Shokir Tursun qarashlari
6.02K subscribers
860 photos
139 videos
222 files
1.07K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Oʻqituvchilar uchun juda yaxshi maqolalar jamlangan blog. Barcha maqolalarni oʻqib chiqishni tavsiya qilaman.

https://mohirdev.uz/blog/category/ochiq-dars/

@birgap
👍721
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Endi o‘qituvchilarga milliy va xalqaro sertifikatlar uchun subsidiyalar ajratiladi

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/67275/

👉 Obuna bo‘ling@talimxabarlari
👍3
9-sinf. 7.12-topshiriq javoblari ekan:

https://t.me/ona_tili_ustozlariga_yordam/247

@birgap
👍7🔥2🤣1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Shokir Tursun qarashlari
Message
Va nihoyat! Mana shu oxirgi reklama boʻlishi mumkin.

Buning uchun saytga kirish degan joyiga kirib, saytda 1 daqiqacha vaqt oʻtkazib chiqib ketsangiz yetadi. Shu bilan hammamiz qutulamiz. Bular bilan kelishuvda adashganman ekanman.

Hammaga oldindan rahmat!

@birgap
👍16🌚31
Oq qilmoq degan gapni eshitganmiz. Farzandga qarata aytiladi. Oq qilmoqdagi oq soʻzining rangga aloqasi yoʻq. U arabcha soʻz boʻlib, boʻysunmas, itoatsiz, soʻzga kirmaydigan, hurmat qilishni bilmaydigan degan maʼnolarni anglatadi.

Farzandni oq qilish ana shu maʼnodan kelib chiqqan.

@birgap
👍435
Forwarded from Orif Tolib
Navoiy, Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahri maktab direktorlari va oʻrinbosarlari diqqatiga!

Maktabingizdagi yuklama, oʻquvchilar soni va shtatlar masalasida qiyinchiliklar bormi?

Biz “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshqaruviga demografik omillarning taʼsirini baholash” mavzusidagi tadqiqot doirasida aynan shu muammolarni oʻrganib, ilmiy yechim va takliflar tayyorlamoqchimiz.


Buning uchun sizning xolis fikringiz suv va havodek zarur.

🔒 Xavotirga oʻrin yoʻq: Bu tekshiruv emas. Soʻrovnoma toʻliq anonim. Ism-sharifingiz yoki maktab raqami soʻralmaydi.

Bor-yoʻgʻi 3 daqiqa vaqtingiz ketadi:
👉 https://forms.gle/N6KMb4paCyxu9q8F8

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
5👍2
Brayan Treysining "Samaradorlikning 21 yoʻli" nomli kitobini oʻqidim. Kitob qanday qilib kuningizni samarali oʻtkazish haqidagi 21 qoida haqida ekan.

Kitobga 10 dan 1 qoʻydim. Boshidan oxirigacha suv gaplardan iborat. Masalan, 18-yoʻl: katta vazifalarni boʻlaklarga boʻlib bajaring. Bir necha bet katta vazifalarni qilish odamni charchatishi, katta vazifalar odamni qoʻrqitishi haqida yozilgan.

Janob Brayan, men katta vazifalarni boʻlish kerakligini bilaman (hamma ham bilsa kerak), mendagi muammo shuni qanday qilishni bilmasligimda. Katta vazifalarni qanday usullar bilan boʻlaklarga ajratish mumkin, qanday boʻlsa toʻgʻri boʻladi? Shular haqida yozmaysizmi?

Butun kitob mana shunaqa yozilgan.

Xuddi bizning pedagogika kitoblarimizga oʻxshaydi. Siz pedagog sifatida sinfda sogʻlom psixologik muhit yaratishingiz kerak deydi. Lekin 300 betdan ortiq kitibning biror yerida sogʻlom psixologik muhit qanday yaratilishi haqida yarimta ham gap yoʻq.

@birgap
😁64👏19👍145💯5🔥2
Internetda kimdir shu ma'nodagi rasmni qo‘yib, “Koreya haqiqati” deb yozibdi. Kimdir kulib “to‘g‘ri” deydi, yana kimdir esa rostakamiga achinib ham qo‘yadi.

Lekin men bu fikrlarga umuman qo‘shilmayman. Koreyada yashayotgan odam sifatida shuni aytamanki, bu Koreya haqiqati emas — bu sizning shaxsiy haqiqatingiz. Koreyaga kirayotganingizda vizangizga “qishda sovuqda har kuni turib samushilga borasiz” degan shart qo‘yilmagan.

Aytgancha, 인력 사무실 (Inlyok samushil) koreys tilida "ish ofisi”, ish joyi degani. Bu yerda kunlik ishlar topib ishlanadi. Bizni tilda mardikorlik bozori (lekin tizim va sharoit ancha boshqacha, yaxshi tomondan)

Hech kim sizni har kuni sovuqda aynan shunday ishga borishga majburlamaydi. Qolaversa, Koreyadagi hamma ham har kuni samushil eshigi tagida emas. Bu — o‘zingiz uchun yaratgan haqiqat va o‘zingiz tanlagan yo‘l. Shunday ekan, iltimos, siz o'zingizni shaxsiy juningiz bilan davlat junini aralashtirmang.

Bu yerda yurgan chet elliklarni, ayniqsa ilm olayotgan yoki hayotda nimagadir intilayotgan odamlarni ham dunyoga noto‘g‘ri ko‘rsatmang.

@irodalearnsitall
👍2112
"Zukkolar va landavurlar" degan kitob oʻqiyotgan edim. Bir joyi juda yoqdi. Unda kambagʻal va boy oilalarning farzandi tarbiyasiga munosabati boshqacha ekani aytiladi (tadqiqotlar asosida aniqlangan ekan).

Kitobda badavlat, ishida mahoratli oila farzandini shifokorga olib borgani voqeasi bor. 9 yoshli Aleks va onasi Kristina mashinada ketishyapti. Kristina Aleksga aytadi:
– Aleks, oʻylab koʻr, shifokorga qanday savol bermoqchisan? Istagan narsangni soʻrashing mumkin. Tortinma, nima kerak boʻlsa soʻra.
Aleks biroz oʻylab javob beradi:
– Qoʻltigʻimning tagida dezodarantdan donachalar toshgan.
– Rostdan-a? Yangi dezodarant sababmi?
– Ha
– Bu haqida shifokorga aytgin.


Kristina farzandini garchi xonada kattalar bor boʻlsa-da oʻz mustaqil fikrini bildirish huquqi bilan tanishtirmoqda. Aynan mana shunaqa odat kambagaʻl oilalarda kuzatilmas ekan. Bu esa kelajakda kambagʻal oiladan chiqqanlarning koʻproq mute boʻlishiga olib kelarkan.

@birgap
33👍24🔥9
Ustoz+ kanalimizning 16–28-fevral uchun rejasi. 30 nafar ustoz biz bilan birga. Har kuni nimadir oʻrganyapmiz.

Siz ham qoʻshilishni istasangiz @shtmenejer ga Ustoz+ deb yozing.

Kanalga qoʻshilish narxi: oyiga 40 000 soʻm.

@birgap
👍115🔥4👎1
Ertagalik tushlik "Sodiq School"da soʻnggi tushligim boʻladi.

Keyin 1 oy tushlikdan dam olamiz. Ramazondan keyin qaytadi tushligimiz.

@birgap
😁65👍30🥰9🥱21
Ramazon oyi barcha musulmonlarga qutlugʻ boʻlsin!

Oilangizda baxt, taningizdan sogʻlik, ruhiyatingizdan sokinlik arimasin.

@birgap
❤‍🔥17👍128🔥2
Yangi pedagogik mahorat va kasb standarti kursimga qabulni boshladim.

Batafsil soʻzi ustiga bosib, barcha maʼlumot bilan tanishishingiz mumkin.

Batafsil

Maʼlumot oxirida qayerga murojaat qilish mumkinligi ham yozilgan. Ustiga bosib, oʻtaverasiz.

Barchaga qulay boʻlishi uchun 3 xil tarif ishlab chiqdim.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
@Shokir_tursun

@birgap
👍152
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Toshkent davlat oʻzbek tili adabiyoti universiteti magistrantlari ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitish sifatini yanada oshirish, o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish maqsadida oʻz tadqiqotlari doirasida so‘rovnomalar oʻtkazishmoqda. Ushbu 2ta so‘rovnoma orqali amaldagi ta’lim jarayonini tahlil qilish, mavjud muammolar va takliflarni o‘rganish hamda samarali yechimlar ishlab chiqish maqsad qilingan.

👨‍🏫 O‘qituvchi va murabbiylarni so‘rovnomalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Sizning fikr va takliflaringiz ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Soʻrovnomalarga havola:

https://docs.google.com/forms/d/1BK1ITUilitJywLUwZMQxARvR-Kr7a2usZnuY0Ky1r3c/edit

https://forms.gle/Ljdi2pfd6sNAiv2F9
👍62🫡1