Bitcoinjon
5.76K subscribers
4.94K photos
707 videos
3 files
2.31K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
Bitcoinjon
📉 Top treyder Jeyms Vinn BTC boʻyicha short pozitsiyaga oʻtdi. 🚨 $13,4 millionlik yoʻqotishdan soʻng, Jeyms qimorboz endi Bitkoinda 40X short pozitsiya ochdi: 🪙 3523 $BTC ($377,6M) 📊 Kirish narxi: $107128 ⚠️ Likvidatsiya narxi: $118380 📈 Hozirgi foyda:…
🤔 Jeyms Vinn yana $15,87 Million Yo‘qotdi!

📉 Taniqli treyder Jeyms Vinn Hyperliquid platformasida Bitkoin bo‘yicha $1 milliardlik "short" pozitsiyasini yopdi va atigi 15 soat ichida $15,87 million yo‘qotdi!

😂 U Bitkoin narxi tushadi deb o‘ylagan edi, lekin narx oshib ketdi. Uning 40X leverage strategiyasi bu safar ham muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣42🙉13😱9❤6👍2
Bitcoinjon
🇺🇸🇪🇺 "Moliya bozorlari Trampning boj tahdidlariga oʻrganib qoldi" — Vanguard. 🤔 Prezident Tramp Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan mahsulotlarga 50% boj joriy etish bilan tahdid qildi. Ammo bozorlar bunga unchalik reaksiya bildirmadi. Nega? 🐺 Vanguard…
🇺🇸🇪🇺 Tramp Yevropa Ittifoqiga belgilangan 50% bojlarni 9-iyulga qoldirdi.

🎧 AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga qarshi rejalashtirilgan 50% bojlarni 1-iyundan 9-iyulga ko‘chirdi. Bu qaror Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan suhbatdan so‘ng qabul qilindi. Maqsad – savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralarga ko‘proq vaqt ajratish va savdo urushidan qochish.

🤝 The Art of the Deal.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣33🍾6❤5🔥5👍4
🗿 Bitkoinjon > $110000.

🗿 Betkoyn bilan oʻynashsangam oʻynashlari bilan oʻynashsangam oʻzi bilan oʻynashma.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡20🤣15🍾5💋4👍3🔥2
🎖️ Bugun AQShda Memorial Day.

🇺🇸 Bugun, 26-may, 2025-yil, AQShda Xotira kuni nishonlanmoqda. Bu kunda urushlarda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirlanadi.

🛑 Fond bozori va Bitkoin ETF savdolari:
Memorial Day tufayli AQSh fond bozorlari (NYSE, NASDAQ) yopiq, shuning uchun spot BTC ETF savdolari ham boʻlmaydi. Kripto-birjalar 24/7 ishlaydi, lekin ETF'lar faqat fond bozor ochiq bo‘lganda savdo qilinadi.

🚀 Ertaga impuls bo‘ladimi?
27-may kuni bozorlar qayta ochilganda, spot BTC ETF savdolari qaytishi bilan Bitkoin narxiga qo‘shimcha impuls kelishi mumkin. Narxlar global talab, yangiliklar va bozor kayfiyatiga bog‘liq. Bugun BlackRock jang maydonidamas.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3👀3
Bitcoinjon
📊 Bitkoin bozoridagi yirik o'yinchilar egaligi. 🌍 Global Bitkoin ETF'lar (1-may, 2025): Dunyodagi barcha Bitkoin ETF'lar aprel oyida 32521 BTC sotib olib, jami 1337814 BTC ga ega bo‘ldi. Bu $128 milliarddan ortiq qiymat! AQSh 87% ulush bilan yetakchilik…
📊 Dunyodagi yirik Bitkoin HODLerlari haqida so'nggi yangiliklar.

🌍 Global ETF'lar Bitkoin HODL statistikasi:
2025-yil 24-may holatiga ko'ra, global ETF'lar 1389293 BTC ushlab turibdi, ularning umumiy qiymati $152 milliarddan oshadi. AQSh ETF'lari yetakchi: BlackRock iShares Bitcoin (IBIT) — 655631 BTC. Kanada, Shveysariya, Germaniya va Gonkong ETF'lari ham faol ishtirok etmoqda.

🏢 Eng ko'p Bitkoin ushlab turgan kompaniyalar (HODL Top 85):
2025-yil 19-may holatiga ko'ra, dunyo bo'ylab 85 ta kompaniya jami 800056 BTC ushlab turibdi. Eng yuqori o'rinda AQShning Strategy kompaniyasi — 576230 BTC. Boshqa yetakchilar: MARA (48237 BTC), TwentyOne (36312 BTC). Ro'yxatda Yaponiya, Kanada, Fransiya va Singapur kompaniyalari ham bor.

🦾 Bitkoin korporativ sarmoya sifatida tobora ommalashmoqda!

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡8👍5🔥4💋3
Bitcoinjon
⚡️ Strategy $764,9 millionga 7390 BTC sotib oldi. 🐋 Kompaniya balansida oʻrtacha $69726 narxda sotib olingan jami 576230 BTC ($59,3 mlrd) bo'ldi. Kanal | Chat | Music
⚡️ Strategy $427,1 millionga 4020 BTC sotib oldi.

🐋 Kompaniya balansida oʻrtacha $69979 narxda sotib olingan jami 580250 BTC ($63,8 mlrd) bo'ldi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍5❤4🍾4👀2
💸 Trump Media $3 milliard yig‘ib, kriptovalyutalarga sarmoya kiritmoqchi.

🐸 AQSh prezidenti Donald Trampning kompaniyasi, Trump Media & Technology Group (TMTG), Bitkoin va kriptovalyutalarga investitsiya qilish uchun $3 milliard jalb qilmoqchi! $2 milliard yangi kapital, $1 milliard obligatsiyalar orqali.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥6❤5💋4
🎧 Bitkoin 2025 Konferensiyasi Las-Vegasda!

📆 Bugundan boshlab 29-maygacha Las-Vegasda Bitkoin 2025 konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Dunyodagi eng yirik Bitkoin tadbirida quyidagi taniqli shaxslar nutq soʻzlaydi:

• Donald Trump Jr.
• Senator Jim Justice
• Senator Cynthia Lummis
• Senator Marsha Blackburn
• BlackRockdan Robert Mitchnick
• Oq uyning kripto-maslahatchisi David Sacks

📌 Konferensiyadagi mavzular: Bitkoin kelajagi, Lightning Network, moliyaviy erkinlik va giperbitkoinizatsiya.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡16🍾6❤4👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤑 Iyunda Blum listening.

🔹 BLUM tokeni iyun oyida rasman ishga tushadi!
Token Blum ilovasida va DEX-larda (markazlashmagan birjalarda) mavjud bo‘ladi. Snapshot (foydalanuvchilar holatini ro‘yxatga olish) iyun oyi boshida bo‘lib o‘tadi.

🔹 Asosiy yo‘nalish: Telegram va TON
Blum platformasi Telegramga asoslangan bo‘lib qoladi. Endi loyiha TON ekotizimiga yanada chuqurroq kirib boradi va hozircha multichain (ko‘p tarmoqli) strategiyasidan voz kechmoqda.

🫵 Snapshotgacha qichidigan joylarni oldindan qashib qoʻying.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣43👍11🍾4💋3🙉3
😢🤠😢Gadoy → boy → tajribali gadoy.

🔄 Bu treyder $500 bilan boshlab, atigi 2 hafta ichida $1 millionga yetdi. Ammo keyin hammasini yoʻqotib, yana $500 ga qaytdi. Memkoinlar katta daromad keltirishi mumkin lekin risk ham juda yuqori.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣85😱12🙉10❤1
🇹🇭 Tailand sayyohlarga kredit karta orqali kriptovalyuta bilan to‘lov qilish imkonini berishni rejalashtirmoqda.

• Tailand hukumati sayyohlar uchun maxsus pilot dastur ishlab chiqmoqda. Bu dastur orqali sayyohlar o‘z kriptovalyutalari (masalan, Bitcoin yoki Ethereum) bilan kredit karta orqali mahalliy do‘konlarda to‘lov qilishlari mumkin bo‘ladi.
• Tailand Moliya Vazirligi va Tailand Banki bu tizimni sinovdan o‘tkazish uchun birgalikda ishlamoqda. Tizim shunday ishlaydi: sayyohlar kripto bilan to‘lov qilganda, savdogarlar to‘lovni Tailand baxti (mahalliy valyuta) shaklida oladilar va ko‘pincha ular to‘lovning kripto ekanligini bilishmaydi ham.
• Bundan tashqari, Tailand hukumati qonunchilikni o‘zgartirib, an’anaviy moliyaviy bozorlar va raqamli aktivlar bozorlarini birlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu investorlarga ikkala bozor o‘rtasida osonroq pul o‘tkazish imkonini beradi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣271👍13🍾6⚡5❤2
💲 Circle kompaniyasi Nyu-York fond birjasida (NYSE) IPO uchun ariza topshirdi.

❓ Bu nima degani?
Circle endi o‘z aksiyalarini ommaga sotadi va investorlar uchun ochiq bo‘ladi. Circle – USDC stabilkoinini chiqaruvchi yirik kompaniya bo‘lib, kriptovalyuta sohasida katta o‘yinchi.

🤑 Circle'ning bu qadami kriptovalyuta sohasida muhim voqea sifatida qaralmoqda, chunki u Coinbase kabi boshqa yirik kripto-kompaniyalar qatorida AQSh birjasida ro‘yxatdan o‘tgan kam sonli "sof" kripto-kompaniyalardan biriga aylanadi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14⚡4❤3🔥3
⚪️ SharpLink Gaming Ethereum sotib olish uchun $425 million jalb qilmoqchi.

🔥 $425 millionlik xususiy investitsiya orqali Ethereum Zaxira Strategiyasi boshlanmoqda!

• SharpLink 69,1 mln aksiyani 6,15 dollardan (rahbariyat uchun 6,72 dollardan) sotmoqda.
• Asosiy investor: Consensys, shuningdek, ParaFi, Pantera va Galaxy Digital kabi yirik firmalar ishtirok etmoqda.
• Mablag‘lar ETH sotib olish va umumiy korporativ ehtiyojlar uchun ishlatiladi.
• Jozef Lubin (Ethereum hammuassisi) SharpLink direktorlar kengashi raisi bo‘ladi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🍾5❤3👍1💋1
Bitcoinjon
🤔 Jeyms Vinn yana $15,87 Million Yo‘qotdi! 📉 Taniqli treyder Jeyms Vinn Hyperliquid platformasida Bitkoin bo‘yicha $1 milliardlik "short" pozitsiyasini yopdi va atigi 15 soat ichida $15,87 million yo‘qotdi! 😂 U Bitkoin narxi tushadi deb o‘ylagan edi, lekin…
🔫 Jeyms Vinn yana marketmeykerlar nishonida.

📉 Bugun BTC narxi $108300 dan pastga tushdi. Bu treyder Jeyms Vinnning long pozitsiyasiga jiddiy ta’sir qildi. U o‘z pozitsiyasini qisman yopib, $4,75 million zarar ko‘rdi, umumiy yo‘qotishi esa $14,3 millionga yetdi.

📊 Tafsilotlar:
• Jeyms Vinn 5676 BTC ($622,6 million) long pozitsiyasini ushlab turgan edi.
• Likvidatsiya narxi $108010 edi, ya’ni narx 1,53% tushishi bilan pozitsiyasi xavf ostida qolgan.
• Natija: Narx tushishi bilan u katta zarar ko‘rdi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱23👍9🙉8👀4🤣2
📈 Ethereum > $2700.

🦾 Altkoinlar otasiga jon kiryapti.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🔥10🍾7⚡6
📊 Kecha AQSh spot BTC ETF'larida $385,4 millionlik yirik kirim qayd etilgan.

🪙 BlackRock $409,3 millionlik 3926 BTC sotib olgan. BlackRock jami egaligi 659000 BTC boʻldi.

⚪️ Spot ETH ETF'da $38,8 millionlik kirim boʻlgan.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6⚡5🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍒 Bitkoin 2025 konferensiyasi: Senator Lummis va "BITCOIN Act" haqida muhim yangiliklar!

🤢 2025-yil 27-may kuni Las-Vegasda bo'lib o'tayotgan "Bitcoin 2025" konferensiyasida AQSh senatori Sintiya Lummis (Cynthia Lummis) muhim bayonotlar berdi. U BITCOIN Act (S.954) qonun loyihasini qo'llab-quvvatlashni davom ettirdi, bu qonun loyihasi AQSh hukumatiga 1 million Bitkoin sotib olishni va Strategik Bitkoin Zaxirasini yaratishni taklif qiladi. Lummis shunday dedi: "Bizning hukumatimiz Bitkoinni raqamli oltin sifatida zaxiraga qo'shishi muhim. Bizda jahon oltinining taxminan 5% zaxirada bor, bizda jahon Bitkoinining kamida 5% zaxirada bo'lishi kerak".

➡️ Xabarlarga ko'ra, "BITCOIN Act" kelasi hafta (2025-yil iyun oyi boshida) Senatda muhokama qilinishi kutilmoqda. Prezident Tramp ham ushbu qonun loyihasini qo'llab-quvvatlayotgani aytildi. Bu qonun AQShni global miqyosda "Bitkoin superkuchi"ga aylantirishi mumkin. Konferensiyada Lummisning nutqi kripto-ixlosmandlarda katta qiziqish uyg'otdi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤5🔥4🍾2