Şokir Tursun qaraşlari
5.47K subscribers
930 photos
151 videos
225 files
1.13K links
Şokir Tursunning şaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza oliş uçun bu guruhga qöşiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til öqitish metodikasi
Ona tili va öqiş savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
​​#yaxshiyangilik
"Ma'rifat" gazetasi 2019-yil 1-sonidan boshlab to'liq lotin alifbosiga o'tibdi.

Bo'larkan-uuuuu!

@birgap
#iqtibos
Birovga nasihat (yo tanqid) qilayotganingizda, avvalo, ichingizda "o'zim-chi?" deb savol bering...

Ammo nasihat (yo tanqid) eshitayotganingizda, unga "o'zing-chi?" demang.


Ko'pincha teskarisi bo'ladi...

Aslanovdan iqtibos + kanalidan olindi.

@birgap
​​#yarim_haqiqat
Ba'zi bir darslarda oq kiyimli boladay o'tirgan ma'qul.

Siz ham shunday o'ylasangiz ovoz bering
Kuyov mast, eshikni taqillatibdi. Eshikni qaynotasi ochibdi. Kuyov qo'lini kobraga o'xshatib:
- ...Uydami?
qaynota ikkala qo'lini kobraga o'xshatib:
- Ikkalasiyam, dermish.


qax-qaxa kanalidan uxlatildi
#yaxshiyangilik
Mahalladagi xotinlarni aytishiga qaraganda, 2019-yilgi davlat dasturining 204-bandida shunday ma'nodagi gaplar yozilgan emish:
Harbiy xizmatdan olingan tavsiyanoma endi faqat harbiy oliygohlarga o'tarkan. Bundan tashqari oddiy OTMlarga topshirgan harbiy tavsiyanomasi borlar endi oddiy abituriyentlarga halal bermaydi ular alohida kvota bilan olinadi.

Abituriyent do'stlaringizni xursand qiling, ularga ham ulashing.

@birgap
Bugun tongdan telefonim jiringladi, qarasam, Hoshimjon Ayoziy. Tutab, yonib bir nimalar dedi:

"Uka, qayga keldik, faxsh gaplarni katta sahnadan turib erkag-u ayol bemalol aytsa, bu gaplarni erkag-u ayol qo'lini tizzaga urgancha miriqib kulib eshitsa, shu bemazagarchilikni yana butun yurt bo'ylab mashhur bo'lgan telekanal qo'yib ko'rsatsa.

Ma'naviyat deb bong urayotganlar qani? Qani uyushmagan yoshlarni ketidan quvib yurgan Ittifoq? Buyoqda "uyushgan yoshlar"imiz ham qovunni kattasini tushirib yuribdi-ku...

Nahotki muxlislik saviyamiz shu qadar pasayib ketdi? Nahotki beldan pastki a'zolar ishtirokidagi hazillar qilishda bir-biridan kim o'zarga o'ynayotgan "masxaraboz"larga muxlis bo'lib o'tiribmiz (ularni masxaraboz deyishga ham til bormaydi).

Qani endi zamon ko'tarsa ekan avlod miyasini zaharlayotgani uchun shu "Bravo"chilarni o'sha o'zlari ko'p tilga oladigan joyidan ossang... Bu zaharlanish doirasini yanada kengroq yoyayotgan telekanalning bachkana, tuturiqsiz, maddoh prodyusserini xumordan chiqquncha kaltaklasang...


Qachongacha bunaqa buzuqilarga chidaymiz? Qachongacha ularning tegirmoniga suv quyamiz..."
deb qoldi.

Sizni bilmadim-u meni ham hiqildog'imga keldi shular...

@birgap
👍1
Shotlandiyalik bolalarning boshqa xalq bolalaridan bitta ustun tomoni bor:

Ular nafaqat onalarining, balki, otalarining ham etagidan tutib yurishi mumkin😝
👍1
#yon_daftarga_bitiklar

Qiz bolaning husni ham baxti, ham fojiasi bo'ladi

"Bonu" romanidan

@birgap
Birpasda sessiya keqoptiyey...

Endi o'qish kerak...😁🙈


@birgap
​​Xushnud Xudoyberdiyevdan 2019-yil taqvimi. Dam olish va bayram kunlari aniq belgilangan.

@birgap
YANGI ALIFBO – NIMALARNI QURBON QILISHIMIZ ZARUR?
Maʼlumingizkim, muhokama uchun taklif etilgan yangi alifbo bugunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib qoldi. Men talabaman, talabalarning ichidaman. Ularning yangi alifboga qarashlari unchalik ham ijobiy emas. Bunga yetarlicha dalillari ham bor. yoʻq-yoʻq, bu yerda aslo savodsizlik masalasi oldingi planda emas. Yangi taklif etilayotgan alifbo umuman savodga taʼsir qilmasligi kundek ravshan.
Bu yerda gap yangi alifboga oʻtish uchun nimalarni qurbon qilishimiz zarur-u yangi alifbo bizga nimalarni bera oladi. Asosiy muammo shunda.
Oʻzim ham 2017-yildan buyon bu masalalar atrofidagi tortishuvlarni kuzatib, baʼzan qatnashib ham kelmoqdaman. Yashirmayman, aslini olganda men ham yangi alifbo tarafdorlaridan biriman. Lekin hozirgi, amaldagi alifboni alishtirsak nimalarni qurbon qilishimiz zarur, buni ham yoddan chiqarmaslik kerak?!
Quyida shu asosda oʻz fikrlarimni bildirmoqchiman (garchi bu hech narsani oʻzgartirmasa ham). Keling yangi alifbo qanday muammolarni keltirib chiqarishini koʻramiz:
- agar alifbo almashsa, biz hozirda foydalanib turgan valyutamiz shablonini ham oʻzgartirishimiz kerak, chunki unda "soʻm" soʻzi bor alifboda boshqa harf, amalda boshqa harf boʻlishi mantiqsizlik. Menimcha bu hazil mablagʻ va vaqtni talab qilmasa kerak;
- davlatimiz ramzlaridan biri gerbda ham Oʻzbekiston soʻzi bor, demak, uni ham almashtirish zarur;
- klaviatura masalasi – eng katta muammolardan biri. Android platformadagi telefonlarda hozir ham bugungi alifbomizdagi oʻ va gʻ harflarining toʻgʻri holati mavjud. Ular bilan bemalol heshteg ham yaratish mumkin. Agar biz yangi taklif etilayotgan alifboga oʻtsak, hozir ishlatib turgan kompyuter klaviaturalarimizdan voz kechishga, yangisini ishlab chiqarishga toʻgʻri keladi. “Nima boʻpti, davlat ishlab chiqara oladi-ku?” – dersiz, ammo bugungi kunda deyarli hamma noutbukdan foydalanadi, uning klaviaturasini almashtirib boʻlmaydi. Yoki hamma noutbukiga qoʻshib klaviatura koʻtarib yurishi, yo qaysidir kombinatsiyani eslab qolishi, yoki boʻlmasa noutbuklarni ham oʻzimiz ishlab chiqarishimiz zarur (bunga hali vaqt bor). Agar yangi alifboda ham oʻ, gʻ, sh, ch, harflari uchun kombinatsiya ishlatadigan boʻlsak qulaylik qani? Aytishingiz mumkin, kamroq tugmalarni bosib kombinatsiya qilamiz-da deb, undan koʻra bugungi alifbomizdagi muammoli harflarimizni UNICODE tizimiga olib kirganimiz maʼqul emasmi. Shunda birgina keyboard layout bilan hech qanday katta sarf-xarajatlarsiz dasturchilar-u yana boshqalar talab qilayotgan darajadagi alifboga ega boʻlamiz;
- oʻzingiz anglab turganingizdek, barcha maktab, kollej, litsey darsliklarini ham qayta nashr ettirish zarur (bu yerda ham hazil mablagʻ talab etilmaydi);
- koʻplab badiiy va mumtoz adabiyotimiz namunalarini yana qayta, yangi alifboda nashr etish kerak (axir Navoiyni eski, muomaladan chiqarilgan alifboda oʻqimaymiz-ku);
- va allaqancha yozuvini almashtirish kerak boʻlgan joylar (Oʻzbekiston soʻzi qatnashgan hamma narsa almashishi shart);
Keling endi yangi alifbo bizga eskisi bera olmaydigan nimalarni bera olishi haqida ham soʻz yuritsak…
…
Men talaba aqlim bilan faqat bir narsani bilaman – yangi alifbo turkiy xalqlarni birlashtirishi mumkin. Ammo filolog, bloger Shahnoza To‘rxo‘jayeva aytganidek, “21-asr – pragmatiklar asri. Endi alifbo xalqlarni birlashtira olmaydi”. Bundan ortiq hech narsa topa olmadim. Buni chuqurroq biladigan mutaxassislar qilgani maʼqul ekan.
Ana shunaqa gaplar. Yana qaytarib aytaman, men ham aslida yangi alifbo tarafdorlaridanman, lekin yuqoridagilarni tanamga oʻylab koʻrishga majburman.
Shokir Yo‘ldosh

@birgap
Yuqoridagi postga fikr bildirmoqchi bo'lganlar bu yerda qoldirishlari mumkin
​​Ertalab Toshkent avtobuslaridagi holat😜

rasm "Karikaturalar" kanalidan soʻramay olindi

@birgap
​​Tasavvur qiling:
Agar mashhur brendlarning nomlarini shifokorlar yozib berganda taxminan shunday boʻlardi☺️

@birgap
#yarim_hazil
Sessiya yaqinlashgani sari "OʻQISHGA" deb aytsam oʻzimga "URUSHGA" tarzida eshitilyapti☺️

Islom Shermatovdan uxlatildi.

@birgap
Sapura qiyshiqoyoqning bir qizi bor - oʻn gulidan bir guli ochilmagan (qolgan toʻqqiztasi ochilib boʻlgan)

@birgap
Och qolsam qolay...
Kech qolsam qolay...
Lekin boʻyanib olay...

Shunday qizlar bormi?🙃💄
👍1
Zerikarli maʼruza darslarida kun.uz daryo.uz saytlarini oʻqib oʻtiradigan Hoshimjon Ayoziy SMS yubordi:
Markaziy bank 100.000 soʻmlik pulni chiqarishni tasdiqlabdi.

@birgap
Masalan men 400.000 ming oylik olaman. Bir oy ishlab 4 dona pul olsam... Alam qilsa kerak...
Forwarded from UzTwit (Shukurjon Islomov)
Ўйлаб қарасам, мусулмон одам капиталистик дунё учун кони зарар экан:
– Рибо бермайди (банкларнинг ҳолига вой);
– Ароқ ичмайди (ароқ завод, ароқ дўконларнинг ҳолига вой);
– Тамаки чекмайди (бечора сигаретфурушлар...)
– Зино қилмайди (бечора фоҳишалару қўшмачилар...);
– Пора бермайди (порахўрларнинг ҳолига вой);
– Аллоҳдан бошқа хеч кимдан қўрқмайди (бечора зўравон сиёсатчилар);
– Садақа беради, закот беради (бечора кредит берувчилар...);
– Аёллар баданини очмайди (бечора аёл танини кўз-кўз қилиб пул ишловчилар);
– Рўза тутади, тўйиб овқат емайди (бечора мечкайликни тарғиб қилувчилар);
– Тик туриб овқат емайди (бечора "фаст фуд"лар);
– Зеб-зийнатга берилмайди (бечора дабдабабозлар);
– Ҳалол эт ейди, холос (бечора чўчқабоқарлар);
Бунинг устига жума куни дам оламан дейдими-ей....

Рўйхат узун, лекин узун гапнинг қисқаси: хуллас, жуда чатоқ экан:-да...

--------------------------
Иқтибос муаллифи ёзмаган "зарарлар":

– Соқол олмайди (Gillette ва бошқа соқол олувчи жиҳоз ишлаб чиқарувчилар ҳолига вой);
– Бошқалар миллионлаб долларга баҳолайдиган "ноёб сурат"ларни сариқ чақага ҳам олмайди (аукционерлар ҳасратда);
– Етим бола қолмайди, болалар уйи бўшаб қолади;
– Одамлар ҳадеб касал бўлмайди, дорихонани ёпишни ўйлаб қолади;
– Дарвозалар очиқ туради, ўғрилар бошини қашиб қолади;
– Мусулмонлар ака-ука бўлади, душманлар ўзи билан ўзи уришиб қолади;
– Ёлғон гапирмайди, унга бемалол омонат топширса бўлади;
– Ота-онасини қариялар уйига топширмайди;
– Уйланса, тўйига бирровчилару отарчиларни айтмайди, (тўйнинг ортидан кун кўрувчиларга зиён);
– Эри уйда қолиб, хотини чет элда ишлашга кетмайди;
– "Халқ нима дейди", деб эмас, "Ҳақ нима дейди", деб яшайди;
– Аллоҳдан шундай қўрқиб тақво қиладики, оқибатда олий жаннат – Фирдавсга киради.
(Иблис алайҳил-лаъна ва унинг лашкарлари қайғуда қолади).
Илоҳим, ҳаммамиз Жаннатга кириб кетиб, уларни аламдан ёндирайлик...

P.S. Бу – мусулмоннинг асл таърифи. Афсуски, охирги пайтда айни санаб ўтилган ҳолатлар анқонинг уруғига айланяпти...

(c)

#ibrat

Каналга обуна бўлинг!
👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFEp9L6p1ZTZBok4dw
🥰1