Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Pedagoglarning malaka toifasi sertifikatlari amal qilish muddati bo‘yicha RASMIY MUNOSABAT: pedagoglar huquqlari kafolatlangan
Ijtimoiy tarmoqlarda pedagoglarning malaka toifa sertifikatlarining amal qilish muddati qisqartirilgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.
2021-yilgacha bo‘lgan davrda pedagoglarga attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifalarini tasdiqlovchi sertifikatlar qog‘oz shaklida hududiy boshqarmalar tomonidan rasmiylashtirilgan va pedagoglarga topshirilgan.
Mazkur sertifikatlar respublika bo‘ylab turli sanalarda berilganligi sababli, ularning besh yillik amal qilish muddatining tugashi 2026-yilning turli oylariga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, bahorgi attestatsiya jarayoni odatda yanvar–iyun oylarida o‘tkaziladi va natijalarga ko‘ra yangi sertifikatlar iyun oyida beriladi.
Shu bois, 2021-yilning iyul–avgust oylarida sertifikat olgan ayrim pedagoglar sertifikatlarining amal qilish muddati yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin yakuniga yetadi.
Pedagoglarga malaka toifasi sertifikatlari muddatlarida uzilish yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, sertifikat muddati yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar tugaydigan pedagoglarga bahorgi attestatsiyada majburiy attestatsiya turi bo‘yicha, hech qanday to‘lov undirilmagan holda qatnashish imkoniyati mavjud.
Bunda pedagoglar kuzgi attestatsiyani kutmasdan, bahorgi attestatsiya jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin.
Ta’kidlash joizki, malaka toifasi sertifikatlarining amal qilish muddati bo‘yicha hech qanday qisqartirish yoki o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish amalga oshirilmagan.
Pedagoglarning amaldagi sertifikatlari muddati yakuniga yetmaguniga qadar malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi va amaldagi toifa bo‘yicha haq to‘lanishi davom etadi.

❤9👍7
Attestatsiya uchun savollar tuzuvchi markazdan ajoyib qadam. Ular nihoyat tarix fanidagi xato savolga ball berish boʻyicha xulosaga kelishibdi.
Bu juda katta burilish desa ham boʻladi. Tarixchilar, adashmasam, salkam bir yil kurashdi.
@birgap

👍55❤8👏6🔥4
🔥33😁28👏9👍5❤2
Forwarded from Orif Tolib
📚 Oʻzbek tiliga oid eng kerakli kitob va lugʻatlar
Oʻquvchi, abituriyent, oʻqituvchi, bloger, kopirayter, jurnalist, matbuot kotibi, davlat xizmatchisi, xullas, matnga ishi tushadigan har qanday kishiga zarur boʻlgan 26 ta kitob, qoʻllanma va lugʻatni bitta joyga toʻpladim.
✍️ Umumiy tilshunoslik va imlo lugʻatlari
▫️ Oʻzbek tili frazeologik lugʻati
▫️ Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati
▫️ Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati (2 jild)
▫️ Oʻzbek tilining katta imlo lugʻati
▫️ Oʻzbek tilining oʻquv imlo lugʻati
▫️ Oʻzbek tilining orfoepik lugʻati
▫️ Oʻzbek xalq soʻzlari
▫️ Ózbekshe-qaraqalpaqsha sózlik
🏢 Ish yuritish va rasmiy hujjatlar
▫️ Davlat tilida ish yuritish (lotin)
▫️ Mámleketlik tilida is júrgiziw (Qoraqalpoq tilida)
🔬 Maxsus sohalarga oid atamalar
▫️ Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lugʻati
▫️ Bank-moliya terminlarining oʻzbek tilidagi izohli lugʻati
▫️ Diplomatik terminlar izohli lugʻati
▫️ Yuridik terminlarning ruscha-oʻzbekcha lugʻati
▫️ Tibbiy atamalar lugʻati
▫️ Oʻzbek harbiy terminologiyasi
▫️ Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lugʻati
▫️ Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lugʻati (lotin)
🎓 Tarix, adabiyot va toponimika
▫️ Alisher Navoiy ensiklopediyasi (4 jildlik)
▫️ Oʻzbek tili shakllanish va rivojlanish tarixi
▫️ Oʻzbek shevalari tadqiqotlari: konferensiya materiallari
▫️ Oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasi
▫️ Oʻzbek tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish metodikasi
▫️ Oʻzbekiston joy nomlari (2 jildlik)
▫️ Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati
▫️ Soʻz xiyoboni (adiblar soʻz taʼrifida)
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi saytiga joylangan ushbu manbalarni oʻzingizga kerakli boʻlimdan bemalol yuklab oling:

📌 Bu post qachondir albatta asqatadi. Yoʻqotib qoʻymaslik uchun saqlab oling va doʻstlaringizga ham yuboring!
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍17⚡2❤2🔥1
Koʻp kitobxonlarda uchraydigan holat: biror zo‘r kitobni tugatamiz-da, oradan vaqt o‘tib ichidagi eng muhim fikrlar, bizni hayajonga solgan iqtiboslar esdan chiqib ketadi. Yoki yil oxirida "o‘zi bu yil nechta kitob o‘qidim?" degan savolga aniq javob topolmaymiz.
Shu muammolarni hal qilish uchun asarlar.uz saytini ishga tushirganmiz. Asarlar.uz - sizning raqamli kitob javoningiz.
Hozir saytda nimalar qilsa bo‘ladi?
📖 Kitob kundaligi: O‘qib bo‘lgan kitoblaringizni ro‘yxat qiling va Mutolaa tarixingiz kuzatib boring.
⭐ Baho va taqriz: Kitob sizga yoqdimi yoki yo‘q? O‘z bahoingizni qo‘ying va fikringizni yozib qoldiring. Sizning taqrizingiz boshqalarni kitob tanlashida yordamchi bo'ladi.
💬 Iqtiboslar: Kitobdagi eng yoqqan gaplarni alohida saqlab qo‘ying va kitobxonlar bilan bo'lishing.
📊 Statistika: Eng qizig‘i — sayt sizga yil oxirida qancha o‘qiganingiz bo‘yicha shaxsiy statistika chiqarib beradi. O‘z natijalaringizni ko‘rib, tahlil qiling va yangi rejalar tuzing.
Sayt juda sodda va tushunarli. Maqsadimiz — kitobxonlar uchun foydali va qulay platforma qilish.
Kiring, ko‘ring va o‘z kundaligingizni yuritishni boshlang:
👉 asarlar.uz

👍18❤10🍓6
Bir savol bor:
Agar siz 70 foizlik ustamani qoʻlga kiritsangiz, shu vaqtda sizda Milliy sertifikat ham boʻlsa, shunda 120 foiz ustama olasizmi yo bittasini bermaydimi?
Amaliyotda qanday boʻlyapti shu?

👍19🤔6❤2
Forwarded from Ikboljon Sobirov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Niko Gashtakda
Esingizda boʻlsa, oʻtgan yili yozda Oxford kutubxonasida ishlaydigan Niko bilan tanishgan edim. Ular bilan bir necha soat Oʻzbek, Uygʻur, Chigʻatoy tillari, falsafa, siyosat, madaniyat va yana bir qancha mavzular boʻyicha gaplashgan edik.
Ular endi Otabek aka olib boradigan Gashtak podcastida mehmon boʻldilar.
Otabek aka bilan Gashtakda bir podcast mehmoni ham boʻlgan edim. Dunyoqarashi keng va ilmli inson. Shu sababdan, bu podcast sifati yuqori darajada.
Juda ajoyib. Albatta tomosha qiling!
https://youtu.be/ykbchtupA14?si=hY5vAVnqRyf6x3Al

🔥14👍11❤7
Kimdir Claude sunʼiy idrokidan foydalanayotgan boʻlsa, bilib qoʻyganingiz yaxshi, Erondagi qizlar maktabiga berilgan zarba aynan mana shu sunʼiy idrok aybi bilan boʻlgan ekan.
Bundan tashqari, ushbu sunʼiy idrok Amerika va Isroil harbiylariga nishonlarni aniqlash, maʼlumotlar toʻplash borasida yordam berar ekan. Yaʼni hujumlarda bevosita ishtirok etarkan.
Batafsil yana yozaman.

😢23🤔16❤4👎4👍3🔥1🗿1
Xabaringiz bor, bu mavsumdan boshlab ona tili va adabiyot fani ustozlari attestatsiyasida oʻqib tushunish testlari ham tushadi. Bundan ikkita kichik matn beriladi. Ana shu ikkita matndan jami 10 ta savol tushadi.
Ana shularni hisobga olib, ona tili va adabiyot ustozlari uchun attestatsiya vaqti 90 daqiqa emas, 105 daqiqa etib belgilandi.
Attestatsiya jarayonlari aprobatsiyasi natijasida ikkita matnni oʻqish uchun oʻrtacha 15 daqiqa vaqt sarflangan (oʻqituvchilar qatnashgan). Ana shu 15 daqiqa qoʻshib berilmoqda. Bu juda yaxshi yangilik.
Oʻzi oʻqib tushunishning kirtilganini katta va ijobiy yangilik edi. Axir endi oʻqituvchilar faqatgina grammatika oʻqitmayapti. Oʻqib tushunish strategiyalarini oʻzlari qoʻllay olishlari ham kerak.

👍44❤11🤔1
Ona tili va adabiyot fanidan ATT spestsifikatsiyasi.pdf
298.3 KB
Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya spetsifikatsiyasi
Asosiy oʻzgarishlar:
1. Endi 10 ta savol oʻqib tushunishdan boʻladi (bitta ilmiy-ommabop matn, bitta badiiy matn)
2. Endi test ishlash uchun vaqt 90 daqiqa emas, 105 daqiqa.
3. Endi pedagogik mahoratdan fanning metodikasiga oid kitoblar ham kiritilgan (hamma fanga oʻz kitobi)
Pastroqda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilariga attestatsiyada pedagogik mahoratdan qaysi manbalar asosida test tuzilishi ham koʻrsatilgan.

❤6🥰6👍3
BOLALAR O'YINLARI. 7-12-darslar.pdf
388.2 KB
O’qituvchi uchun metodik yordam
5-sinf ona tili fanidan “Bolalar o’yinlari” bobi 7–12-darslar uchun mo’ljallangan.

❤5👍5
Attestatsiyadagi yangi qoida sizni xavotirga solmasin! ⚠️
Ona tili va adabiyotdan attestatsiya spetsifikatsiyasi kechagina yangilandi. Eng katta o'zgarish – matn ustida ishlash (oʻqib tushunish). Koʻpchilik oʻqituvchilar aynan shu joyda qiynalishi sir emas.
Men uzoq vaqtdan beri oʻqib tushunishni baholash boʻyicha ishlayman. Darslar oʻtaman. Testlar tuzaman.
🔥 Pedagogik mahorat va kasb standarti kursimning Premium yoki Standart tarifiga qoʻshilsangiz:
Yangi spetsifikatsiya asosida shaxsan oʻzim tuzgan
4 ta ilmiy-ommabop matnli test;
2 ta badiiy matnli testni mutlaqo bepul qoʻlga kiritasiz.
Bu materiallar bozorda yoʻq, ularni faqat kurs aʼzolari oladi.
Kurs haqida batafsil bu yerdan oʻqishingiz mumkin:
KURS HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT
Kursga qoʻshilish uchun @Shokir_tursun akkauntiga yozsangiz boʻladi. Yordamchilarimiz sizga barcha maʼlumotni berishadi.

👍14❤11
Mana bu ahmoqona ishni qarang-da endi.
https://kun.uz/91023363
Nega shunaqa hokimlarni sazoyi qilib, sharmanda qilib, hokimiyatdan haydashmas ekan-a?
Vazirligimiz esa, qoralash bilan ovora. Har holda koʻksiga medal taqmabdiyam.
Mana shunaqa payt vazir bosh vazirga chiqishi, hokimga joyini koʻrsatib qoʻyishi, buni qattiq PR qilishi kerak. Toki boshqalar qadamini oʻylab bossin, oʻqituvchiga bosim qilish sharmandalikka yetaklashini tushunsin.
Men Karmana tumani hokimining (oʻqituvchiga mana shunaqa tentaklik qilgan hammaning) ishdan haydalishi tarafdoriman. Siz-chi?

Kun.uz
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi Shohrux Boltayev tumandagi 9-maktabga borib, o‘quvchiga turli savollar bergan, she’r aytib berishni so‘ragan. Hayajonlangan o‘quvchilar she’r aytib berolmagan. Bundan g‘azablangan hokim maktabning barcha o‘qituvchilarini…
💯55👍20🔥8❤2