Shokir Tursun qarashlari
5.79K subscribers
854 photos
137 videos
219 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Lugʻatxona
#sinonimlar

“Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati”ni oʻqiyapman. Ammo, lekin, biroq bogʻlovchilarini bir-birining oʻrnida ishlataversak-da, ayrim kichik farqlari borligini ham bilib qoʻyganimiz maʼqul. Lugʻatda ammo, lekin, biroq, illo sinonimlariga atalgan maqola quyidagicha:

AMMO, LEKIN, BIROQ, ILLO Gap boʻlaklari yoki qoʻshma gap qismlarini zidlash munosabati bilan bogʻlaydigan zidlovchi bogʻlovchi. Ammo soʻzi umuman zidlik munosabatini ifodalaydi. Lekin soʻzi mazmunan zid boʻlsa-da, biri ikkinchisini inkor etmaydigan gaplar yoki gap boʻlaklarini bogʻlaydi. Biroq soʻzi mazmunan avvalgisiga tamoman zid boʻlgan fikrning boshlanishini anglatadi. Illo alohida taʼkid ohangi bilan aytiladi va zidlik maʼnosiga taʼkid ifodasini qoʻshadi, boshqa sinonimlariga qaraganda nutqda kam qoʻllanadi, ushbu soʻzda eskilik boʻyogʻi mavjud. Ammo va lekin soʻzlari baʼzan ammo-lekin tarzida juft soʻz sifatida qoʻllanib, yuklama vazifasida keladi va boshqa bir fikrga zid yoki aloqador boʻlgan fikrni qoʻshimcha alohida taʼkidlashga xizmat qiladi, bunda zidlik maʼnosi yanada kuchayadi.

Koʻktoy oʻrnidan turdi, boʻynini choʻzib, dumaloq tumshugʻini pasaytirdi, dumini lapanglatdi, ammo kelishga jurʼat etolmadi. Sh. Xolmirzayev, Joʻraboshi.

Koʻnglingga qara, bolam! Lekin uylansang, shunday birovini topib xotin qilginki, sira-sira joningga tegmasin! E. Aʼzam, Jannat oʻzi qaydadir.

U homilador xotinga samovar koʻtartirib, qarab oʻtirgan pochchasidan oʻpkalamoqchi edi, biroq uyaldi, indamadi. A. Qahhor, Adabiyot muallimi.

Shu bois har qanday odam nazar-eʼtiborga tushishdan mast boʻladi, rohatlanadi, oʻzini qoʻyarga joy topolmaydi... illo uni yengolmasligi tayin. X. Doʻstmuhammad, Kuza...

Qishloq odamlaridan koʻp narsani eshitdim... Ammo-lekin, tutib olib oʻldirsam ozlik qiladi juvonmargingni! Choʻlpon, Kecha va kunduz.

@sandiqchamiz
👍16
16 aprel kuni Florensiya shahrida joylashgan Palazzo Pitti saroyidagi Uffitsi galereyasida “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” yirik ko‘rgazmasining "Nur va rang" nomli birinchi qismi ochildi.

17-aprel kuni esa ushbu koʻrgazmaning "Shakl va ramz" qismi ish boshlagan.

Men savol bor: nega koʻrgazmaning nomi "Oʻzbekiston: Sahrodagi avangard"?

Oʻzbekiston sahroda joylashmagan-ku, yurtimizda toʻlaqonli sahro deb atasa boʻladigan hudud ham yoʻq. Yoki men tushunmayotgan qandaydir yashirin sir bormi?

https://kun.uz/news/2024/04/24/sahrodagi-avangard-florensiya-va-venetsiyada-ozbekiston-korgazmalari-ochildi
👍8😁1
Maqtanish vaqti

Xabaringiz bor, men “Attestatsiya uchun pedagogika” nomli kurs ochib, unda oʻqituvchilarni attestatsiyaning ikkinchi qismi uchun tayyorlashga harakat qildim.

Hozirga kelib deyarli hamma qatnashchilar imtihonga kirib chiqdi, hammada natijalar yaxshi (10 tadan 10 ta, 9 ta, 8 ta yechib chiqishmoqda). Umumiy ballar ham havas qilarli – 96, 94, 92, 88, 86, 82, 80 kabi.

Shuni alohida taʼkidlamoqchimanki, bu yerda mening xizmatim yoʻnaltirish va ilhomlantirishdan iborat boʻldi. Natijalarning asosiy sababchilari oʻzlari. Berilgan maʼlumotlarni diqqat bilan oʻrganishgan va boshqa vaziyatda qoʻllay olishgan.

Endi yangi kurslar haqida ham oʻylasam boʻladi, taʼlimda foydalanish mumkin boʻlgan dasturlar va topshiriqlar hamda imtihon materiallarini yaratish haqida kurslar qilgan edim. Tez kunlarda dars davomida qoʻllasa boʻladigan taʼlimiy dasturlar haqidagi kursni eʼlon qilaman.

Attestatsiyada erishilgan natijalar hamma uchun xayrli boʻlsin!

@birgap
👍61👏7👌4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Avloniydan taklifnoma oldim

Garchi bu sun’iy idrok orqali yaratilgan bo‘lsa-da, chin millatparvarning nomidan millatni kitobxonlikka, ilmga chorlovchi loyiha taqdimotiga taklifnoma kelishi odamni sevintirar ekan.

Uzoqda bo‘lib, taqdimotga kela olmasangiz, o‘ylanmang – sizda jonli yoyinda kuzatish imkoniyati bor. Jonli yoyin boshlanganda xabardor bo‘lish uchun "Mutolaa" loyihasining ushbu YouTube sahifasiga obuna bo‘lib, qoʻngʻiroqchani bosib qo‘ying.

Taqdimot 27-aprel, shanba kuni soat 18:00 da boshlanadi.

P.S. aytishlaricha, "Qo‘rqma" asari asosida ishlangan film taqdimoti ham bo‘larkan.

@birgap
👍37👏74🤩4🔥2
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Bir yoqda suyguling ko‘zingdan g‘oyib,
Bir yoqda vataning g‘arlarga talosh.
Bir yoqda anduhing bormoqda boyib,
Bir yoqda qaroqqa to‘lqin urar yosh.

Bir yoqda shimolga surgun yigitlar,
Bir yoqda juvonlar jamiyatga qul.
Bir yoqda yalog‘i tillodan itlar,
Bir yoqda tanglayi teshilgan bulbul.

Bir yoqda Orolday sho‘rlagan manglay,
Bir yoqda adashgan yo‘lchiday avom.
Bir yoqda yolg‘onni aytishar chinday,
Bir yoqda aldanish etadi davom.

Bir yoqda qullikni tusar keksalar,
Bir yoqda yoshanglar farqi yo‘q har yoq.
Bir yoqda kelajak hissiz ingranar,
Bir yoqda qabrlar hayqirar uzoq...

Najmiddin Ermatov
👍32🔥9😢4
Benjamin Franklin. Hushtak (hikoya+topshiriq).pdf
183.7 KB
#adabiyot_uchun

Kimdir darslarida foydalanmoqchi boʻlsa, bemalol.

@birgap
👍17🙏4
👍9🤓61
Attestatsiya boshlanganiga ham bir haftadan oʻtdi, bu orada koʻplab tanish ustozlar testlarga kirib chiqishdi. Meni pedagogik mahorat yoʻnalishida qanday testlar tuzishgani qiziqtirar edi. Hammadan bilishga intilganim ham shu boʻldi – pedagogik mahoratdan qanday test tushdi?

Quyidagi bir necha postda shu yoʻnalishdagi testlarni tahlil qilishga harakat qilaman.

@birgap
👍5
Birinchi muammo – vaziyatlar pedagogik mahoratni aniqlashga qaratilmagan

Attestatsiyaning ikkinchi bosqichiga taʼrif berisharkan, “pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi”, – deyishgan edi. Ammo berilgan vaziyatlar yuqorida aytilganlarni qoʻllashga emas, darsliklardagi atamalarni yodlab olishga qaratilgan.

Yuqorida rasmi berilgan testlarni koʻring. Bir qarashda qoʻllash soʻralayotgandek, ammo unday emas. Sizdan bu harakat qanday nomlanishini bilishingiz soʻralmoqda. Iddaolariga butkul teskari. Bu pedagogik mahoratni emas, xotirani, atamalarni qanchalik yaxshi bilishini tekshirish ekanini taʼkidlashim shart emasdir.

@birgap
👍19😁4
Ikkinchi muammo – yosh mutaxassis so‘zi

Bilmadim-u, attestatsiya testlarida eng ko‘p asabimga teggan narsa – testlarda yosh pedagog, yosh mutaxassis degan so‘zlar bo‘di.

Berilgan testlarni o‘qib ko‘rib, ayting-chi, savol matnidagi yosh mutaxassis so‘zi olib tashlansa, vaziyatda nima o‘zgaradi? Javobni topishga ta’sir qilmaydigan tushunchani savol matniga tiqishtirishdan maqsad nima?

Masalan, didaktik tahlil yoki metodologik tahlil yosh mutaxassis qilsa boshqacha, 15 yillik mutaxassis qilsa boshqacha yo‘sinda qilinadimi? Didaktik, metodologik, metodik tahlillarning hammasini o‘z qoidasi bor – uni kim qilishida qat’i nazar o‘sha qat’iy yo‘sin bo‘yicha qiladi.

Sinf rahbari yosh bo‘lishiga qaramay, bu ona bilan xushmuomala bo‘ldi va tinchlantira oldi emish. Tovba, yosh bo‘lsa xushmuomala bo‘la olmasligi, tinchlantira olmasligi kerak edi, ammo buni qarangki, bu oʻqituvchi shuni qila oldi, deyishmoqchimi shunda?

@birgap
😁26👍71🤔1
Uchinchi muammo – to‘g‘ri javoblar qanday?

Ayrim testlarda to‘g‘ri javoblarning mavjud emasligi yoki berilganlar orasidan hammasini to‘g‘ri deyish mumkinligi haqida Komil Jalilov yozdi. Komil akaning gaplarini takrorlab o‘tirmayman, bu yerdan o‘qib olsangiz bo‘ladi.

Yuqorida rasmi berilgan testda to‘g‘ri javob didaktik tahlil bo‘ladi. Ammo bazadagi kalit metodologik ekan. Buni qanday bildik? Testga kirib 10 tadan 10 ta ishlab chiqqan ustozlar didaktikni emas, metodologikni tanlagan ekan.

Xo‘sh, to‘g‘ri javobni tanlagan o‘qituvchining baholarini kim qaytarib beradi? Aynan shu testda xato qilganini bilmagan o‘qituvchi balldan quruq qolaveradimi? Bazadagi xato kimlarningdir bahosi tushishiga, kimlarningdir bahosi ortishiga sabab bo‘lyapti-ku.

@birgap
👍22🤬51🔥1
Mana shu attestatsiyada ishlatilgan testlarning validlik koʻrsatkichlari eʼlon qilinmadi.

Normal test tashkilotlari bunday koʻrsatkichlarni testlar boshlanishidan oldin eʼlon qilib qoʻyadi. Mana, biz senga qoʻyadigan baho haqiqatga oʻta yaqin chiqadi, degan mazmunda.

Gap kelganda aytib ketay, Prezident maktablariga qabul spetsifikatsiyasi va testlar validligi xulosasi hamon eʼlon qilinmadi. Oʻtgan yili vaʼda berishgandi.

@birgap
👍6😐6🤬3😢3🥱3🔥1