Sandiq
Sandiq: attestatsiya jamoasidan “bomba” loyiha 💣 Biz hech kim xayoliga keltirmagan ishga qoʻl urdik. 🥹 Tasavvur qiling, jonli efir, unda amaldagi ona tili darsliklari hammuallifi, oʻsha mashhur “Abituriyent” gazetasi ona tili testlari muallifi Mansur Siddiq…
Bu efir boshlanmoqda, @sandiqchamiz kanalida sizni kutamiz.
👍3
Kanal mavzusiga mos emas, lekin aytib qoʻyishim kerak.
Musulmon odam piramida usulidagi savdodan yiroq yurishi kerak, halol emas.
Piramida qanday boʻladi?
Piramidaning asosiy belgilari:
Asosiy daromad mahsulotdan emas, odam chaqirishdan keladi. Agar sizga "mahsulot sotmasang ham boʻladi, faqat 3 kishi olib kelsang kifoya" deyilsa – bu toza piramida.
Haqiqiy qiymatga ega mahsulot boʻlmaydi. Koʻpincha niqob uchun arzimas, bozor narxidan bir necha barobar qimmat tovar koʻrsatiladi. Asl maqsad mahsulotning emas, yangi aʼzoning puli.
"Kafolatlangan katta daromad" vaʼdasi. "Hech narsa qilmaysan, oʻzi pul keltirib turadi, oyiga 20-30% foyda" kabi chaqiriqlar shariatdagi halol sheriklik qoidalariga zid. Halol tijoratda foyda kafolatlanmaydi, xatar va zarar ham birga taqsimlanadi.
Pastdagilarning yutqazishi evaziga yuqoridagilar boyiydi. Tizim yangi odamlarning badali hisobiga aylanadi. Yangi odam kelishi toʻxtashi bilan piramida qulaydi va eng oxirgi kirgan koʻpchilik boridan ayriladi.
Nega harom? Chunki bu yerda birovning molini botil yoʻl bilan yeyish, ochiq aldov, oʻta katta noaniqlik va qimorga xos mexanizm yotadi. Halol savdoda esa real tovar yoki xizmat almashinuvi, mehnat va adolatli xatar sherikligi boʻlishi shart.
Atrofingizdagilar, yaqinlaringiz bunday "oson boyish" tuzoqlariga tushib qolmasin. Halol topilgan ozgina daromad haromdan kelgan dabdabadan barakaliroq.
@birgap

👍56❤8💯2
Anchadan beri ta’lim haqida tahliliy nimadir yozmabman. Mana bu postni oʻqib anchadan beri oʻylab yurganlarimni tartiblashga va yozishga qaror qildim. Yaʻni ichki va tashqi motivatsiya haqida fikrlarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman. Tilga olingan postda aytilmagan oʻrinlar to'xtalishni niyat qilganman. Yaʻni bu fikrlarni postdagi mulohazalarga toʻldirish oʻlaroq qabul qilasiz.
@birgap
@birgap
❤🔥4👍2❤1
Mukofot (ragʻbat) qachon foyda, qachon zarar?
Mukofot ichki motivatsiyani oʻldiradi degan fikr keng tarqalgan. Ammo bu qonuniyat har doim ham ishlayvermaydi. Faoliyat oʻquvchiga aslida qiziq boʻlsagina shunday holat kuzatiladi.
Misol keltiraman:
Aziza rasm chizishni yaxshi koʻradi. Uni hech kim majburlamaydi, hech kim mukofot bermaydi. U shunchaki chizadi, chunki bu unga yoqadi. Endi oʻqituvchi yaxshi niyat bilan har bir rasm uchun yulduzcha berish tizimini joriy qildi. Aziza avvaliga xursand. Chizadi, yulduzcha oladi.
Lekin sekin-asta oʻzgarish boshlanadi. Aziza endi chizishdan oldin oʻylaydi: bu rasm uchun yulduzcha berisharmikan? Yulduzcha bermaydigan joyda, masalan, uyda chizish qiziqarli boʻlmay qoladi. Chunki uning ongida nega chizaman degan savolga javob oʻzgardi. Avval javob yoqqani uchun edi. Endi javob yulduzcha uchun.
Bir kuni yulduzcha tizimi toʻxtasa Aziza ham chizmay qoʻyadi. Chizish uchun sabab yoʻqolgan, chunki asl sabab, yaʻni qiziqish, allaqachon yulduzcha bilan almashtirib yuborilgan.
1999-yilda 128 ta tadqiqot natijlari tahlil qilingan meta-analiz e'lon qilingan. Aniqlanishicha, mukofotning salbiy ta'siri faqat dastlab qiziqarli boʻlgan faoliyatlarda kuzatilgan. Zerikarli vazifalarda bunday ta'sir topilmagan.
Masalan, koʻpaytirish jadvalini yodlash, soʻzlarni takrorlash, husnixat mashqlari. Bu yerda oʻldiriladigan ichki motivatsiyaning oʻzi yoʻq. Shuning uchun mukofot hech narsani buzmaydi. Aksincha, oʻquvchini zarur, lekin zerikarli ishni bajarishga undaydi.
Yuqorida tilga olingan tadqiqotdagi 13 ta tajribada bitta guruhga qiziqarli, boshqasiga zerikarli vazifa berilgan va ikkala holatda mukofotning ta'siri taqqoslangan. Qiziqarli vazifalarda mukofot ichki motivatsiyani kuchli pasaytirgan. Zerikarli vazifalarda esa hech qanday pasayish kuzatilmagan.
Xulosa shuki, zerikarli vazifalarda mukofot ichki motivatsiyani oʻldirmaydi, chunki oʻldiriladigan motivatsiyaning oʻzi deyarli yoʻq. Lekin juda qiziq nuqta bor, mukofot zerikarli vazifalarga qiziqishni ham uygʻotmaydi. Mukofot zerikarli mashqni bajartiradi, lekin uni sevdirmaydi. Mualliflar zerikarli vazifalar uchun asosiy masala mukofot emas, oʻquvchi mashqning oʻzi uchun ahamiyatini tushunib, uni oʻz ixtiyori bilan bajarishga oʻtishi ekanini taʻkidlaydi.

❤11❤🔥6👍4
Şokir Tursun qaraşlari
Mukofot (ragʻbat) qachon foyda, qachon zarar? Mukofot ichki motivatsiyani oʻldiradi degan fikr keng tarqalgan. Ammo bu qonuniyat har doim ham ishlayvermaydi. Faoliyat oʻquvchiga aslida qiziq boʻlsagina shunday holat kuzatiladi. Misol keltiraman: Aziza rasm…
Oʻtgan postda Aziza haqida yozgan edim. Rasm chizishni sevadigan qiz yulduzcha tizimi kiritilgach chizishni tashlab qoʻydi. Mukofot uning qiziqishini siqib chiqardi.
Endi teskari holatni koʻrib chiqamiz.
Bekzod koʻpaytirish jadvalini yodlashni yomon koʻradi. Uni hech narsa qiziqtirmaydi – na jadvalning oʻzi, na takrorlash. Oʻtiradi, chalgʻiydi, chala bajaradi. E'tibor bering, bu yerda oʻldiriladigan qiziqishning oʻzi yoʻq. Chunki qiziqish boshidan boʻlmagan.
Oʻqituvchi har kuni bexato aytilgan bitta ustun uchun yulduzcha berish tizimini joriy qildi. Bekzod endi oʻtiradi va yodlaydi. Yoqqani uchun emas, yulduzcha uchun. Va bu normal. Aziza keysidagi xavf bu yerda ishlamaydi. Yulduzcha hech qanday qiziqishning oʻrnini egallagani yoʻq, chunki egallanadigan joy boʻsh edi.
Lekin bu bilan hali ish bitmaydi. Bir necha haftadan keyin boshqa narsa yuz beradi. Bekzod matematika darsida misollarni tezroq yecha boshlaydi. Sinfdoshlari hali barmoq bilan sanayotganda u javobni aytib boʻladi. Birinchi marta oʻzini matematikada kuchli his qiladi.
Mana shu nuqta eng muhimi. Endi Bekzodda yulduzchadan boshqa sabab paydo boʻldi. Natijani koʻrish va oʻz kuchini his qilish. Aqlli oʻqituvchi shu paytni boy bermaydi. Yulduzchani asta kamaytiradi va eʻtiborni natijaga qaratadi. Qara, oʻtgan oyda ikki daqiqada oʻn misol yechayotgan eding, endi yigirmata yechding deb tashqi motivatsiyani ichki motivatsiyaga yoʻnaltira boshlaydi.
Yulduzcha oʻz vazifasini bajardi. U koʻprik boʻldi. Bekzodni motivatsiya yoʻq joydan motivatsiya paydo boʻladigan joygacha olib oʻtdi.
Azizada mukofot bor qiziqishni siqib chiqardi, Bekzodda mukofot qiziqish paydo boʻlguncha vaqtdan yutib berdi.
Demak, asosiy savol mukofot berishim kerakmi emas. Bu vazifaga oʻquvchining qiziqishi bormi va mukofotdan keyin uni qayerga olib oʻtmoqchiman boʻlishi kerak.
Tashqi motivatsiyani rad etish emas, uni toʻgʻri boshqarish kerak. Ayrim hollarda odat shakllantirish uchun tashqi motivatsiyadan boshqa yoʻl yoʻq.

❤23👍11❤🔥5
Judayam qiziq va g'alati xabar aniqladim.
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1–7-sinflariga to‘lov-shartnoma asosida qo‘shimcha sinflarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Tasavvur qilyapsizmi, davlat maktabi pulli sinf ochyapti.
Endi bir joyni ushlab oling, o'sha davlatning pulli sinflari narxini aytaman:
1-4-sinflar uchun oyiga 24 000 000 so'm
5-11-sinflar uchun oyiga 29 000 000 so'm
Agar davlat ochgan maktabda joy bo'lsa, nega bepul sinflar emas, pulli sinflar ochilyapti? Agar joy yo'q bo'lsa, shartnoma asosida o'qitiladigan bolalar qayerda o'qiydi?

🤬37🤯30🥴7😡7❤5👍4🔥2
Harvardga kirgan o'quvchimiz haqida video qilishgan ekan. Tomosha qiling. Qiziq xulosalar bor.
https://youtu.be/GISs_ChphHs?si=WEtoXl5uEAA9vzT6
@birgap
https://youtu.be/GISs_ChphHs?si=WEtoXl5uEAA9vzT6
@birgap
YouTube
Ovuldan… Harvardgacha | Jasurbek Umarovning muvaffaqiyat tarixi
Oddiy qishloq bolasining dunyoning №1 universitetiga yetib borishi fantastikadek tuyuladimi? Jasurbek Umarovning hikoyasi buning tamoman aksini isbotlaydi!
Jasurbekning bolaligi ko‘pchiliknikiday oddiy oʻtgan: ovuldagi maktab, darslar, uyga vazifalar va do‘stlar...…

👍21🔥10❤1
Yangi o‘quv yilida boshlang‘ich sinflarimizda reja qilganimizdan koʻproq sinf ochyapmiz. Shu sababli o‘zbek tilida dars beradigan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini qidiryapmiz.
Kerakli joylarga yetib borishida koʻmaklashsangiz xursand boʻlaman.
Murojaat uchun:
@MadinaShuxratQizi
Topshiringlar.
Maktab: Sodiq School
Toshkent shahrida

👍5❤2
Qayerda kerakmassan, agar xarob kiyinsang,
Chiroyli kiyimda ham u yerda bir tiyinsan.
Minor - "Zamonnoma" asari
O'quvchilarim yaxshi eslashsa kerak.

💯26👍21❤4❤🔥2👏1
📢 SODIQ SCHOOL JAMOASIGA SAT O‘QITUVCHILARINI TAKLIF QILAMIZ!
Sodiq School jamoasi SAT English va SAT Math fanlari bo‘yicha asosiy hamda yordamchi o‘qituvchilarni ishga taklif etadi.
📌 ASOSIY VAZIFALAR:
• 9–11-sinf o‘quvchilariga SAT English yoki SAT Math fanlaridan dars berish;
• O‘quvchilarning akademik natijalarini muntazam monitoring qilish va ularni rivojlantirish;
• Tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida sifatli va samarali darslarni tashkil etish;
• O‘quvchilarning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga individual yondashish;
• Darsdan tashqari mashg‘ulotlar va maktab tadbirlarida faol ishtirok etish;
• O‘quvchilarning SAT imtihonlariga samarali tayyorgarligini ta’minlash.
TALABLAR:
SAT Math o‘qituvchisi uchun:
• SAT Math natijasi 750–780+;
SAT English o‘qituvchisi uchun:
• SAT English natijasi 700+;
Umumiy talablar:
• Mas’uliyatli, tashabbuskor va o‘z ustida muntazam ishlaydigan bo‘lish;
• Jamoada samarali ishlay olish;
• O‘quvchilar bilan ijobiy va professional munosabat o‘rnata olish;
• Zamonaviy ta’lim metodikalaridan foydalanish va kasbiy rivojlanishga intilish.
💼 BIZ TAKLIF QILAMIZ:
• Raqobatbardosh va jozibador ish haqi;
• 3 mahal bepul ovqat;
• Farzandlaringiz uchun maktabda 50% chegirma;
• Bepul ichki treninglar;
• Tashqi o‘quv dasturlari va professional rivojlanish imkoniyatlari;
• Qo‘llab-quvvatlovchi, do‘stona va professional ish muhiti;
• Kasbiy va karyera o‘sishi uchun imkoniyatlar;
• Oylik maosh — suhbat asosida kelishiladi.
📍 Ish joyi: Sodiq School — Istirohat va Aeroport filiallari
Agar siz o‘z sohangizning kuchli mutaxassisi bo‘lsangiz, yuqori natijalarga intilsangiz va professional jamoaning bir qismi bo‘lishni istasangiz — Sodiq School sizni jamoamizga taklif qiladi!
📞 Murojaat uchun: 77 064 80 80
📩 Telegram: @sodiqschool_hr

❤5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Menimcha, pulga kuydik!
Biz PISA jarayonlari boshlangandayoq aytgandik, ammo obroʻli blogerlar bilan ogʻzimizga urishgandi. Qani endi mas’ul odam?
Diqqat qiling, matematika va oʻqish savodxonligi ballari hozircha e’lon qilinmadi emas, ballar bor, ular shubhali boʻlgani uchun chiqarib yuborilgan.

😁43🙈10👍6❤2
Yangi alifboni işlatamiz endi.
Alifbo özgarişi kerakmidi?
– Ha.
Hozirgi holatda özgarişi kerakmidi?
– Yöq. Qöşimça özgarişlar kerak.
Qanday bölsa rozi bölasiz?
– Tutuq belgisidan butkul voz keçilişi, x va h harflari birlaştirilişi kerak.

👍83🔥23😁23💯17👎12🤯6❤4❤🔥2⚡1
Namangandagi boğçada bölgan voqeani ozroq örgandim. Xulosam:
1. Anavi “erkak” bir umrga qamalişi va biçilişi kerak.
2. Boğça mudiri hamda boşqa xodimlari ham teng aybdor sanalişi, sudda öta oğir jinoyatni yaşirganlikda, guvohi bölsa ham çora körmaganlikda ayblanişi hamda uzoq muddatga qamalişi zarur.
3. Öşa boğçadagi işga aloqador hamma qaytib bunday işlarga kira olmasligi lozim.
Bolalarga yaqinlaşmasligi kerak bölgan odamlar röyxati juda-juda zarur. Uni hamma köra olsin, şu röyxatdagi odamni işga olgan ham katta jarima tölasin, şu röyxatdagi odam bolalar bor joyga işga kirmoqçi bölsa ham katta jarima tölasin.
Bolalarga zörlik qilgan qançasi 3-4 yil ötib yana bolalar bilan işlab yuribdi.

🔥42🙏14👍9💯4❤🔥3❤2👏1
Şunaqa payt “Qaşqirlar makoni” filmidagi Çaqirday kuç-qudratim bölsaydi, deb öylab qolasan, beixtiyor.
@birgap
@birgap
👍40🔥7💯5❤2❤🔥1
💔13🔥4👍2