Bitcoinjon
5.76K subscribers
4.94K photos
707 videos
3 files
2.31K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
Bitcoinjon
🥹 Blum airdrop shartlarini va 2-3 choraklar uchun yoʻl xaritasini e'lon qilibdi. 😐 Airdrop olish shartlariga koʻra sizda kamida: - 100K BP; - 2 ta referral; - 750 MP yoki Proof of Activity bajarilgan boʻlishi kerak ekan. 🤕 Galvars Spermiks haliyam tuzalmaganini…
🤝 "Berganicha bersin lekin nimalarni bajarib qoʻyishim kerak?" deganlar uchun:

1. 100K BP dan oshirib qoʻying.
2. Umuman odam qoʻshmagan boʻlsangiz 2 ta qoʻshib qoʻying.
3. Ancha vaqtlar oldin haftada bir marta 0,5 TON toʻlab "Proof of Activity" qilgan boʻlsangiz MP (meme point) shartmas. Agar toʻlamagan boʻlsangsiz @BlumCryptoTradingBot da tokenlarni olib sotib bemalol 750 MP yetkazib qoʻysangiz boʻladi.
4. Kuniga 1-2 marta kirib "check in" qilib qoʻying.

🤝 Qolganlarini koʻpaytirish menimcha ortiqcha.

Kanal | Chat | Music
🔥27👍18🫡16
🇺🇸 Tramp barcha davlatlar uchun oʻzaro bojlarni joriy qilishini e'lon qildi.

🏦 AQSh barcha importlarga minimal 10%, shuningdek barcha import qilinadigan avtomobillarga 25% bojlar kiritadi.

💸 Yuqori bojlar joriy qilingan davlatlar:
- Kambodja 49%
- Vietnam 46%
- Tailand 36%
- Xitoy 34%
- Shveysariya 31%
- Janubiy Koreya 25%
- Yaponiya 24%
- Yevropa Ittifoqi 20%

📈📉 Bitkoin yangilik fonida $88000 narxgacha koʻtarilib keyin yana quladi. Volatillik haliyam juda yuqori.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙉17💯7👍5👀2❤1
Bitcoinjon
🇺🇸 Tramp barcha davlatlar uchun oʻzaro bojlarni joriy qilishini e'lon qildi. 🏦 AQSh barcha importlarga minimal 10%, shuningdek barcha import qilinadigan avtomobillarga 25% bojlar kiritadi. 💸 Yuqori bojlar joriy qilingan davlatlar: - Kambodja 49% - Vietnam…
📉 PI tokeni oʻzini Kombodja davlati deb oʻylayapti.

📉 S&P 500 ham PumpFundagi memkoinlar grafigini hosil qilyapti. Oxiri baxayr boʻlsin. 🤲

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣43🙉6👀4👍3💋1
🏦 Oʻzaro bojlarning toʻliq roʻyxati.

🤝 Chap tomonda boshqa davlatlar tomonidan AQShga qoʻllanib kelinayotgan bojlar, oʻng tomonda AQSh javob tarzida joriy qilgan bojlar.

🇨🇦🇲🇽 Kanada va Meksikaga hozircha oʻzaro bojlar joriy qilinmagan.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫡17🙉6👍5🤣5👀1
📹 Qiziqarli fakt: Tramp barchaga bazaviy 10% boj joriy qilgani uchun roʻyxatga Xerd va Makdonald orollari ham kirib qolibdi.

🐧 Ma'lumotlarga koʻra u yerda faqat pingvinlar yashaydi va orollarda bitta ham odam yoʻq ekan. Shunday ekan agar pingvinlar AQShga mahsulot eksport qilsa 10% boj toʻlashi kerak boʻladi.

⌚️ AQSh bazaviy import bojlari barcha uchun 10% va u 5-apreldan kuchga kiradi. Oʻzaro bojlari esa javob bojlari boʻlib ular yuqori foizlarda va 9-apreldan kuchga kiradi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣79🙉8👍5💋5🎉2
Bitcoinjon
🇺🇸 AQSh Kongressiga kriptovalyutalar bilan bogʻliq 2 ta qonun loyihasi kiritilgan. 1. "Stabilkoinlarni tartibga solish" qonun loyihasi GENIUS Act. 2. "Startegik Bitkoin Zaxira" qonun loyihasi BITCOIN Act. 🤖 Grokni aytishi boʻyicha agar qonun loyihalari Kongressga…
📑 Senat tomonidan ilgari surilgan "GENIUS Act" va Vakillar palatasi tomonidan ilgari surilgan "STABLE Act" qonun loyihalari tegishli qo'mitalar tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilindi.

• STABLE Act — Demokratlarning ko‘pchiligi va barqarorlikka urg‘u beruvchi Respublikachilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Moliyaviy barqarorlik va qattiq nazoratga e’tibor qaratadi va bu uni xavfsiz, lekin innovatsiyalarni bo‘gʻuvchi qiladi.
• GENIUS Act — Innovatsiyani qo‘llab-quvvatlovchi Respublikachilar va ba’zi Demokratlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Innovatsiya va moslashuvchanlikka ustunlik beradi, lekin xavf-xatarlarni yetarlicha bartaraf etmasligi mumkin degan tanqidlarga duch keladi.
• Ikkala qonun ham stabilkoinlarni tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan va ularning asosiy farqi — STABLE Act stabilkoinlarni bank tizimiga to‘liq singdirishni xohlasa, GENIUS Act ularni blokcheyn ekotizimda rivojlantirishga imkon beradi.

🎙️ Mazkur qonun loyihalari bo‘yicha birinchi eshituv kelasi chorshanba, 9-aprelga belgilangan.

Kanal | Chat | Music
👍14💋13⚡5👀4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☔️ Baribir endi yaxshi boʻlamiz baribir, yaxshi boʻlib ketsak kerak endi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣51💯12🙉5⚡2💋2❤1👍1
🗣 "Bozor gullab yashnab ketadi" — D. Trampning kechagi nutqidan.

1. S&P 500 fyuchers qo'llab-quvvatlash zonasini yorib o'tib ATH dan 12,66% ga quladi. Taqqoslash uchun Tramp 2018 yil boshida ham savdo urushini boshlaganida ATH dan 11,73% ga qulagan.

2. Bitkoin hozircha fond bozorlariga nisbatan yaxshi holatda turibdi agar pastdagi zonani yorib o'tsa qayerdan impuls olishi noma'lum lekin pro max vahima keltirib chiqarishi aniq. 🤲 Duoda bo'ling!

Kanal | Chat | Music
👍32🫡10💋7👀2🔥1🤣1🍾1
😱 Vahima indeksi o'tgan yil 5-avgust darajasiga yaqinlashmoqda.

🗿 Pro max vahima qilamiz masonlar shuni xohlashyapti.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣60👀19💯11👍6🎉3
📈 Pavel Durov 2021 yildagi darajasiga qaytibdi — uning boyligi $17,1 milliard.

✉️ Telegram asoschisining boyligi 2025-yilda $17,1 milliardgacha o‘sdi va bu uni Forbes ro‘yxatida 118-o‘ringa olib chiqdi.

📊 Taqqoslash uchun: 2023 yilda u $11,5 milliard bilan 151-o'rinda edi.

👨‍🦯 Choʻpni olib boshlaymiz qani u qanday qilib buni uddaladi? Obligatsiyalardanmi, Notcoindanmi yoki telegram sovgʻalaridanmi 🧐

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙉30🤣22👀12👍9🎉7
🤔 Betkoyn raqamli oltin, Ethereum raqamli neft deyishgandi menga.

👩‍❤️‍👨 Hozircha faqat aksini koʻryapman. Betkoyn fond bozor bilan rasman ajrashsa ana shu haqiqiy bayram boʻlur edi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31⚡10💯9👍2🙉1
🇨🇳 Xitoy Trampning bojlariga javob qaytardi va barcha Amerika mahsulotlariga 34 foizlik boj joriy qildi — Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi.

📉 Bitkoin o'zini Amerika mahsuloti deb o'ylab darhol kalla tashladi.

⌚️ Javob bojlari 10 apreldan kuchga kiradi.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣80🙉7👀6👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤨 Kriptovalyutalarda ko'p uchraydigan savollar.

Qancha sarmoya kiritsam bo'ladi?
Jamg'armangizni 10-15% dan ko'p bo'lmasligi tavsiya qilinadi chunki riskli aktivlarda pulingiz yo'q bo'lib ketishi ehtimoli katta, kutiladigan foyda ham shunga yarasha. Yo'qotishga achinmaydigan pulingiz bilan kirsangiz narxlarning qisqa muddatli tebranishlarida asablaringiz joyida bo'ladi.

Qachon kirsam bo'ladi? Kirishga hech qachon kech emas muhimi qancha summa kiritishingiz va qancha vaqt kuta olishingiz. Masalan altkoinlarda hali hech qanaqa jiddiy o'sish kuzatilmadi hatto o'tgan yil oxirida ham.

Men narx ko'tarilganida sotib tushganida yana sotib olib hammani boplab adabini berishni xohlayman, shunaqa qilsam bo'ladimi? Shunaqa ahmoqona savollar juda ko'p beriladi lekin bu orqali uzoq muddatda sizni faqat pro max zararlar kutadi. Aktivni sotib olgandan keyin faqat o'zingiz ko'zlagan maqsadgacha kutish kerak.

Qaysi kriptovalyutalarni sotib olsam bo'ladi? Bu yerda ham sizning sarmoyangiz miqdori va kutish vaqti muhim. Agar sarmoyangiz katta bo'lsa BTC, ETH eng to'g'ri yechim. Agar chevara, evara, tomdan itarvoradiganlarga vasiyat qilish niyatingiz bo'lsa ham shunday. O'rtacha sarmoya bo'lsa TOP 100 altkoinlar eng to'g'ri yechim.

Riskni kamaytirish uchun nechtagacha altkoin sotib olsam yaxshiroq? Tajribangiz kam bo'lsa 4-5 har xilidan, agar yetarli tajribaga ega bo'lsangiz 2-3 dan ortig'i kerakmas.

U bloger bunaqa deyapti bu bloger bunaqa deyapti kimga quloq solsam bo'ladi? Hammasi To'xtaniyoz otani kolbasasini yeydi, bozorni qayerga ketishini Uorren Baffet ham bilmaydi. Bozorni faqat tahlil va taxmin qilish mumkin lekin u hech kimni chizgan chizmalariga qarab yurmaydi. Quloq solsa bo'ladigan yagona odam bu faqatgina o'zingiz chunki sizni sharoitingizni o'zingizdan boshqa hech kim yaxshi bilmaydi.

Fyucherslarga qanaqa qaraysiz? Salbiy chunki u yerda 99,99% odamni kosasi oqarmaydi, kosasi oqaradiganlar esa qora xalq vakili emas. Shunday ekan bu yo'lga aslo kirmaslikni va treydingdan $1 ni $1 million qildim degan lo'ttibozlardan uzoqroq yurishni tavsiya qilaman. Yaxshi ishlaydigan oddiy strategiya bu spotda 10% imkoniyatlaringizni ishga solib 90% sabr bilan kutish.

Men kriptovalyutalarga sarmoya kiritishni xohlamayman lekin menga boshqa qanaqa foydali jihati bor? Marhamat siz uchun ham USDT, USDC degan AQSh dollari bilan 1 ga 1 yuradigan stabilkoinlar bor va ularni bir manzildan boshqa manzilga o'tkazganingizda banklardan ancha kam komissiya oladi. Bir ishlatib ko'ring aniq aytaman boshqa bank xizmatlaridan foydalanmaysiz.

🫴 Yana shunaqa g'alati savollar bo'lsa marhamat...

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍66🤣32🔥16💯4💋2🫡221
📈 AQShda ishsizlik darajasi oʻtgan oydan oshib 4,2% boʻldi.

👌 Hozirgi vaziyatda bu yaxshi chunki ishsizlik darajasi oshishi FED'ni stavkani tushirishga undaydi.

🗣️ Shuningdek bugun bizning vaqt bilan soat 20:25 da FED raisi J. Pauell nutq soʻzlaydi. Shu vaqtda volatillik yana yuqori darajada boʻlib ur-yiqit boshlanishi mumkin.

Kanal | Chat | Music
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🤣17👀6⚡2💋2🫡2
🗣️ Donald Tramp FED raisi J. Pauellga oʻz ijtimoiy tarmogʻi orqali murojaat yoʻlladi.

🫴 Murojaatda shunday deyilgan: Bu FED raisi Jerom Pauell uchun foiz stavkalarini pasaytirish uchun ideal vaqt. U har doim "kechikadi", lekin endi u o'z imijini tezda o'zgartira oladi. Energiya narxlari pasaygan, foiz stavkalari pasaygan, inflyatsiya pasaygan, hatto tuxum 69% ga pasaygan va ish o'rinlari ko'tarilgan, hammasi ikki oy ichida — Amerika uchun katta gʻalaba. Jerom foiz stavkalarini pasaytiring va siyosat bilan oʻynashishni toʻxtating!

Kanal | Chat | Music
💯28👍17🔥11💋3👀2