Shokir Tursun qarashlari
5.74K subscribers
853 photos
137 videos
219 files
1.05K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Shokir Tursun qarashlari pinned «Va'da qilingan kurslar boshlanmoqda! Koʻpchilik talabiga koʻra birinchi navbatda "Attestatsiya uchun pedagogika" kursidan boshlashga qaror qildim. Roʻyxatdan oʻtish 22-mart kuni yakunlanadi. Jami 40 ta ishtirokchi qabul qilinadi (har bir guruhga 20 tadan).…»
Shokir Tursun qarashlari
Va'da qilingan kurslar boshlanmoqda! Koʻpchilik talabiga koʻra birinchi navbatda "Attestatsiya uchun pedagogika" kursidan boshlashga qaror qildim. Roʻyxatdan oʻtish 22-mart kuni yakunlanadi. Jami 40 ta ishtirokchi qabul qilinadi (har bir guruhga 20 tadan).…
Kurs uchun toʻlovni amalga oshirayotganlar diqqatiga!

Iltimos, toʻlov qilishda anonim shaklda emas, ism, familiyangiz kiritib toʻlov qiling. Aks holda toʻlov kimdan ekanini aniqlash imkonsiz boʻlib qoladi.

Masalan, bugun 13:24 da toʻlovni amalga oshirgan ushbu odamning kimligini aniqlash qiyin.

Kurs haqida batafsil ushbu saytdan oʻqishingiz mumkin.

@birgap
👍61
Kreativlikni aniqlashning bir necha usullari bor. Shulardan biri Torrens testlari hisoblanadi.

Suratda koʻrib turganingiz ham ana shunday testlardan biri. Bunda testda ishtirok etuvchilarga 3 xil topshiriqdan biri beriladi:

Qoʻllang. Biror shakl beriladi. Test topshiruvchi faqatgina shu shakldan foydalanib nimadir yaratishi lozim.

Birlashtiring. Turli shakllar beriladi. Test topshiruvchi berilgan shakllarni oʻzi istagan usulda birlashtirib nimadir yaratishi lozim.

Yakunlang. Shunchaki yakunlanmagan rasm beriladi. Test topshiruvchi oʻzi istaganday yakunlab qoʻyishi lozim.

Pedagogikaga oid kitoblarda Torrens testi haqida ma'lumotlar uchraydi. Bizda bu testdan malaka oshirish institutlarida foydalanib ham turishadi.

Attestatsiya uchun tavsiya etilgan kitobda ham shu test haqida ma'lumotlar bor ekan. Kursda oʻqiganlar shu va shunga oʻxshash ma'lumotlarni qisqa shaklda olishlari mumkin boʻladi.

Kurs haqida batafsil ma'lumotni ushbu yoʻnaltmadan olishingiz mumkin.

@birgap
👍25
Attestatsiya jarayonlari 26-martdan boshlanishi haqidagi xabarlarning notoʻgʻri ekanini mana bu kanalda yozishgan ekan.

Agar attestatsiya jarayonlari rostdan ham 26-mart kunidan boshlansa, kursga toʻlov qilganlarning mablagʻlari toʻliq qaytariladi, kurs boʻlmaydi.

Agar, attestatsiya boshlangunga qadar kurs oʻz nihoyasiga yetmay qolsa, qolib ketgan darslarning puli qaytarib beriladi.

@birgap
👍9😢2
Nega amaldagi darslik emas?

Bugun boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun attestatsiya testlariga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya qilinadigan kitoblar roʻyxatini eʼlon qilishdi. Bir narsa qiziq, nega 6-sinf “Ona tili” darsligining 2017-yilgi, amaldan chiqarilgan nusxasi tavsiya etilyapti?

Bu borada savollar koʻproq oʻzi.
1. Nega boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 5- va 6-sinf darsliklari ham tavsiya qilinyapti?

2. Agar boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ham ona tili yuzasidan umumtaʼlimda beriladigan grammatika va qoidalarni bilishi kerak boʻlsa, nega faqat 6-sinfgacha berilyapti?

3. Nega amaldagi darslik emas?

4. Nega faqat ona tili fanidan 6-sinf darsligi tavsiya qilinyapti, matematikadan unday emas?

Amaldagi darslik emas, eskiroq darslik tavsiya qilinganidan bir xayol boshimdan ketmay qoldi:
Nima, bular eski testlardan foydalanmoqchimi?

@birgap
👍21🤯102
Fonetik hodisalar haqida savollarim bor edi...

1. Nima deb oʻylaysiz, fonetik hodisalarni bilish bizga (odamga) nima beradi? Hayotining qayerida ishlatadi?

2. 5-sinf darsligida fonetik hodisalar berilishi toʻgʻrimi? Nega?

Javob berib koʻringlar-chi.

@birgap
6👍4
Agar siz oʻqituvchi, direktor, maktab ochgan tadbirkor (taʼlimga aloqasi bor har kim) boʻlsangiz, shu kitobni oʻqib chiqishingiz shart. Bu kitobdagi gʻoya juda muhim.

@birgap
👍3210🔥8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktablardagi milliy gvardiya masalasi Navroʻz bayrami tadbirida ham tilga olindi.

Mana endi Milliy gvardiyaning maktabga oyoq bosishi sababi haqidagi taxminlarim isbotini topdi.

Sababini allaqachon tushungandim. Lekin aytolmayman, ichki senzura bor.


Aytsam uyim kuyar, aytmasam dilim.

Video manbasi: https://t.me/FaxriddinTuropov2

@birgap
😁26😢8👍6🗿3🔥1
Kecha attestatsiyaning repititsiyasi ochildi. Ochildi-yu yuklamani koʻtara olmay oʻtirib qoldi.

Onlayn repititsiya sayti bilan birga vazirlikning sayti ham oʻtirib qoldi.

Yana bir qiziq narsa, onlayn repititsiya sayti nomi "MNO Test portal" ekan. MNO? Nega MNO?

MNO bu - xalq taʼlimi vazirligining ruscha nomimi? "Ministerstvo narodnogo obrazovaniya" deganining qisqartmasimi? Shuni MMTV desa nima boʻlardi?

@birgap
😁16👍14
"Attestatsiya uchun pedagogika" nomli kursimizga roʻyxatdan oʻtish muddati tugamoqda.

Darslar 24-martdan boshlanadi.
Darslar davomida pedagogika yuzasidan tavsiya etilgan kitoblarning mazmun-mohiyati, mavzulari tushuntiriladi. Onlayn testlar orqali oʻzingizni sinab olish imkoniyati beriladi.

Kurs haqida batafsil quyidagi yoʻnaltmadan oʻqisangiz boʻladi:
https://sites.google.com/view/attestatsiyauchunpedagogika/bosh-sahifa

Kursga roʻyxatdan oʻtish yoʻnaltmasi:
https://forms.gle/dM4NKS4tTcJyeawR8

Kursga toʻlov qilish yoʻnaltmasi:
https://tirikchilik.uz/ShokirTursun

@birgap
👍5
Bugun "Attestatsiya uchun pedagogika" kursining nolinchi darsi boʻldi.

Foydalanadigan dasturimiz bilan tanishib, unda onlayn repetitsiyada tushgan testlarni ishlab, tahlil qilish mumkin boʻlgan oʻrinlarini tahlil qildik.

Ertadan asosiy darslar boshlanadi.

Boshlab olganimizdan xursandman. Endi har 2-3 oyda turli mavzuda kurslar qilish niyatim bor.

Aytganday, kimdir roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa-yu, men unga aloqaga chiqmagan boʻlsam, shu yerga yozing. Ayrimlar qoldirgan kontakt raqamlariga bogʻlanib boʻlmadi.

@birgap
👍25
Kecha 22:42 da kimdir kurs uchun toʻlov qilgan ekan.

Izohi quyidagicha:
Ped.mahorat kursi uchun

Ammo ismini yozmabdi, shuning uchun kim ekanini aniqlay olmadim. Agar oʻsha odam shu postni oʻqiyotgan boʻlsa, bildirib qoʻysin.

@birgap
👍15😁11
Kurs oʻtishga tayyorlanish maqsadida koʻplab pedagogikaga oid kitoblarni, darsliklarni oʻqib chiqishga majbur boʻldim. Mualliflarini hurmat qilgan holda aytamanki, Oʻzbekiston oliy ta'lim tizimidagi pedagogika darsliklari faqatgina pedagogika haqida boʻlib, oʻqigan odamga real bilimlar, koʻnikmalar, ma'lumotlar bera olmaydi. Mavzular ichiga kirilmagan, tahlil qilinmagan, shunchaki mavzu haqida yozilgan ma'ruzalar xolos.

Pedagogikamiz oqsayotgani sababi ham shudir balkim.

Fanlarni oʻqitish metodikasiga oid asarlarning aksari ham shu ahvolda. Metodikamiz oqsayotgani sababi ham shudir balkim.

Eng birinchi oliy ta'lim tizimini butkul isloh qilmas ekanmiz, quyi boʻgʻinda ijobiy oʻzgarishlarni kutmasligimiz kerak.

@birgap
👍43
Global ta'lim. Axborot xati.pdf
443.7 KB
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti “Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkillashtirayotgan ekan.

Barcha ma’lumotlar bilan axborot xatida tanishish mumkin.

@birgap
👍7🔥3
Forwarded from Sodiq School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩Yangi loyihaga asos soldik – SS podcast

Samimiy suhbat

1-son.
Bu sonda biz ona tili va tilshunoslik orasidagi farq, darsliklar, davlat tili, alifbo va yozuv turlarining o‘zgarish tarixi hamda oqibatlari, yangi lotin alifbosi islohi haqida suhbatlashdik.
Katta xatoliklarga sabab bo‘luvchi “yumshoq” h va “qattiq” x haqida ham fikrlashdik.


P.S. Tilshunos sifatida qancha pul ($) topish mumkinligi haqida mutaxassisdan javob ham bor. Aytish kerakki, katta summa.

Spikerlar:
Orif Tolib
muharrir, @oriftolib sahifasi asoschisi

Mansur Siddiqov
"Sodiq school" maktabi o‘qituvchisi, ona tili darsliklari muallifi

Shokir Tursun
"Sodiq school" maktabi o‘qituvchisi, ona tili darsliklari muallifi

Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq
“Sodiq school” maktabi asoschisi

https://youtu.be/tcFEBGkWGJo?feature=shared
👍21🔥18🆒1
Bir ilova topib olgandim – "Mutolaa".

Juda yaxshi ilova ekan, har doim kitoblar qoʻshib boriladi. Hozir 200 ga yaqin asar bor. Koʻp asarlarning ham audiosi, ham elektron nusxasi bor. Bolalarbop asarlar ham, kattalarbop asarlar ham bor. Oʻqishga ham qulay ekan, koʻzni charchatmaydi. Kelgan joyingizdan davom ettirsangiz boʻladi. Internet bor vaqtda kitoblarni yuklab olsangiz, keyinroq internetsiz ham oʻqiyverasiz.

Yuklab olish uchun yoʻnaltmalar:
Play Market
App Store

@birgap
👍11🔥32🍓1
😁16👍61👏1