Shokir Tursun qarashlari
5.73K subscribers
853 photos
137 videos
219 files
1.05K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
"Attestatsiya uchun pedagogika" nomli kursimizga roʻyxatdan oʻtish muddati tugamoqda.

Darslar 24-martdan boshlanadi.
Darslar davomida pedagogika yuzasidan tavsiya etilgan kitoblarning mazmun-mohiyati, mavzulari tushuntiriladi. Onlayn testlar orqali oʻzingizni sinab olish imkoniyati beriladi.

Kurs haqida batafsil quyidagi yoʻnaltmadan oʻqisangiz boʻladi:
https://sites.google.com/view/attestatsiyauchunpedagogika/bosh-sahifa

Kursga roʻyxatdan oʻtish yoʻnaltmasi:
https://forms.gle/dM4NKS4tTcJyeawR8

Kursga toʻlov qilish yoʻnaltmasi:
https://tirikchilik.uz/ShokirTursun

@birgap
👍5
Bugun "Attestatsiya uchun pedagogika" kursining nolinchi darsi boʻldi.

Foydalanadigan dasturimiz bilan tanishib, unda onlayn repetitsiyada tushgan testlarni ishlab, tahlil qilish mumkin boʻlgan oʻrinlarini tahlil qildik.

Ertadan asosiy darslar boshlanadi.

Boshlab olganimizdan xursandman. Endi har 2-3 oyda turli mavzuda kurslar qilish niyatim bor.

Aytganday, kimdir roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa-yu, men unga aloqaga chiqmagan boʻlsam, shu yerga yozing. Ayrimlar qoldirgan kontakt raqamlariga bogʻlanib boʻlmadi.

@birgap
👍25
Kecha 22:42 da kimdir kurs uchun toʻlov qilgan ekan.

Izohi quyidagicha:
Ped.mahorat kursi uchun

Ammo ismini yozmabdi, shuning uchun kim ekanini aniqlay olmadim. Agar oʻsha odam shu postni oʻqiyotgan boʻlsa, bildirib qoʻysin.

@birgap
👍15😁11
Kurs oʻtishga tayyorlanish maqsadida koʻplab pedagogikaga oid kitoblarni, darsliklarni oʻqib chiqishga majbur boʻldim. Mualliflarini hurmat qilgan holda aytamanki, Oʻzbekiston oliy ta'lim tizimidagi pedagogika darsliklari faqatgina pedagogika haqida boʻlib, oʻqigan odamga real bilimlar, koʻnikmalar, ma'lumotlar bera olmaydi. Mavzular ichiga kirilmagan, tahlil qilinmagan, shunchaki mavzu haqida yozilgan ma'ruzalar xolos.

Pedagogikamiz oqsayotgani sababi ham shudir balkim.

Fanlarni oʻqitish metodikasiga oid asarlarning aksari ham shu ahvolda. Metodikamiz oqsayotgani sababi ham shudir balkim.

Eng birinchi oliy ta'lim tizimini butkul isloh qilmas ekanmiz, quyi boʻgʻinda ijobiy oʻzgarishlarni kutmasligimiz kerak.

@birgap
👍43
Global ta'lim. Axborot xati.pdf
443.7 KB
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti “Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkillashtirayotgan ekan.

Barcha ma’lumotlar bilan axborot xatida tanishish mumkin.

@birgap
👍7🔥3
Forwarded from Sodiq School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩Yangi loyihaga asos soldik – SS podcast

Samimiy suhbat

1-son.
Bu sonda biz ona tili va tilshunoslik orasidagi farq, darsliklar, davlat tili, alifbo va yozuv turlarining o‘zgarish tarixi hamda oqibatlari, yangi lotin alifbosi islohi haqida suhbatlashdik.
Katta xatoliklarga sabab bo‘luvchi “yumshoq” h va “qattiq” x haqida ham fikrlashdik.


P.S. Tilshunos sifatida qancha pul ($) topish mumkinligi haqida mutaxassisdan javob ham bor. Aytish kerakki, katta summa.

Spikerlar:
Orif Tolib
muharrir, @oriftolib sahifasi asoschisi

Mansur Siddiqov
"Sodiq school" maktabi o‘qituvchisi, ona tili darsliklari muallifi

Shokir Tursun
"Sodiq school" maktabi o‘qituvchisi, ona tili darsliklari muallifi

Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq
“Sodiq school” maktabi asoschisi

https://youtu.be/tcFEBGkWGJo?feature=shared
👍21🔥18🆒1
Bir ilova topib olgandim – "Mutolaa".

Juda yaxshi ilova ekan, har doim kitoblar qoʻshib boriladi. Hozir 200 ga yaqin asar bor. Koʻp asarlarning ham audiosi, ham elektron nusxasi bor. Bolalarbop asarlar ham, kattalarbop asarlar ham bor. Oʻqishga ham qulay ekan, koʻzni charchatmaydi. Kelgan joyingizdan davom ettirsangiz boʻladi. Internet bor vaqtda kitoblarni yuklab olsangiz, keyinroq internetsiz ham oʻqiyverasiz.

Yuklab olish uchun yoʻnaltmalar:
Play Market
App Store

@birgap
👍11🔥32🍓1
😁16👍61👏1
Ona tilini qanday oʻqitish boʻyicha qarashlarim yanada tizimlashdi. Ba'zi tumanli joylar oydinlashdi.

Xudo xohlasa, 5-6-7-sinflar uchun standartlar, dastur va topshiriqlar toʻplamiz ustida ish boshlamoqchiman. "Seven school" (hozir ishlayotgan maktabimning boshlangʻich - 1-7-sinflar uchun ochilgan filiali)da oʻsha dasturga ham murojaat qilib turmoqchiman. Davlat belgilab bergan standart va dasturlar ham chetda qolmaydi.

Alloh quvvat bersin!

@birgap
👍70🔥11
Bizning maktabda har kuni iftorlik uchun yemak berib yuborishadi ishdan chiqishimizda.

Lekin gap iftorlikka yemak berilishi haqida emas...

@birgap
😢25🤔14👍9
MMT vazirligi ham, Loyiha markazi ham, BMB markazi ham, Avloniy instituti ham, pedagog tayyorlovchi barcha OTMlar ham bir narsani chuqur anglashi lozim – taʼlimda bilim emas, koʻnikma muhim. Bilim esdan chiqib ketadi, koʻnikma qoladi.

Masalan, velosiped minishni oʻrganib olgan odam hech qachon uni esidan chiqarmaydi. Uzoq yil minmasdan keyin minsa boshida biroz qiynalishi mumkin, ammo koʻnikmasi juda tez qaytadi. Yangi velosiped turiga duch kelganda ham osongina moslashadi. Biz oʻquvchilarga velosiped haqida emas, uni minishni oʻrgatishimiz zarur.

@birgap
👍56💯6👏4
Shokir Tursun qarashlari
Bizning maktabda har kuni iftorlik uchun yemak berib yuborishadi ishdan chiqishimizda. Lekin gap iftorlikka yemak berilishi haqida emas... @birgap
Xay, ichlaring qizimasin, gap qadriyatda edi. Maktab oʻqituvchilarga ham nonushta, tushlik va tolmachoy va'da qilgan. Ramazon oyida esa oʻqituvchilar bularning hech birini olmaydi. Maktab oʻqituvchi ishdan chiqib ketayotganda qoʻliga iftorlik tutqazadi.

Qadriyati borlarni hurmat qilaman.

Bundan tashqari, e'tiborning oʻzidan odam xursand boʻladi.

@birgap
👍699🥰3
Umumiy oʻrta ta'lim maktablari oʻqituvchisining kasb standartlarini oʻqir ekanman, qiziq holatga tushyapman. Unda oʻqituvchiga juda ham koʻp akademik erkinlik berilgan. Yil boshidagi diagnostik nazorat natijasi asosida oʻquv yilining rejasini tuzish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishiga qarab uni oʻzgartirib borish, dars materiallarini erkin tanlash, tayyorlash. Xullas, biz orzu qiladigan akademik erkinlikning deyarli barchasi mavjud.

Masalan, dars vositasini tanlaydi degani, darslikni ham tanlaydi deganidir. Afsuski, amalda oʻqituvchilarga na darslikni tanlash, na oʻquv rejasini diagnostik test asosida qayta ishlab chiqish imkoni berilgan.

Vazirlik oʻzi ishlab chiqqan kasb standartlariga oʻzi amal qilsa boʻlardi.

P.S. qogʻozdagi gap boshqa, ogʻizdagi gap boshqa, amaldagi gap yana boshqa.

@birgap
👍19👏7😁4
Davlat taʼlim oluvchilarni diskriminatsiya qilishda davom etmoqda.

@birgap
🤣13😢12😨3👍2
Axborot xati_16.05.pdf
190.7 KB
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili ta'limi kafedrasi tomonidan 2024-yil 16-may kuni "Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etilmoqda.

Anjumanga maqolalar 2024-yil 20-aprelgacha qabul qilinadi.

Yoʻnalishlar:
1. Ona tili ta'limi va zamonaviy lingvodidaktika masalalari

2. Til ta'limida baholash muammolari va yechimlari

3. Adabiy ta'lim va zamonaviy yondashuvlar

4. Ikkinchi til va chet tillarini oʻqitish masalalari


Barcha ma'lumotni ushbu axborot xatidan olsangiz boʻladi.

@birgap
👍141
Forwarded from OYINA.UZ
Taʼlim sifati past, darslar esa deyarli boʻlmagan holatda toʻliq davomat talabi qanchalik toʻgʻri? — Ota-onalar fikri

Oʻquvchi kelajakda taʼlim yoʻlini davom ettirishi uchun maktabdagi darslar sifatli va oʻz vaqtida boʻlishi kerak. Aks holda, qoʻshimcha darslarni deb maktabdan qolayotgan bolaning davomatini malomat qilish – uning ilm yoʻli va kelajagiga toʻsqinlikdan boshqa narsa boʻlolmaydi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2609

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X
👍20
Oliy taʼlimda korrupsion harakatlarning sababchilari kimligi borasida soʻrovnoma natijasi ekan.

Qiziq, talaba qanday qilib korrupsiyaga sababchi boʻlar ekan-a?

@birgap
😁24🤔8
Piyoda yursam gʻoyalarga toʻlib ketaman. Ilhomim joʻshadi. Gʻoyalar, fikrlar quyilib keladi.

Masalan, Milliy oʻquv dasturining oʻzim mas'ul boʻlgan qismlarini ham, darsliklarni ham, turli boshqa gʻoyalarni ham piyoda yurgan paytim shakllantirganman. Keyin oʻtirib qogʻozga tushirilgan.

Hozir qaysi sinfga nima dars oʻtishni ham aynan yoʻlda hal qilaman. Ishxonaga hech yoʻq 10 daqiqa piyoda yurib boraman. Oʻylab olish uchun.

Bir joyda oʻtirib yaxshi oʻylay olmayman.

@birgap
👏22👍16