Bitcoinjon
5.76K subscribers
4.94K photos
707 videos
3 files
2.31K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
Bitcoinjon
🔹 25-may:
• Fed raisi Pauell nutq so'zlaydi.
📣 Bugun bizning vaqt bilan soat 23:40 da FED raisi Jerom Pauell nutq so‘zlaydi.

📈📉 Agar u foiz stavkalarini pasaytirish yoki iqtisodiy yumshatish haqida ijobiy signal bersa, bu kriptovalyutalar narxlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, qattiq siyosat haqida gapirsa, narxlar tushishi ehtimoli bor.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🙉9🤣8👀4🔥1
📜⛓️ Tokenlashtirilgan gʻazna aktivlari $7 milliardga yetdi.

🔹 Umumiy qiymat: $7,09 milliard
🔹 O‘rtacha daromad: 4,12% yillik
🔹 Jami aktivlar: 46 ta

🌟 BlackRockning BUIDL tokeni $3 milliard bilan yetakchilik qilmoqda.
📈 2023-yildan beri sezilarli o‘sish: ayniqsa 2024-yil o‘rtalaridan boshlab keskin ko‘tarilish kuzatilgan.

💡 Tokenlashtirish nima?
Bu – AQSh gʻazna obligatsiyalari kabi real aktivlarni blokcheyn orqali raqamli tokenlarga aylantirish. Natija:
✅ Tezroq tranzaksiyalar
✅ Arzon xarajatlar
✅ Shaffoflik

⚪️ Katta moliyaviy tashkilotlar ushbu jarayonni Ethereum ($ETH) blokcheynida amalga oshirishga qiziqmoqda.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13⚡4🔥4
Bitcoinjon
📉 Jeyms Vinn $13,4M zararda long bitimlarini yopdi. 🐳 Jeyms Vinn Hyperliquid platformasida 11588 BTC ($1,25 milliard) miqdoridagi long pozitsiyasini yopdi. Natijada u $13,4 million zarar ko‘rdi, Bitkoin narxi esa 1,3% ga tushdi. 🔎 Tafsilotlar: • Jeyms Vinn…
📉 Top treyder Jeyms Vinn BTC boʻyicha short pozitsiyaga oʻtdi.

🚨 $13,4 millionlik yoʻqotishdan soʻng, Jeyms qimorboz endi Bitkoinda 40X short pozitsiya ochdi:
🪙 3523 $BTC ($377,6M)
📊 Kirish narxi: $107128
⚠️ Likvidatsiya narxi: $118380
📈 Hozirgi foyda: -$79302

🗣️ U oʻzining X sahifasida suv kabi boʻl deyapti. Suv kabi boʻl doʻstim kanalizatsiyaga oqib ket. 🚰

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣56😱7🙉7👍3👀3
🧐 Altkoinlar mavsumi boshlanishi uchun BTC qanchaga chiqishi kerak?

📊 Altkoinlar mavsumi boshlanishi va chakana investorlar kirib kelishi uchun BTC qanchaga chiqishi kerak? Keling shuni ko'rib chiqamiz.

1-rasm: Juda uzoq tarixga qaytmasdan o'tgan yil boshidan misol olamiz. 2024 yilning mart oyida Google qidiruv tizimida "Bitcoin" so'zi (sariq chiziq) qidiruvi eng yuqori cho'qqiga chiqqan. BTC maksimum narxi esa $73777 ya'ni oldingi maksimum narx $69000 dan 6,5% o'sish bo'lganida qiziqish qaytgan. Keyinroq 2024 yilning noyabr oyida "Bitcoin" so'zi qidiruv statistikasi yana cho'qqiga chiqqan, narx esa $81500 oldingi maksimum narx $73777 dan 9,5% ga o'sganida qiziqish qaytgan. Oxirgi maksimum narx joriy yilning 20-yanvarida $109588 narxda qayd etilgandi. Undan keyin 22-mayda $111980 narxgacha chiqib ATH yangilandi lekin chakana investorlarda haliyam qiziqish yo'q. Buning sababini tarixdan ko'rdik demak bizga maksimum narxni 8-10% oralig'ida yangilashi lozim bu Bitkoinning 118K-121K narxgacha chiqishi kerak degani.

2-rasm: Bitkoin haliyam M2 grafigi (sariq chiziq) bilan ideal tarzda ketyapti. Shunga ergashishda davom etsa bizga kerak bo'lgan 118K-121K may oyi yakuni iyun oyi boshlariga to'g'ri keladi.

3-rasm: Total3 grafigi BTC (sariq chiziq) bilan solishtirilganda odatda 1 oydan keyin maksimumni yangilagan. Ya'ni Bitkoin maksimumni yangilab yuqorilashda davom etsa altkoinlar ham o'rtacha bir oy ichida unga yetib oladi.

❗️Xullas kimga qiziq bo'lsa foydali bo'ldi deb o'ylayman. Esingizdan chiqarmang: Kanal tomi ketgan admin tomonidan yuritiladi va ma'lumotlarning hech biri moliyaviy maslahat emas!

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥30👍18🤣17❤6
✊ "Men faqat yoʻqotishga qodir boʻlmagan pullarim bilan Bitkoin sotib olaman" — Maykl Seylor.

🤝 Ertaga Strategy yana BTC sotib olgani haqida e'lon boʻladi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥9🍾5💋4😱3
Bitcoinjon
📉 Top treyder Jeyms Vinn BTC boʻyicha short pozitsiyaga oʻtdi. 🚨 $13,4 millionlik yoʻqotishdan soʻng, Jeyms qimorboz endi Bitkoinda 40X short pozitsiya ochdi: 🪙 3523 $BTC ($377,6M) 📊 Kirish narxi: $107128 ⚠️ Likvidatsiya narxi: $118380 📈 Hozirgi foyda:…
🤔 Jeyms Vinn yana $15,87 Million Yo‘qotdi!

📉 Taniqli treyder Jeyms Vinn Hyperliquid platformasida Bitkoin bo‘yicha $1 milliardlik "short" pozitsiyasini yopdi va atigi 15 soat ichida $15,87 million yo‘qotdi!

😂 U Bitkoin narxi tushadi deb o‘ylagan edi, lekin narx oshib ketdi. Uning 40X leverage strategiyasi bu safar ham muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣42🙉13😱9❤6👍2
Bitcoinjon
🇺🇸🇪🇺 "Moliya bozorlari Trampning boj tahdidlariga oʻrganib qoldi" — Vanguard. 🤔 Prezident Tramp Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan mahsulotlarga 50% boj joriy etish bilan tahdid qildi. Ammo bozorlar bunga unchalik reaksiya bildirmadi. Nega? 🐺 Vanguard…
🇺🇸🇪🇺 Tramp Yevropa Ittifoqiga belgilangan 50% bojlarni 9-iyulga qoldirdi.

🎧 AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga qarshi rejalashtirilgan 50% bojlarni 1-iyundan 9-iyulga ko‘chirdi. Bu qaror Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan suhbatdan so‘ng qabul qilindi. Maqsad – savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralarga ko‘proq vaqt ajratish va savdo urushidan qochish.

🤝 The Art of the Deal.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣33🍾6❤5🔥5👍4
🗿 Bitkoinjon > $110000.

🗿 Betkoyn bilan oʻynashsangam oʻynashlari bilan oʻynashsangam oʻzi bilan oʻynashma.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡20🤣15🍾5💋4👍3🔥2
🎖️ Bugun AQShda Memorial Day.

🇺🇸 Bugun, 26-may, 2025-yil, AQShda Xotira kuni nishonlanmoqda. Bu kunda urushlarda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirlanadi.

🛑 Fond bozori va Bitkoin ETF savdolari:
Memorial Day tufayli AQSh fond bozorlari (NYSE, NASDAQ) yopiq, shuning uchun spot BTC ETF savdolari ham boʻlmaydi. Kripto-birjalar 24/7 ishlaydi, lekin ETF'lar faqat fond bozor ochiq bo‘lganda savdo qilinadi.

🚀 Ertaga impuls bo‘ladimi?
27-may kuni bozorlar qayta ochilganda, spot BTC ETF savdolari qaytishi bilan Bitkoin narxiga qo‘shimcha impuls kelishi mumkin. Narxlar global talab, yangiliklar va bozor kayfiyatiga bog‘liq. Bugun BlackRock jang maydonidamas.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3👀3
Bitcoinjon
📊 Bitkoin bozoridagi yirik o'yinchilar egaligi. 🌍 Global Bitkoin ETF'lar (1-may, 2025): Dunyodagi barcha Bitkoin ETF'lar aprel oyida 32521 BTC sotib olib, jami 1337814 BTC ga ega bo‘ldi. Bu $128 milliarddan ortiq qiymat! AQSh 87% ulush bilan yetakchilik…
📊 Dunyodagi yirik Bitkoin HODLerlari haqida so'nggi yangiliklar.

🌍 Global ETF'lar Bitkoin HODL statistikasi:
2025-yil 24-may holatiga ko'ra, global ETF'lar 1389293 BTC ushlab turibdi, ularning umumiy qiymati $152 milliarddan oshadi. AQSh ETF'lari yetakchi: BlackRock iShares Bitcoin (IBIT) — 655631 BTC. Kanada, Shveysariya, Germaniya va Gonkong ETF'lari ham faol ishtirok etmoqda.

🏢 Eng ko'p Bitkoin ushlab turgan kompaniyalar (HODL Top 85):
2025-yil 19-may holatiga ko'ra, dunyo bo'ylab 85 ta kompaniya jami 800056 BTC ushlab turibdi. Eng yuqori o'rinda AQShning Strategy kompaniyasi — 576230 BTC. Boshqa yetakchilar: MARA (48237 BTC), TwentyOne (36312 BTC). Ro'yxatda Yaponiya, Kanada, Fransiya va Singapur kompaniyalari ham bor.

🦾 Bitkoin korporativ sarmoya sifatida tobora ommalashmoqda!

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡8👍5🔥4💋3
Bitcoinjon
⚡️ Strategy $764,9 millionga 7390 BTC sotib oldi. 🐋 Kompaniya balansida oʻrtacha $69726 narxda sotib olingan jami 576230 BTC ($59,3 mlrd) bo'ldi. Kanal | Chat | Music
⚡️ Strategy $427,1 millionga 4020 BTC sotib oldi.

🐋 Kompaniya balansida oʻrtacha $69979 narxda sotib olingan jami 580250 BTC ($63,8 mlrd) bo'ldi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍5❤4🍾4👀2
💸 Trump Media $3 milliard yig‘ib, kriptovalyutalarga sarmoya kiritmoqchi.

🐸 AQSh prezidenti Donald Trampning kompaniyasi, Trump Media & Technology Group (TMTG), Bitkoin va kriptovalyutalarga investitsiya qilish uchun $3 milliard jalb qilmoqchi! $2 milliard yangi kapital, $1 milliard obligatsiyalar orqali.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥6❤5💋4
🎧 Bitkoin 2025 Konferensiyasi Las-Vegasda!

📆 Bugundan boshlab 29-maygacha Las-Vegasda Bitkoin 2025 konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Dunyodagi eng yirik Bitkoin tadbirida quyidagi taniqli shaxslar nutq soʻzlaydi:

• Donald Trump Jr.
• Senator Jim Justice
• Senator Cynthia Lummis
• Senator Marsha Blackburn
• BlackRockdan Robert Mitchnick
• Oq uyning kripto-maslahatchisi David Sacks

📌 Konferensiyadagi mavzular: Bitkoin kelajagi, Lightning Network, moliyaviy erkinlik va giperbitkoinizatsiya.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡16🍾6❤4👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤑 Iyunda Blum listening.

🔹 BLUM tokeni iyun oyida rasman ishga tushadi!
Token Blum ilovasida va DEX-larda (markazlashmagan birjalarda) mavjud bo‘ladi. Snapshot (foydalanuvchilar holatini ro‘yxatga olish) iyun oyi boshida bo‘lib o‘tadi.

🔹 Asosiy yo‘nalish: Telegram va TON
Blum platformasi Telegramga asoslangan bo‘lib qoladi. Endi loyiha TON ekotizimiga yanada chuqurroq kirib boradi va hozircha multichain (ko‘p tarmoqli) strategiyasidan voz kechmoqda.

🫵 Snapshotgacha qichidigan joylarni oldindan qashib qoʻying.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣43👍11🍾4💋3🙉3
😢🤠😢Gadoy → boy → tajribali gadoy.

🔄 Bu treyder $500 bilan boshlab, atigi 2 hafta ichida $1 millionga yetdi. Ammo keyin hammasini yoʻqotib, yana $500 ga qaytdi. Memkoinlar katta daromad keltirishi mumkin lekin risk ham juda yuqori.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣85😱12🙉10❤1
🇹🇭 Tailand sayyohlarga kredit karta orqali kriptovalyuta bilan to‘lov qilish imkonini berishni rejalashtirmoqda.

• Tailand hukumati sayyohlar uchun maxsus pilot dastur ishlab chiqmoqda. Bu dastur orqali sayyohlar o‘z kriptovalyutalari (masalan, Bitcoin yoki Ethereum) bilan kredit karta orqali mahalliy do‘konlarda to‘lov qilishlari mumkin bo‘ladi.
• Tailand Moliya Vazirligi va Tailand Banki bu tizimni sinovdan o‘tkazish uchun birgalikda ishlamoqda. Tizim shunday ishlaydi: sayyohlar kripto bilan to‘lov qilganda, savdogarlar to‘lovni Tailand baxti (mahalliy valyuta) shaklida oladilar va ko‘pincha ular to‘lovning kripto ekanligini bilishmaydi ham.
• Bundan tashqari, Tailand hukumati qonunchilikni o‘zgartirib, an’anaviy moliyaviy bozorlar va raqamli aktivlar bozorlarini birlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu investorlarga ikkala bozor o‘rtasida osonroq pul o‘tkazish imkonini beradi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣271👍13🍾6⚡5❤2