Şokir Tursun qaraşlari
5.47K subscribers
930 photos
151 videos
225 files
1.13K links
Şokir Tursunning şaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza oliş uçun bu guruhga qöşiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til öqitish metodikasi
Ona tili va öqiş savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Oʻzbekcha klaviatura (Shokir Yoʻldosh).rar
288.2 KB
Lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosidagi oʻ va gʻ harflarini bir tugmaga joylab klaviatura dasturi yaratildi. Yuklab oling, oʻrnating va ishingizni osonlashtiring.

Kanalga ulanish: @birgap
Lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosida yozganimizda oʻ va gʻ harflari doim qiynab kelgan.

Endi bunday muammo yoʻq.
Dasturni oʻrnatish uchun:

1. Oʻzbekcha klaviatura deb nomlangan arxiv faylni arxivdan chiqaring.

2. Arxivdan ochilgan papkaga kirib, "setup" fayliga sichqonchaning oʻng tugmasini bosing va "Запуск от имени администратора" boʻlimini tanlang.

3. Dastur muvaffaqqiyatli oʻrnatilgani haqidagi xabarni koʻrgach "Close" tugamachasini bosib chiqib keting.

4. Tillar boʻlimiga qarang, agar UZB degan boʻlim ochilmagan boʻlsa, kompyuterni oʻchirib yoqing.

ESLATMA: dasturni oʻrnatishdan oldin tillar boʻlimida UZB yoʻqligiga ishonch hosil qiling. Agar mavjud boʻlsa, avval, oʻchirib tashlab keyin oʻrnating.

ESLATMA: Bloknot, Notepad, Notepad++ dasturlarida tayyorlangan matn ANSII formatida saqlanadi, shuning uchun bu harflarni tanimasligi mumkin. Siz istagandek saqlanishi uchun saqlayotganda "Кодировка" boʻlimidan "Юникод"ni tanlab oling.

Dasturdan maroqli foydalaning!

Kanalga ulanish: @birgap
Endiyam kimdur oʻ va gʻ ni yozish qiyin deb koʻrsin-chi!

Kanalga ulanish: @birgap
Bu safargi saylovlarga qatnashmayman shekilli. Siyosiy kuchi bor, dadil deputatlar oʻrniga bogʻcha va maktab direktorlarining nomzodi koʻrsatilyapti. Hokimning chizgan chizigʻidan chiqolmaydigan maktab direktorlari ertaga biror siyosiy iroda koʻrsata olishiga unchalik ishonmayman.

Yana xalta boʻladi shekilli🤨

Umuman olganda men ovoz berdim nima-yu bermadim nima. Baribir oʻsha direktor-u mudirlar saylanishi aniq shekilli.

Kanalga ulanish: @birgap
Shu kunlarda koʻp eshitayotgan va asabimni juda yuqori nuqtalarga chiqarayotgan gaplardan ikkitasi - "hokim oddiy xalq bilan uchrashdi", "davlat idoralari oddiy xalq xizmatida".

Tavba qachondan boshlab hokim oliy irq vakili-yu boshqalar oddiy boʻlib qoldi? Qachondan Choʻlpon dengiz, toʻlqin, katta kuch deb atagan xalq oʻz rahbarlari uchun oddiyga aylandi.

Tavba deyman, faqat tavba!

Oddiyroq qilib hokim xalq bilan uchrashdi desa osmon uzilib yerga tushadimi? Hokim buvalarimizning obroʻsiga gard tegadimi?

Kanalga ulanish: @birgap
​​Eng toʻgʻri munajjimlar bashorati. Marhamat, tanishib oling.

Kanalga ulanish: @birgap
Nonning narxini dollarga bogʻlab qoʻyaylik, hozirgidan sekinroq osharmidi.

Iloj qancha chidaymiz!
Ha aytgancha STIPENDIYANI beringlar. Eslaringdan chiqib ketdimi?

Kanalga ulanish: @birgap
XDP boshi Ulugʻbek Inoyatovning "Toshkentda bir oila yashashi uchun oyiga 2.5 mln. soʻm yetadi" degan gapi shu kunlarda trendga chiqdi.

Meni videolardagi boshqa soʻz oʻylantirdi - "buni iqtisodchilar hisoblab chiqqan" ekani. Shunday hisoblashga quyidagi omillar sabab boʻlgandir:

1. Oʻsha odam umuman Toshkentda propiskasiz, ijarada yashash degan narsani bilmaydi.

2. Doʻkondan hech narsa sotib olmaydi.

3. Hamma narsani birjadagi ulgurji narxda hisoblaydi.

4. 2.5 mln. soʻm = 265$ ekanini bilmaydi.

5. Matematikadan yaxshi emas.

6. Iqtisodiyot universitetida (NarXoz) poraga oʻqigan.

7. Nima gapirayotganini oʻzi eshitmaydi va koʻrmaydi.

P.S: menda undan ham yaxshiroq variant bor - boshi bilan urishib qolgan.

He, seni oʻsha hisoblagich iqtisodchingayam! Shu gaplarni uyalmay aytgan, xalq vakiliman degan deputatingayam!
👍1
Bugun nega yozmayapsiz deb savol berishdi.

Stipendiya yoʻq, puling boʻlmasa koʻngilga hamma narsa ham sigʻmas ekan.

Buxgalteriya va Marketing boʻlimi xodimlari talabalar koʻziga koʻrinmay yurishingizni maslahat beraman.

Bugungi kunning eng muhim savoli:

STIPENDIYA QAYERDA?

Kanalga ulanish: @birgap
​​Shuhrat Gʻaniyev soqoli bor fermer xoʻjaligi boshqaruvchisini zaldan haydab, uning soch soqolini qirishni buyuribdi.

Shu odamga Konstitutsiyani beringlar, bir oʻqib chiqsin qayta.

Inson huquqlari boʻyicha Ombudsman eʼtibor qaratishi kerak boʻlgan masala.

Kanalga ulanish: @birgap
Oʻzbek tilida jins kategoriyasi yoʻq. Shunday ekan,
Shoir - shoira,
Adib - adiba,
Kotib - kotiba,
Rais - Raisa,
Xodim - xodima
kabi atamalarni qoʻllashimiz qanchalik toʻgʻri?

👍 Toʻgʻri
👎 Notoʻgʻri

Kanalga ulanish: @birgap
Hozirgina "Demokratik debat"ni koʻrdim, partiyalar hamon aniq savollarga aniq javob berishni oʻrganmabdi. Saylov bu yil yangicha boʻlmaydi. Hammasi yana avvalgidek, gapni obqochadiganlar saylanadi.

Avval ham aytgandim, yana aytaman, men ovoz berdim nima, bermadim nima?

Kelinglar, yoshlar, shu saylovlarni baykot qilaylik! Agar bizdan hech kim ovoz bermasa, saylov haqqoniy oʻtgan hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish: @birgap
Bir jurnalist savol berdi:

Yoshlar yaratayotgan innovatsiyalarni moliyalashtirish tizimini oʻzgartirish uchun qanday taklif bor?

Hamma partiya quruq olib qochdi. Statistika aytdi. Statistikani internet orqali koʻrvolamiz!

Ularda taklif boʻlmasa, mana menda bor:

- doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikka xususiy sektor buyurtmalarini jalb qilish kerak. Qaysidir fermerga hosil olishning biror yangi usuli zarur boʻlsa, borsin, biror mustaqil tadqiqotchini moliyalashtirsin. Olam guliston.

- taʼlim tizimini amaliyotga yaqinlashtirish uchun oʻsha doktorantlar aniq maqsad bilan qabul qilinsin va 3 yilda amaliy natija bn bitirsin. Hatto ijtimoiy-gumanitar sohalar ham.

Hech birining ogʻzidan shu gap chiqmadi-ya.

Men ham nomzodimni koʻrsatsam kanalimdagi 251 odamdan qanchasi ovoz beradi?

Ovoz bermoqchi boʻlsangiz ✅ belgisini bosing.

Kanalga ulanish: @birgap
Bolangizga SIYOSATGA ARALASHMA, SEN GAPIRMA deb tarbiya bermang. Adolat oʻrnatilishini kechiktirasiz.

Kanalga ulanish: @birgap
Oʻzbek tili haqida, uni oʻqitish, rivojlantirish va xalqaro obroʻsini oshirish haqida yozging, bildirgilar qoldirging keladi. Maslou piramidasini eslaysan-u fikringdan qaytasan.

Shu yil bahorda Glinka koʻchasidagi maktabga amaliyot uchun bordik. 11-sinflarga dars oʻtgani kirdik. Men ularni qiziqtirish uchun bir nimalarni gapirib yotibman. Tashqarida esa yomgʻir. Maslou piramidasi haqida gapirar ekanman, bir oʻxshatish qildim, oʻlay agar oldindan oʻylamagandim:

"Odamning qorin gʻami qolmasagina boshqa ijtimoiy masalalarga eʼtibor qaratadi. Mana misol uchun hozir yomgʻir yogʻyapti, juda chiroyli manzara. Lekin mana shu chiroyli manzara bolasining oyogʻida etigi yoʻq ona uchun baloning oʻzi. U uchun yomgʻirning, qorning quvonchi yoʻq. Bolasining oyogʻidagi butun boʻlsagina u yomgʻirga mehr bilan qaraydi."

Oʻsha paytda oʻzim bilmay balkim rost gapni aytgandirman. Qorni och, uyida gazdan muammo bor, toʻy dardida topganini qisib yigʻib yurgan, orzulari olisda yotgan, tirikchilik uchun chet elda qor kurayotgan fuqarolarga oʻzbek tilining rivoji haqida gapirsang ensasi qotishi tabiiy.

Ularni ham toʻgʻri tushunishga harakat qilaman.

Xullas, oldin elni toʻydiraylik, qornidan ortsa qolgan masalalarni ham oʻylay boshlasa kerak. Yanayam bilmadim.

Kanalga ulanish: @birgap
👍1
Restoranda

Ofitsiant:
- Stol kerakmi?

Men:
- Yoʻq, polda ham ovqatlanaveraman!

Kanalga ulanish: @birgap
Sizlarga ancha yillar oldin koʻrganim bir qisqa metrajli multfilmni tavsiya qilmoqchiman.

Bunday muammo odamlar orasida eng koʻp uchraydigani.

Birlash, xalq boʻl, elim!

https://www.youtube.com/watch?v=Z-d-qHH9IPo
Beldan pastga tushmay ham odamlarni bemalol kuldirish va kuydirish mumkin. Partiyalar buni debatlarda isbotlamoqda.

Million, Bravo, Dizayn sharmanda boʻldinglar, partiyalar kuldirishda birinchi. Avaz Oxun sizga ham uyat.

Kanalga ulanish: @birgap
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keling bir kulishaylik!

Videotahrir: anonim

Kanalga ulanish: @birgap
Oylik oshishidan qoʻrqasizmi, demak, Oʻzbekistondasiz.

Chunki faqat shu yerdagina oylik 16% oshishi bilan hamma narx-navo 25% ga koʻtariladi.

Oylik oshgani zararga ishlaydi.

Kanalga ulanish: @birgap