muzokaralar oʻtkazganini ma'lum qildi. Uning topshirig‘iga ko‘ra, Mudofaa vazirligi…
🇺🇸🇮🇷 Trampning "5 kunlik muddati" juma kuni fond bozorlar yopilganidan keyin tugaydi.

U muzokaralar boʻlayotganini aytdi Eron tomoni esa inkor qildi. Diego Garcia orolidan AQSh dengiz kuchlari yaqin sharqqa qarab yoʻl olgan 27-martda manzilga yetib borarkan. Bir vaqtning oʻzida Pokiston AQSh-Eron muzokaralariga vositachilik harakatlarini boshlagan. Vaziyat 50 ga 50 va hafta davomida yana oʻzgarishi mumkin… 😷

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔15🤝7❤5☃3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷🛢️ Oxirgi 24 soatda kemalar Hoʻrmuz boʻgʻoziga yana qaytmoqda!

Eron har bir oʻtish uchun $2 million narx belgilab qoʻygan va yuk tashish kompaniyalari rozi boʻlgan va toʻlayotgan koʻrinadi. Dunyodagi eng muhim neft boʻgʻozi Eron uchun yangi daromad manbaiga aylandi. Tramp tagʻo ichidan xoʻrsinib bilsang bilarsan deyotganmush 😁

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣63🍾9🤝7❤6
📉 Kecha USDC emitenti Circle Aksiyasi –20% ga quladi.

Asosiy sabab — CLARITY Act (Digital Asset Market Clarity Act) bo‘yicha katta kelishuv:
Senatorlar Oq uy bilan kelishuvga erishdi. Natija:

• Passive yield (passiv daromad) stabilkoinlarda taqiqlanadi
Ya’ni oddiygina USDC yoki USDT'ni “ushlab turib” foiz olish endi mumkin emas.
• Faqat activity-based rewards (aktiv harakat uchun mukofot) qoladi: to‘lov qilish, savdo qilish, lending, lividlikni ta'minlash, loyalty dasturlari va platformada real harakat uchun.

Nega bunday bo‘ldi?
Bank sektorining katta bosimi. Agar odamlar bank hisoblaridagi pullarini stabilkoinlarga o‘tkazib, passiv daromad olsa, banklardan trillionlab dollar chiqib ketishi mumkin edi. Shuning uchun Uoll-Strit bu qonunni “himoya qilish” uchun kuchli lobbilik (tanka) qildi.

Stabilkoin emitentlari (Circle va Tether) qanday soqqa qiladi?
Juda oddiy “pul bosish mashinasi”:
1. Siz $1 bersangiz → ular sizga 1 USDC/USDT chiqaradi.
2. Sizning $1 ingiz bo‘sh yotmaydi — emitent uni AQSh davlat obligatsiyalariga joylashtiradi.
3. Bu obligatsiyalar yiliga 4–5% foiz beradi.
4. Foizning deyarli hammasini emitent o‘ziga oladi. Sizga hech narsa bermaydi (yoki endi bersa ham faqat “aktivlik” orqali).

Misol:
• Tether 2025-yilda $10 milliard sof foyda ko‘rdi (asosan obligatsiyalar foizidan).
• Circle $2,7 milliard daromad oldi, shundan $2,6 mlrd zaxira foizidan.

Natijalar: Salbiy tomonlari
• AQSh stabilkoin bozori Yevropa va Osiyoga nisbatan raqobatbardoshligini yo‘qotishi mumkin.
• Ba’zi DeFi loyihalari zarar ko‘radi (passiv daromad foizlari orqali likvidlik jalb qilish qiyinlashadi).
- Institutsional investorlar dastlab kamroq qiziqishi mumkin.

Natijalar: Ijobiy tomonlari (ehtimoliy bullish effektlar)
• DeFi faolligi kuchayadi — odamlar passiv foiz olish uchun endi lending, likvidlik ta'minlashi, treyding yoki to‘lov qilishga majbur bo‘ladi. Likvidlik markazlashgan birjalardan (Binance, Coinbase) oncheyn protokollarga o‘tadi.
• Decentralized (markazlashmagan) protokollar uchun imkoniyat — Aave, Uniswap, kabi loyihalar “activity-based” mukofotlar orqali yanada kuchliroq bo‘ladi. Shuningdek Layer1 blokcheynlar (ETH, SOL, BNB, XRP, TRX, TON) uchun ham ijobiy.
• Haqiqiy foydalanish o‘sadi — payments, RWA (real world assets), tokenizatsiya va savdoga yo‘nalish kuchayadi.
• Regulyatsiya aniqligi — CLARITY Act umumiy ravishda kripto uchun “clarity” ya'ni aniqlik beradi. JPMorgan buni 2026 2-yarim yilligi uchun “ijobiy katalizator” deb atamoqda. Institutsional kapital va innovatsiya oqimi kuchayishi mumkin.
• Senator Alsobrooksning so‘zlari: “Bu kelishuv innovatsiyani himoya qiladi va banklardan pul chiqib ketishini oldini oladi”.

Muhim eslatma:
USDC stabilkoini o‘zi qulagan yo‘q — u hali ham $1 ga $1 qiymatga ega. Qulagan faqat emitent kompaniya aksiyasi. Tetherni esa aksiyasi yo'q agar bo'lganida u ham aspaltni mahkam quchoqlardi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🤝6🔥3🎉3💋3
X (Twitter) monetizatsiyasida navbatdagi oʻzgarish: Endi “Home Region” (mintaqa) pul topishda asosiy rol oʻynaydi.

Ertadan boshlab postlardagi impressions (koʻrishlar)dan home region (vataningiz, qoʻshni davlatlar va sizning tilingizdagi odamlar)dagi ko‘rishlar ancha ko‘proq vazn oladi. Maqsad: haqiqiy mahalliy suhbatlarni rag‘batlantirish va global “farming”ni kamaytirish.

X'ning mahsulot rahbari Nikita Bier rasman: “AQSh yoki Yaponiya akkauntlarini “ovlash” o‘rniga har bir mamlakatda mahalliy auditoriya uchun qiziqarli kontent yarating. Platforma shunda yanada boy va xilma-xil bo‘ladi”.

Ko‘p blogerlar (ayniqsa Hindiston, Pokiston, Nigeriya va boshqa mamlakatlardan) AQSh auditoriyasini “ovlab”, yuqori daromadli AQSh reklamalaridan foydalanish uchun inglizcha, AQSh siyosati haqida post yozishardi. Bu esa platformani “global emas, balki bir mamlakat markaziga aylantirayotgan” edi. Yangi qoida shuni to‘xtatmoqchi.

Salbiy tomonlari: Global auditoriyaga yo‘naltirilgan blogerlar (kripto, texnologiya, xalqaro yangiliklar) daromadi kamayishi mumkin. Ingliz tilidagi postlar uchun “home region” vazni past bo‘lsa, ko‘rishlar kamroq pul beradi. VPN orqali boshqa mamlakatdan post qiluvchilar uchun qiyinlashadi. Ba’zi blogerlar “mahalliy” kontentga majbur bo‘lib, global yetkazishni yo‘qotishi mumkin.

Ijobiy tomonlari: Haqiqiy mahalliy kontent o‘sadi — har bir davlatda o‘z auditoriyasi uchun qiziqarli postlar ko‘payadi. Botlar va sun’iy jalb qilish kamayadi. Platforma yanada “dunyoviy” bo‘ladi: AQSh emas, butun dunyo uchun kontent. Mahalliy blogerlar uchun imkoniyat katta — ularning postlari endi ko‘proq pul topishi mumkin.

Bu o‘zgarish faqat Creator Revenue Sharing (reklamadan daromad ulushi)ga taalluqli. Boshqa monetizatsiya yo‘llari (Premium obuna, Article va boshqalar) hali o‘zgarmagan. X hali ham “dunyoning eng katta sahnasi” bo‘lib qolmoqda, lekin endi har bir mamlakat o‘z sahnasini kuchaytiradi.

@bitcoinjon
🤝10🤔5🤯4❤3🎉1🙉11