🔥19👍9🤔4😭3❤2💯2
Forwarded from Ulug‘bek Po‘latov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaponcha ta’lim
Mana bu bolalarning "faolligini" ko‘rib, mas’ullar xursand bo‘lyapti. To‘g‘ri, bir tomondan qaralsa hammasi juda zo‘rdek ko‘rinadi.
Lekin bolalarning gapirish ohangiga e’tibor berib ko‘rdingizmi? Go‘yoki, sun’iy intellekt matnni o‘qib berayotgandek.
Ya’ni, bolalar aslida o‘zi nima deyayotganini tushungani yo‘q. Ular matnni shunchaki yodlab olgan va bir nuqtaga qarab, xuddi robotdek gapirib beryapti. Agar Yaponcha ta'lim shu bo'ladigan bo'lsa, unda kerakmas.
Bizga robotlar emas, o‘zining mustaqil fikriga ega, tanqidiy fikrlay oladigan avlod kerak. Bunday qilib, ta’limning asosiy ustunlarini qulatmaylik azizlar.
Yo‘q, noto‘g‘ri gapiryapsiz deyishdan avval podkastimizning mana bu sonini ko‘rishni maslahat beraman.
@u_pulatoff

👍27😭15❤4
Mana shunaqa reklamalardan qutilish uchun yordam bera olasizlarmi?
Yana bir nechta shunaqa reklama chiqari shu 1-2 kun ichida. Hammasining ositda #reklama degan yozudan keyin sayt manzili boʻladi. Oʻsha manzilga kirib, 1 daqiqa shu saytni koʻrib chiqib ketsangiz yetadi. Saytlarning hammasi ishonchli, hech biri muammoli sayt emas.
Reklamalarni bekor qilishim uchun bir marrani egallashim kerak, shunaqa qilib 1-2 marta yordam bersangiz marraga yetvolaman va reklamalarni olib tashlay olaman.
@birgap

😁16👍5🤣3❤2🥴2
Qiziq, "Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi" kitobida ona tili taʼlimida zamonaviy yondashuvlar qatorida bixeviorizm (biheviorizm desa toʻgʻriroq boʻlardi) ham sanalgan ekan.
Axir bu yondashuv oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab tanqid qilingan va til oʻqitishdan samarasi past deya baholangan-ku.
Yo mavzudan zamonaviy degan soʻzni olib tashlash kerak, shunda bemalol istalgan yondashuv haqida yozish mumkin, yo mavzudan bixeviorizmni olib tashlash kerak, u endi zamonaviy emas.

😁14❤5🔥4👍3
Oʻqituvchilar uchun juda yaxshi maqolalar jamlangan blog. Barcha maqolalarni oʻqib chiqishni tavsiya qilaman.
https://mohirdev.uz/blog/category/ochiq-dars/
@birgap
https://mohirdev.uz/blog/category/ochiq-dars/
@birgap
👍7☃2❤1
Forwarded from Talimxabarlari.uz | Расмий канал
Endi o‘qituvchilarga milliy va xalqaro sertifikatlar uchun subsidiyalar ajratiladi
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/67275/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari

👍3
👍7🔥2🤣1
Shokir Tursun qarashlari
Message
Va nihoyat! Mana shu oxirgi reklama boʻlishi mumkin.
Buning uchun saytga kirish degan joyiga kirib, saytda 1 daqiqacha vaqt oʻtkazib chiqib ketsangiz yetadi. Shu bilan hammamiz qutulamiz. Bular bilan kelishuvda adashganman ekanman.
Hammaga oldindan rahmat!

👍16🌚3❤1
Oq qilmoq degan gapni eshitganmiz. Farzandga qarata aytiladi. Oq qilmoqdagi oq soʻzining rangga aloqasi yoʻq. U arabcha soʻz boʻlib, boʻysunmas, itoatsiz, soʻzga kirmaydigan, hurmat qilishni bilmaydigan degan maʼnolarni anglatadi.
Farzandni oq qilish ana shu maʼnodan kelib chiqqan.
@birgap
Farzandni oq qilish ana shu maʼnodan kelib chiqqan.
@birgap
👍43❤5
Forwarded from Orif Tolib
Navoiy, Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahri maktab direktorlari va oʻrinbosarlari diqqatiga!
Maktabingizdagi yuklama, oʻquvchilar soni va shtatlar masalasida qiyinchiliklar bormi?
Buning uchun sizning xolis fikringiz suv va havodek zarur.
🔒 Xavotirga oʻrin yoʻq: Bu tekshiruv emas. Soʻrovnoma toʻliq anonim. Ism-sharifingiz yoki maktab raqami soʻralmaydi.
⏳ Bor-yoʻgʻi 3 daqiqa vaqtingiz ketadi:
👉 https://forms.gle/N6KMb4paCyxu9q8F8
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

Biz “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshqaruviga demografik omillarning taʼsirini baholash” mavzusidagi tadqiqot doirasida aynan shu muammolarni oʻrganib, ilmiy yechim va takliflar tayyorlamoqchimiz.
Buning uchun sizning xolis fikringiz suv va havodek zarur.
🔒 Xavotirga oʻrin yoʻq: Bu tekshiruv emas. Soʻrovnoma toʻliq anonim. Ism-sharifingiz yoki maktab raqami soʻralmaydi.
⏳ Bor-yoʻgʻi 3 daqiqa vaqtingiz ketadi:
👉 https://forms.gle/N6KMb4paCyxu9q8F8
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
❤5👍2
Orif Tolib
Navoiy, Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahri maktab direktorlari va oʻrinbosarlari diqqatiga! Maktabingizdagi yuklama, oʻquvchilar soni va shtatlar masalasida qiyinchiliklar bormi? Biz “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshqaruviga demografik omillarning…
Maktabingiz guruhiga yuborib qoʻysangiz xursand boʻlardim.
Bu faqat ilmiy tadqiqot uchun. Hammasi anonim boʻladi, qoʻrqish, yoʻgʻini bor qilib koʻrsatish shart emas.

👍6❤2
Brayan Treysining "Samaradorlikning 21 yoʻli" nomli kitobini oʻqidim. Kitob qanday qilib kuningizni samarali oʻtkazish haqidagi 21 qoida haqida ekan.
Kitobga 10 dan 1 qoʻydim. Boshidan oxirigacha suv gaplardan iborat. Masalan, 18-yoʻl: katta vazifalarni boʻlaklarga boʻlib bajaring. Bir necha bet katta vazifalarni qilish odamni charchatishi, katta vazifalar odamni qoʻrqitishi haqida yozilgan.
Janob Brayan, men katta vazifalarni boʻlish kerakligini bilaman (hamma ham bilsa kerak), mendagi muammo shuni qanday qilishni bilmasligimda. Katta vazifalarni qanday usullar bilan boʻlaklarga ajratish mumkin, qanday boʻlsa toʻgʻri boʻladi? Shular haqida yozmaysizmi?
Butun kitob mana shunaqa yozilgan.
Xuddi bizning pedagogika kitoblarimizga oʻxshaydi. Siz pedagog sifatida sinfda sogʻlom psixologik muhit yaratishingiz kerak deydi. Lekin 300 betdan ortiq kitibning biror yerida sogʻlom psixologik muhit qanday yaratilishi haqida yarimta ham gap yoʻq.

😁64👏19👍14❤5💯5🔥2
Forwarded from Experior.. 🇺🇿🇬🇧🇹🇷🇰🇷
Internetda kimdir shu ma'nodagi rasmni qo‘yib, “Koreya haqiqati” deb yozibdi. Kimdir kulib “to‘g‘ri” deydi, yana kimdir esa rostakamiga achinib ham qo‘yadi.
Lekin men bu fikrlarga umuman qo‘shilmayman. Koreyada yashayotgan odam sifatida shuni aytamanki, bu Koreya haqiqati emas — bu sizning shaxsiy haqiqatingiz. Koreyaga kirayotganingizda vizangizga “qishda sovuqda har kuni turib samushilga borasiz” degan shart qo‘yilmagan.
Aytgancha, 인력 사무실 (Inlyok samushil) koreys tilida "ish ofisi”, ish joyi degani. Bu yerda kunlik ishlar topib ishlanadi. Bizni tilda mardikorlik bozori (lekin tizim va sharoit ancha boshqacha, yaxshi tomondan)
Hech kim sizni har kuni sovuqda aynan shunday ishga borishga majburlamaydi. Qolaversa, Koreyadagi hamma ham har kuni samushil eshigi tagida emas. Bu — o‘zingiz uchun yaratgan haqiqat va o‘zingiz tanlagan yo‘l. Shunday ekan, iltimos, siz o'zingizni shaxsiy juningiz bilan davlat junini aralashtirmang.
Bu yerda yurgan chet elliklarni, ayniqsa ilm olayotgan yoki hayotda nimagadir intilayotgan odamlarni ham dunyoga noto‘g‘ri ko‘rsatmang.
@irodalearnsitall

👍21❤12
"Zukkolar va landavurlar" degan kitob oʻqiyotgan edim. Bir joyi juda yoqdi. Unda kambagʻal va boy oilalarning farzandi tarbiyasiga munosabati boshqacha ekani aytiladi (tadqiqotlar asosida aniqlangan ekan).
Kitobda badavlat, ishida mahoratli oila farzandini shifokorga olib borgani voqeasi bor. 9 yoshli Aleks va onasi Kristina mashinada ketishyapti. Kristina Aleksga aytadi:
– Aleks, oʻylab koʻr, shifokorga qanday savol bermoqchisan? Istagan narsangni soʻrashing mumkin. Tortinma, nima kerak boʻlsa soʻra.
Aleks biroz oʻylab javob beradi:
– Qoʻltigʻimning tagida dezodarantdan donachalar toshgan.
– Rostdan-a? Yangi dezodarant sababmi?
– Ha
– Bu haqida shifokorga aytgin.
Kristina farzandini garchi xonada kattalar bor boʻlsa-da oʻz mustaqil fikrini bildirish huquqi bilan tanishtirmoqda. Aynan mana shunaqa odat kambagaʻl oilalarda kuzatilmas ekan. Bu esa kelajakda kambagʻal oiladan chiqqanlarning koʻproq mute boʻlishiga olib kelarkan.

❤33👍24🔥9
Ustoz+ kanalimizning 16–28-fevral uchun rejasi. 30 nafar ustoz biz bilan birga. Har kuni nimadir oʻrganyapmiz.
Siz ham qoʻshilishni istasangiz @shtmenejer ga Ustoz+ deb yozing.
Kanalga qoʻshilish narxi: oyiga 40 000 soʻm.

👍11❤5🔥4👎1