Ochigʻi saylovlar haqida yozmoqchi emasdim, lekin partiyalarning ahvolini koʻrib yozishga majbur boʻldim. Bildirgi biroz uzun, ammo foydali.
Bizda partiyalar ajoyib ishlaydi. Hammasining maqsadi bir, lekin oʻzlari bir emas.
Agar yutgan partiya oʻz nomiga munosib ish yuritsa, davlatimizda tuzum oʻzgarishi kerak. Lekin unday boʻlmaydi. Bizda prezident qanday tuzumni istasa oʻsha tuzum amal qiladi.
Bu safar ham shunday boʻlishi aniq. "Adolat" yutsa sotsialistik davlatga, OʻzLiDep yutsa liberal davlatga, "Milliy tiklanish" yutsa demokratlashgan, milliy qadriyatlar toʻliq qonunlashtirilgan, maʼnaviyatli davlatga, XDP yutsa toʻlaqonli demokratik davlatga aylanmaymiz. Bu fakt.
Xoʻsh, unda shuncha pul sarflab saylov oʻtkazishdan nima naf dersiz.
Qaysidir maʼnoda haqsiz. Lekin bizdagi saylovlarda (ayniqsa bu safar) bir jihat bor, u partiyadan saylanadigan odamlarning shaxsiyati, dunyoqarashi. Dunyoqarashi keng, inqilobchi, oʻz vazifasini chin dildan qiladigan deputat xalq uchun doim foydali. Uning qaysi partiyadan ekanligi qiziq emas. Ayni shu odamlar saylanishi uchun ham saylov kerak.
Saylovlarda halol hisob-kitob esa boshqa masala. Qoʻl bilan ushlamagunimcha bir nima deyolmayman.
Shuning uchun iltimos, internetga chiqib kommunal toʻlovni kamaytiramiz, stipendiyani oshiramiz, oyliklarni koʻtaramiz deyotganlarga QANDAY QILIB? degan aniq javobni talab qiling. Ularda aniq konsepsiya yoʻq. Shuning uchun oʻzingiz tanigan odamga ovoz bering.
"Adolat"chilarning bir videosini koʻrdim, odamlarni yigʻib olib stipendiyalarni, oyliklarni oshiramiz deb baqiryapti. Qanday qilib? Nimaning, qaysi budjetning hisobiga?
"Milliy"chilar ham maʼnaviyat-maʼnaviyat deb koʻngilni ozdirdi. Milliy tiklamoqchisizlar qanday qilib? Konsepsiya koʻrsating, amaliy ishlarga oʻting. Ishontiring.
Xalq havoyi gaplardan toʻygan!
Saylovchilar deputatlar bilan uchrashuvlarda yuqoridagilarni soʻrang. Aniq javob berishsa menga ham ayting.
Men OʻzLiDepga ovoz bermoqchiman, lekin hech kimga ovoz bermasligim koʻproq foizda.
Kanalga ulanish: @birgap

Stipendiya haqida yozgim kelyapti. Lekin buvim yoʻq narsa haqida yozma deganlar.
Bugun 63-kun. Insof ham kerak-da!
Kanalga ulanish: @birgap
Bugun 63-kun. Insof ham kerak-da!
Kanalga ulanish: @birgap
Oʻzbekcha klaviatura (Shokir Yoʻldosh).rar
288.2 KB
Lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosidagi oʻ va gʻ harflarini bir tugmaga joylab klaviatura dasturi yaratildi. Yuklab oling, oʻrnating va ishingizni osonlashtiring.
Kanalga ulanish: @birgap
Kanalga ulanish: @birgap
Lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosida yozganimizda oʻ va gʻ harflari doim qiynab kelgan.
Endi bunday muammo yoʻq.
Dasturni oʻrnatish uchun:
1. Oʻzbekcha klaviatura deb nomlangan arxiv faylni arxivdan chiqaring.
2. Arxivdan ochilgan papkaga kirib, "setup" fayliga sichqonchaning oʻng tugmasini bosing va "Запуск от имени администратора" boʻlimini tanlang.
3. Dastur muvaffaqqiyatli oʻrnatilgani haqidagi xabarni koʻrgach "Close" tugamachasini bosib chiqib keting.
4. Tillar boʻlimiga qarang, agar UZB degan boʻlim ochilmagan boʻlsa, kompyuterni oʻchirib yoqing.
ESLATMA: dasturni oʻrnatishdan oldin tillar boʻlimida UZB yoʻqligiga ishonch hosil qiling. Agar mavjud boʻlsa, avval, oʻchirib tashlab keyin oʻrnating.
ESLATMA: Bloknot, Notepad, Notepad++ dasturlarida tayyorlangan matn ANSII formatida saqlanadi, shuning uchun bu harflarni tanimasligi mumkin. Siz istagandek saqlanishi uchun saqlayotganda "Кодировка" boʻlimidan "Юникод"ni tanlab oling.
Dasturdan maroqli foydalaning!

Korrupsiya haqida bir nimalar dedik...
https://telegra.ph/Qush-uyasida-ko%CA%BBrganini-qiladi-11-05
Kanalga ulanish: @birgap
https://telegra.ph/Qush-uyasida-ko%CA%BBrganini-qiladi-11-05
Kanalga ulanish: @birgap
Telegraph
Qush uyasida koʻrganini qiladi
Korrupsiya tushunchasi shunchalik qon-qonimizga singib ketganki, hozir pora olmaydigan odamni koʻrsak hayron boʻlamiz. 1-kursligimda taksida qatnardim, taksichilar sessiyani necha pulga yopishim haqida savol berganda hech qanchaga deb javob berardim. Tabiiyki…
Bu safargi saylovlarga qatnashmayman shekilli. Siyosiy kuchi bor, dadil deputatlar oʻrniga bogʻcha va maktab direktorlarining nomzodi koʻrsatilyapti. Hokimning chizgan chizigʻidan chiqolmaydigan maktab direktorlari ertaga biror siyosiy iroda koʻrsata olishiga unchalik ishonmayman.
Yana xalta boʻladi shekilli🤨
Umuman olganda men ovoz berdim nima-yu bermadim nima. Baribir oʻsha direktor-u mudirlar saylanishi aniq shekilli.
Kanalga ulanish: @birgap
Yana xalta boʻladi shekilli🤨
Umuman olganda men ovoz berdim nima-yu bermadim nima. Baribir oʻsha direktor-u mudirlar saylanishi aniq shekilli.
Kanalga ulanish: @birgap
Shu kunlarda koʻp eshitayotgan va asabimni juda yuqori nuqtalarga chiqarayotgan gaplardan ikkitasi - "hokim oddiy xalq bilan uchrashdi", "davlat idoralari oddiy xalq xizmatida".
Tavba qachondan boshlab hokim oliy irq vakili-yu boshqalar oddiy boʻlib qoldi? Qachondan Choʻlpon dengiz, toʻlqin, katta kuch deb atagan xalq oʻz rahbarlari uchun oddiyga aylandi.
Tavba deyman, faqat tavba!
Oddiyroq qilib hokim xalq bilan uchrashdi desa osmon uzilib yerga tushadimi? Hokim buvalarimizning obroʻsiga gard tegadimi?

Nonning narxini dollarga bogʻlab qoʻyaylik, hozirgidan sekinroq osharmidi.
Iloj qancha chidaymiz!
Ha aytgancha STIPENDIYANI beringlar. Eslaringdan chiqib ketdimi?
Kanalga ulanish: @birgap
Iloj qancha chidaymiz!
Ha aytgancha STIPENDIYANI beringlar. Eslaringdan chiqib ketdimi?
Kanalga ulanish: @birgap
XDP boshi Ulugʻbek Inoyatovning "Toshkentda bir oila yashashi uchun oyiga 2.5 mln. soʻm yetadi" degan gapi shu kunlarda trendga chiqdi.
Meni videolardagi boshqa soʻz oʻylantirdi - "buni iqtisodchilar hisoblab chiqqan" ekani. Shunday hisoblashga quyidagi omillar sabab boʻlgandir:
1. Oʻsha odam umuman Toshkentda propiskasiz, ijarada yashash degan narsani bilmaydi.
2. Doʻkondan hech narsa sotib olmaydi.
3. Hamma narsani birjadagi ulgurji narxda hisoblaydi.
4. 2.5 mln. soʻm = 265$ ekanini bilmaydi.
5. Matematikadan yaxshi emas.
6. Iqtisodiyot universitetida (NarXoz) poraga oʻqigan.
7. Nima gapirayotganini oʻzi eshitmaydi va koʻrmaydi.
P.S: menda undan ham yaxshiroq variant bor - boshi bilan urishib qolgan.
He, seni oʻsha hisoblagich iqtisodchingayam! Shu gaplarni uyalmay aytgan, xalq vakiliman degan deputatingayam!

Bugun nega yozmayapsiz deb savol berishdi.
Stipendiya yoʻq, puling boʻlmasa koʻngilga hamma narsa ham sigʻmas ekan.
Buxgalteriya va Marketing boʻlimi xodimlari talabalar koʻziga koʻrinmay yurishingizni maslahat beraman.
Bugungi kunning eng muhim savoli:
STIPENDIYA QAYERDA?

Oʻzbek tilida jins kategoriyasi yoʻq. Shunday ekan,
Shoir - shoira,
Adib - adiba,
Kotib - kotiba,
Rais - Raisa,
Xodim - xodima kabi atamalarni qoʻllashimiz qanchalik toʻgʻri?
👍 Toʻgʻri
👎 Notoʻgʻri
Kanalga ulanish: @birgap
Shoir - shoira,
Adib - adiba,
Kotib - kotiba,
Rais - Raisa,
Xodim - xodima kabi atamalarni qoʻllashimiz qanchalik toʻgʻri?
👍 Toʻgʻri
👎 Notoʻgʻri
Kanalga ulanish: @birgap
Hozirgina "Demokratik debat"ni koʻrdim, partiyalar hamon aniq savollarga aniq javob berishni oʻrganmabdi. Saylov bu yil yangicha boʻlmaydi. Hammasi yana avvalgidek, gapni obqochadiganlar saylanadi.
Avval ham aytgandim, yana aytaman, men ovoz berdim nima, bermadim nima?
Kelinglar, yoshlar, shu saylovlarni baykot qilaylik! Agar bizdan hech kim ovoz bermasa, saylov haqqoniy oʻtgan hisoblanmaydi.

Bir jurnalist savol berdi:
Yoshlar yaratayotgan innovatsiyalarni moliyalashtirish tizimini oʻzgartirish uchun qanday taklif bor?
Hamma partiya quruq olib qochdi. Statistika aytdi. Statistikani internet orqali koʻrvolamiz!
Ularda taklif boʻlmasa, mana menda bor:
- doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikka xususiy sektor buyurtmalarini jalb qilish kerak. Qaysidir fermerga hosil olishning biror yangi usuli zarur boʻlsa, borsin, biror mustaqil tadqiqotchini moliyalashtirsin. Olam guliston.
- taʼlim tizimini amaliyotga yaqinlashtirish uchun oʻsha doktorantlar aniq maqsad bilan qabul qilinsin va 3 yilda amaliy natija bn bitirsin. Hatto ijtimoiy-gumanitar sohalar ham.
Hech birining ogʻzidan shu gap chiqmadi-ya.
Men ham nomzodimni koʻrsatsam kanalimdagi 251 odamdan qanchasi ovoz beradi?
Ovoz bermoqchi boʻlsangiz ✅ belgisini bosing.

Bolangizga SIYOSATGA ARALASHMA, SEN GAPIRMA deb tarbiya bermang. Adolat oʻrnatilishini kechiktirasiz.
Kanalga ulanish: @birgap
Kanalga ulanish: @birgap
Oʻzbek tili haqida, uni oʻqitish, rivojlantirish va xalqaro obroʻsini oshirish haqida yozging, bildirgilar qoldirging keladi. Maslou piramidasini eslaysan-u fikringdan qaytasan.
Shu yil bahorda Glinka koʻchasidagi maktabga amaliyot uchun bordik. 11-sinflarga dars oʻtgani kirdik. Men ularni qiziqtirish uchun bir nimalarni gapirib yotibman. Tashqarida esa yomgʻir. Maslou piramidasi haqida gapirar ekanman, bir oʻxshatish qildim, oʻlay agar oldindan oʻylamagandim:
"Odamning qorin gʻami qolmasagina boshqa ijtimoiy masalalarga eʼtibor qaratadi. Mana misol uchun hozir yomgʻir yogʻyapti, juda chiroyli manzara. Lekin mana shu chiroyli manzara bolasining oyogʻida etigi yoʻq ona uchun baloning oʻzi. U uchun yomgʻirning, qorning quvonchi yoʻq. Bolasining oyogʻidagi butun boʻlsagina u yomgʻirga mehr bilan qaraydi."
Oʻsha paytda oʻzim bilmay balkim rost gapni aytgandirman. Qorni och, uyida gazdan muammo bor, toʻy dardida topganini qisib yigʻib yurgan, orzulari olisda yotgan, tirikchilik uchun chet elda qor kurayotgan fuqarolarga oʻzbek tilining rivoji haqida gapirsang ensasi qotishi tabiiy.
Ularni ham toʻgʻri tushunishga harakat qilaman.
Xullas, oldin elni toʻydiraylik, qornidan ortsa qolgan masalalarni ham oʻylay boshlasa kerak. Yanayam bilmadim.