Bitcoinjon
5.89K subscribers
4.89K photos
691 videos
3 files
2.32K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
Bitcoinjon
#mavzu Kriptovalyuta tokenlarining turlari 2-qism. …
BUSD (Binance birjasi steyblkoini)ni qo’shmaganim sababi u ko’p birjalardan “delisting” qilinyapti ya’ni olib tashlanyapti.

@bitcoinjon
👍6🎉1😐1
QIZIQARLI FAKT: 6 yil oldin Bitkoin ilk bor 10 000 dollarga yetgan edi.

@bitcoinjon
👍11
Bitcoinjon pinned «#mavzu Kriptovalyuta tokenlarining turlari 2-qism. …»
⚡️ Binance joriy yilning
15-dekabridan o‘z steyblkoini BUSDni qo‘llab-quvvatlashini to‘xtatib, to‘liq delisting (ro’yxatdan chiqarish) qiladi.

@bitcoinjon
🤝5👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ooo bratim 😂


@bitcoinjon
🤣19👍4🤝4👎1
Hammaga xayrli tong! Kecha Shveytsariyaning Pando Asset aktivlari boshqaruvchisi Bitcoin Spot ETF da’vogarlari ro’yxatiga qo’shildi.

@bitcoinjon
👍5❤‍🔥1❤1
⚡️ 🇵🇭 Filippin mamlakatda Binancega kirishni bloklamoqchi.

@bitcoinjon
🤬10👍2
🤣Kepkaga nechchi? Keyin ekrandagi odamni kim taniydi?

@bitcoinjon
😁19👍7😱5
#mavzu

Kriptovalyuta tokenlarining turlari 3-qism: Utility tokenlar.

Utility tokenlar (foydali tokenlar)
- Bular ma'lum bir blokcheyn loyihasi doirasida o'ziga xos qo’llanishga ega bo'lgan aktivlardir. Ushbu tokenlarning egalari kengaytirilgan xizmatlar va imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo’lishadi. Utility tokenlar ko'pincha tangalarni dastlabki chiqarish (ICO) paytida qo'llaniladi va ma'lum bir loyiha hamjamiyatiga odatda bir necha raundlar doirasida taklif etiladi. Bunday tokenlar egalari loyiha bilan bog'liq xizmatlar va mahsulotlardan erta foydalanish huquqiga, ba'zan esa boshqa imtiyozlarga ega bo'lish huquqini ham oladi. Bunday yondashuv kompaniyalarga o'z mustaqilligini yo'qotmasdan moliyalashtirish imkonini beradi. Biroq, utility tokenlar ICO-lardan tashqari ham qo’llanilishga ega. Agar faoliyati blokcheyn bilan bog'liq bo'lgan kompaniya qo'shimcha moliyalashtirishga muhtoj bo'lsa, u bu maqsadda utility tokenlardan foydalanishi mumkin. Utility tokenlar loyihani moliyalashtirish bilan bog'liq bo'lmasligi, masalan ular kompyuter o'yinlarida ishlab topilishi va undagi ba'zi bonuslarni olish imkoniga ega bo’lish ham mumkin. Utility tokenlar egalari oddiy foydalanuvchilar uchun mavjud bo'lmagan loyiha funksiyalaridan foydalanish huquqiga ega bo’ladilar. Bundan tashqari, Utility token egalari blokcheyn platformasining mahsulot va xizmatlariga chegirmalarni, shuningdek tokenlarni steyking qilish orqali uning ishlashini ta’minlaganliklari uchun mukofotlarni olishadi. Utility tokenlar tranzaktsiyalarni to'lash va smart kontraktlarni joylashtirish uchun ham ishlatiladi. Bularning barchasi yangi foydalanuvchilarni birjalarda utility tokenlarni sotib olishga undaydi, bu ularning qiymatini oshiradi (ayniqsa, kichik cheklangan taklif bo'lganda).

Utility tokenning turlari:

Utility tokening klassik namunasi Brave brauzeri tomonidan reklama xizmati platformasining to’lov vositasi sifatida foydalaniladigan Basic Attention token (BAT)idir. Yana bir misol bu Filecoin - har qanday foydalanuvchiga tarmoqda ma’lumotlarni saqlash qurilmasining bo’sh joyini ijaraga olish va berish imkonini beruvchi markazlashmagan saqlash tarmog'i (iCloud yoki Google Cloudning blokcheyndagi analogi)dir. Ma'lumotlaringizni bitta kompaniyaga ishonib topshirish o'rniga, uni butun dunyo bo'ylab turli xil kompyuterlarda saqlashingiz mumkin, Filecoin esa buning uchun to’lov vositasi bo’lib xizmat qiladi.

Xulosa

Hozirgi kunda utility tokenlar juda ko’p va oxirgi vaqtlarda ularning foydalilik darajasiga qarab ularga bo’lgan talab ham yuqorilab bormoqda.

@bitcoinjon
👍16🙊2⚡1🔥1
Ko'pchilik Bitcoin investorlar kichik o’yinchilar bo’lib, ular 0,01 BTCga yoki bugungi kurs bo'yicha 377 dollardan kam bo'lgan sarmoya egalaridir. Kripto hamjamiyatida bunday odamlar deyarli 75 foizni tashkil qilar ekan. Menga o’xshaganlar ko’p ekanku sizlar kulaverasizlar. 😎💪

@bitcoinjon
😁31👍6❤1
Bitcoinjon pinned «#mavzu Kriptovalyuta tokenlarining turlari 3-qism: Utility tokenlar. Utility tokenlar (foydali tokenlar) - Bular ma'lum bir blokcheyn loyihasi doirasida o'ziga xos qo’llanishga ega bo'lgan aktivlardir. Ushbu tokenlarning egalari kengaytirilgan xizmatlar…»
🧑‍⚖️CZ AQShning sobiq federal prokurori Metyu Diggsni advokat sifatida yolladi. U 23 fevral kuni bo'lib o'tadigan mahkamada CZni himoya qiladi.
▪️ Diggs shov-shuvli “oq yoqa” ishlari, shuningdek investitsiya va soliqqa oid firibgarliklar bo’yicha 15 yillik tajribaga ega.

@bitcoinjon
👍13❤4
⚡️HOZIRGINA: MicroStrategy 600 million dollarga yana 16 130 BTC sotib oldi. Bungacha ushbu kompaniya o’rtacha $30 000 narxda sotib olingan 158 400 BTCga edi.

@bitcoinjon
👏14👍6🤡3🐳3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤵🏻👰🏻‍♀️

@bitcoinjon
😁15☃2👍1🤣1
Neftni ham kuzatib turish kerak chunki neft bu iqtisodiyotning asosiy g’ildiraklaridan biri.

@bitcoinjon
✍15👍9🤓7
Hammaga xayrli tong! Qishning ilk kuni barchaga muborak bo’lsin. Shu qishning boshlanishi kripto qishning abadiy tugashi bo’lsin! 🤲
*Kripto qish - biron bir tartibga soluvchi organ yoki tashkilot tomonidan e'lon qilinmaydi. Aksincha, bu birjalar va investorlar ma’lum bir vaqtning o'zida davom etayotgan pasayishlarni ko'radigan umumiy holat.
Kripto-qishdagi pasayishlar odatda bir nechta kriptovalyutalarda va kamida uch oylik muddatda sodir bo'ladi.

@bitcoinjon
👏7👍5
Har bitkoin halvingdan keyin uning o’sish suratlari.

@bitcoinjon
🔥13👍3😁1
⚡️Bitkoin $38750ga chiqdi.
🔥26👍6
#mavzu

Kriptovalyuta tokenlarining turlari

4-qism: Meme coinlar
(hazil tangalar)

Memkoin nima?

Memkoin nima ekanligini tushunish uchun avvalo mem nima ekanligini tushunishingiz kerak. Mem - bu "ahamiyatli ma'lumotlarning kulgili yoki qiziqarli qismi, masalan sarlavhali rasm yoki video internetda ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalgan qismlarning butun guruhi". Oddiy qilib aytganda, mem - bu internetdagi hazil. Shunday qilib, memkoin ma'lum bir hazilga (mem) asoslangan raqamli valyutadir.

Eng mashhur memkoinlar qaysi?

Dogecoin
Eng mashhur memkoin bu Dogecoin (DOGE) bo'lib, u asosan Ilon Mask tomonidan Twitter orqali ommalashtirilgan. KISS solisti Gen Simmons va reper Snoop Dogg ham tangani ommalashtirishga hissa qo’shishgan lekin eng katta e’tiborni jalb qilgan odam bu albatta Ilon.
U Jekson Palmer va Billi Markus tomonidan altkoinlar o'sishini masxara qilish, internet “mem-doge”ni kriptovalyutaga aylantirish uchun yaratilgan. Ko'rinishidan memkoinlarning jozibadorligi nafaqat odamlar ulardan pul ishlashlari mumkinligi balki ular go'yoki odamlarga yordam berishidadir.
Dogecoin hamma uchun foydali bo'lgan tanga sifatida joylashtirilganligi sababli, internetda u odamlarga qanday yordam berganligi haqidagi hikoyalar tarqalgan. Masalan uning yordamida Yamayka bobsley jamoasini 2014 yildagi Rossiyaning Sochi shahrida bo'lib o'tgan qishki Olimpiya o'yinlariga yuborish uchun qanday pul yig'ilgani haqida hikoya bor. Keyin Keniyadagi odamlarga toza ichimlik suvi olishga yordam berish uchun "Doge4Water" kampaniyasi boshlangan.
DOGE hozirda CoinMarketCap ma'lumotlariga ko'ra bozorda
9-o'rinni egallaydi. Barcha memkoinlar ichida DOGE eng mashhuri hisoblanadi. Uning bozordagi ulushi deyarli 1% va bozor qiymati 12 milliard dollardan oshadi.

Shiba Inu
Keyingi eng yaxshi ko'rsatkichli memkoin Shiba Inu (SHIB) bo'lib, u bozorning 0,34 foizini egallab, kapitallashuvi deyarli 5 milliard dollarni tashkil qiladi. SHIB 2020-yil 1-avgustda Dogecoin-ga javob reaksiyasi sifatida ishga tushirilgan. Ular o'z veb-saytida o’zlarini "Dogecoin qotili" deb nomlashganini aytishgan. Shunga ko'ra SHIB ham, DOGE ham bir xil obrazga ega - Yaponiyaning Shiba Inu naslli iti. Shiba Inu shunchaki token emas, balki butun ekotizimni ifodalaydi. Ularning veb-saytida aytilishicha, "SHIB - markazlashmagan o'z-o'zidan jamiyat qurishdagi tajriba". Ushbu da'voni qo'llab-quvvatlash uchun ular ShibaSwap deb nomlangan markazlashmagan birjasini yaratgan. Ular, shuningdek, o'zlarining loyihalari maqsadlarini tushuntiruvchi texnik hujjat “white paper”ga o’xshash “woofpaper” ni e’lon qilishgan.

Xulosa
Asosiy memkoinlar shular ularga yana joriy yil boshida yaratilgan PEPEni ham qo’shish mumkin. U ham yuqoridagilar kabi shov-shuv qilinib mashhurlikka erishgan va narxi ham shu tarzda o’sgan. To’g’risi o’zim bunaqa memkoinlarni yoqtirmayman chunki juda ko’p memkoinlar yaratilgan lekin ularning sanoqlilari muvaffaqiyatga erishgan. Ko’plarining orqasida hech qanday foydalilik xususiyati yo’q. Bunaqa koin va tokenlar o’z nomi bilan hazil va unda muvaffaqiyatga erishish lotereyada jekpot yutishga o’xshaydi lekin memkoinlarni yoqtirib ularni o’rganib yuradiganlar ham ko’plab topiladi.

@bitcoinjon
👍17
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3 kunlik treyderlar 2ta qizil shamdan keyin bo’ldi bitkoin 10Kga qulaydi desa.

@bitcoinjon
🤣28👍4😁2