Assalomu alaykum! Ming bor uzr, bugun 23-fevral ekani yodimdan chiqib ketibdi. Ikki kundan beri uyquni mazasi yoʻq. Mana kecha uxlamagandim, bugun ertalabdan beri gʻimir-gʻimir qilib yuribman, uxlolganim yoʻq hali.
Nima demoqchiman, bugun tanlov gʻoliblarini eʼlon qilishim kerak edi, men esa sanani adashtirib yuribman. Xullas bir-ikki kun kechikadi natijalar.
Noqulaylik uchun uzr soʻrayman.
Kanalga ulanish: @birgap

Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi. Bu urush degani.
Putinning bu harakatini oqlamayman. Alloh tezroq chaqirib olishini istaydigan odamlarimdan biri bu - Putin.
Urushni koʻrmaganman, urush havosidan nafas olmaganman, lekin odam oʻlganini koʻrganman. Birgina odam, bu daxshat edi. Urushda esa bunday oʻlimlar juda koʻp boʻladi.
Duolaringizda Putinga insof, ukrain xalqiga tinchlik soʻrab qoʻying.

O‘tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobidan:
"Urushda g‘olib va baxtli podshoh, g‘olib va baxtli qo‘shin, g‘olib va baxtli davlat, g‘olib va baxtli tuzum bo‘lishi mumkin.
Ammo g‘olib va baxtli odam bo‘lmaydi. Negaki, urush odamni odam o‘ldirishga majbur qiladi. Odam o‘ldirgan odam esa hech qachon baxtli bo‘lmaydi".

Hozir Rossiyaning raketa zarbasi oqibatida chaqaloqning oʻlgani haqida oʻqidim.
Undan oldin 10dan ortiq askar oʻlgani haqida oʻqigandim.
Kimdir otasidan, kimdir akasidan, kimdir ukasidan, kimdir farzandidan ayrilmoqda.
Vladimir Ilich Iosif Putinning asl basharasi shu.
Kanalga ulanish: @birgap
Undan oldin 10dan ortiq askar oʻlgani haqida oʻqigandim.
Kimdir otasidan, kimdir akasidan, kimdir ukasidan, kimdir farzandidan ayrilmoqda.
Vladimir Ilich Iosif Putinning asl basharasi shu.
Kanalga ulanish: @birgap
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Vladimir Putin, sizga Ukraina bolalari murojaat qilmoqda, askarlaringizni chaqirib oling".
Qizcha shunday deyapti.
Toʻgʻri, bu qizga gap oʻrgatilgan, yuzidagi shilinish grim boʻlishi mumkin, lekin men ishondim, koʻzlarida alam, qoʻrquv va mung bor.
Kanalga ulanish: @birgap
Qizcha shunday deyapti.
Toʻgʻri, bu qizga gap oʻrgatilgan, yuzidagi shilinish grim boʻlishi mumkin, lekin men ishondim, koʻzlarida alam, qoʻrquv va mung bor.
Kanalga ulanish: @birgap
"GIJ-GIJ" OPERATSIYASI
Ukrain millatparatslarini rus millatiga qarshi gij-gijlaysan, keyin gʻazablangan rus millatini ukrain millatparastlariga qarshi gij-gijlaysan.
Rossiya davlatini rus millatini qoʻllash maqsadida Ukrainaga qarshi gij-gijlaysan, chora izlayotgan Ukrainani gʻarbga bor deb gij-gijlaysan.
Endi Rossiya davlatini Ukraina gʻarbga bordi deb gij-gijlaysan.
Rus millati Ukrainada davlat quradi, Rossiya ularni qoʻllaydi. Ukrainani Rossiya hududingga dahl qilyapti deb gij-gijlaysan.
Ukraina Rossiyani jigʻiga tegadi, Rossiya hujum qiladi.
Endi butun dunyoni Putinga qarshi gij-gijlaysan. Butun dunyo sanksiya qoʻllashni boshlaydi. Sanksiyalar rus xalqini qiynay boshlaydi.
Endi rus xalqini Putinga qarshi gij-gijlaysan. Putin oʻz xalqiga qarshi armiyani qoʻyadi. Armiyadagilar oʻz qarindoshlariga qarata qurol oʻqtalishga majbur.
Endi armiyani ham Putinga qarshi gij-gijlasa boʻladi. Qarabsanki, Putin yoʻq.
Putin ketgach, Rossiya konfederatsiyalari mustaqil boʻla boshlaydi.
Mayda davlatlarga maʼnaviy va iqtisodiy bosim qilish ancha oson.
Xullas shunaqa kino.
Nima boʻlganda ham, kim, qay yoʻsinda gij-gijlaganda ham kap-katta odamlar kelishib olsa boʻlardi. Yosh boladek urishmasdan.
Metroda tizza quchoqlab oʻtirgan bolakaylar bosqinchilarni unutmaydi. Akasidan, otasidan ayrilganlari-ku, rus desa nafrati qoʻziydigan boʻlib katta boʻladi. Zamonaviy dunyoga mana shunday bolalar kerak edimi?

Seni hamma yomon koʻradi, Men, doʻstim, magazinchi Gʻaybulla... otasiz qolgan Okasana, akasiz qolgan Tatyana, oʻgʻilsiz qolgan Marusya, tul qolgan Svetlana, uyi portlab ketgan Vitya... xullas, hamma yomon koʻradi!
Biz shunday vahshiymizki, urush nimaligini bilmaydigan birorta avlod tarbiyalay olmaganmiz. Mana shunday yashar ekanmiz qilolmaymiz ham.
Oldin ham aytgan edim, Alloh tezroq chaqirib olishini istaydigan odamlarimdan biri bu - Putin.

Inson qasidasi, jahonning yirik tillarida yangragan. Erkin Vohidov qalami oʻtkir ekanining yana bir isboti.
Mamlakatga mamlakat, millatga millat bo‘lsa qasd,
Qilg‘uchi so‘ng oqibat armon o‘zing, afg‘on o‘zing.
https://www.youtube.com/watch?v=gja07RcYCx4

YouTube
Ozodbek Nazarbekov - Inson qasidasi (Official Music Video)
Instagram @ https://www.instagram.com/ozodbek_axmadovich/
RizaNova ilovasini yuklab oling @ https://rizanova.uz/apps
Obuna bo'ling @ https://www.youtube.com/RizaNovaUZ
RizaNova @ Instagram https://instagram.com/RizaNovaUZ
RizaNova @ Telegram htt…

Falakning gardishi bilan bir kuni insholar tanloviga hakam boʻlib qoldim. Respublikaning barcha viloyatlaridan kelgan insholarni tekshiryapmiz. Hamma oʻzi tugʻilgan, ishlagan, yashagan viloyatning insholarini tekshirmayapti, manfaatlar toʻqnashuvi boʻlmasin deyapmiz-da (aslida bunaqa narsa ichimizda yoʻq), har holda turli gap-soʻzlar urchimasin dedik.
Qoʻlimda ........ viloyatidan yuqori ballarni olib chiqib kelgan insholar. Oʻqiyapman-u juda koʻpchiligi tanish soʻzlar. Bir gapni olaman-da gugllayman, lip etib chiqib keladi. Keyingisi, keyingisi ham shunday, pastroq ball bilan chiqqanlari esa unaqa emas.
TUSHUNYAPSIZMI? Ular inshoni koʻchirib berishgan. Bolaga yoshligidanoq koʻchirishini kim oʻrgatyapti? Kim ularga buni maslahat beryapti? Kim oʻsha koʻchirilgan insholarga baland ball qoʻyib oʻzi mehnat qilganlarga past ball qoʻyyapti?
Bitta yuqori ball olgan insho esa ingliz tilidan "Google Translate"da tarjima qilingan. Bu nimasi endi? Dastur qanday tarjima qilgan boʻlsa shunday koʻchirib berilgan, na imlosi, na uslubiy gʻalizliklari rostlangan. Oʻsha inshoga yuqori ball qoʻygan odamni koʻrgim kelgan. Koʻziga qarab, "nahot shuni "Google Translate"da tarjima qilinganini sezmadingiz, nahot qoʻllangan soʻzlar oʻzbek atamalari emasligini koʻrmadingiz, mana shu inshoga yuqori ball qoʻyishga qanday qoʻlingiz bordi?", - deb soʻragim, barcha alamimni sochib olgim kelgandi oʻshanda.
Hurmatli kanal a'zolari, bilaman, koʻpingiz oʻqituvchisiz, koʻpingiz endi oʻqituvchi boʻladigan talabasiz. Sizlardan iltimos, bolalarga koʻchirishni oʻrgatmang, ularga bu yoʻl xatoligini, halol emasligini, birovning mehnatini oʻzlashtirish oʻgʻrilik ekanini tushuntiring. Oʻzi oʻylashni, fikrlashni oʻrgansin. ILTIMOS, BOLALARNI OʻGʻRILIKKA OʻRGATMANG!

Esingizda boʻlsa maqolalar tanlovi e'lon qilgan edim. Javoblari kechikayotgani haqida ham aytgandim. Bugun shu tanlovga kelgan maqolalarni saralab chiqdim, ya'ni shartlarga mosligi, qaysi yoʻnalishda ekaniga qarab. Xudo xohlasa, bugun BONUS yoʻnalishi gʻoliblarini e'lon qilaman.
Afsus bilan shuni aytishim mumkinki, 3-yoʻnalish, Lingvistik bilimni kontekstda berish yoʻnalishiga umuman maqola kelib tushmagan, shuning uchun bu yoʻnalishda gʻolib boʻlmaydi. Aynan mana shu yoʻnalish birmuncha yangi yoʻnalish edi, lekin aynan shu mavzuga oid bir necha postlar, maqolalar, bir video ham qoʻygan edim. Afsus hech kim hech nima yubormapti bu yoʻnalishga,
Yuqorida BONUS yoʻnalishda qatnashayotgan maqolalarni koʻryapsiz. DIQQAT! Bu faqat birgina yoʻnalish uchun, boshqa yoʻnalishga maqola yuborganlar nega meniki yoʻq deb oʻylamasin.

Hurmatli Amira Aminova! Yutugʻingizni olish uchun menga murojaat qiling!
@shokirtursun manziliga oʻzingizning tanlov uchun yuborgan maqolangizni joʻnating hamda plastik kartochka raqamingizni qoldiring, men siz bilan bogʻlanib, yutuqni yetkazaman.
Birinchi gʻolibimizga olqishlar!

Avvalroq aytganimdek bugun BONUS yoʻnalishi gʻolibini eʼlon qilyapman.
Maqolalar tanlovining BONUS yoʻnalishida Amira Aminova oʻzining “Olmosh va taqlid mustaqil soʻz turkumi sifatida” nomli maqolasi bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Aytish kerakki, ushbu ancha tartibli, savodli va asosli qilib yozilgan. Ushbu maqola xulosasiga koʻra olmosh ham taqlid soʻz ham mustaqil soʻz turkumi hisoblanadi. Muallif bu gʻoyani juda yaxshi isbotlab bergan. Ushbu maqoladagi yagona kamchilik muallif fikrining kamroq ekani. Toʻgʻri, maqolaning uslubi boshqa manbalarga koʻp murojaat qilishni taqozo etardi, lekin baribir muallifning fikri yanada koʻproq boʻlsa maqola yanada goʻzal chiqar edi.
Raʼno Choriyeva ham juda yaxshi maqola yozgan, tartib berishda kamchiliklar va uslubiy gʻalizliklar borligi uchun Amira Aminovaga yeta olmaganlar. Bu ishtirokchi oʻz ustida ozroq ishlasa keyingi tanlovlarda gʻolib boʻlishlari mumkin.
Maftuna Nurboyeva ismli ishtirokchiga ham qoyil. Anchagina mantiqli maqola yozganlar, lekin imloviy va uslubiy gʻalizliklar uchraydi. Foydalanilgan adabiyotlar ham maqola ichida yaxshi koʻrsatilmagan – qaysi fikr muallifniki qaysi fikr adabiyotdan olinganini farqlash juda qiyin boʻldi. Oʻylaymanki, keyingi ishlarida mana shu muammolarni bartaraf etadilar.
Xurshida Abdullayevani shohsupadan mosuvo qilgan jihat maqola ichida foydalanilgan adabiyotlarning umuman koʻrsatilmagani. Bunday qilish yaxshi emas, toʻgʻri maqola oxirida foydalanilgan manbalar koʻrsatilgan, lekin ular aynan qayerlarda ishlatilgani umuman koʻrsatilmagan. Mana shu ishni qayta takrorlamasliklarini maslahat bergan boʻlar edim.
Yana bir maqola kelib tushgan. Bu maqola haqida biror nima demoqchi emasdim, lekin aytib qoʻyishni oʻzimga burch deb bildim. Bu maqola boshqa bir ishdan toʻliq, soʻzma-soʻz, vergul nuqtasigacha koʻchirilgan. Men buni ilmga xiyonat deb baholayman. Bu ishga qattiq turaman, ustozim shunday oʻrgatgan.
P.S.: mana shunday qilib kunda-kunda yoʻnalishlar gʻoliblarini e’lon qilib boraman. Hammasini bir kunda oʻqib tahlil qilishga miyamni kuchi yetmas ekan. Meni toʻgʻri tushunasizlar deb oʻylayman.

Aminova Amira.pdf
501.3 KB
BONUS yoʻnalishida gʻolib boʻlgan maqola mana shu.
Diqqat! Yuqorida aytganimday bu maqolani ideal deya olmayman. Oʻz kamchiliklariga ega, lekin yuborilganlar ichida eng yaxshisi shu maqola edi.
Umuman olganda bu maqola yaxshi yozilgan. Mavzu deyarli ochib berilgan, fikrlar isbotlangan, xulosalar tugal.
Muallifning keyingi ishlarida ham omad tilayman.

Forwarded from Барно Юнусова
Yosh ijodkorlar kengashidan “101 oʻzbek ayoli” fotosuratlar tanlovi; mukofot jamgʻarmasi 10 million soʻm!
Tanlovda Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi barcha 15-30 yoshli yoshlar qatnashishi mumkin.
Saralashdan oʻtgan fotosuratlar “101 oʻzbek ayoli” koʻrgazmasida namoyish etiladi.
Mukofotlar:
– Ko’rgazmaga eng ko’p ishi kiritilgan ijodkor: 5 mln soʻm;
– Koʻrgazmaga kiritilgan eng yaxshi fotosurat muallifi: 5 mln so‘m;
– Ko'rgazmada namoyishga qo'yilgan barcha ishlar mualliflari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Ishlar 2022-yil 3-mart, 23:59 gacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/101-ozbek-ayoli-fotosuratlar-tanlovi/
@grantlar

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻ va gʻ harflarini ishlatmasdan o va g tarzida yozadigan maktab oʻqituvchilarini qabul qila olmayman. oʻ, q, gʻ oʻrniga o, k, g ishlatib rus alifbosida oʻzbekcha yozadigan maktab oʻqituvchilarini esa umuman tushunmayman. Nega rus harflari bilan oʻzbekcha soʻz yozmoqchi boʻlishadi. Kirill alifbosida yuqoridagi harflar bor-ku, shunchaki telefoningizda shu klaviaturani yoqib oling. Yoqishni bilmasangiz marhamat oʻzbek lotin alifbosida yozavering, bilasiz-ku bu alifboni ham. Maktabda shu alifboda dars oʻtasizlar-ku.
Kanalga ulanish: @birgap
Kanalga ulanish: @birgap
Forwarded from IT taʼlim
Hurmatli ota-onalar yangi 1-2-sinf darsliklari haqida qanday fikrdasiz, farzandingizning qaysi fan darsliklari sizga ko‘proq manzur bo‘ldi? Qaysi fan darsliklari bilan ular maktabda qiziqib dars olyaptilar?
Anonymous Poll
36%
Ona tili va o'qish savodxonligi
54%
Matematika
32%
Tabiiy fanlar
17%
Musiqa
24%
Tasviriy san'at
11%
O'zbek tili
21%
Rus tili
33%
Ingliz tili
7%
Nemis tili
6%
Fransuz tili
Yarim soat oldin talabalik davrini Yaponiyaning Nagoya universitetida oʻtkazgan Fargʻonalik Alisher Umirdinov yozgan "Talaba doʻstimga 78+ tavsiya" kitobini sotib oldim. Ba'zi tavsiyalarni koʻz yugurtirib chiqib angladimki, bu kitobni toʻliq oʻqib chiqishim kerak.
Ertadan boshlab kanalimda ham shu kitobdagi ba'zi tavsiyalarni berib boraman.
Muallifning aytishicha, kitob talabalik davrini qanday oʻtkazish, bu yillarning samarasini maksimallashtirish uchun nimalar qilish muhimligi haqida ekan.

Bugun bir gapni aytib qoʻygim keldi.
Men qayerda nima ishga jalb qilingan boʻlsam (hakamlik, mualliflik, trenerlik, xodimlik) har doim birinchi navbatda halollikni va adolatni oʻzimga dastak qilib olib ishlaganman. Oʻzimning vijdonim oldida doim toʻgʻriman va doim uning oldida hisob beraman.
Lekin...
Odamlarimiz juda negativ, zaxar. Ikki yil ichida juda koʻp negativ energiyalar qabul qilib oldim. Hakamlik qilsam pora olgan deyishdi, xodimligimda boshliqning erkatoyiga chiqdim. Mualliflik qilishga noloyiq deyishdi, qaysiki, meni koʻrmaganlar. Xullas, men sizlarga aytib qoʻyay dedim, men har doim halol va adolatli ishlaganman.
Aslida, bu gaplar aytiladigan narsa emas, lekin tinmay olomondan nohaqlik koʻraversang tosh boʻlsang ham dodlaysan. Alloh bergan iroda tugab qolmasin.
Endi sizlarga savol: nega jamiyatimiz shunchalik negativ? Nega bu xalqqa hech nima yoqmaydi?
P.S.: 2-sinfga matn berganimizga voy dod bu bola qanday matn yozadi deb ur-sur qilgan xalq bugun 10-sinf yozgan inshoni koʻrib buni beshikdagi goʻdak ham yoza oladi deb jar solmoqda. Paradoks. Munchayam tuslanuvchan boʻlmasa-a bu xalq.

"Test sizga bolani saralab beryaptimi..." — superkontrakt borligini biladimi bu janob.
"Ularni ma'nan majruh qilmay..." — talaba auditoriyada majruh bo'lyaptimikan?
"Oliy ta'limdagi muhit sababchi" deganiga qo'shilaman. OTMni ham, vazirlikni ham, administratsiyani ham nazarda tutayotgan bo'lsa.
Ertadan talabalar ishlashi birinchi planga chiqayotgan ekan, bu yog'i undan ham xarob bo'ladi. Men haftada 5 kun kutubxonaga borardim. Ishlay boshlaganimdan keyin yilda 1-2 marta borgan bo'lsam kk. "Hammaning o'ziga bog'liq. Ishlab ham zo'r o'qisa bo'ladi" degan gapga qo'shilaman va u salkam 1% talaba haqida deb bilaman.
©️ M.S
Mana shu muammolarni yechishi kerak boʻlgan odam oʻzi chiqvolib shunaqa desa, gʻalati boʻlarkan.
Professor-oʻqituvchini hali mahallaga, hali tadbirga, hali yetimxonaga yugurtiradigan tizim rahbari aytyapti shu gapni.
©️ I.A
P.S.: vazir janoblari siz bir yildan ortiq vaqt davomida tizimni tanqid qilishdan boshqa nimaga yaradingiz oʻzi?