Shokir Tursun qarashlari
6.02K subscribers
860 photos
139 videos
222 files
1.07K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Ramazon oyi barcha musulmonlarga qutlugʻ boʻlsin!

Oilangizda baxt, taningizdan sogʻlik, ruhiyatingizdan sokinlik arimasin.

@birgap
❤‍🔥17👍128🔥2
Yangi pedagogik mahorat va kasb standarti kursimga qabulni boshladim.

Batafsil soʻzi ustiga bosib, barcha maʼlumot bilan tanishishingiz mumkin.

Batafsil

Maʼlumot oxirida qayerga murojaat qilish mumkinligi ham yozilgan. Ustiga bosib, oʻtaverasiz.

Barchaga qulay boʻlishi uchun 3 xil tarif ishlab chiqdim.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
@Shokir_tursun

@birgap
👍152
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Toshkent davlat oʻzbek tili adabiyoti universiteti magistrantlari ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitish sifatini yanada oshirish, o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish maqsadida oʻz tadqiqotlari doirasida so‘rovnomalar oʻtkazishmoqda. Ushbu 2ta so‘rovnoma orqali amaldagi ta’lim jarayonini tahlil qilish, mavjud muammolar va takliflarni o‘rganish hamda samarali yechimlar ishlab chiqish maqsad qilingan.

👨‍🏫 O‘qituvchi va murabbiylarni so‘rovnomalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Sizning fikr va takliflaringiz ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Soʻrovnomalarga havola:

https://docs.google.com/forms/d/1BK1ITUilitJywLUwZMQxARvR-Kr7a2usZnuY0Ky1r3c/edit

https://forms.gle/Ljdi2pfd6sNAiv2F9
👍62🫡1
Davlat bog‘chalariga ovqat yetkazib berishda monopoliya xavfi mavjud — tanga.uz surishtiruvi

2025-yilda O‘zbekistonning turli hududlaridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi holatlari kuzatildi.

Bu holat ko‘pchilikning diqqatini sanitariya masalasiga tortishi tabiiydir.

Biroq tanga.uz mamlakatda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib beruvchi korxonalar qanday tanlanishiga e’tibor qaratdi.

Maqola: https://tanga.uz/news/1052

Video: https://youtu.be/w6D2u-_ngw0
👍64
Forwarded from Orif Tolib
Esseda ball yoʻqotmaslik uchun: xususiy oliygohlar nomi qanday yoziladi?

Milliy sertifikat va olimpiada esselarida koʻpchilik chalgʻiydigan nozik masala bor. Hozir koʻchada Alfraganus universiteti, Profi universiteti kabi reklamalarni koʻrib koʻzimiz oʻrganib qolgan. Lekin bu imlo jihatidan toʻgʻrimi?

Imtihonda ballingizni qirqib ketuvchi bu chigallikni yechamiz! 👇


1️⃣ Tavsifiy nomlar qoʻshtirnoqsiz yoziladi

Agar universitet nomi uning qayerda joylashgani yoki qaysi sohaga ixtisoslashganini bildirsa, bu oddiy soʻz birikmasidir. Faqat birinchi soʻz bosh harfda yoziladi.

Toshkent kimyo xalqaro universiteti

Osiyo xalqaro universiteti


2️⃣ Shartli nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi

Eng koʻp xato qilinadigan joy! Agar oliygoh nomi ramziy soʻz, tarixiy shaxs yoki brend bilan atalgan boʻlsa, u albatta qoʻshtirnoqqa olinadi.

“Profi” universiteti

“Alfraganus” universiteti

“Renessans” taʼlim universiteti

Chet tilidagi nomlar ham xuddi shunday: “University of Business and Science” Toshkent shahri filiali. Inglizcha nomdagi barcha mustaqil soʻzlar bosh harfda yoziladi.


3️⃣ Qisqartmalarda qoʻshtirnoq tushadi

Soʻz takrorlanmasligi uchun koʻpincha qisqartmalardan foydalanasiz. Bunda qoʻshtirnoq yozilmaydi:

TKXU (Toshkent kimyo xalqaro universiteti)
TIU (“Turan International” universiteti)

⚠️ Reklamaga ergashmang!

Bannerlarda nom qoʻshtirnoqsiz, hamma harfi kattada yozilishi mumkin (masalan: ALFRAGANUS UNIVERSITY). Bu dizayn xolos! Sizdan matnda dizayn emas, imlo qoidalariga rioya etish talab qilinadi.

📌 Qisqa xulosa:

🔹 Tavsifiy nom: qoʻshtirnoqsiz (Osiyo xalqaro universiteti).

🔹 Ramziy nom: qoʻshtirnoqda (“Diplomat” universiteti).


✈️ Bu postni esse imtihoniga tayyorlanayotgan doʻstlaringizga yuborib qoʻying. Bitta qoʻshtirnoq deb bekorga ball yoʻqotishmasin!

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍1511👏1
227 000 oʻqituvchi mana shu 5 strategiyani bilmagani uchun attestatsiyadan oʻta olmadi

Kuzatuvlarimiz shuni koʻrsatmoqdaki, koʻpchilik attestatsiyaning pedagogik mahorat va kasb standarti boʻlimidan tayyorlanishda xato qilar ekan.

Natijada ularning aksari yetarli ballni toʻplay olishmaydi va yo ustamadan, yo toifadan quruq qolishadi.

2025-yilda ana shunday oʻqituvchilar soni 227 000 tani tashkil etdi😞 Ha, xato oʻqimadingiz, aynan shuncha ustoz yo toifasini oshira olmadi, yo 70 foizlik ustama ololmadi.

Men sizning ham shu 227 000 ustoz qatorida boʻlishingizni istamayman!

🥳 Shuning uchun pedagogik mahorat va kasb standartidan toʻgʻri tayyorlanish va 15 ta testdan 12+ natija qayd etish strategiyasi boʻyicha muxtasar darslik tayyorladim. Darsni olish uchun pastdagi linkni bosing👇

https://t.me/shokirtursun_bot
https://t.me/shokirtursun_bot
https://t.me/shokirtursun_bot
8👍6🔥2
Darsda kinolar koʻrib turasizlarmi?

Qaysi kinolarni koʻrgansizlar? Nega darsda kino koʻrish / koʻrmaslik kerak deb oʻylaysiz?

@birgap
👍134
"Bolalar o'yinlari" bobi.pdf
2.1 MB
O’qituvchi uchun metodik yordam

5-sinf ona tili fanidan “Bolalar o’yinlari” bobi 1–6 darslar uchun mo’ljallangan.

@birgap
👍124👏4
Gapning ahvolini qaranglar🤦‍♂️

Sal soddaroq, ommaviy, zamonaviyroq gap tuzsa boʻlardi-ku.

@birgap
🤣44😁185👍2👎2😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta’limda yangi islohotlar davri boshlandimi?

Ta’lim tizimida yig‘ilib qolgan muammolar talaygina. Ular shu darajada ko‘p ediki, yig‘ilib-yig‘ilib, katta pufak kabi yorilish arafasida edi. Attestatsiya mojarosi, yangi baholash tizimi, sohadagi korrupsiyaviy vaziyatning keskinlashganini bularga misol qilib keltirish mumkin.

So‘nggi kunlarda ayrim mansabdor shaxslarning ishdan olinishi, yangi tayinlovlardan shuni taxmin qilish mumkinki, tizimda yangi islohotlar davri boshlanmoqda, soha tozalanmoqda.

Xo‘sh, endi nima bo‘ladi? Nega ayrim mansabdor shaxslar kutilmaganda ishdan olindi, yangi tayinlovlardan maqsad nima edi?

"Tanaffus" podkastining navbatdan tashqari 31-sonida ayni shu masalani ta’lim bo‘yicha ekspert Komil Jalilov hamda jurnalist Dilshoda Shomirzayeva bilan muhokama qildik.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/FUOhcFI0Cx8

Telegram l Instagram l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2💯1
Forwarded from Orif Tolib
Ekranda 9,5 bet matn va oʻqituvchining asabi. Nega qogʻozga qaytish xato?

Attestatsiyadagi matnlar hajmi A4 formatda 9,5 betgacha yetibdi. Buni kompyuter monitorida oʻqish har qanday oʻqituvchining koʻzi va asabini jiddiy sinovdan oʻtkazishi turgan gap. Shu sabab koʻpchilik imtihonlarni yana qogʻoz shakliga qaytarishni yoki matnlarni qisqartirishni talab qilyapti. Ularning xavotiri oʻrinli.

Ammo matn bilan ishlovchi mutaxassis sifatida aytaman: xalqaro imtihonlarda ham katta hajmli matnlar beriladi, bu – normal holat. Demak, yechim matnni qaychilashda yoki orqaga – qogʻozga qaytishda emas. Asl muammo testning texnik tashkil etilishida.


Nega qogʻozga qaytish xato?

Qogʻoz tarqatildimi, xavfsizlik kamayadi, tashvish esa ortadi. Endi shpargalka, testning tarqalib ketishi va inson omili kabi muammolar bilan mashgʻul boʻlish kerak. IELTS, SAT va TOEFL kabi katta imtihonlar toʻliq kompyuterda oʻtyapti.

Xoʻsh, xalqaro testlar koʻz toliqishi va katta matn muammosini qanday yechgan? Bizga nima yetishmayapti?

1. Vaqt mantiqan uzaytirilishi shart

Ekrandan oʻqish qogʻozdan oʻqishga nisbatan 10–20% sekinroq kechadi. IELTSda 1 ta oʻrtacha matn va 13 ta savolga aniq 20 daqiqa beriladi. Bizda ham ekrandan oʻqish tezligi ilmiy hisoblab chiqilishi zarur.

💻 2. Dastur interfeysi qulay boʻlishi kerak

Ekranni boʻlish: chapda matn, oʻngda savollar tursin. Talabgor savolni oʻqiyotganda matnni qidirib qiynalmaydi.

Belgilash: matndagi muhim joylarni sichqoncha bilan sariq rangga boʻyash funksiyasi kerak. Bu kognitiv yukni kamaytiradi va miya maʼlumotni ushlab turishga qiynalmaydi.

Shrift: matnni bemalol kattalashtirib-kichraytirish tugmasi boʻlishi kerak.

🖥 3. Sifatsiz monitorlar – azob-uqubat

Dastur zoʻr boʻlgan taqdirda ham, monitor eskirgan, ekrani miltillaydigan va sifatsiz boʻlsa, shuncha harakat befoyda – koʻz tez charchaydi, talabgorning diqqati boʻlinib, natijasiga jiddiy ta'sir qiladi.

Toʻgʻri, muammolar boʻlishi ehtimoli yoʻq emas. Lekin tadorigi koʻrilsa, ularni bemalol hal qilish mumkin. Qogʻozga qaytishni talab qilib, orqaga qadam tashlamaslik kerak. Ammo test tashkilotchilari ham “matnni ekranga tiqdik, boʻldi” qabilida ish tutmasligi zarur. Platforma qulay boʻlishi, sifatli texnika ishlatilishi va adolatli vaqt belgilanishi kerak. Imtihon oʻqituvchining asabini emas, bilimini sinasin!


✈️ Fikrlar masʼullarga yetib borishi uchun postni ulashing!

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
💯2913👍10
Vazirlik o‘qituvchilar malaka toifasi sertifikati muddatini o‘zboshimchalik bilan qisqartirib qo‘ydimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi pedagoglar attestatsiyasi bilan bog‘liq yana bir muammoni keltirib chiqardi. Vazirlik tomonidan hali muddati tugamagan malaka toifa sertifikatlarining amal qilish muddati kutilmaganda, hech qanday ogohlantirishlarsiz o‘zgartirib qo‘yilgan.

Buning ortidan hali muddati kelmagan pedagoglar ham navbatdan tashqari attestatsiya uchun to'lovlarni amalga oshirib, ariza topshirishga majbur bo'lgan.

Ularning mazkur arizalari esa hech qanday sabablarsiz, qayta tahrirlanib, majburiyga o‘tkazib qo‘yilgan. Amalga oshirgan to‘lovlar ham o'qituvchilarga qaytarilmagan.

Buning ortidan ayrim o'qituvchilarga malaka toifasi uchun qo‘shimcha haq to‘lash to‘xtatilishi ham mumkin.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1535

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
🤯11👍42😱1
Pedagoglarning malaka toifasi sertifikatlari amal qilish muddati bo‘yicha RASMIY MUNOSABAT: pedagoglar huquqlari kafolatlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda pedagoglarning malaka toifa sertifikatlarining amal qilish muddati qisqartirilgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2021-yilgacha bo‘lgan davrda pedagoglarga attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifalarini tasdiqlovchi sertifikatlar qog‘oz shaklida hududiy boshqarmalar tomonidan rasmiylashtirilgan va pedagoglarga topshirilgan.

Mazkur sertifikatlar respublika bo‘ylab turli sanalarda berilganligi sababli, ularning besh yillik amal qilish muddatining tugashi 2026-yilning turli oylariga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumki, bahorgi attestatsiya jarayoni odatda yanvar–iyun oylarida o‘tkaziladi va natijalarga ko‘ra yangi sertifikatlar iyun oyida beriladi.

Shu bois, 2021-yilning iyul–avgust oylarida sertifikat olgan ayrim pedagoglar sertifikatlarining amal qilish muddati yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin yakuniga yetadi.

Pedagoglarga malaka toifasi sertifikatlari muddatlarida uzilish yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, sertifikat muddati yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar tugaydigan pedagoglarga bahorgi attestatsiyada majburiy attestatsiya turi bo‘yicha, hech qanday to‘lov undirilmagan holda qatnashish imkoniyati mavjud.

Bunda pedagoglar kuzgi attestatsiyani kutmasdan, bahorgi attestatsiya jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin.

Ta’kidlash joizki, malaka toifasi sertifikatlarining amal qilish muddati bo‘yicha hech qanday qisqartirish yoki o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish amalga oshirilmagan.

Pedagoglarning amaldagi sertifikatlari muddati yakuniga yetmaguniga qadar malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi va amaldagi toifa bo‘yicha haq to‘lanishi davom etadi.
9👍7
Attestatsiya uchun savollar tuzuvchi markazdan ajoyib qadam. Ular nihoyat tarix fanidagi xato savolga ball berish boʻyicha xulosaga kelishibdi.

Bu juda katta burilish desa ham boʻladi. Tarixchilar, adashmasam, salkam bir yil kurashdi.

@birgap
👍558👏6🔥4
Haligi, yandeks reklamari chiqmay qoʻyganini sezyapsizlarmi?

@birgap
🔥33😁28👏9👍52
Forwarded from Orif Tolib
📚 Oʻzbek tiliga oid eng kerakli kitob va lugʻatlar

Oʻquvchi, abituriyent, oʻqituvchi, bloger, kopirayter, jurnalist, matbuot kotibi, davlat xizmatchisi, xullas, matnga ishi tushadigan har qanday kishiga zarur boʻlgan 26 ta kitob, qoʻllanma va lugʻatni bitta joyga toʻpladim.

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi saytiga joylangan ushbu manbalarni oʻzingizga kerakli boʻlimdan bemalol yuklab oling:


✍️ Umumiy tilshunoslik va imlo lugʻatlari
▫️ Oʻzbek tili frazeologik lugʻati
▫️ Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati
▫️ Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati (2 jild)
▫️ Oʻzbek tilining katta imlo lugʻati
▫️ Oʻzbek tilining oʻquv imlo lugʻati
▫️ Oʻzbek tilining orfoepik lugʻati
▫️ Oʻzbek xalq soʻzlari
▫️ Ózbekshe-qaraqalpaqsha sózlik

🏢 Ish yuritish va rasmiy hujjatlar
▫️ Davlat tilida ish yuritish (lotin)
▫️ Mámleketlik tilida is júrgiziw (Qoraqalpoq tilida)

🔬 Maxsus sohalarga oid atamalar
▫️ Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lugʻati
▫️ Bank-moliya terminlarining oʻzbek tilidagi izohli lugʻati
▫️ Diplomatik terminlar izohli lugʻati
▫️ Yuridik terminlarning ruscha-oʻzbekcha lugʻati
▫️ Tibbiy atamalar lugʻati
▫️ Oʻzbek harbiy terminologiyasi
▫️ Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lugʻati
▫️ Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lugʻati (lotin)

🎓 Tarix, adabiyot va toponimika
▫️ Alisher Navoiy ensiklopediyasi (4 jildlik)
▫️ Oʻzbek tili shakllanish va rivojlanish tarixi
▫️ Oʻzbek shevalari tadqiqotlari: konferensiya materiallari
▫️ Oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasi
▫️ Oʻzbek tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish metodikasi
▫️ Oʻzbekiston joy nomlari (2 jildlik)
▫️ Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati
▫️ Soʻz xiyoboni (adiblar soʻz taʼrifida)

📌 Bu post qachondir albatta asqatadi. Yoʻqotib qoʻymaslik uchun saqlab oling va doʻstlaringizga ham yuboring!


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍1722🔥1
Koʻp kitobxonlarda uchraydigan holat: biror zo‘r kitobni tugatamiz-da, oradan vaqt o‘tib ichidagi eng muhim fikrlar, bizni hayajonga solgan iqtiboslar esdan chiqib ketadi. Yoki yil oxirida "o‘zi bu yil nechta kitob o‘qidim?" degan savolga aniq javob topolmaymiz.

Shu muammolarni hal qilish uchun asarlar.uz saytini ishga tushirganmiz. Asarlar.uz - sizning raqamli kitob javoningiz.

Hozir saytda nimalar qilsa bo‘ladi?

📖 Kitob kundaligi: O‘qib bo‘lgan kitoblaringizni ro‘yxat qiling va Mutolaa tarixingiz kuzatib boring.

Baho va taqriz: Kitob sizga yoqdimi yoki yo‘q? O‘z bahoingizni qo‘ying va fikringizni yozib qoldiring. Sizning taqrizingiz boshqalarni kitob tanlashida yordamchi bo'ladi.

💬 Iqtiboslar: Kitobdagi eng yoqqan gaplarni alohida saqlab qo‘ying va kitobxonlar bilan bo'lishing.

📊 Statistika: Eng qizig‘i — sayt sizga yil oxirida qancha o‘qiganingiz bo‘yicha shaxsiy statistika chiqarib beradi. O‘z natijalaringizni ko‘rib, tahlil qiling va yangi rejalar tuzing.

Sayt juda sodda va tushunarli. Maqsadimiz — kitobxonlar uchun foydali va qulay platforma qilish.

Kiring, ko‘ring va o‘z kundaligingizni yuritishni boshlang:
👉 asarlar.uz

@birgap
👍1810🍓6
Bir savol bor:

Agar siz 70 foizlik ustamani qoʻlga kiritsangiz, shu vaqtda sizda Milliy sertifikat ham boʻlsa, shunda 120 foiz ustama olasizmi yo bittasini bermaydimi?

Amaliyotda qanday boʻlyapti shu?

@birgap
👍19🤔62
Forwarded from Ikboljon Sobirov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Niko Gashtakda

Esingizda boʻlsa, oʻtgan yili yozda Oxford kutubxonasida ishlaydigan Niko bilan tanishgan edim. Ular bilan bir necha soat Oʻzbek, Uygʻur, Chigʻatoy tillari, falsafa, siyosat, madaniyat va yana bir qancha mavzular boʻyicha gaplashgan edik.

Ular endi Otabek aka olib boradigan Gashtak podcastida mehmon boʻldilar.

Otabek aka bilan Gashtakda bir podcast mehmoni ham boʻlgan edim. Dunyoqarashi keng va ilmli inson. Shu sababdan, bu podcast sifati yuqori darajada.

Juda ajoyib. Albatta tomosha qiling!

https://youtu.be/ykbchtupA14?si=hY5vAVnqRyf6x3Al
🔥14👍117
Kimdir Claude sunʼiy idrokidan foydalanayotgan boʻlsa, bilib qoʻyganingiz yaxshi, Erondagi qizlar maktabiga berilgan zarba aynan mana shu sunʼiy idrok aybi bilan boʻlgan ekan.

Bundan tashqari, ushbu sunʼiy idrok Amerika va Isroil harbiylariga nishonlarni aniqlash, maʼlumotlar toʻplash borasida yordam berar ekan. Yaʼni hujumlarda bevosita ishtirok etarkan.

Batafsil yana yozaman.

@birgap
😢23🤔164👎4👍3🔥1🗿1