Shokir Tursun qarashlari
5.9K subscribers
857 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Shokir Tursun qarashlari
Hurmatli ustozlar! Kecha vazirlikda boʻldim. Siz bilan qoʻllayotgan baholash modelimiz hozircha tasdiqlanmadi. Shuning uchun hozircha hamma oʻzi istagan usulda nazorat ishi oʻtkazib turaversin. Model tasdiqlangach oʻzim xabar qilaman. Sizlarni ovora qilmoqchi…
Baholash masalasini tez kunlarda hal qilamiz. Yo u yoqlik, yo bu yoqlik qilamiz. Vaʼda beraman, men gʻoyam uchun kurashaman (doim kurashganman ham).

Biz faqatgina baholashning shakli haqida emas, mazmuni haqida ham qaygʻuryapmiz.

Kechagi konflikt ham diktantni xulosaviy (summativ) baholash uchun ishlatish borasida chiqdi.

Men diktantning baholash uchun maʼqul usul emasligini, undan dars davomida yoki formativ baholashda foydalanish maʼqul boʻlishi haqida koʻp gapirganman.

Diktant shaklan va mazmunan hozir biz rivojlantirayotgan koʻnikmalarni baholab bera olmaydi. Summativ baho bu hukm ekanini hisobga olsak, endi ona tili boʻyicha maʼlum davr uchun hukmni faqat imlo va punktuatsiyaga qarab (diktant bilan faqat shuni baholash mumkin) oʻqish xato ekani aksiomaga aylanib boʻlgan.

@birgap
👍27👏1
AXBOROT XATI_16.11..pdf
436.9 KB
Assalomu alaykum! 16-noyabr kuni Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Ona tili va adabiyot hamda uni oʻqitishga oid konferensiya boʻlmoqda.

Barcha maʼlumotni ushbu axborot xatidan olishingiz mumkin.

@birgap
👍4
Farzandlarim.

P.S.: 10-sinf Ona tilida muallif emasman.

@birgap
👍206
Darslik yetib bormagan maktablar, xafa boʻlmanglar. Mualliflarning oʻzida ham yoʻq darslik. Faqat rasmi bor bizda.

@birgap
😁32👍7😱2
Hurmatli ustozlar!

Oʻylaymanki, kanalimda taʼlimga beeʼtibor boʻlgan odam yoʻq.

Biz hozirda Ona tili va oʻqish savodxonligi fani darsliklari hamda mashq daftarlarini qayta koʻrib chiqmoqdamiz. 1-2-3-sinflarning hammasi koʻrilmoqda.

Darslik asosida dars oʻtdingiz, real amaliyotda koʻrdingiz. Bizga sizlarning yordamingiz kerak.

1. Darslikdagi mavzularga qanday oʻzgartirish kerak?
2. Qaysi topshiriqni oʻzgartirgan maʼqul deb oʻylaysiz?
3. Mashq daftarlari bilan qanday muammolar mavjud?

Umuman olganda, darslikni yanada takomillashtirish uchun qanday taklifingiz bor.

Muammolarni darslik betini rasmga olgan holda yuborsangiz xursand boʻlardik.

Biz barchasini oʻqiymiz. Bunisiga men vaʼda beraman.

Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik!

Barchasini mana shu xabar izohlarida yozishingiz mumkin.

Diqqat! Hozircha faqat 1-2-3-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari haqida gap ketmoqda.

@birgap
👍48🤔3🥰1
Shokir Tursun qarashlari pinned «Hurmatli ustozlar! Oʻylaymanki, kanalimda taʼlimga beeʼtibor boʻlgan odam yoʻq. Biz hozirda Ona tili va oʻqish savodxonligi fani darsliklari hamda mashq daftarlarini qayta koʻrib chiqmoqdamiz. 1-2-3-sinflarning hammasi koʻrilmoqda. Darslik asosida dars…»
Qayta ishlanadigan chiqindilar_OʻK.pdf
211 KB
6-sinf. Ona tili

"Qayta ishlanadigan chiqindilar"
mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

@birgap
👍4
Qayta ishlanadigan chiqindilar_OʻK_mustahkamlash.pdf
149.8 KB
6-sinf. Ona tili

"Qayta ishlanadigan chiqindilar"
mavzusidan keyingi "Mustahkamlash" darsining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

@birgap
👍5
5. C vitamini_OʻK.pdf
181.5 KB
7-sinf. Ona tili

"C vitamini"
mavzusining oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ushbu faylni oʻquvchilar koʻrmasin, ba'zi oʻrinlarda javoblar berilgan boʻlishi mumkin.

@birgap
👍16🤯1
Toʻgʻrisi, yomgʻirni juda ham sogʻindim.

Yomgʻir beringlar menga...

Yomgʻiiiiiiiiir...

@birgap
15👍10🙏6
Shu kunlarda muhim boʻlib turgan masala haqida ikki yil oldin yozgan ekanman. Shu fikrimda sobitman.

Yana qaytaraman, hissiyot bilan tilni sevish mumkin, xolos. Uni rivojlantirish uchun kamchiliklarni tan olish va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrish kerak. Bunda hamma ishtirok etishi zarur. Hamma!

Maqolani quyidagi manzildan oʻqishingiz mumkin:

https://shokiryuldash.blogspot.com/2020/05/hissiyot-bilan-tilni-sevish-mumkin-ammo.html
👍9
Oktyabr - Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari uchun azob oyi.

Tanlovlar juda koʻpayib ketadi.

Yuzlab esse va 300ga yaqin videoni koʻrib chiqayotgan men.

@birgap
👏22🤯15👍13
Yaxshi yangilik

6-sinf Ona tili darsliklari toʻliq nashr etib boʻlinibdi. Endi tez orada hammaga yetkazilarkan.

@birgap
👍67
Bugun universitetga dars oʻtish uchun bordim. Kech kirib ketdi. 18:00lar chamasi chiqib ketayotsam, universitet qorovuli bino oldidagi daraxt barglarini uzun tayoq bilan qoqyapti.

Kuzatib turganlardan nimaga unaqa qilyaptilar deb soʻrasam "ayollari koʻcha supuruvchi boʻlib ishlaydi shu yerda" deyishdi.

Ichimda barglarni nega qoqib tushiradi, tovba, dedim-u, ortidan jilmayib ham qoʻydim. Oxir oqibat ayoliga oson boʻlishini oʻylayapti-da.

@birgap
👏77👍40🥰11😢52😁1
Bir necha soatlar oldin Toshkent havosi eng iflos shaharlar reytingida "faxrli" birinchi oʻringa chiqib olibdi.

Nimadadir birinchi oʻrindamiz.

Mana nima uchun yomgʻir, yomgʻir deyman.

Hurmatli qishloqda yashaydiganlar, men qishloqqa yomgʻir soʻramayapman. Gapimni oʻsha tomonga buravermanglar. Men shaharga soʻrayapman, qishloqqa emas.

Mobodo, xabaringiz boʻlmasa, bilib oling, shaharda yoqqan yomgʻir qishloqda yogʻmasligi mumkin, bir shaharning boshqa-boshqa tumanlarida ikki xil ob-havo boʻlganini ham koʻrganman.

Meni qishloqni oʻylamaslikda ayblashdan oldin, biroz shularni tafakkur qilinglar.

@birgap
👍20😱6🔥2😢2
Soat 23:13. Hakamlar hayʼati oʻz ishini yakunlab uyga qaytmoqda.

Oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilayotgan esselar tanlovida hakam edim. Ishlarni baholab, hamma rasmiyatchiliklarni yakunlab, uyga qaytyapmiz.

P.S.: natijalarni ertalab rasmiy kanallardan olarsizlar. Hech kim oʻzgartirib qoʻya olmaydi baribir.

@birgap
👍3
Mana shu suhbat qoldirildi.

Oʻzi bugun ona tili oʻqituvchilari hamda mualliflar oʻrtasida onlayn suhbat boʻlishi kerak edi. Oʻqituvchilardan kelgan takliflarga koʻra bu jonli suhbat 25-oktyabrga qoldirildi.

Bugun attestatsiyaga kirayotgan barcha ustozlarga omad! Alloh zehningizni oʻtkir qilsin!

@birgap
👍12
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Loikka 3-02.pdf
6.2 MB
Fin maktablari uchun 3-sinf ona tili (fin tili) darsligi namunasi. Fin tilini tushunmaganlar ham metodik yondashuv haqida tasavvur hosil qilishlari mumkin: asosiy e'tibor nutq ko'nikmalarini, xususan, matnni tushunish ko'nikmalalarini rivojlantirishga qaratiilgan. Matnni tushunish, hatto ona tilida ham, jo'n hodisa emas va uni bosqichma-bosqich rivojlantirish kerak. YUNISEF o'tkazgan taqdiqot natijalariga ko'ra, boshlang'ich maktabni bitirayotganlarning yarmidan ko'pi ta'lim olib borilayotgan tildagi matnni tushunmas ekan - bu yillar davomida noto'g'ri olib borilgan til ta'limi natijasi hamdir. Mana endi bu yondashuv to'g'rilanmoqda: misol uchun, o'zbek maktablarining 3-sinfi uchun ona tili darsligini fin darsligi bilan solishtirsangiz, materialning taqdim qilinishi va dizaynda farqlar bo'lsa ham, metodik yondashuv o'xshash ekanligini ko'rishingiz mumkin: nutq ko'nikmalari va fikrlash, tahlil qilish birlamchi.
👍16
Yaqin kunlarda zoom platformasida darslar boshlanadi. Hammani kutaman.

Sanasini alohida e'lon qilaman.

@birgap
👍31🤩2
Forwarded from Orif Tolib
Tyutor – murabbiy demak

Tilimizda oxirgi bir yil ichida paydo boʻlgan bu atama talabalarning maʼnaviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam koʻrsatuvchi mutaxassisni anglatadi.

Tyutor – inglizcha soʻz. Ingliz tiliga lotin tilidan qadimgi fransuz tili orqali oʻtgan. Taxminlarga koʻra, bu soʻzning ildizi sanskrit tiliga borib taqalishi mumkin.

Tyutor zamonaviy ingliz tilida ustoz, murabbiy, xususiy taʼlim bilan shugʻullanuvchi mutaxassis maʼnolarida qoʻllanadi.

Oʻzbek tilida oliy taʼlim muassasasi xodimini anglatadi. U talabalarning qiziqishlari, darsdan keyingi mashgʻulotlari, yashash sharoitlari kabi masalalar bilan shugʻullanadi. Bu mazmunni oʻzbek tilida shu paytgacha qoʻllanib kelayotgan murabbiy soʻzi bemalol bera oladi. Fikrimcha, tilimizda tayyor soʻz turgan paytda yana yangi atama qidirish mutlaqo ortiqcha.

@oriftolib
👍21🔥3