Shokir Tursun qarashlari
5.62K subscribers
811 photos
133 videos
217 files
1.02K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Endi haftada 2 kun emas, 3 kun dam olaman. Mana shu kunlarni dissertatsiyamga, pedagogika kurslarimga, oilamga va yangi loyihalarga sarflamoqchiman.

Bugun sizlarga yangiligim bor. Kechroq yozaman u haqida.

@birgap
👍54🤔117🔥6😁2🥰1
Xullas, yangilik juda oddiy. Men endi matnli testlarni sotishni yoʻlga qoʻyyapman.

Avval aytganimdek, attestatsiyada oʻqish savodxonligi testlari ham berilishi kutilyapti. Kamida 10 ta savol tushadi. Bu degani siz yuqori natijaga erishish uchun bu testlarni yaxshi bajarishingiz kerak. Oʻqish savodxonligi koʻproq tajriba asosida oʻzlashadigan koʻnikma. Bunga faoliyatim davomida koʻp guvoh boʻlganman. Shunday ekan siz qancha koʻp matnli test yechsangiz, tajribangiz shuncha oshadi va attestatsiyada qiynalmaysiz.

Nega aynan mendan sotib olishingiz kerak?
1. Men oʻqish savodxonligi va uni baholash sohasida 5 yildan beri tadqiqot olib boraman.
2. Oʻqish savodxonligiga oid turli loyihalar ishtirokchisiman.
3. Oʻqish savodxonligi yuzasidan test tuzuvchilar tayyorlashda qatnashganman (BMBA uchun).
4. Oʻqish savodxonligi koʻnikmalari bilan chop etilgan ona tili fani darsliklari mualliflari qatorida borman.

Endi tariflarga kelsak:
1 ta matnli test – 4 000 soʻm
1 ta matnli test + kalit – 6 000 soʻm
1 ta matnli test + kalit + tahlil – 11 000 soʻm
Obuna (20 ta matnli test + kalit + tahlil) – 155 000
Obuna tarifi tanlanganda sizga kanal linki beriladi va kanalga har dushanba va payshanba kuni test joylanadi. 20 ta matnli test berib boʻlingach obunani yangilashingiz yoki bekor qilishingiz mumkin boʻladi.

Nima qilish kerak?
Shunchaki @readingwithsht_bot botiga murojaat qiling, toʻlovni amalga oshiring va testni oling. Hozir sotuvda "Yemagimiz xavfsizmi" ilmiy-ommabop matni asosida tuzilgan 11 ta savolli test bor. Har doim kanalimda va bot orqali sizga sotuvda bor testlar roʻyxatini eʼlon qilib turaman.

@birgap
👍3822🥰1
Pedagogik mahorat-spetsifikatsiya.pdf
201.4 KB
Pedagogik mahorat yuzasidan attestatsiya uchun yangi spetsifikatsiya eʼlon qilinibdi. Oʻzgarishlar anchayin katta.

@birgap
👍7
ped-mahorat-yangi test.pdf
216.5 KB
Yangi spetsifikatsiya boʻyicha tuzilgan testlar.

Kalitlarini keyinroq ulashaman.

@birgap
👍81🥰1
Yangi spetsifikatsiyani koʻrib aytgan gapim:

Boshlagan kitobimni boshqatdan boshlashim kerak ekan-da😁

@birgap
😁24👏4👍1🤔1
Ulug‘bek Po‘latov
Shokir aka mana shu chorlovga men ham qo’shilay. Bunday chorlovlar kitob o’qishni odat tusiga kiritish uchun ham menga ham kerak.
Aka, qoʻshiling, xursand boʻlamiz.

Shartlar oddiy:
1. 2026-yil yakuniga qadar 100 ta kitob yoki 12.000 bet
(o‘qish yoki tinglash)
2. Kunlik minimum: 30 bet yoki 30 daqiqa
3. O‘qilgan kitoblar ro‘yxatini shaxsiy sahifada yuritish

Komil aka, siz ham qoʻshiling.

@birgap
🔥189👍3
atamalar_2025-12.pdf
685.4 KB
Atamalarni oʻzbekchalashtirish boʻyicha yangi takliflar tayyorlanibdi. Undan 66 ta soʻz oʻrin olgan.

Atamalarni koʻrdingizmi? Nima deysizlar?


@birgap
👍102👎2
Shokir Tursun qarashlari
ped-mahorat-yangi test.pdf
Men uchun juda oson savol. Sizga-chi?

@birgap
👎16👍82
Mana ona tili va adabiyot hamda pedagogikaga oid yangi spetsifikatsiyalar va ular asosidagi testlarni koʻrdik. Ona tili va adabiyot spetsifikatsiyasidagi oʻzgarishlardan xursand boʻldim. Sizga qiyin tuyulgandir, shuncha payt tayyorgarlik koʻrgan boʻlsangiz endi yana qoʻshimcha tayyorlanish kerakdir, ammo bunday oʻzgarishlar zarur edi deyman. Zero bugun ona tili va adabiyot oʻqituvchisi matn bilan ishlashni bilishi kerak. Axir darsliklar shu usulga oʻtib boʻldi.

Yoʻq, yoʻq, bu ideal demayapman. Avvalgisidan yaxshi deyapman. Avvalgisi oʻzidan oldingisidan yaxshi edi.

Pedagogik mahorat borasida esa adabiyotlarning yangilangani, har bir fanning oʻz metodikasiga oid savollar ham tuzilishi quvonarli. Pedagogik mahorat borasida ham fikrlarim markaznikidan farqli. Men buni test orqali aniqlashga qarshiman, ammo vaziyat shuni taqozo qilyapti. Sekin-sekin testsiz baholashga ham oʻtib qolishar, har holda oʻzgarishlar faqat ijobiy boʻlyapti-ku.

Testning validligi borasidagi talablarim esa oʻzgarmaydi, ular shart va zarur.

@birgap
👍158
Hurmatsiz, Zafar Arslonov!

Iloyim mana shu kunlar onangiz, qizingiz, rafiqangiz boshiga tushsin. Oʻshanda xuddi shunaqa deb oqlab berishingizni ham koʻraylik.

Aslida bunday deyishim xato. Bu odamning qilgan ahmoqligiga ahli ayollari aybdor emas. Ular bu odamning oʻrniga javob bermasligi kerak. Ammo bunday odamlar boshiga tushmagancha tushunmaydi.

@birgap
💯3313👍6
Pedagogikadan yangi spetsifikatsiya boʻyicha test

Ushbu testda o‘qituvchi murakkab va yangi tushunchani (yurakning ishlashini) o‘quvchilarga allaqachon tanish bo‘lgan boshqa bir mexanizm (nasos) bilan qiyoslash orqali tushuntiryapti.

Analogiya ayni shu narsa. Yaʼni ikki narsa / hodisa oʻrtasidagi oʻxshashlikdan foydalanib tushuntirish. Bu oʻquvchilar mavzuni yaxshiroq anglashlariga koʻmaklashadi.

Bir umr sahroda yashagan, qumgʻonda choy qaynatgan odamga elektr choynakni tushuntirishda ana shu qumgʻon analogiyasidan foydalanishingiz kerak, aks holda u elektr choynakni tasavvur qila olmaydi.

@birgap
👍153
Mudofaa atamalari.pdf
545.6 KB
#Ona tilimiz_uchun

Mudofaa sohasiga oid yangi atamalarni koʻrib chiqing!


Xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar ishchi guruhlari yuborgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Ishchi organ galdagi taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va koʻrib chiqadi.
O'z fikr-mulohazalaringizni izohda yozib qoldiring!
Tilimizga befarq boʻlmang!
Takliflarni quyidagi havola orqali ham yozib qoldirishingiz mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfrtSABLnNOeierPLN9aLz_G5ajtdO1l5awSTwvhMHXBfg4Rg/viewform


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
Oʻz tajribalarim, oʻzim tayyorlagan dars materiallari, turli xos maqolalarim va pedagogikaga oid chet el kitoblaridan tarjimalar berib boradigan kanalim bor edi. Ancha payt yurmay qoldi shu. Vaqtim juda oz edi. Ana endi shu kanalni yana jonlantirdim.

Kanaldan chiqib ketmay, qayta jonlanishini kutganlarga rahmat! Endi uyaltirib qoʻymayman.

Sizga ham qiziq boʻlsa @ustozplyussht_bot ga murojaat qilishingiz mumkin.

P.S. kanal yopiq, obuna boʻlish pulli (chunki u yerdagi materiallar katta mehnat evaziga keladi).

@birgap
👍64🔥4🥰1
Maktab darsliklarining emaktab.uz saytiga qoʻyib borilayotgani yaxshi holat.

Lekin nima uchun mana shunaqa orqa fon bilan chiqarisharkin. Bunaqa ishlar odatda mualliflik huquqi buzilishini cheklash uchun qilinadi. Ammo darsliklarning muallifi hammaga ayon boʻladi, mualliflarga bajargan ishlari uchun haqlar ham toʻlangan. Xoʻsh, bunday suvbelgini qoʻyishdan maqsad nima? Xususiy nashriyotlar chop etib, olaman degan odamga sotsa nima qilibdi? Eng qizigʻi baribir oʻsha darslikni oq-qora nashr qiladiganlar bor. Undan ham qizigʻi, oʻsha nashrlar fonida bunaqa suvbelgi yoʻq.

Bundan tashqari, matnni nusxalash imkoni ham yopib qoʻyilgan. Darslikdan biror matnni olib matn muharrirlari orqali qayta ishlab olishga imkon qoldirishmagan?

Nega shunday-a, nega?

@birgap
👍95😁3💯3
Oʻqish savodxonligi testlari kanalimizga yangi testni joyladik.

Endi sotuvda ikkita matn bor:

1. Yemagimiz xavfsizmi?
2. Hayvonlar ongiga sayohat

Matnli testlarni obuna yoki yakka sotib olish asosida qoʻlga kiritishingiz mumkin.

Batafsil mana bu postda yozilgan:
https://t.me/birgap/3589

Matnli testlarni sotib olish uchun nima qilish kerak?
Shunchaki @readingwithsht_bot botiga murojaat qiling, toʻlovni amalga oshiring va testni oling.

@birgap
👍83🖕1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
80%
mabodo
19%
mobodo
1%
nobodo
7🔥4🖕4
Yangi yil bayrami atrofida (rasmiy taʼtil kunlari) navbatchilikka chiqqan barcha pedagog (xodimlar)ga yanvar oyiga qoʻshimcha ish haqi (2 barobar) qoʻshib berilishi mumkin ekan.

Batafsil bu yerda oʻqing.

P.S. navbatchilikka chiqqan ustozlar haqingizni talab qilib olishingiz kerak boʻlishi mumkin

@birgap
👍6🔥3