Shokir Tursun qarashlari
5.76K subscribers
853 photos
137 videos
219 files
1.05K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
🤔11👍1
Shokir Tursun qarashlari
Qay biri toʻgʻri?
Xufiya – boshqalarga bildirilmaydigan, sir tutiladigan.

Xufya – aygʻoqchi, izquvar (agent deymiz-ku, oʻsha.)

@birgap
👍22🔥21
Ha, Komil aka toʻgʻri savollar qoʻyyapti.

Oʻqituvchilarga toifa berish yoki bermaslikni hal qilayotgan (oʻqituvchilar uchun bu kuchli taʼsir etuvchi test hisoblanadi) attestatsiya testlarining aptobatsiya natijalari ochiq eʼlon qilinishi shart edi. Testlarning valid ekanini bilishimiz shart edi. Afsus, bunday maʼlumotlarsiz bir qancha oʻqituvchining taqdirini hal qilib boʻldik. Bunda hamon davom etyapmiz.

Men baʼzi testlarni koʻryapmanki, jiddiy savollar tugʻdiradi. Aprobatsiyadan yaxshi oʻtganiga ishonmayman.

Xay, testlar validlikning hamma talablariga javob berishini isbotlovchi dalillarni emas, hech yoʻq "kronbax alfasini" eʻlon qilinglar, koʻraylik.

P.S. lekin kronbax alfa natijalarini yasash ham juda oson-da

@birgap
👍8
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
21%
talon-toroj
79%
talon-taroj
👍10👎1
Jahlim chiqdi

Mana bu postda bir oʻqituvchining attestatsiya jarayoniga telefon olib kirgani, aks etgan. Va bunday holatni sodir etganlar chetlatilgani haqida yozilgan.

Izohlarini oʻqib, jahlim chiqib ketdi. Biz oʻqituvchilar qachondan qalloblikni yoqlaydigan, normal holat deb biladigan boʻlib qoldik.

Izoh yozayotganlar "eplasa qandini ursin" qabilida yozmoqda. Shunday firibgarlik qilganlarni yoqlashmoqda.

Hukumat oʻqituvchilarni ezdi, endi ustozlar ham shunday qilishga haqqi bor deydiganlar ham bor ekan.

Shaxsan men, kimdir menga adolatsizlik qilsa-yu, unga berishim kerak boʻlgan javobim meni gʻururimni toptasa, eʼtiqodimga qarshi borsa shu javobni bermay qoʻya qolaman. Oʻzimni sharmanda qilmayman.

Yoʻq, aytinglar, qanday qilib taʼlim berishi lozim boʻlgan odamlar qalloblikni yoqlashi, buni tabiiy hol deyishi, shunday qilganlarga tahsin oʻqishi mumkin? Jamiyatni qayerga boshlaydi bular? Qanday oʻrnak boʻladi?

Dahshat, shokdaman.

P.S. netay tabibimning oʻzi ham bemor. Ogʻir bemor.

@birgap
🔥12👍9
Shokir Tursun qarashlari
Jahlim chiqdi Mana bu postda bir oʻqituvchining attestatsiya jarayoniga telefon olib kirgani, aks etgan. Va bunday holatni sodir etganlar chetlatilgani haqida yozilgan. Izohlarini oʻqib, jahlim chiqib ketdi. Biz oʻqituvchilar qachondan qalloblikni yoqlaydigan…
Bunday ustozlarni pedagogik etikani buzgan hisoblab, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida oʻylab koʻrgan boʻlardim.

Oʻqituvchi qallob, oʻgʻri, firibgar, yolgʻonchi boʻlmasligi kerak. Undaylar bizlardan emas.

@birgap
👏26👍114🥰1
"Attetstatsiya uchun pedagogika" kursimizda oʻqigan bir ustoz kecha oliy toifa olibdi (99% oʻzining, 1% bizning hissamiz).

Kecha xayolimga kelgan birinchi fikr – oʻzim qachon olaman oliyni. Hali endi 2-toifaman.

Attestatsiyada hammaga omad tilayman. Kirib chiqqanlar juda ham qiyin emas, hovliqmasdan, vahimaga tushmasdan, oʻylab koʻrsa mantiq bilan ham topsa boʻladi deyishyapti.

Attestatsiyada tushayotgan testlar borasida aytarlarim bor, alohida yozaman uni.

@birgap
👍36👏2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
45%
Va alaykum assalom
55%
Vaalaykum assalom
👍5😁21
Forwarded from Orif Tolib
“Tugʻuruqxona”dan chiqqan harf

Tugʻuruq, tugʻuruqxona soʻzlarini hatto obroʻ-eʼtiborli nashrlar ham tugʻruq, tugʻruqxona shaklida yozadi va bir u harfini soʻz tarkibidan chiqarib yuboradi. Biroq lugʻatlar bu holatni maʼqullamaydi, soʻzda u harfi boʻlishi kerak. Demak, garchi tugʻruq, tugʻruqxona deb gapirsak-da, tugʻuruq, tugʻuruqxona deb yozishimiz zarur.

Tugʻuruq farzand koʻrishni, tugʻuruqxona esa tugʻuruq bilan bogʻliq tibbiy yordam koʻrsatadigan shifoxonani bildiradi:

Tumanimizda yangi tugʻuruq kompleksi qurildi.
Tumanimizda yangi tugʻuruqxona qurildi.


@oriftolib
👍233😁2
Oʻzi Oʻzbek tilining imlo va izohli lugʻati qaydlari degan kanal ochib qoʻyishim kerak ekan. Bu kanalda faqat taʻlim va pedagogika haqida yozsam, u kanalda shunaqa imlo va soʻzlar izohi haqida yozilardi. Bu yerda aralashib ham ketyapti.

Nima deysizlar?
👍172👎11👏5
Forwarded from Orif Tolib
Yangi atamalar va oʻzlashmalar boʻyicha ijobiy oʻzgarishlar kutamiz

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi yangi tarkibda tashkil etiladi. Bu haqdagi qaror loyihasi muhokama portaliga joylanibdi.

Nizom loyihasiga koʻra, Atamalar komissiyasiga bir necha vazifalar yuklanadi. Jumladan:

🔹 ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish;
🔹 normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga, shuningdek yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
🔹 boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga ziyon yetkazmagan holda tahrir qilish;
🔹 oʻzbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga joriy etish va amalda qoʻllashning huquqiy muammolarini oʻrganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash.

Takliflaringiz boʻlsa, muhokama portalida yozib qoldiring:

👉 regulation.gov.uz/oz/d/97177

@oriftolib
👍4
Forwarded from Lugʻatxona
#sinonimlar

“Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati”ni oʻqiyapman. Ammo, lekin, biroq bogʻlovchilarini bir-birining oʻrnida ishlataversak-da, ayrim kichik farqlari borligini ham bilib qoʻyganimiz maʼqul. Lugʻatda ammo, lekin, biroq, illo sinonimlariga atalgan maqola quyidagicha:

AMMO, LEKIN, BIROQ, ILLO Gap boʻlaklari yoki qoʻshma gap qismlarini zidlash munosabati bilan bogʻlaydigan zidlovchi bogʻlovchi. Ammo soʻzi umuman zidlik munosabatini ifodalaydi. Lekin soʻzi mazmunan zid boʻlsa-da, biri ikkinchisini inkor etmaydigan gaplar yoki gap boʻlaklarini bogʻlaydi. Biroq soʻzi mazmunan avvalgisiga tamoman zid boʻlgan fikrning boshlanishini anglatadi. Illo alohida taʼkid ohangi bilan aytiladi va zidlik maʼnosiga taʼkid ifodasini qoʻshadi, boshqa sinonimlariga qaraganda nutqda kam qoʻllanadi, ushbu soʻzda eskilik boʻyogʻi mavjud. Ammo va lekin soʻzlari baʼzan ammo-lekin tarzida juft soʻz sifatida qoʻllanib, yuklama vazifasida keladi va boshqa bir fikrga zid yoki aloqador boʻlgan fikrni qoʻshimcha alohida taʼkidlashga xizmat qiladi, bunda zidlik maʼnosi yanada kuchayadi.

Koʻktoy oʻrnidan turdi, boʻynini choʻzib, dumaloq tumshugʻini pasaytirdi, dumini lapanglatdi, ammo kelishga jurʼat etolmadi. Sh. Xolmirzayev, Joʻraboshi.

Koʻnglingga qara, bolam! Lekin uylansang, shunday birovini topib xotin qilginki, sira-sira joningga tegmasin! E. Aʼzam, Jannat oʻzi qaydadir.

U homilador xotinga samovar koʻtartirib, qarab oʻtirgan pochchasidan oʻpkalamoqchi edi, biroq uyaldi, indamadi. A. Qahhor, Adabiyot muallimi.

Shu bois har qanday odam nazar-eʼtiborga tushishdan mast boʻladi, rohatlanadi, oʻzini qoʻyarga joy topolmaydi... illo uni yengolmasligi tayin. X. Doʻstmuhammad, Kuza...

Qishloq odamlaridan koʻp narsani eshitdim... Ammo-lekin, tutib olib oʻldirsam ozlik qiladi juvonmargingni! Choʻlpon, Kecha va kunduz.

@sandiqchamiz
👍16
16 aprel kuni Florensiya shahrida joylashgan Palazzo Pitti saroyidagi Uffitsi galereyasida “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” yirik ko‘rgazmasining "Nur va rang" nomli birinchi qismi ochildi.

17-aprel kuni esa ushbu koʻrgazmaning "Shakl va ramz" qismi ish boshlagan.

Men savol bor: nega koʻrgazmaning nomi "Oʻzbekiston: Sahrodagi avangard"?

Oʻzbekiston sahroda joylashmagan-ku, yurtimizda toʻlaqonli sahro deb atasa boʻladigan hudud ham yoʻq. Yoki men tushunmayotgan qandaydir yashirin sir bormi?

https://kun.uz/news/2024/04/24/sahrodagi-avangard-florensiya-va-venetsiyada-ozbekiston-korgazmalari-ochildi
👍8😁1
Maqtanish vaqti

Xabaringiz bor, men “Attestatsiya uchun pedagogika” nomli kurs ochib, unda oʻqituvchilarni attestatsiyaning ikkinchi qismi uchun tayyorlashga harakat qildim.

Hozirga kelib deyarli hamma qatnashchilar imtihonga kirib chiqdi, hammada natijalar yaxshi (10 tadan 10 ta, 9 ta, 8 ta yechib chiqishmoqda). Umumiy ballar ham havas qilarli – 96, 94, 92, 88, 86, 82, 80 kabi.

Shuni alohida taʼkidlamoqchimanki, bu yerda mening xizmatim yoʻnaltirish va ilhomlantirishdan iborat boʻldi. Natijalarning asosiy sababchilari oʻzlari. Berilgan maʼlumotlarni diqqat bilan oʻrganishgan va boshqa vaziyatda qoʻllay olishgan.

Endi yangi kurslar haqida ham oʻylasam boʻladi, taʼlimda foydalanish mumkin boʻlgan dasturlar va topshiriqlar hamda imtihon materiallarini yaratish haqida kurslar qilgan edim. Tez kunlarda dars davomida qoʻllasa boʻladigan taʼlimiy dasturlar haqidagi kursni eʼlon qilaman.

Attestatsiyada erishilgan natijalar hamma uchun xayrli boʻlsin!

@birgap
👍61👏7👌4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Avloniydan taklifnoma oldim

Garchi bu sun’iy idrok orqali yaratilgan bo‘lsa-da, chin millatparvarning nomidan millatni kitobxonlikka, ilmga chorlovchi loyiha taqdimotiga taklifnoma kelishi odamni sevintirar ekan.

Uzoqda bo‘lib, taqdimotga kela olmasangiz, o‘ylanmang – sizda jonli yoyinda kuzatish imkoniyati bor. Jonli yoyin boshlanganda xabardor bo‘lish uchun "Mutolaa" loyihasining ushbu YouTube sahifasiga obuna bo‘lib, qoʻngʻiroqchani bosib qo‘ying.

Taqdimot 27-aprel, shanba kuni soat 18:00 da boshlanadi.

P.S. aytishlaricha, "Qo‘rqma" asari asosida ishlangan film taqdimoti ham bo‘larkan.

@birgap
👍37👏74🤩4🔥2
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Bir yoqda suyguling ko‘zingdan g‘oyib,
Bir yoqda vataning g‘arlarga talosh.
Bir yoqda anduhing bormoqda boyib,
Bir yoqda qaroqqa to‘lqin urar yosh.

Bir yoqda shimolga surgun yigitlar,
Bir yoqda juvonlar jamiyatga qul.
Bir yoqda yalog‘i tillodan itlar,
Bir yoqda tanglayi teshilgan bulbul.

Bir yoqda Orolday sho‘rlagan manglay,
Bir yoqda adashgan yo‘lchiday avom.
Bir yoqda yolg‘onni aytishar chinday,
Bir yoqda aldanish etadi davom.

Bir yoqda qullikni tusar keksalar,
Bir yoqda yoshanglar farqi yo‘q har yoq.
Bir yoqda kelajak hissiz ingranar,
Bir yoqda qabrlar hayqirar uzoq...

Najmiddin Ermatov
👍32🔥9😢4
Benjamin Franklin. Hushtak (hikoya+topshiriq).pdf
183.7 KB
#adabiyot_uchun

Kimdir darslarida foydalanmoqchi boʻlsa, bemalol.

@birgap
👍17🙏4
👍9🤓61
Attestatsiya boshlanganiga ham bir haftadan oʻtdi, bu orada koʻplab tanish ustozlar testlarga kirib chiqishdi. Meni pedagogik mahorat yoʻnalishida qanday testlar tuzishgani qiziqtirar edi. Hammadan bilishga intilganim ham shu boʻldi – pedagogik mahoratdan qanday test tushdi?

Quyidagi bir necha postda shu yoʻnalishdagi testlarni tahlil qilishga harakat qilaman.

@birgap
👍5