Bitcoinjon
5.89K subscribers
4.89K photos
690 videos
3 files
2.32K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
⚡️HOZIRGINA: 1 000 000 000 $USDT (1 000 427 499$) Tether Treasuryda emissiya qilindi.

@bitcoinjon
👍12⚡2❤1
Bitcoinjon
⚡️Tahlil xizmatlari HTX (Huobi) birjasi va Huobi ECO Chain tarmog‘i 100 million dollarlik xakerlik hujumiga uchragani haqida xabar bermoqda. @bitcoinjon
⚡️ Jastin San Heco Bridge va HTX hot hamyoniga buzib kirilganini tasdiqladi. HTX barcha yo'qotishlarni to'liq qoplashga va'da bergan.
▪️ Bu Jastin Sanga tegishli birjaga buzib kirilishining ikkinchi holati. Poloniex birjasi ham avvalroq hujumga uchragandi.
▪️ Depozit to’ldirish va yechib olish vaqtinchalik toʻxtatilgan.

@bitcoinjon
🤯5👍1
⚡️BlackRock vakillari SEC bilan uchrashib, spot Bitcoin ETFni ro'yxatga olish imkoniyatini muhokama qilishdi. Juda oz qoldi.

@bitcoinjon
👏5👍2
💹Hozirgina bitkoin 37000$lik marrani yorib o’tdi.

@bitcoinjon
👍21🔥10
Hammaga xayrli tong! Kecha tez orada ETF qabul qilinishi haqidagi mish-mishlar ortidan bitkoin narxi 1666$ga ko’tarildi. Bankrot bo’lgan FTX birjasi nativ tokeni FTT ham 1,17$ga oshdi sababi Blackrock kompaniyasi uni qayta ishga tushiradi degan gap tarqaldi lekin bu aniq emas.

@bitcoinjon
👍3
🤣41👍5😁4
Bitcoinjon
🤣 @bitcoinjon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu holatda uydagilar, do’stlar nega asabbiysan deyishganda 😂

@bitcoinjon
🤣10👍4😁2
#mavzu

Bitkoin haqida qisqacha.


2009 yilda Satoshi Nakamoto ismli noma’lum shaxs tomonidan blokcheyn texnologiyasi asosida kashf qilingan kriptografik pul birligi. Uning oltin va boshqa davlat valyutalaridan farqli jihati u cheklangan (21 million) va banklardan farqli jihati markazlashmagan. Uning tizimini dunyo bo’yicha barcha maynerlar kompyuter texnikasi asosida harakatga keltirib turadi va ular buning uchun rag’batlantirilib boriladi (ularga bitkoin beriladi). Uning algoritmi qisqacha qilib tushuntirsam u kompyuterga matematik misolda savol beradi va kompyuter uni ma’lum vaqt oralig’ida yechib javobini yuboradi va shu orqali bitkoin maynerlar pul ishlaydi. Lekin bitkoinning algoritmi borgan sari qiyin matematik misol va masalalar beradi natijada bunga bitta qurilmaning kuchi yetmaydi va sizga kuchli va ko’proq qurilma kerak bo’ladi. O’zingizning qurilmangiz bilan esa oz miqdorda rag’batlantirilasiz. Maynerlar ushbu “mayning” qurilmalari orqali ishlab topilgan bitkoinlarini birjalar orqali sotib daromad ko’rishi mumkin. Bitkoin boshida kichik guruhlargagina ma’lum bo’lib juda arzon bo’lgan hatto 2010 yil 22-mayda Laslo Xeynts ismli dasturchi 10 000 bitkoinga (hozirgi kundagi narxi 370 million $) 2 dona pitsa buyurtma qiladi va ushbu kun hozirgacha “bitkoinchilar” orasida “Pitsa kuni” sifatida nishonlanadi. Vaqt o’tishi bilan bitkoin juda tez suratda ommalasha boshlagan va u 2021-yilda 66000$ga chiqdi. Buning ortidan odamlarda blokcheyn texnologiyasiga qiziqish ortib hozirgi kunda 10 mingdan ortiq har-xil prinspda ishlaydigan kriptovalyutalar bor. Yaqinda Bitkoinga dunyoning gigant investitsion kompaniyalari bo’lmish “Blackrock” (9 trillion$), “Fidelity investments”
(4,5 trillion$) va yana 10 ta (jami 15 trillion $dan oshiq) qiziqish bildirib uni AQSH fond bozoriga Spot ETF shaklida olib kirishmoqchi. Ekspertlar bu bitkoinning yanada ommalashishiga va uning kelajakdagi narxiga juda katta ta’sir qilishini aytishmoqda. Chunki oltin ham xuddi shunday spot ETF shaklida AQSH fond bozoriga joylashtirilgandan keyin uning narxi 3,5 barobarga oshgan. Bitkoin esa bir vaqtning o’zida ham raqamli oltin ham to’lov vositasi rolini bajara oladi va u oltindan farqli ravishda cheklangan. Statistik ma’lumotlarga ko’ra hozirda dunyo aholisining 5 foizi bitkoin haqida eshitgan ekan. Xulosa o’zingizdan!

@bitcoinjon
👍37🔥4😁2❤1
BlackRock: Biz hozirgina shuncha FUD (vahima) yaratdik, nega bitkoin biz sotib olishimiz uchun tushmayapti!?

@bitcoinjon
🤣17👍5
SEC va BlackRock Bitcoin ETFni so'ndirish mexanizmini muhokama qilish uchun yig'ilish o'tkazdi.

▪️ Memorandumga koʻra, boshqaruv kompaniyasi oʻzining iShares Bitcoin Trust uchun soʻndirishning ikkita mumkin boʻlgan mexanizmlarini tavsiflovchi taqdimotni namoyish etdi – aktivni bitkoinda yetkazib berish va naqd pulda.

▪️ Birinchi usul BTCni market-meykerga o'tkazishni o'z ichiga oladi, u keyinchalik ularni fiat (naqd pul)ga sotadi. Ikkinchisi, raqamli aktivlarni ETFdan investorga uning qimmatli qog'ozlari evaziga o'tkazishni anglatadi.

▪️ Birja tahlilchisi Jeyms Seyffart BlackRock bitkoinda so'ndirish variantini afzal ko'rishini ta'kidladi, chunki "bu ularga ham mijozlar uchun ham eng shaffof tuzilma bo'ladi". Avvalroq ekspert Erik Balchunas ta'kidlaganidek, Bitkoin fondlarining aksariyat emitentlari bazaviy aktiv (BTC)da to'lovlarni afzal ko'rishadi, ammo SEC fiat (naqd pul)ni. U mavzu bo'yicha bahsni so'nggi "cheksiz dramadagi subsyujet" deb atadi.

@bitcoinjon
👍5
Bu kunlarga yetganlar bor yetmaganlar bor va hali yana kutayotganlar bor. Kripto qishni rasmiy yopiq deb e’lon qilamizmi?

@bitcoinjon
😁16🎉4👍2🕊1💋1
⚡️HOZIRGINA: Binancening sobiq rahbari CZning X (twitter) akkaunti cheklandi.

@bitcoinjon
👍4🤔4❤1
Xayrli tong barchaga! Kecha AQSHda shukrona kuni bo’lganligi uchun fond bozori ishlamadi. Bitkoinda ham sezilarli o’zgarishlar bo’lmadi.

@bitcoinjon
👍7🏆7
“Ma’lumotga ega bo’lgan dunyoga egalik qiladi”. Natan Rotshild.

@bitcoinjon
👍13
#mavzu

Bitkoin halving haqida.


Bitcoin Halving nima?

Bitkoin halving aslida blok mukofotining yarmiga qisqaradigan protokol hodisasidir. Bitkoin tarmog'ida maynerlar tomonidan mayning (qazib olingan) qilingan har 210 000 blokda yoki har 4 yilda bir marta yarmiga qisqarish jarayoni yuz beradi.

Bu nimani anglatadi va narxga qanday ta’sir qiladi?

Bu maynerlar avvalgidan ikki baravar kam bitkoin mukofotlari olishlarini anglatadi. Aytish mumkinki, yarmiga qisqartirish token inflyatsiya muammosini hal qilishdir. Haqiqatda, har bir bunday hodisadan keyin, mukofotning o'zi kamayishidan tashqari, token inflyatsiyasi bilan ham xuddi shunday bo'ladi. Odamlarning narxning keskin o'sishiga ishonishining asosiy sabablaridan biri bu oxir-oqibatda talab va taklifning iqtisodiy tamoyiliga to'g'ri kelishidir. Taklifda Bitcoin qancha kam bo'lsa, talab shunchalik ko'payadi. Talabga kelsak, chakana va institutsional investorlar markazlashtirilmagan va o'zgarmas qiymat do'konining qiymatini ko'rishlari va anglab yetishlari bilan ortadi.

U tarixda qachon sodir bo’lgan va yana qachon bo’ladi?

Grafikda ko'rsatilgani kabi Bitkoin 2012, 2016 va 2020-yillarda uchta halvingni boshdan kechirdi. 2012-yilgi halvingdan so'ng Bitkoin narxi bir yil ichida $12 dan $1100 ga oshdi. 2016-yilda halving Bitkoin narxini $650 dan qariyb $20,000 ga ko'tarilganiga guvoh bo'ldik. 2020-yildagi halving bitkoinning 2021-yilda deyarli $69,000 gacha ko'tarilishidan oldin sodir bo'ldi. Bitkoinning navbatdagi halving sanasi 2024 yilning mart-aprel oylariga to'g'ri kelmoqda.

Xulosa

Bitcoin tizimi qog'oz puldan farqli ravishda inflyatsiyaning (qadrsizlanishning) oldini olish uchun yaratilgan. Belgilangan miqdordagi kriptovalyutalar (21 million) bo'ladi va inflyatsiya uning taqsimlanishini yarmiga qisqartirish orqali saqlanadi. Bu shubhasiz, kriptovalyuta tarixidagi eng muhim voqealardan biri hisoblanadi. Ushbu tizim taxminan 2140 yilgacha ishlaydi. Xullas har 4 yilda bir marta maynerlar mukofoti yarmiga qisqaraveradi bu esa bitkoin narxining oshishiga ijobiy natija ko'rsatadi.


@bitcoinjon
👍42
AQShda pensiya jamg'armasidan $401 ming mablag'larni olish va ularni Bitkoinga o'tkazish trendga aylanmoqda.

$401 ming - AQShdagi pensiya tizimining eng mashhur rejasi hisoblanadi (xususiy pensiya tizimining jamg'arib boriladigan hisobvarag'i).

◾️Muammo - shartnomani buzganlik uchun katta jarimalar mavjud 470 000 dollardan jarima 201 000 dollarni tashkil qilishi mumkin. Ya'ni siz faqat yarmini olishingiz mumkin.

◾️Ammo ba'zilar buni asosli deb hisoblamoqda, chunki bitkoin 7 yil ichida 2 barobar o'sgan taqdirda ham bu $401 minglik dasturining bir xil natijasiga teng bo'ladi.

@bitcoinjon
👍16
💹Bitkoin $38,200

@bitcoinjon
👍12🔥8
🔶Binance hech narsaga qaramay markazlashgan kriptobirjalar segmentida 53% ulush va 67 milliard dollar aktivlari bilan hukmronlik qilishda davom etmoqda.🔥

@bitcoinjon
🔥11👍4
BTC qarshilik zonasini yorib o’tolmayapti. Agar ushbu zonadan o’tsa keyingi marra 50 000$

@bitcoinjon
👍17😡2
⚡️Gonkongning Victory Securities investitsiya firmasi chakana kripto savdo litsenziyasini oldi — havola

@bitcoinjon
👍11