Bitcoinjon
5.76K subscribers
4.93K photos
707 videos
3 files
2.31K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
🇺🇸 Tramp ma’muriyati yana bir muhim qadam tashladi!

🏠 Fannie va Freddie kompaniyalari (AQShning yirik ipoteka tashkilotlari) endi kriptovalyutalarni uy-joy kreditlari uchun zaxira sifatida hisoblashni o‘rganishga ko‘rsatmalar oldi.

👧 Muhim jihatlar:
🔹 Kriptovalyutani dollarga konvertatsiya qilish shart emas.
🔹 Faqat AQShdagi qonuniy birjalar (masalan: Coinbase, Kraken)da saqlanadigan aktivlar qabul qilinadi.
🔹 Narx o‘zgaruvchanligi (volatility) xavfidan himoya choralari ko‘riladi.
😎 Bu qaror kriptovalyuta egalariga uy-joy kreditlari olishni osonlashtiradi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1577
📜 Senator Lummisning yangi qonun loyihasi haqida.

Senator Sintiya Lummis avgust ta'tilidan oldin kripto-bozor tuzilishi (Crypto Market Structure Bill) bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlashni rejalashtirayotganini e'lon qildi. Sentyabrda esa bu loyiha Senatda ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Qonun loyihasi nima haqida?

Bu qonun 1934-yildan beri birinchi marta qimmatli qog‘oz va tovarlarning ta‘riflarini qayta ko‘rib chiqishni maqsad qiladi. Ayniqsa, kriptovalyutalar kabi raqamli aktivlarning qonuniy maqomini aniqlashtirishga qaratilgan. Hatto Howey Test (qimmatli qog‘ozlarni aniqlashda ishlatiladigan sinov) ham yangi sharoitlarga moslashtirilishi kutilmoqda. Bu o‘zgarishlar bozorlarda shaffoflikni oshirish va noaniqliklarni bartaraf etish uchun juda muhim.

Nega muhim?

Hozirgi kunda kriptovalyutalar qonuniy jihatdan qimmatli qog‘ozmi yoki tovarmi, aniq emas. Bu noaniqlik ularni tartibga solishda muammolarga olib kelmoqda. Yangi qonun bu masalani hal qilib, investorlar uchun himoya yaratadi.

Birjalar va marketmeykerlar manipulyatsiyasiga qarshi qadamlar bormi?

Loyiha SEC va CFTC kabi organlar orqali bozorlarni nazorat qilishni kuchaytirishga qaratilgan. Manipulyatsiya (pump-and-dump, spoofing, wash trading va boshqa usullar)ga qarshi antifraud qoidalari joriy qilinishi ehtimoli yuqori. Birjalar ro‘yxatdan o‘tishga majbur bo‘lib, marketmeykerlarning narxlarni sun‘iy o‘zgartirishiga chek qo‘yiladi. Ammo loyiha hali ishlab chiqilayotganligi sababli, qat‘iy choralarni ko‘rish darajasi sentyabrda aniq bo‘ladi.

Kanal | Chat | Music
965
Bitcoinjon
📜 Senator Lummisning yangi qonun loyihasi haqida. Senator Sintiya Lummis avgust ta'tilidan oldin kripto-bozor tuzilishi (Crypto Market Structure Bill) bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlashni rejalashtirayotganini e'lon qildi. Sentyabrda esa bu loyiha Senatda…
🥷 Sentyabrda Binance va boshqa birjalarning Wintermute kabi marketmeykerlar bilan qiladigan kirdikorlariga chek qoʻyiladi.

Hozir ham koʻrishingiz mumkin tartibga solingan AQSh fond bozori stabil koʻtarilmoqda lekin Bitkoin va boshqa kriptovalyutalar hech qanday jiddiy sababsiz dump boʻlyapti.

Bunaqa sababsiz holatlarda birjalar marketmeykerlar bilan katta leverage (50-100X) bilan ochilgan bitimlarni likvid qilish uchun narxni sun'iy tushiradi.

Kanal | Chat | Music
1665
📊 Kecha AQSh spot BTC ETF'larida $226,7 millionlik yirik kirim qayd etilgan.

🐳 BlackRock 1520 BTC sotib olib jami egaligi 694500 BTC boʻldi.

⚪️ Spot ETH ETF'da $26,4 millionlik chiqim boʻlgan. Grayscale yana eski qilig'ini qilibdi.

🤝 Tramp Xitoy bilan savdo bitimi imzolanganini e'lon qildi. Yevropa Ittifoqi ham AQSh bilan savdo bitimi tuzishga tayyor ekanini aytdi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1384
💧 Blum listeningga 4 soat vaqt qoldi (15:00) lekin haliyam claimdan darak yoʻq.

🫴 Listing qilinadigan DEX birjalar: StonFi, Dedust, Blum trading bot.

🫴 Listing qilinadigan CEX birjalar: Bitget, Mexc, CoinW, Lbank, BingX, WEEX. Yana qoʻshilishi mumkin.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
211010
🤑 Blum 15:00 da claim ochiladi.

🔄↔️ Bitgetda 15:00 da, Gate birjasida 16:00 da listing qilinadi.

📝 Bir marta claim qilsangiz 30% ni olasiz qolgani yonib ketadi, shunga qarab qaror qiling.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1599
📣 "Uyyul oyi katta boʻladi" — Trampning kripto-maslahatchisi David Sacks.

• GENIUS qonuni (stabilkoinlarni tartibga solish) qabul qilish uchun imzoga kiritiladi.
• CLARITY qonuni Senatga yuboriladi, bu esa kripto-bozorda aniqlikni oʻrnatadi.

✍️ Kriptovalyutalarga oid bir nechta qonunlar avgustda taqdim etilib, sentyabrga qadar qabul qilinishi kutilmoqda. Prezident Tramp ham bu qonun loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1698
📈 S&P 500 ATH ni yangiladi.

🥷 Betkoyn ham gʻalamis marketmeykerlar toʻyganidan keyin izidan ergashadi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1698
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14109
📊 Kecha AQSh spot BTC ETF'larida $501,2 millionlik yirik kirim qayd etilgan.

🐳 BlackRock 1430 BTC sotib olib jami egaligi 696000 BTC boʻldi.

⚪️ Spot ETH ETF'da $77,5 millionlik kirim boʻlgan. Shu bilan fondlar haftani ideal tarzda yakunladi.

🇺🇸🇨🇦 Kecha tunda Tramp Kanada bilan savdo muzokaralari toʻxtatilganini va 1 hafta ichida ularga yangi bojlar joriy qilishini e'lon qildi. Bozor ayniqsa S&P 500 ushbu xabar fonida quladi lekin keyin yana koʻtarilib haftani eng yuqori narx bilan yakunladi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
986
🐳 Yirik investorlar ETH sotib olishda davom etmoqda.

🎮 Avvalroq 188478 ETH ($473,6 million) sotib olganini e'lon qilgan SharpLink Gaming 9 soat oldin OTC bozor orqali yana 1989 ETH ($4,82 million) sotib oldi.

🐳 Shuningdek, bir hafta oldin 3201 ETH ($8,1 million) sotib olgan va steykingga qoʻygan boshqa bir kit yana 1888 ETH ($4,56 million) sotib oldi va uni ham steykingga joyladi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
111021