Assalomu alaykum!
Azizlar, Ramazon hayiti qutlugʻ boʻlsin. Yaxshilar, yaxshiliklar yor boʻlsin!
@birgap

🔥24🍓8❤5👍5❤🔥2💘2👏1🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adabiyot. 8-sinflar. "Qargʻalar uchsa qaraylik" qoʻshigʻi matni ustida ishlayapmiz.
Oʻquvchilar qoʻshiqning bir necha variantini koʻrib chiqib, qaysi usulda kuylanishi toʻgʻri boʻlishini aniqlashyapti.
Qoʻshiq tarixi haqidagi bir necha qarashlardan qaysi biri toʻgʻri ekani boʻyicha xulosa tayyorlashyapti.

👍26❤10🤩5🔥2
Pichoqni avval oʻzimizga uryapmiz
9-10-sinflarga matnni qisqartirish, tozalash, maqsadga muvofiqlashtirish darslarini oʻtyapman. Bugun darsda maktabimiz kanallaridagi axborot postlarini tahlil qilyapmiz.
Oʻquvchilar 3 kishilik jamoalarga boʻlinib quyidagilarni bajarishi kerak:
🔍 4 ta postni tahlil qilish (xato va kamchiliklarini izohlash)
📝 har bir postni tahrir qilish (qayta yozish)
💡 postni yanada yaxshilash takliflarini ishlab chiqish (yana qanday maʼlumot boʻlganda, soz boʻlardi)

👍21❤12
5 kunlik taʼlimga oʻtish yaxshimi?
Ha, yaxshi. Oʻqituvchi ham, oʻquvchi ham yetarli dam olishi va yangi oʻquv haftasiga tetik holda kelishi mumkin. Oʻqituvchi hech boʻlmasa bir dam olish kunini oilasiga bagʻishlashi ortidan oilaviy baxt ham koʻpayadi. Natijada oʻqituvchining kayfiyati, ruhiy holati ancha yaxshilanadi.
Qanday oʻtamiz?
Hukumat oldida ikki yoʻl bor:
1. Shanba kunlik dars soatlarini qolgan kunlarga sochib yuborish. Bu eng yomon yoʻl. Chunki bunday qilinsa, hozir kuniga oʻrtacha 6–7 soat oʻqiyotganlar endi 7–8 qaysidir kuni 9 soat oʻqishi kerak boʻlib qolishi mumkin. Shundoq ham samarasi past boʻlgan taʼlim yanada choʻkadi. Bundan tashqari 2 smenada oʻqiyotgan maktablarda katta muammolar boshlanadi. 3 smenali maktablar esa parokandalikka yuz tutadi.
2. Oʻquvchilar yuklamasini kamaytirish orqali bir kunga qisqartirish. Ayrim fanlarning umumiy soatlarini qisqartirish evaziga bir kun boʻshatiladi. Bu yoʻnalishda ikki xil usuli barobar qoʻllanishi kerak:
a) ayrim fanlarni fakultativ shaklga oʻtkazish (musiqa, tasviriy sanʼat, texnologiya kabi)
b) dars soatlarini qisqartirish, masalan, haftasiga 4 soat boʻlgan fanni oʻquv dasturini optimallashtirish evaziga 3 soatga tushirish.
Yuqoridagilar sabab oʻqituvchilar meni yomon koʻrishga shoshilmasin. Tan olaylik, maktablarimizda oʻquv yuklamalari koʻp, keraksiz mavzular ham topiladi. Ana shularni optimallashtirish evaziga shanbadan voz kechish mumkin.
Ammo hukumat gʻirrom oʻynamasligi lozim. Oʻquvchilar yuklamasi kamiyishi oʻqituvchilarning ish haqini kamaytirmasligi lozim.
Men oʻzim 2-yoʻl (ayrim fanlarni fakultativga oʻtkazish va dars soatlarini qisqartirish) tarafdoriman. Qachonki, hukumat ish haqlarini saqlab qolsa va doimiy oʻsib borishini taʼminlay olsa. Agar bunday qilinmasa, 5 kunlik taʼlim zararga ishlashi mumkin. Shundoq ham davlat maktablarini tark etayotgan yaxshi ustozlar soni karrasiga oshishi ehtimoli bor.
Xulosa. 5 kunlik taʼlimga oʻtishimiz kerak. Bunga ayrim fanlarni fakultativga oʻtkazish, ayrim fanlarning oʻquv dasturini optimallashtirib, dars soatlarini qisqartirish evaziga erishish lozim. Oʻqituvchilar maoshiga taʼsir qilmaydigan choralarni ham qoʻllash kerak (masalan, 1 stavka soatini kamaytirish).

👍81
Attestatsiya jarayonlarida quyidagi savol tushgandi.
Siz darsni oʻta boshladingiz, barcha oʻquvchilar tinchlanishdi, jimlik choʻkdi va birdan sinfda kimdir baland ovozda kulib yubordi. Siz hech narsa deyishga ulgurmay, kulayotgan oʻquvchiga savol va hayrat bilan qaraganingizda, u koʻzingizga tik qarab: “Menga har doim sizga qarash kulgili tuyuladi va siz dars boshlaganingizda kulgim keladi” – dedi. Bunga nisbatan oʻqituvchi “Kayfiyating yaxshi ekanligidan xursandman” – deb javob berdi va darsni davom ettirdi.
Bunda oʻqituvchi oʻquvchi bilan muloqotning modellashtirish bosqichda nimalarga eʼtibor berdi?
Xoʻsh, tahlil qilinglar-chi? Savolda nima muammo bor?

👍6🤔2
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.
Variantlarda savollar bilish, qoʻllash va mulohaza darajalariga ajratilgan.
Yuqoridagi savol qoʻllash darajasi uchun.
Ayting-chi, berilgan parchadan ajratilgan soʻzlarning maʼnosini anglab olish mumkinmi? Agar bunday qilib boʻlmasa, bu hech qanaqasiga qoʻllash boʻlmaydi. Agar bu darslikda berilgan maʼlumot boʻlsa, bilish ham boʻlolmaydi.
Bu hozircha boshlanishi, variantlar haqida aytarlarim bisyor.

👍7
Yakuniy davlat attestatsiyasi uchun ishlab chiqilgan topshiriqlar toʻplami meni hayron qoldirishda davom etmoqda.
1. Tuzuvchi ham, taqrizchi ham bir oʻquv maskanidan ekan.
2. 9-sinf oʻquvchisiga u 6-sinf boʻlganda oʻqimagan darsligidan savollar tuzilgan (yaʼni 2022-yilda chiqqan darslikdan).
3. Bilish, qoʻllash, mulohaza kabi kognitiv darajalar oyogʻi osmondan boʻlib, aralashib yotibdi. Xotirani sinashga qaratilgan testlar qoʻllash deya berilgan.
4. Hozir oʻqitilmay qoʻyilgan mavzular, masalan, grammatik bogʻlanishni aniqlash boʻyicha anchagina koʻp savol tuzilgan.
5. Maktabda qoʻllanmaydigan, DTM testlari va abituriyentlar tayyorlashda urf boʻlgan atamalar uchraydi, masalan, yasalish asosi.
Hali hayratlarim tugamasa kerak.
Tuzuvchi va taqrizchilar oʻz ishiga ozroq masʼuliyat bilan yondashsa boʻlardi.

👍24
Kelinglar, oʻylashib koʻramiz:
Ochiq va yopiq boʻgʻin nima ekanini bilish oʻquvchiga qanday amaliy foyda keltiradi?
P.S. DTM va yakuniy davlat attestatsiyasi testlarini yechishdan tashqari.

🤣28🥴12👍5👎2🤯2🔥1🤬1
Hayratlar davom etadi
Eʼtiborsizlikda ham chegara boʻlishi kerak-da!
Birinchi rasmdagi savol yakuniy davlat attestatsiyasi uchun berilgan tavsiya variantdan olingan.
Savol shunday: Ushbu xalq og‘zaki ijodi namunasining janrini aniqlang.
Bu asli askiya edi, ammo tuzuvchilar shunday qaychilashibdiki, askiyalik siyogʻi qolmabdi.
Buning askiya ekanini topish uchun soʻz oʻyini boʻlayotganini, Mamayunus kal, Erka qori koʻr ekanini bilishimiz; Mamayunus kurort emas, koʻrortga keldik degan boʻlishi kerak edi.
Endi ushbu matn askiya emas, oddiy publitsistik matn. Xalq ogʻzaki ijodining biror janrga mansub boʻla olmaydi.
Askiyaning asl matni ikkinchi (orqasi yashil) rasmda.

😁32👍7
Oʻzi shu tushkilotning yolchitib test tuzganini eslay olmayman.
Adashayotgan boʻlsam, aytinglar!
@birgap
Adashayotgan boʻlsam, aytinglar!
@birgap
👍36💯24❤1
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Mahburlash kampaniyasining ortida vazirlik turibdimi?
O'qituvchilar "Mening fikrim" portalida yangi baholash tizimining bekor qilinishini talab qilib joylangan petitsiyaga qarshi ovoz berishga va petitsiya tagida tizimni yoqlab izohlar qoldirishga majburlanayotgani haqida yozgan edim. Aftidan, bu joylardagi o'rta yoki quyi bo'g'in rahbarlarining o'z tashabbusi emas, bevosita vazirlikdan kelayotgan ko'rinadi.
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi guruhidan yuborilgan skrinshotga e'tibor bering. "(Petitsiyaga) qarshi ovoz berib, shu namunadagidek skrinshot qilib tashlab berishingiz so'raladi" deya topshiriq berayotgan shaxsning ism-familiyasi, viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanaliga ishonilsa, boshqarmada sho'ba mudiri bo'lib ishlaydigan shaxsning ism-familiyasi bilan bir xil. "Yangi baholash tizimiga qarshi petitsiya joylanibdi, shunga qarshi ovoz beraylik" degan xabar muallifining ism-familiyasi esa, vazirlikning rasmiy saytiga ishonilsa, vazir Hilola Umarovaning maslahatchisining ism-familiyasi bilan bir xil. Bundan, yangi baholash tizimining bekor qilinishi talab qilingan petitsiyaga qarshi ovoz berishga majburlash kampaniyasining tepasida vazirlikning o'zi turibdi deya olamizmi yoki bu o'xshashliklar tasodifiymi? Vazirlik bunga qanday izoh beradi?

👍23👎2👏2💯2😁1
Bu safar attestatsiyaga kirmadim. Ammo uning atrofidagi gaplarni kuzatyapman. Kuzatyapman-u barcha oʻqituvchilarni ahmoq qilayotgan vazirlik hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazidan nafratlanyapman.
Pedagogik mahoratni aniqlash nima?
Test tuzish nima?
Test oʻtkazish nima?
Yuqoridagi elementar masalalarni-da tushunmaydigan odamlar oʻtirib qolgandek tasavvur uygʻotyapti menda.
OAVlardan maydon soʻrayman, vazirlik xodimi va test tuzishga masʼullar kelsin, bahslashaylik, tushuntirib beraylik. Komil aka, siz nima deysiz? Ular koʻpchilik boʻlib kelishsin, biz ikkimiz chiqamiz.
Hozircha savollaringizni mana bu odamga berib turing, adashmasam, jarayonlarga shu odam masʼul.
P.S. izohlarda tushgan savollardan yozib ketinglar. Bittasi yozgan ekan, Mauglining onasini ismi soʻraldi deb.

🔥22👍10🗿4
Tut orqasiga berkinib olib, onasi chaqirganda kelmagan odam haqidagi testni toʻliqroq eslab qolganlar bormi?
@birgap
@birgap
🔥2❤1
Attestatsiya testlarining validlik (xulosa chiqarishga yaroqlilik) dalillari bor yoki yoʻqligiga har doim qiziqqanman.
Bor boʻlsa, qayerda u? Nega ochiqlanmaydi?
Yoʻq boʻlsa, unda nega bu testlardan foydalanishyapti? Baholash ilmida bunday qilish yaramaydi-ku. Chunki bu testlar yuqori taʼsir kuchiga ega hisoblanadi.

👍22❤2
Oʻzi shu attestatsiyaning spetsifikatsiyasi bormi? Qayerdan olardik, hozir eslay olmay qoldim. Boʻlsa havolasini izohlarda qoldiringlar.
@birgap
@birgap
👏3👍2
Sardor Radjabov (OTFIV)
ХАЙП
Тоифа бериш тизимида муаммолар борлиги бўйича ижтимоий тармоқларда ҳар хил постлар эълон қилинмоқда.
Кеча вазирлик каналида расмий муносабат ҳам берилди. Нимагадир ҳеч ким унга эътибор ҳам бермади ҳамда фақат негатив ва нотўғри маълумотларни тарқатишмоқда.
Ҳурматли Устозлар!
Бир нарсани ишонтириб айтмоқчиманки, тизим шаффоф ва адолатли қилиб ишланган ва унга ҳеч ким аралаша олмайди. Қолган барчаси бу хайп учун қилинаётган ишлар.

Validlik dalillari yuzasidan maʼlumotlarni mana shu odam bilsa kerak.
Hammasi yaxshi, hammasi shaffof deyaptilar-ku.
@birgap
Hammasi yaxshi, hammasi shaffof deyaptilar-ku.
@birgap
😁7❤1👍1
Attestatsiya spetsifikatsiyasidan lavha.
Bu lavhada aytilishicha, ona tili va adabiyot oʻqituvchilarining jahon adabiyoti va XX asr oʻzbek adabiyoti boʻyicha bilimlari 3-ustundagi mazmun elementi bilan baholanadi.
Bu nima degani?
Sizga jahon adabiyoti yoki XX as oʻzbek adabiyotidan koʻrsatilgan mualliflardangina test tushishi kerak. Boshqasi tushsa, spetsifikatsiyadan chiqish hisoblanadi.
Meni qiziqtirgani 4.6.1 banddagi Shukur Xolmirzayevdan keyingi koʻpnuqta. U nimani anglatadi? Shu kabi hammani demoqchi boʻlishganmi? Ha, boʻlsa, bunday qilish xato.

👍13