Bitcoinjon
5.75K subscribers
4.94K photos
707 videos
3 files
2.31K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
🗿 Memkoindan 515X daromad.

😱 Noma'lum treyder $9075 sarmoyasini $4,7 millionga aylantirdi!
1 oy oldin 20,3M LAUNCHCOIN sotib olib, hozirda katta foydada.

🐸 Endi u bemalol nafaqaga chiqsa ham boʻladi. Ketdim men muzga chiqib kelay. 🧊

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥44🤣36👍12😱11🙉6
Bitcoinjon
Maykl Dell ikkinchi yirik sotuvda $1,2 milliard qiymatdagi Dell aksiyalarini sotdi.

Sentyabr oyida u $2,3 milliarddan ortiq ulushini sotgan. Oldinroq u Bitkoinga qiziqish bildirgandi.
📞 Dell kompaniyasi Bitkoin haqida qaror qabul qilishi mumkin.

✅ SEC Dellga aksiyadorlar ovoz berishisiz gʻaznasiga Bitkoin qo'shishni ko'rib chiqish imkonini berdi. Bu qaror Bitkoin tarafdorlarini xursand qildi, chunki endi Dell rahbariyati o'z qarori bilan Bitkoinni qabul qilishi mumkin.

🐳 Dell Technologiesning bozor kapitallashuvi (market cap) $64 milliard va uning yillik erkin pul oqimi $5,92 milliardni tashkil etadi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤6🍾6
🇺🇸 Oq Uydan yangi savdo kelishuvlari haqida xabar.

👨‍✈️Kevin Hassett (Oq Uy maslahatchisi):
🔹 Hozirda 20-25 ta yangi savdo kelishuvlari stol ustida.
🔹 Prezident Tramp qaytganida keyingi kelishuvlar e'lon qilinadi.

📈 Yangi kelishuvlar e'lon qilinsa bozorga yana ijobiy kayfiyat beradi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍8❤7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎩 Qatnashayotgan va qatnashgan gʻalamis loyihalarimiz haqida bilganlarim.

1. Pocket — shu haftada yangilik kutilyapti. Menimcha jamoa ham tezroq listing qilishga shoshilyapti.

2. Grass — 24 mayda 7 epoch tugaydi. Bozor yaxshi, menimcha shundan keyin 2-bosqich tokenlari tarqatiladi yoki maksimum yana bir oyga choʻziladi.

3. Blum — mayda listing degan gaplar yuribdi u ham tez kunlarda listing qilinsa kerak.

4. Hotcoin — bu ham menimcha deyarli hamma ishini tugatib boʻldi listing yaqin.

5. Bithub — Saytida yangilanish ketyapti harna shashlik puli boʻladi chiqsa.

🫠🥰 Xullas bozor yaxshi droplar ham bu kunni 28 yil, 2 oy, 19 kun kutishdi. Shashlik sezon yaqin azizlar tashvishlanmay koʻk choyni urib sabr qilinglar.🐸

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣44👍18💋6❤5🍾5
🏦 JPMorgan banki birinchi marta ommaviy blokcheynda tranzaksiya amalga oshirdi.

🌐 Tokenlashtirilgan AQSh davlat obligatsiyalari Chainlink va Ondo yordamida koʻchirildi. Bu an’anaviy moliya (TradFi) va markazlashmagan moliya (DeFi) o‘rtasidagi katta qadam!

🔹 Nima uchun muhim?
- Ommaviy blokcheynlarining banklar tomonidan qabul qilinishi
- Tokenlashtirilgan aktivlarning ommalashishi
- $LINK va $ONDO uchun ijobiy signal

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤5🔥5👀5🙉1
📊 Kecha AQSh spot BTC ETF'larida $319,5 millionlik yirik kirim qayd etilgan.

🪙 BlackRock $232,9 millionlik BTC sotib olgan.

⚪️ Spot ETH ETF'da $63,5 millionlik kirim boʻlgan.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥4❤3🍾3🙉1
🧐 Inflyatsiyaga nima bo'lyapti?

🔪 Boshiga tayoq bilan uradigan zonaga kelibdiku. Lekin bu sayt ham sharoitga qarab grafiklarni 85 marta o'zgartirarkan. O'zimiznikilarni aloqasi bormi deyman. 😂

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣18😱11🙉8👀6
🫠🥲 Treyder $1200 evaziga Tramp bilan choyxonaga yo‘l oldi!

🧠 Treyder Morten Kristensen va do‘stlari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kechki ovqatga taklifnoma olishdi, bunda atigi $1200 sarflashdi!
💡 Qanday qilishdi?
• TRUMP memkoinlarini sotib olib, short pozitsiya ochishdi.
• Maxsus dastur yordamida raqiblarni kuzatib, $250000 lik token bilan 188-o‘rinni egallashdi.
• Ro‘yxat e’lon qilinganidan so‘ng tokenlarni sotishdi va short pozitsiyalarni yopishdi. Bu ularga faqat savdo komissiyalari uchun $1200 ga tushgan.
📊 Natija: minimal xarajat bilan katta imkoniyat! Kristensen allaqachon chiptalarni bron qildi. ✈️

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🍾7❤5🔥4😱3🙉3👀1
🏦 JPMorgan: Bitkoin 2025-yilda oltindan o‘zib ketishi mumkin.

📈 Dunyoning eng yirik banklaridan biri — JPMorgan prognoziga ko‘ra, 2025-yilning ikkinchi yarmida Bitkoin oltindan yaxshiroq natija ko‘rsatishi kutilmoqda.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥10🍾7🤣3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟠 "Agar kerak bo'lsa tishingizni soting, lekin Bitkoinni saqlang" — Maykl Seylor.

🦷 Maykl amaqini gaplarini jiddiy qabul qilib hamma tishlarimni pullab keldim baribir bitch paketni chaynash kerakmas. 😁

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣45👍6💯6❤4
🐳 2025-yil 1-choragida dunyoning eng katta moliyaviy tashkilotlari BlackRock (IBIT) Bitkoin ETF'ga sarmoya kiritdi.

🇺🇸 Goldman Sachs IBIT'da 30,8 million aksiyaga ega bo‘ldi (1,4 milliard dollar) va eng yirik investorga aylandi.
🇭🇰 Avenir (Osiyodagi eng yirik Bitcoin ETF egasi) IBIT'dagi ulushini 14,7 million aksiyaga yetkazdi (691 million dollar).
🇦🇪 Abu Dabining Mubadala fondi IBIT'da 8,7 million aksiya sotib oldi (408,5 million dollar).

🔥 An'anaviy moliya va kripto o‘rtasidagi chegara yo‘qolmoqda lekin baribir BlackRock va Strategy hammasini bittada sotsa nima boʻladi deydigan Gʻaybulla akalar yoʻqolmaydi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤7👍5
🇶🇦🇦🇪🇸🇦 Arab Ko‘rfazi davlatlari AQShga $3,2 trillion investitsiya kiritadi.

✍️ Tramp togʻa Saudiya Arabistoni ($600 mlrd), Qatar ($1,2 trln) va BAA ($1,4 trln) bilan rekord darajadagi iqtisodiy kelishuv imzoladi. Bu mablag‘lar AQShning sun'iy idrok, energetika va ishlab chiqarish sohalariga yo‘naltiriladi.

🧐 Kriptovalyutalarga qancha qismi yo‘naltirilishi mumkin?
Global trendlarga ko‘ra, $3,2 trlnning 10-20% ya’ni $320 mlrddan $640 mlrdgacha kriptovalyuta va blokcheyn loyihalariga investitsiya qilinishi ehtimoli yuqori!

📈 Arab Ko‘rfazi davlatlari raqamli iqtisodiyotga jiddiy kirib kelayapti. Kelajakda ular o‘z raqamli valyutalarini yoki blokcheyn loyihalarini ishga tushirishi mumkin.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33❤6⚡4🔥4👀3🤣1
Bitcoinjon
🚨 AQSh Stabilkoinlar bo'yicha imkoniyatni qo'ldan boy berdi! 🥲 AQSh Moliya vaziri Scott Bessent Senatni tanqid qildi: GENIUS Act qabul qilinmadi! 😡 🔹 Bu qonun stabilkoinlar uchun federal qoidalarni joriy etib, AQSh dollarining global ta'sirini oshirishi…
💵 GENIUS Act: Stabilkoinlarni tartibga solish qonunchiligi boʻyicha yangilanish.

🇺🇸 AQSh Senatida "GENIUS Act" qonun loyihasi bo‘yicha muhim jarayon davom etmoqda! Senator John Thune qonun loyihasini tezlashtirish uchun "cloture" topshirdi. Qayta ovoz berish dushanba kuni (19-may, 2025) bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

🔍 GENIUS Act nima?
Bu qonun stabilkoinlarni (USDT, USDC kabi) qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan oladi va ular uchun aniq qoidalar joriy qiladi:
- 100% zaxira talabi (AQSh dollari yoki davlat obligatsiyalarida).
- Katta emitentlar uchun oylik shaffoflik hisobotlari va yillik audit.
- AQSh dollarining global ustunligini saqlash.

💡 Nima uchun muhim?
- Stabilkoinlar bozori hozirda $247 milliardga yetgan.
- Qonun qabul qilinsa, kripto-bozor 10 baravarga oshib, 30 trillion dollarga yetishi mumkin!

⚠️ Avvalgi ovoz berish (9-may) muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi (49 "ha", 48 "yo‘q"). Endi qonunga ikki partiya tomonidan ham tuzatishlar kiritilib qayta ovozga qoʻyiladi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🍾6💋5❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥩 Steak 'n Shake restorani o'z xaridorlariga Bitkoin orqali to'lov qilish imkoniyatini taqdim etdi.

🟠 Videoda mijoz o'z telefonidagi Bitkoin ilovasi orqali to'lovni amalga oshiradi. Jarayon quyidagicha kechadi:

1. Buyurtma berish: Avval odam o'zi xohlagan taomni buyurtma qiladi.
2. To'lov usuli: Keyin u BTC yordamida to'lov qilishni tanlaydi.
3. QR kodni skanerlash: Restoran ekrani Bitcoin Lightning Wallet orqali to'lovni amalga oshirish uchun QR kodni ko'rsatadi. Foydalanuvchi o'z telefonidagi ilova orqali bu kodni skanerlaydi.
4. To'lovni tasdiqlash: To'lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, ekranda "Rahmat" va buyurtma raqami ko'rsatiladi.

🫴 Ikki tomon uchun ham hech qanday ovoragarchiliksiz va banklarning otni kallasidek foizlarisiz. Hali kriptovalyutalar orqali doʻkonlardan boʻxonka ham olamiz.🍞

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🙉13🔥10❤6
📈 The Blockchain Group Aksiyalari +1100% ga oshdi.

🇫🇷 Fransiyaning "The Blockchain Group" kompaniyasi Bitkoin Zaxira strategiyasini boshlaganidan so‘ng, 6 oy ichida aksiyalari 1100% ga ko‘tarildi.

📅 2024-yil dekabrdan 2025-yil mayigacha bo‘lgan davrda kompaniya aksiyalari keskin o‘sdi. Bitkoinni strategik zaxira qilayotgan kompaniyalarning barchasida ushbu tendensiya kuzatilgan.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28⚡10❤6
🚑 Nasdaqda ro‘yxatdan o‘tgan Basel Medical Group (BMGL) kompaniyasi $1 milliardga Bitkoin sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

🤝 Bitim aksiyalar almashinuvi orqali, yirik investorlar va kriptovalyuta sohasidagi boy shaxslar bilan joriy chorakda yakunlanadi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤7🔥7
😱 Bozorda yangi vahima: Moody's AQSh reytingini AAA dan AA1 ga pasaytirdi. Bu bozorlarga ta’sir qiladimi?

📝 Kecha Moody's AQSh kredit reytingini AAA dan AA1 ga tushirdi. Sababi — AQShning o‘sib borayotgan qarzlari va foiz xarajatlari. Ammo ekspert Jim Bianco bu holat bozorlarga jiddiy ta’sir qilmaydi, deydi. Nima uchun?

🔹 2011-yilda nima bo‘lgandi? S&P AQSh reytingini pasaytirganda bozorlarda katta shovqin bo‘ldi, chunki shartnomalar faqat AAA reytingli qog‘ozlarni ishlatishga ruxsat berardi.
🔹 Keyin nima o‘zgardi? Shartnomalar qayta yozildi: endi AQSh qimmatli qog‘ozlari reytingidan qat'iy nazar ishlatiladi.
🔹 2023-yil misoli: Fitch reytingni pasaytirganda bozorlar deyarli ta'sirlanmadi.

🧐 Bianconing fikricha, Moody'sning bu pasaytirishi faqat “texnik” xususiyatga ega va investorlar qimmatli qog‘ozlarni sotishga majbur bo‘lmaydi. Shu sababli, dushanba kuni bozorlar barqaror bo‘lishi kerak. Ammo ba'zi foydalanuvchilar hozirgi iqtisodiy vaziyat (qarzlar, inflyatsiya, obligatsiyalardagi zaiflik) tufayli fond bozori 2-3% tushishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18😱5🙉4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥 PocketFi 2.0 haqida.

🧬🤑 PocketFi 2.0 endi TON Connect orqali Solana tokenlarini savdo qilish imkonini beradi. Bu yangi versiya TON jamoasi uchun Solana imkoniyatlarining to'liq potensialini ochib bermoqda

Asosiy xususiyatlar:

➡️ Solana shart emas
Solana tarmog‘iga almashtirish va to‘ldirish uchun SOL ushlab turish shart emas. Hammasi oddiy: to‘lovlar USDC stabilkoinida.

➡️ Autopilot Solana aktivlari uchun
Muntazam sotib olishlarni sozlashingiz mumkin — har kuni, har hafta yoki oyda bir marta. Narxni avtomatik ravishda o‘rtacha qilish uchun qulay usul.

➡️ Aqlli marshrutlash + avtomatik slippage
PocketFi 2.0 Solana protokollari orqali eng yaxshi kursni tanlaydi va slippage qiymatini bozor sharoitlariga qarab o‘zi sozlaydi. Barchasi tez va qulay bo‘lishi uchun.

➡️ Kalit so'zlar (seed phrase)ni eksport qilib Solana hamyonni ulash
Sizning hamyoningiz — sizning nazoratingiz. Seed phrase-ni har qanday vaqtda sozlashlar orqali eksport qilishingiz mumkin.

➡️ Referal tizimi 2.0
Do‘stlaringizni taklif qilib ularning savdo komissiyalaridan 30% gacha ishlashingiz mumkin.

Qo'shimcha xususiyatlar:
• TON va Solana o‘rtasida bir zumda o‘tish asosiy ekranda mavjud.
• Barcha operatsiyalar, shu jumladan to‘ldirishlar va Autopilot sozlamalari "Tarix" bo‘limida ko‘rsatiladi.
• PnL'ni "Aktivlar" bo'limidan "Ulashish" tugmasi orqali boshqalar bilan baham ko‘rish mumkin.
• Token ma’lumotlarini ko‘rish va sevimlilarga qo‘shish imkoniyati endi bir oynada jamlangan.
• Eng yaxshi kurs Solana DEX orqali aqlli marshrutlash tufayli ta’minlanadi.
• Slippage qiymati bozor sharoitlariga qarab avtomatik ravishda sozlanadi.
• Tokenlar qotib qolmaydi — jamoa ijara va foydalanilmayotgan akkauntlarni tozalashni o‘z zimmasiga oladi.


🗿 Keyingi qadam listening. Manba izohda 👇

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥5🤣5❤3🍾3🙉3👀1