Bitcoinjon
5.89K subscribers
4.89K photos
691 videos
3 files
2.32K links
Kriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost.

Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
Download Telegram
#mavzu

Kriptovalyuta tokenlarining turlari 1-qism: NFT tokenlar.


NFT token nima?

NFT (inglizcha “non-fungible token”, tarjimasi — «almashtirilmaydigan token») eng mashhur kripto tokendir. NFT yagona nusxada mavjud bo‘ladi. NFT kriptovalyuta emas. NFT ko‘rinishidagi tokenlar bo‘linmaydi va o‘ziga xos virtual birlik hisoblanadi. Ularni sotib olish, sotish, sovg‘a qilish yoki yo‘q qilish mumkin. Ya’ni NFT o‘ziga xosligiga qarab, ma’lum bir qiymatga ega. NFT-tokenlar o‘zida istalgan axborotni saqlashi mumkin, ya’ni bu rasm, gif-animatsiya, video, audio yoki boshqa shu kabi elementlar, jumladan, sportga aloqador kartochkalar, virtual o‘yinlardagi turli xil elementlar ko‘rinishida bo‘ladi. Token o‘zida muallif hamda unga egalik qiluvchi haqida ma’lumotni saqlaydi. Blokcheynda tokenning yaratilishidan boshlab, oxirgi sotilishi yoki yo‘q qilinishigacha bo‘lgan tarix qayd etiladi. Masalan Bitkoinni qismlarga, ya’ni satoshilarga ajratib bo‘lsa, NFT tokenni qismlarga ajratib bo‘lmaydi va u to‘liqligicha ma’lum qiymatga teng bo‘ladi, yoki biror rassom chizgan suratni qismlarga ajratib bo‘lmaydi — NFT ham xuddi shunday, bunday tokenlar ham ijod mahsuli. NFT raqamli hamyonlarda (crypto wallet), aynan kim unga egalik qilsa shu insonning hamyonida saqlanadi. Muallifda esa faqat mualliflik huquqi qoladi. NFT tokenning aslligini va uning egasini tokenning kodidan bilib olish mumkin. Boshqa foydalanuvchilar esa uning nusxasini ko‘chirib olishlari mumkin, ammo nusxasi hech qanday qiymatga ega bo‘lmaydi, tokenni faqat haqiqiy egasi sotishi mumkin.

NFT nima uchun kerak?

Birinchi navbatda odamlar bunda pul ishlashlari mumkin ya’ni masalan rasm chizib sotish. Shuningdek, NFT-tokenlarni sotib olish orqali odamlar o‘zlari yoqtirgan ijodkorni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Shuningdek foydalanuvchilar ulardan ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda “avatarka” o‘rnida foydalanishadi. NFT-tokenlar virtual o‘yinlarda ham mavjud bo‘lib, ular o‘yindagi qurol, qahramon yoki obraz ko‘rinishida sotiladi. Shuningdek, misol uchun, siz mashhur suratning raqamlashtirilgan versiyasining virtual maydondagi to‘laqonli egasi yoki hammuallifi bo‘lishingiz ham mumkin. Bitim tuzilganidan so‘ng, tokenda rasmga egalik qilish huquqi qo‘lga kiritiladi, ushbu ma’lumot esa barcha foydalanuvchilarga ko‘rinadi. Shuning uchun ushbu raqamli sertifikat san’at asariga egalik qilish huquqi ma’lum bir shaxsga berilganligini ko‘rsatib turadi.

U qachon paydo bo'lgan?

Ma’lumotlarga ko‘ra bunday turdagi tokenlarni hozirgidek yo‘l bilan sotish va egalik qilish imkoni 2017 yilda Ethereum blokcheynida smart-kontraktlar orqali yo’lga qo’yilgan. 2018 yilda Rare Digital Art Festival auksionida Gomer Simpson ko‘rinishidagi pepe-mem 38 ming dollarga sotilgan. Ammo ko‘pchilik ilk haqiqiy NFT token sifatida kriptopanklarni tan olishgan. Ushbu tokenlar 24×24 o‘lchamiga ega 10 mingta o‘ziga xos, bir-biridan farq qiladigan personajlar tasvirlaridan iborat. Kriptopanklar NFT tokenlari dastlab 10 Ethereum qiymatigacha (o‘sha paytda 3 ming dollarga teng), keyinchalik esa kamida 35 ming dollarga teng qiymatga baholana boshladi. 2020−2021 yillarga kelib kriptopanklarni bu narxdan arzonroqqa sotib olib bo‘lmasdi. Personaj qanchalik noyob hisoblansa, u shunchalik qimmat bo‘ladi.

Xulosa

Qisqa qilib aytganda, NFT-tokenlar:
Bitkoin yoki boshqa kriptovalyuta turlaridan farqli o‘laroq, har bir NFT-token o‘ziga xos xususiyatga ega;
NFT-tokenlar san’at predmetlarining hamda kolleksiya qilish mumkin bo‘lgan san’at namunalarining raqamli ko‘rinishlarini yaratish uchun juda mos keladi;
Tokenlar maxsus ayriboshlash maydonlardagi ikkilamchi bozorda sotilishi va sotib olinishi mumkin. Hozirda NFT marketpleyslari ichida eng mashhuri bu opensea.io hisoblanadi. Siz u yerga kirib ro’yxatdan o’tib , xohlasangiz o’z chizgan rasmlaringizni sotuvga qo’yishingiz mumkin. *Rassom tanishlarga tashlab qo'ying.

@bitcoinjon
👍182
Bitcoinjon pinned «#mavzu Kriptovalyuta tokenlarining turlari 1-qism: NFT tokenlar. NFT token nima? NFT (inglizcha “non-fungible token”, tarjimasi — «almashtirilmaydigan token») eng mashhur kripto tokendir. NFT yagona nusxada mavjud bo‘ladi. NFT kriptovalyuta emas. NFT ko‘rinishidagi…»
12+ Spot Bitcoin ETFlar ishga tushishga tayyor! Yo'lda faqat bitta odam turibdi...
Tanishing bu odam Gary Gensler SEC rahbari. O’lgudek qaysar odam lekin ishini puxta qiladi.

@bitcoinjon
👍20💋1👀1
💰 Tether USDT bozor kapitalizatsiyasi $90 milliardlik marraga yetish arafasida. 🚀

@bitcoinjon
👍7🐳3👨‍💻3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bitkoinchilar VS aksiya treyderlari

@bitcoinjon
🤣19🌚3👍1👻1
Buzib o’taqol endi shu liniyani bitkoinjon🙏

@bitcoinjon
🔥14👍5😭5🌭3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
40K narxdan past bo’lgan BTCga oxirgi marta tikilib qarayotganingda…

@bitcoinjon
😁14👍3🤝1🦄1
Ha mayli uni buni qo’yib o’zimizni mavzuga qaytamiz. Agar BTC ertalabgacha 40Kni ursa va siz ushbu postni o’zingizga o’xshagan kamida 1ta tanishingizga jo’natsangiz 100 USDT mendan. Skrin qilib qo’ying faqat keyin lichkaga tashlab berasiz. Kim ko’piga jo’natsa o’sha g’olib bo’ladi.

@bitcoinjon
👍20🙈1🤝1
Hammaga xayrli tong! Tunda SEC 1,5 trillion dollarlik aktiv boshqaruvchisi Franklin Templetonning spot Bitcoin ETF ilovasini kechiktirdi.

@bitcoinjon
👨‍💻7👍3✍2
🤣28👍4😢1
⚡️HOZIRGINA: Krishtianu Ronaldu Binance kompaniyasini reklama qilgani uchun sudga berildi.

@bitcoinjon
🤡28👎15🤷‍♂11👍5🤬5👀2
Qo'rquv va ochko'zlik indeksi bugungi kunda 72 ga yaqin - ochko'zlik zonasida. *Qo'rquv va ochko'zlik indeksi fond bozori harakatlarini o'lchash va qimmatli qog'ozlar bahosi adolatli yoki yo'qligini baholash usulidir. Nazariya mantiqqa asoslanadi: haddan tashqari qo'rquv aksiyalar narxining pasayishiga olib keladi, haddan tashqari ochko'zlik esa teskari ta'sir ko'rsatadi.

@bitcoinjon
🤣9👍4🤔3👻3
#mavzu

Kriptovalyuta tokenlarining turlari 2-qism.


Stablecoin nima?


Stablecoin (inglizcha, stable — barqaror, coin — tanga) ya’ni barqaror tanga. Steyblkoin - bu AQSh dollari kabi fiat valyutasiga bog'langan kriptovalyuta turi.

U nimaga yartilgan?


Steyblkoinni yaratishdan maqsad boshqa kriptovalyutalarga nisbatan barqarorroq va kamroq oʻzgaruvchan muqobil taqdim etish bo’lgan. Steyblkoinlar ko'pincha tovarlar va xizmatlar uchun to'lov vositasi sifatida ishlatiladi. U xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish uchun ham juda qulay. Juda past tranzaksiya to'lovlari tufayli ular PayPal, Visa, Western Union kabi mashhur pul o'tkazmalari xizmatlariga muqobil bo'lishi mumkin. Ya’ni uning komissiya to’lovlari bank tizimidagidan ancha past.

Ularning qanday turlari bor?


Steyblkoinlar mavjud va mashhur blokcheynlarda ommalashgan bular Ethereum, Tron, BSClardir. Coinmarketcap sayti ma’lumotlar bo’yicha steyblkoinlar turlari: USDT (Tether), USDC (Circle usd), DAI, TUSD (True USD), FDUSD (First Digital USD), USDP (Pax Dollar). Bulardan eng ishonchlisi va ommabopi boshidagi ikkitasi hisoblanadi. Chukni ularning naqd dollardagi banklardagi rezervi ko’p va shaffof, ular o’z veb saytlarida rezervlar miqdorlarini va ulushlarini ko’rsatgan. Masalan Tetherni saytidan ko’rishingiz mumkinki ularning rezerv aktivlari 85,7% naqd AQSH dollarida banklarda, 5,98% kafolatlangan kreditlarda, 3,65% qimmatbaho metallarda, 2,61% boshqa investitsiyalarda, 1,92% bitkoinda, 0,1% korporativ obligatsiyalarda saqlanadi. Bu juda muhim chunki 2022-yilning 8-mayidan 11-mayigacha Terra kriptovalyutasi (LUNA) bir kun ichida o‘z qiymatining 86 foizini yo‘qotib, unga tegishli UST platformasining USTC steyblkoini ham qulagan edi. USTCning shunaqa rezerv aktivlari bo’lmagan u shunchaki pufak steyblkoin bo’lgan va qiymati deyarli nolga tenglashdi ya’ni o’sha vaqtda kimdir $1 millionga 1 million USTC sotib olgan bo’lsa uning qiymati nolga tushgan.

Xulosa

Kriptovalyutachilar ushbu steyblkoinlarni asosan Spot bozorida boshqa kriptovalyutalarni sotib olish va sotishda, Fyuchers bozorida ishlatishadi. Shaxsan o’zimga Tron blokcheynidagi USDT yoqadi ancha tez va komissiyasi arzon.

@bitcoinjon
👍10🤓2
Bitcoinjon
#mavzu Kriptovalyuta tokenlarining turlari 2-qism. …
BUSD (Binance birjasi steyblkoini)ni qo’shmaganim sababi u ko’p birjalardan “delisting” qilinyapti ya’ni olib tashlanyapti.

@bitcoinjon
👍6🎉1😐1
QIZIQARLI FAKT: 6 yil oldin Bitkoin ilk bor 10 000 dollarga yetgan edi.

@bitcoinjon
👍11
Bitcoinjon pinned «#mavzu Kriptovalyuta tokenlarining turlari 2-qism. …»
⚡️ Binance joriy yilning
15-dekabridan o‘z steyblkoini BUSDni qo‘llab-quvvatlashini to‘xtatib, to‘liq delisting (ro’yxatdan chiqarish) qiladi.

@bitcoinjon
🤝5👍1