Shokir Tursun qarashlari
5.61K subscribers
809 photos
135 videos
217 files
1.02K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
2026-yil barchaga qutli kelsin! Omad, baxt va sogʻlik tark etmasin.

@birgap
👍4996🥰4
Bu degani oʻqituvchilar oyligi hozir 5 000 000 boʻlsa, 2030-yilga borib 10 000 000 boʻladi.

Birdan 2 barobar oshirilmaydi.

Lekin shunday ketsa 2030-yildagi 10 million hozirgi 5 milliondan unchalik ham koʻp farq qilmaydi.

Manba

@birgap
😁51🤣36💯214👍4💔3
Oʻzim uchun taʼtilni yakunladim. Bugundan ishga shoʻngʻiyapman.

Mana bu chaqiruvning labbayini boshlaganman. Bitta kitobni tugatdim kecha.

@birgap
👍21💯64
Davlat boshqaruv mafkurasi taʼlim mafkurasini ham belgilab beradi. Sababi oddiy, ommaviy taʼlimning asosiy buyurtmachisi – davlat.

Yaʼni agar tuzum demokratik boʻlsa, fuqarolar oʻz jamiyatini boshqara olishi uchun fikr, gʻoya egalariga muhtojlik sezadi va bunday odamlarni tayyorlashni taʼlimning boʻyniga qoʻyadi.

Agar tuzum yakkahokimlikka asoslansa, taʼlim fikr yetakchilarini yetishtirishni toʻxtatadi yoki cheklangan miqdorda, cheklangan doiralardagina tayyorlaydi. Toʻgʻri-da, nuqul savol beraveradiganlar qaysi monarxga yoqardi.

@birgap
21👍199🔥2
Mana bu chorlovga tadqiqotchi, tvitterda beton boʻyicha mutaxassis Dilshod aka ham qoʻshilibdi. Ana endi uch kishi boʻldik.

Tvitterda bizni bir odam deb oʻylaydiganlar, aka-uka deydiganlar koʻp.

Kecha va bugun Farid Zakariyoning "Erkin taʼlim himoyasida" degan kitobni oʻqib tugatdim.

@birgap
🔥16👍51😁1
Xabaringiz bor, oʻqituvchilar attestatsiyasiga ham oʻqish savodxonligi (oʻqib tushunish) boʻyicha testlar kiritilyapti. Endi savollarning 10 tasi aynan shu koʻnikmadan boʻlishi koʻrsatilgan spetsifikatsiyani hamma koʻrgandir.

Oʻqish savodxonligi nima ekani, u qanday baholanishi haqida chuqurroq oʻrgangan odam sifatida aytaman, qoʻrqmang, ozroq mashq qilish bilan testlarni oson yechish mumkin. Buni tajribalarim davomida koʻp kuzatganman.

PISA testlarida oʻzbekistonlik oʻquvchilarning oʻqish savodxonligidan yomon baho olishiga tajriba kamligi ham taʼsir qilgani aniq. Masalan, PISAda tushgan deyilgan testlarni (PISA oʻzi tarqatgan) men 8-sinf oʻquvchilarimga berganimda juda oson ekanini aytishgan va deyarli xato qilishmagan edi. Chunki biz ular bilan 10-15 ta matn ustida ishlab, testlar yechib koʻrgan edik.

@birgap
👍64🔥4
Uzoq umr sirlari-test.pdf
178.2 KB
Mana shu testni yechib koʻringlar. Kalitlarini keyinroq tashlayman.

Javoblarini izohlarga emas, oʻzingizning yondaftaringizga yozing.

Testni boshqalarga ham ulashib qoʻyavering. Ular ham yechib koʻrsin.

@birgap
👍20🔥61🥰1
Kanal izohlarida turli gʻalati "odamlar" yozaverganidan zerikib, izoh yozish uchun mendan ruxsat soʻrashni yoqib qoʻygandim. Keyin esimdan chiqibdi. Hozirgina qoʻshilmoqchi boʻlganlarni tasdiqlab yubordim. Endi tez-tez qarab turaman shu joyiga. Uzr.

@birgap
👍241
Uzoq umr sirlari-kalit+.pdf
215.6 KB
Mana kalitlari. Solishtirib koʻrishingiz mumkin.

@birgap
👍10🔥5👎1🥰1😡1
Yaxshi, unda shu yerga roʻyxat qilib boraman.

"Mutolaa" ilovasida oʻqilganlar
1. Agata Kristi "Oʻnta negr bolasi" ✔️ 8/10
2. Farid Zakariyo "Erkin taʼlim himoyasida" ✔️ 7/10
3. Hans Rosling "Factfulness"
4. Alisher Navoiy "Lison ut-tayr" (nasriy bayoni) ▶️

Qogʻozda oʻqilganlar:

1. Baxtiyor Abdugʻafur "Azal muhri" ▶️

@birgap
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1910👎1🥰1
Kitob oʻqishimda eng katta yordamchim – Ashrafim.

Uni koʻchaga sayrga olib chiqaman, u uxlaydi, men kitob eshitib aravacha yetaklayman.

@birgap
👍5323🥰6😁5😢1
Endi haftada 2 kun emas, 3 kun dam olaman. Mana shu kunlarni dissertatsiyamga, pedagogika kurslarimga, oilamga va yangi loyihalarga sarflamoqchiman.

Bugun sizlarga yangiligim bor. Kechroq yozaman u haqida.

@birgap
👍54🤔117🔥6😁2🥰1
Xullas, yangilik juda oddiy. Men endi matnli testlarni sotishni yoʻlga qoʻyyapman.

Avval aytganimdek, attestatsiyada oʻqish savodxonligi testlari ham berilishi kutilyapti. Kamida 10 ta savol tushadi. Bu degani siz yuqori natijaga erishish uchun bu testlarni yaxshi bajarishingiz kerak. Oʻqish savodxonligi koʻproq tajriba asosida oʻzlashadigan koʻnikma. Bunga faoliyatim davomida koʻp guvoh boʻlganman. Shunday ekan siz qancha koʻp matnli test yechsangiz, tajribangiz shuncha oshadi va attestatsiyada qiynalmaysiz.

Nega aynan mendan sotib olishingiz kerak?
1. Men oʻqish savodxonligi va uni baholash sohasida 5 yildan beri tadqiqot olib boraman.
2. Oʻqish savodxonligiga oid turli loyihalar ishtirokchisiman.
3. Oʻqish savodxonligi yuzasidan test tuzuvchilar tayyorlashda qatnashganman (BMBA uchun).
4. Oʻqish savodxonligi koʻnikmalari bilan chop etilgan ona tili fani darsliklari mualliflari qatorida borman.

Endi tariflarga kelsak:
1 ta matnli test – 4 000 soʻm
1 ta matnli test + kalit – 6 000 soʻm
1 ta matnli test + kalit + tahlil – 11 000 soʻm
Obuna (20 ta matnli test + kalit + tahlil) – 155 000
Obuna tarifi tanlanganda sizga kanal linki beriladi va kanalga har dushanba va payshanba kuni test joylanadi. 20 ta matnli test berib boʻlingach obunani yangilashingiz yoki bekor qilishingiz mumkin boʻladi.

Nima qilish kerak?
Shunchaki @readingwithsht_bot botiga murojaat qiling, toʻlovni amalga oshiring va testni oling. Hozir sotuvda "Yemagimiz xavfsizmi" ilmiy-ommabop matni asosida tuzilgan 11 ta savolli test bor. Har doim kanalimda va bot orqali sizga sotuvda bor testlar roʻyxatini eʼlon qilib turaman.

@birgap
👍3822🥰1
Pedagogik mahorat-spetsifikatsiya.pdf
201.4 KB
Pedagogik mahorat yuzasidan attestatsiya uchun yangi spetsifikatsiya eʼlon qilinibdi. Oʻzgarishlar anchayin katta.

@birgap
👍7
ped-mahorat-yangi test.pdf
216.5 KB
Yangi spetsifikatsiya boʻyicha tuzilgan testlar.

Kalitlarini keyinroq ulashaman.

@birgap
👍81🥰1
Yangi spetsifikatsiyani koʻrib aytgan gapim:

Boshlagan kitobimni boshqatdan boshlashim kerak ekan-da😁

@birgap
😁23👏4👍1🤔1
Ulug‘bek Po‘latov
Shokir aka mana shu chorlovga men ham qo’shilay. Bunday chorlovlar kitob o’qishni odat tusiga kiritish uchun ham menga ham kerak.
Aka, qoʻshiling, xursand boʻlamiz.

Shartlar oddiy:
1. 2026-yil yakuniga qadar 100 ta kitob yoki 12.000 bet
(o‘qish yoki tinglash)
2. Kunlik minimum: 30 bet yoki 30 daqiqa
3. O‘qilgan kitoblar ro‘yxatini shaxsiy sahifada yuritish

Komil aka, siz ham qoʻshiling.

@birgap
🔥189👍3
atamalar_2025-12.pdf
685.4 KB
Atamalarni oʻzbekchalashtirish boʻyicha yangi takliflar tayyorlanibdi. Undan 66 ta soʻz oʻrin olgan.

Atamalarni koʻrdingizmi? Nima deysizlar?


@birgap
👍102👎2