Bitcoinjon
5.81K subscribers
4.91K photos
702 videos
3 files
2.32K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
💸 Truflationning mustaqil narx ma'lumotlariga ko'ra, AQSh dollarining yillik inflyatsiya darajasi 1,24% dan 0,86% ga tushgan – bu 2020 yildan beri eng past ko'rsatkich.

Rasmiy BLS (AQSh Mehnat statistikasi byurosi) ko'rsatkichi esa 2,70%. Pasayishning asosiy sabablari: kommunal xizmatlar (-0,13%), kiyim-kechak (-0,08%), uy-joy (-0,05%), transport (-0,05%) va oziq-ovqat (-0,04%). 11-fevraldagi CPI qiziq boʻlarkan agar keskin pasayish boʻlsa FED deflyatsiya bilan kurashishni boshlaydi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤝12❤5🤩4🤔2
🌹 Hamma joy qip qizil lolazor.

Qarab tursam masonlar xoʻroz urushtirayotgandek kimniki kuchli qani oxirigacha sot deb. 🏃‍♂️

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😭26🙉9🤣8🤩4❤3💋1
🤑 Oltin narxi 3 savdo kunida ATH dan -$1000 ga tushib $4600 dan pasaydi.

Uy oldi oʻt boʻlsa boʻlsin ushlab boʻladigan narsalar qulayversin. 🤲

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣43🤝9❤7💯5😡4🗿1
🏃‍♂️ Tarmoqlardagi yangi vahimalar: Pedofillik jinoyatlarida ayblanib keyin qamagʻda oʻzini "osib qoʻygan" Epstein Satoshimish. Keyin Tramp yaqinda FED raisligiga nomzodini ilgari surgan Kevin Uorsh stavkani pasaytirmasmish.

1. Epsteinni Satoshi ekanligiga 99% shubham bor, nari borsa balki loyihani moliyalashtirgan boʻlishi mumkin. Ammo Bitkoin toʻliq markazlashmagan kriptovalyuta uni kim yaratganligini umuman ahamiyati yoʻq. Endi masalan ishlatayotgan telefoningizmi yoki kompyuteringiz boshligʻi oʻzini giy deb e'lon qilsa oynadan otvormidiku hech kim.

2. Kevin Uorsh haqida: FED doim 2 ta narsaga qaraydi ishsizlik darajasi va inflyatsiya. Shu ikkovini bir maromda ushlab turish uchun stavka oshiriladi yoki pasaytiriladi va u mustaqil tashkilot. U yerga Ilon Maksni yoki oʻzimizni Gʻaybulla akani oborib qoʻysa ham ma'lumotlarga qarab ish koʻradi ya'ni uning boshida kim turishi ahamiyatsiz inflyatsiya pasaysa stavka tushiriladi.

Xulosa: Mish-mishlar (FUD) isqirtlashgani sari hujum qilish uchun boshqa fundamental sabablar qolmaganini anglatadi. Hikoya qanchalik bema'ni bo'lsa, Bitkoin hali ham an'anaviy tizimga tahdid solayotgani aniqroq bo'ladi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15🤝8🫡7🍾2
Bitcoinjon
🔸🟠 Binance 30 kun ichida $1 milliardlik BTC sotib olishini e'lon qildi. Eng yirik kripto-birja Binance o'zining SAFU (foydalanuvchilar uchun xavfsiz aktivlar fondi)dagi $1 milliardlik stabilkoin zaxiralarini keyingi 30 kun ichida Bitkoinga aylantirishini…
🟠 Binance SAFU fondi uchun $100 millionga 1315 BTC sotib oldi.

Hali yana $900 millionlik sotib olishadi. 2024 yilning aprelida Binance SAFU fondini qayta tuzdi va uning aktivlarini — shu jumladan 16277 BTC va boshqa aktivlar, masalan BNB — to'liq USDC stabilkoinlariga aylantirdi. Bu jarayon fond qiymatini barqarorlashtirish va kripto-bozordagi o'zgaruvchanlikdan himoya qilish uchun qilingan. Bu vaqt ichida ichki transferlar Binance depozit manzillariga amalga oshirilib, taxminan $1 milliardlik bog'langan zaxiralar yaratildi. Hech qanday mablag' yo'qotilmagan yoki noto'g'ri ishlatilmagan; bu xavfni boshqarishning bir qismi sifatida stabilkoinlarga o'tkazish edi. Yaqinda Binance bu qarorni orqaga qaytarishini va $1 milliardlik SAFU stabilkoin rezervlarini 30 kun ichida Bitkoinga aylantirishini e'lon qilgandi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🫡8🔥7🤩5☃1
Bitcoinjon
⚡️ Strategy $264,1 millionga 2932 BTC sotib oldi. 🐋 Kompaniya balansida oʻrtacha $76037 narxda sotib olingan jami 712647 BTC ($63 mlrd) bo'ldi. @bitcoinjon
⚡️ Strategy $75,3 millionga 855 BTC sotib oldi.

🐋 Kompaniya balansida oʻrtacha $76052 narxda sotib olingan jami 713502 BTC ($56 mlrd) bo'ldi.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝14❤6🤣4🫡4
📈 Yanvar oyidagi AQSh ishlab chiqarish PMI indeksi 52,6% ga yetdi.

Bu kutilgan 48,5% dan ancha yuqori va 2020-yil iyulidan beri eng yuqori ko'rsatkich. Bu iqtisodiy o'sish bosqichini bildiradi va bozorlar uchun ijobiy signal. Hamma joyda muhokama qilinmoqda va umuman ijobiy – ammo 2020-yil bilan taqqoslab, takrorlanish haqida ogohlantirishlar bor.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13❤9🤩7🤔1
Bitcoinjon
📉 Bitkoinjon < $108000. Yarim soat oldin teskari Kramer janoblari "very bullish" deganidan beri tinmay qulayapti. @bitcoinjon
🙃 Teskari Kramer har doimgidek afsona.

U birdan 4 ta bir-biriga teskari yuradigan aktivlarni hammasiga bullish post chiqargandi va tarixda ilk bor hammasi birgalashib quladi. 😆

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣47💯4❤3🫡3🙉3
📊 Kecha AQSh spot BTC ETF'lari $561,8 millionlik BTC sotib oldi.

BlackRock 1814 BTC sotib olgan, jami egaligi 768000 BTC. ETH ETF'da $2,9 millionlik chiqim, SOL ETF'da $5,5 millionlik kirim qayd etilgan.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍾8❤5🤩3🤯2
Bitcoinjon
🐳 $12 trillionlik aktiv boshqaruvchisi Vanguard hozirgina Strategyga $505 million kiritganini ochiqladi. 2025 yil oxiri 2026 yil boshiga kelib, Vanguard Strategy aksiyalari (MSTR)ning eng yirik institutsional egalaridan biriga aylandi, xabarlarga ko'ra fondning…
🐳 $12 trillionlik aktiv boshqaruvchisi Vanguard yana 4,17 million Strategy aksiyalarini sotib olib, jami 24,06 million aksiyaga ($3,42 milliard) yetkazdi.

Shuningdek Shveysariyaning eng yirik banki UBS ham qoʻshimcha 3,23 million Strategy aksiyalarini sotib olib jami 5,76 million aksiyaga ($805 million) yetkazdi. Maykl Seylor har hafta tinmay BTC sotib olishining sabablari koʻp u shunaqa boylar bilan quda. 🫂

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩16🤝8❤4💯3☃1🍾1💋1
🇺🇸🇮🇷 AQShdagi dolzarb voqealar haqida: hukumat shutdowni, Trampning bayonotlari va Eron bilan Istanbul muzokaralari.

1. AQSh Hukumati Shutdowni
AQShda qisman hukumat shutdowni 2026-yil 31-yanvar kuni boshlangan va hozircha uchinchi kunida davom etmoqda. Bu immigratsiya siyosati va byudjet boʻyicha Kongressdagi kelishmovchiliklar tufayli yuzaga kelgan. Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning aytishicha, shutdown tugashi mumkin, chunki bugun moliyaviy qonun loyihalari ovozga qoʻyiladi. Agar loyiha qabul qilinsa va prezident Tramp imzo cheksa, hammasi yechiladi.

2. Trampning Shutdown haqidagi Bayonotlari
Tramp shutdownni tezda tugatishni talab qilmoqda. U Truth Socialda: “Hukumatni ochishimiz kerak, respublikachilar va demokratlar loyihani qo’llab-quvvatlasin va menga kechiktirmay yuborsin. Hozircha o’zgartirishlar bo’lmasin!” deb yozgan. Tramp Uy spikeri Mayk Jonson bilan ishlayotganini va tez orada yechim topilishini aytmoqda. U koʻpchilik idoralarni sentyabrgacha moliyalashtirishni va DHS (Ichki xavfsizlik) uchun muddatni payshanbagacha uzaytirishni ta’kidlagan. Trampning fikricha, uzoq shutdown mamlakatni sekinlashtiradi.

3. AQSh-Eron Istanbul Muzokaralari
AQSh va Eron vakillari 6-fevral (juma) kuni Istanbulda muzokaralar oʻtkazadi – bu Tramp ma’muriyatining oʻtgan yil yozgi hujumlaridan keyingi birinchi rasmiy uchrashuv. AQShdan maxsus vakil Stiv Vitkoff (ehtimol Jared Kushner bilan) va Erondan tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi qatnashadi. Muzokaralar yadro dasturi, raketa dasturlari va mintaqaviy mojarolarni oldini olishga qaratilgan. Eron “adolatli va tahdidsiz” shartlarni talab qilmoqda, Turkiya mezbonlik qiladi, Qatar va Misr ham ishtirok etishi mumkin. Maqsad – keskinlikni kamaytirish va mojaroni oldini olish.

@bitcoinjon
🤝11❤5🤔3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖👤 Sun'iy intellekt (AI) agentlari uchun oʻzingizni ijaraga berish platformasi ishga tushirilibdi.

AI real dunyoda jismoniy ishlarni bajara olmaydi, shuning uchun AI agentlar insonlarni soatlik haq evaziga "ijaraga" olishi mumkin. Insonlar o'zlarini ro'yxatdan o'tkazib, xizmatlarini taklif qilishadi. Sayt yaratilganiga 20 soat boʻlgan va 7000 odam, 13 AI agent ro'yxatdan o'tgan.

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣22🙉8🤯6❤1🗿1
🇺🇸🇮🇷 Yaqin sharqdagi keskinlik yana oshmoqda.

AQSh harbiylari Arab dengizida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining samolyot tashuvchi kemasiga yaqinlashgan Eronning dronini urib tushirganini ma'lum qildi. Shuningdek Eron rasmiylari juma kungi muzokaralarni Istanbuldan Ummonga koʻchirishni va mintaqadagi boshqa davlatlarning qatnashmasligini soʻragan.

Natijada neft to the moon, Betkoyn va shitcoinlar to the qabrga qarab ketmoqda. Bular urushmasidan oldin jon taslim qilishyapti urushganini koʻrmoqchiyammas degeneratlar 🦍

@bitcoinjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😡16😱7😭6❤1🤩1🗿1🙉1